Dugonalar(bag'ishlov)
Mening dugonalarim
Qalbi pok va chaqqondir.
Allohni ulug'lagan
Muslima namozxondir.
Avazjonim—jahonim
Mening najot farishtam.
Kamtarin-u uyatchan
Pok ko'ngilli sarishtam.
Dilnoz—mening yo'ldoshim
Yig'laganda ko'zyoshim.
Goh jiddiydir, goh aksi
Porlab turgan quyoshim.
Deyman uni erkalab:
Nigor, paxmoq mushukcham.
Qaymog'imsanm, do'mbog'im
Mening mitti yurakcham
Anoram sochi uzun
Chittak, tirnog'i ustun.
O'ziga rom etuvchi
Ko'zlarida bor uchqun.
Sanobar-chi kulguchim
Ham samimiy, suyguvchim.
Kayfiyatim ko'tarib
Quchoq ochib qo'yguvchim.
Yoqutjon—sho'x, uyquvchim
Minglab tushlar ko'rguvchim.
Yaxshi-yu yomon kunda
Yonimizda turguvchim.
Zuhra juda ta'sirchan
Ismiga qo'shing oyni
O'xshaydi u yulduzga
Osmondan olgan joyni.
Ozoda pok, beozor
Hurmatlarga sazovor.
Qiziquvchan, mehribon
Qo'li gul, uyi gulzor.
Sabohat-chi munchoqdek
Suhbatni xush ko'radi.
Qo'ng'iroqdek ovozi
Butun Rumga boradi.
Navbat yetar Mohira,
Dilshoda, Reymajonga
Mohichehra, Lobar-u
Nodira, To'xtajonga.
Adashim Dilnura bor,
Ko'p o'quvchi Mardona.
Ko'p kuluvchi Sayyora-yu
Ular dona-birdona.
Balandga orzu qilgan,
Partadoshim, sirdoshim.
Ular mening yulduzim,
Hilol oyim, quyoshim.
Baxtimizga hamisha
Sog' bo'lishsin dunyoda.
Sodiq do'stlar ko'paysin,
Umri bo'lsin ziyoda!
Begim
Hur Layli men bo'lsam, oshiq Majnunsiz,
Farhod ila Shirin, men-la mamnunsiz,
Umrbod sevasiz, menga maftunsiz,
Sizni yaxshi ko'raman, begim.
Titroq lablaringgiz kular muloyim,
Siz menga bekdirsiz, menman huroyim.
Hilol oyimdirsiz, men Mohlaroyim,
Sizni yaxshi ko'raman, begim.
Aytolmayman goho dildagi ohim,
Aytasiz: quyoshim, oyparcham, mohim,
Asrasin panohda sizni Allohim,
Sizni yaxshi ko'raman, begim.
Ma'nolar mujassam nurli ko'zimsiz,
Ishqim talqin etgan durli so'zimsiz,
Telbadek sevuvchi xuddi o'zimsiz,
Sizni yaxshi ko'raman, begim.
O'zgaga boqmang siz, keltirmay rashkim,
Taqdirlar tutash-u, olov otash kim,
Asli ishqinggizga loyiq dilkash kim,
Sizni yaxshi ko'raman, begim.
Sevgi o'tkinchi tuyg'u, qilmishi azob,
Unga asirlarning hayoti harob,
Degan kimsalarga ishonmay dedim:
Sizni yaxshi ko'raman, begim.
Armon degan tuyg'u bilan tanishmasman,
Shukur, yorim tanlashda men yanglishmasman,
Menikisiz, o'zgaga hech alishmasman,
Sizni yaxshi ko'raman, begim.
Sog'insam gar sizni, ayting, netayin,
Ishqim ortib borar kundan-kun sayin,
Takroran shu so'zni sizga aytayin,
Sizni yaxshi ko'raman, begim.
Yonimda ekansiz, xurramman, shodman,
Siz uchun umrlik bir qasamyodman,
Abadiy dunyoda toki hayotman,
Sizni yaxshi ko'raman, begim.
Sizni deya jo'shib urar yuragim,
Baxtimning kaliti, shirin ertagim
Siz menga, men sizga doim keragim,
Sizni yaxshi ko'raman, begim.
Shuni angladimki, mening donoyim,
Siz menga keraksiz, har onda, doim,
Niyatga yetkazsin, bizni Xudoyim,
Sizni yaxshi ko'raman, begim.
Do'stlaringiz bilan baham: |