XORAZMNING QIZCHASI
Farzandlarning o'rtanchasi
Onajonim erkasi.
Qizlarning malikasi
Xorazmning qizchasi.
Uning ismi Hafiza
Akasi San'at aytsa.
Qilar u hamma ishni
Supurar uy- hovlini.
Kelsa uyiga mehmon
Keling, kiring Assalom.
U odamga mehribon
Oldiga qo'yar choy-u non.
Xo'b bo'ladi opajon
Bo'ldi uy ham saranjom.
Ko'rsa dugona-yu opasi
Unga kelar havasi.
Doimo kulib turar,
Chopib-chopib yugurar.
Bobom ko'rsa erkalanar
Ota-onasi faxrlanar.
CHAROS VA QO'G'IRCHOQ
—Nima kerak qizaloq,
—Beraymi yoki muzqaymoq,
—Topdim senga yumshoqroq,
—Balki kerak o'yinchoq,
—Isming nima qizaloq?
—Mening ismim Charos
—Ismimdir jismimga mos
—Qilmoqchiman iltimos
—Xo'sh, xo'sh aytavergin soz.
—Chaqdi kecha chaqmoq
—Bor menda bir qo'g'irchoq
—Uni bosdi so'ng titroq
—U shundan beri qo'rqoq.
—Menga qara shoshqaloq,
—Solgin gapimga quloq
—Yonimga kel, yaqinroq
—Menda bor bir ko'zmunchoq
—Senga beray, qizaloq
Charos shunda sho'x-quvnoq
Oldi qo'liga ko'zmunchoqni
So'ngra achomlab qo'g'irchoqni.
Xotira—muqaddas, xotira—aziz!
Yurt uchun, el uchun jonini bergan,
Kurash maydonida janglarni ko'rgan,
Kunida mayizni qirq bo'lib yegan,
Xotira—muqaddas, xotira—aziz.
Shoirlar ular-chun she'rlarin bitgan,
Ayovsiz janglarda azoblar yutgan,
Boshini egmasdan bayrog'in tutgan,
Xotira—muqaddas, xotira—aziz.
Mustaqil vatanni havosi uchun,
El-yurti, oilasi, bolasi uchun,
Onalar azobi, nolasi uchun,
Xotira—muqaddas, xotira—aziz.
Necha kun, necha oy ular och qolgan,
Shunda ham dushmanni larzaga solgan,
Elning orasida buyuk nom olgan,
Xotira—muqaddas, xotira—aziz.
Vijdonan pok inson, bulg'amay nomin,
Vatan deb, shu onda bergandir jonin,
Xalq ham unutmaydi el qahramonin,
Xotira—muqaddas, xotira—aziz.
Noma'qul ishlarni yurtga qilmaymiz,
Siz borsiz, yig'i-yu g'amni bilmaymiz,
Siz uchun dushmanlar ko'nglin tilmaymiz,
Xotira—muqaddas, xotira—aziz.
Ishongan tog'inggiz, biz, suyachinggiz,
Charog'on hayotda biz quvonchinggiz
Kelajak avlodmiz, biz ishonchinggiz,
Xotira—muqaddas, xotira—aziz!
Bahor
Qanchalar nafis bahor fasli bu,
Qanchalar betakror bahor fasli bu,
Tabiat uyg'ondi, gullar uyg'ondi,
Bog'larda guli bor bahor fasli bu.
Daraxtlar gulladi, hayot gulladi,
Bulutlar yo'q bo'lib, quyosh kuladi.
Havo ham isiydi, kiyimlar milliy,
Navro'zdek muqaddas bayram bo'ladi.
Tog'larda lolalar jilmayib turar,
O'zbeklar betakror, bejirim yurar,
Qushlar ham erta tong baralla sayrar,
Mo'jiza faslidir aslida bahor
Dugonam Mardona
Gaplari bor durdona,
So'zlari dona-dona,
O'zlari ham yagona,
A'lo qizcha Mardona.
Hamma ishda chaqqona,
Yurishlari sollona,
Ko'zlari-chi marjona,
Go'zal qizcha Mardona.
Ko'z tegmasin Mardona,
Sog' bo'l doim Mardona.
Sport bilan o'rtoq,
Sog'lom qizcha Mardona.
Vatanim
Go'zalikka boydir,
Mening gulshanim.
Ona yurtim u mening
O'zbekistonim.
Mehnatkash odamlari,
Yetishtirar bug'doyni.
So'ng xursandchilik bilan
Terishadi paxtani.
Biz albatta Vatanga
Bo'lamiz sadoqatli.
O'z burchini o'tamoq
Hamma uchun sharafli!
Yomonlik
Ba'zi bir odamlar yomonlik qilar,
Bilmadim, bundan na foyda ko'rar.
Yomonlik azizlar, eng og'ir gunoh,
Ojiz bandalarmiz, hammamiz guvoh.
Ba'zi insonlar ziyrak, tirishqoq,
Ba'zilari esa aqlsiz, qo'rqoq.
Yomonlar baribir jazosin olar,
Yomonlik oqibat bosh egib turar.
Do'stlaringiz bilan baham: |