O'tayotgan umrni to'xtata turib Yoshligimga nazar solgim keladi



Download 19,41 Kb.
Sana26.02.2022
Hajmi19,41 Kb.
#472428
Bog'liq
Dilnura Rahmonova


UMR YO'LI


O'tayotgan umrni to'xtata turib
Yoshligimga nazar solgim keladi.
Do'stlarim bilan ko'chalar changitib
Beg'ubor yoshlikda qolgim keladi.


Onamga to'xtovsiz savollar berib,
Ayvonda yotganga qaytgim keladi.
Yulduzlar uchganda tilaklar aytib,
Baralla "Amiyn" deb aytgim keladi.


Ortinggizga boqing, qancha yil o'tdi
Tug'ildik, ulg'aydik, balki qaridik.
Yuzga ajin tushdi, sochinggizga oq
Beg'ubor davringgiz endi naridek.


Hayot iboratmas, o'yin-kulgidan
Boshog'riq, aysh-ishrat, hamda mastlikdan.
Chiqayotgan janjal shulardanmasmi
Nodonlik, loqaydlik, indamaslikdan


Alloh bandasini g'iybatlar qilib,
Qalbini tig'lovchi so'zlarni aytmang.
Cho'kayotgan vujud ustidan tepib,
Kundan kunga yana gunohga botmang.


Qing'ir ish qilmanggiz, kimsa ko'rmas deb,
Ko'rsa ham indamas, balki bilmas deb.
Tepangda Arshalloh aytar ohista
Gunohkor jazosin olmay qolmas deb.


Dunyoga kelsak ham, mol-dunyo yig'ib,
Qo'limiz to'ysa ham, ko'z hech to'ymaydi.
Insonga ne kerak, bu temir-tersak
Qiyomat kuni oltin-zar bo'lmaydi.


Kunda har ko'ylakni kiysak ham yana
Urfda bo'lganini qo'ymay olamiz.
Keraksiz narsaga sarflab vaqtimiz
Umrimiz o'tganin bilmay qolamiz.


Qasrdek uy boshlab, bezaklarin berib,
Bitganda shu uyga sig'may qolamiz.
Kun kelib, keng uyga sig'magan inson
Mushtdek to'rt devordan joyni olamiz.


Odamlar ayamang bir-biringgizdan
Shirin so'z, har tonggi salominggizni.
Ko'z ko'zga tushganda qo'ying jilmayib,
Bu kulgu rom etsin xayolinggizni.


Bolanggiz erkalab, ayting, oppog'im
Shirintoy shunqor-u chaqqon toychog'im.
Dunyoni baxshida qiling ularga
Ayting, erkatoyim, ko'zim munchog'im.


Mehrni qidirmang, o'zga bir tandan
Qidiring eng yaqin farzandinggizdan.
Ortiq bo'la olmas, o'zga bir inson
Yurakdan yaralgan yuraginggizdan.


Qidiring mushtipar onaizordan
Mehrlari daryo-yu malaginggizdan.
Umr o'tkinchidir, duosin oling
Hammadan ham sizga keraginggizdan.


Do'slar-la o'zaro davralar qiling
Suhbati shirindir, diydori shirin.
Kun tunga kerakli bo'lgani kabi
Qadrlab suyushar ular bir-birin.


Tushkunlikka tushmang, yurakni ezib,
G'amga g'am qo'shilib, narvon bo'lmasin.
Kuchim ham qolmadi demang, siz, aslo
Yurakni ezgan dard armon bo'lmasin.


Taqdirim ne bo'lsa, shu deb o'tirmang
Taqdir archa misol bezovchisi siz.
Baxtning qo'lin tutib, kalit-la ochib
Umr yo'linggizni yaratuvchisi siz.


Hayotga chiroyli ko'z bilan qarang
Nafas olganimiz o'zi katta baxt.
Yurakning urgani, ko'zning ko'rgani
Oyoqning yurgani o'zi katta baxt.


Nasihat ayamang, maslahat tinglang,
Hayotdan ketgan so'ng so'zinggiz qolsin.
Eslaganda yig'lab, etlar junjikib,
Dillarni shod etgan ko'zinggiz qolsin.


Hayotga keldikmi maqsadni qo'yib,
Inson deya buyuk nomni olaylik.
Qahramonlar kabi, shoirlar kabi
Dunyo qalblarida mangu qolaylik.

Asrga tatigulik kun

Kapalak umridek inson taqdiri
Asrga tatigan kunlarga tengdir.
Chingiz "Qiyomat"i,"Bo'ron bekat"da
Qirg'iz, o'zbek, qozoq tasviri kengdir.

Kunning kunduzidir Sario'zak cho'li
Bo'ronli temiryo'l kunduzning tuni
Zaminin yelkada tutgan Edigey
Qalban mehnatkashdir anglagan shuni.

Kazangap vafoti asar boshidir
Oqilga joy yo'qdir qozoq cho'lida
Ona Bayit tafti o'psin jasadim
Aytadi tilida, tuproq qo'lida.

Jabrdiyda Nayman ona mas'umdir
Edigey sobitdir, Sobitjon manqurt.
Qirg'iz raqiblari jungjang urug'i
Qildi qon, fojia azobda el-yurt.

Asos soldi qonli Ona Bayitga.
Farzandin qo'lida jon bergan ona.
Tuyaning terisin kiygan Jo'lamon
Tobedir jungjangga, xor vaxshiyona.

Edil daryosida g'arq bo'ldi dushman
Ne ne azob chekdi inson nafasi
Asli hayot qiynar, majburlab mahkum
Har yuz yil tortadi manqurt qafasi.

"Sarob"dek "qutlug' qon" oqizib zamon
Qurbonin olmasa ko'zi to'ymaydi.
Asli inson emas dunyo manqurtdir
"Oydinda yurish"ga hech ham qo'ymaydi

"Dunyoning ishlari" shunday ta'sirli
Onalar nigohi aks etgan zamon.
"O'tgan kunlar"ni-chi xotirlab qolsam,
"Ruhimda isyonlar" ko'tarar har jon.

"Yulduzli tunlar"da "mungli ko'zlar"im
"Ko'ngil nidosi"ni kuylaydi mahzun.
"Ikki eshik orasi"n zabt etib asta
"Sariq devni minib" ketsam-da mamnun.

Navqiron "chinor"dek ko'nglim kengayib
Mashrab tuygan hisni his etsa taftim
Zulfiyadek o'zbek ayoli bo'lib
Hamid Olimjonning ishqida kaftim

"Umrim tushda emas o'ngimda kechib"
Buyuklar ijodi aks etsa menda
"Ma'nan yuksak bo'lib, kuchim yengilmas"
Ajib tuyg'ularni uyg'otsa senda

Falakda "mangu yongan yulduz"dek
Navoiy "Xamsa"sin nurini sochsam.
"Asrga teng bo'lgan kun"ning "ufq"ida,
"Quyosh maskani"da ko'zimni ochsam.

Rumiyning mantiqi so'zimga singib
Boburdek sog'inchdan dilim kuysaydi.
"Munojotni tinglab" Oripov kabi
Qalbim Muhammadning baxtin tuysaydi

Otabek Kumushning hurmati cheksiz
Layli va Majnunlar ishqi abadiy
Farhod va Shirinning zavqli taqdiri
Talqindir adibning madhida badiiy.

Kitoblar olami mo'jaz dunyodir
Tafakkur dengizin his etar shu on
Voqea hayotdir, qahramon inson
O'qib-la yashaydi zukko kitobxon.

ISHQNIHOL


Esga ol! Bahorda ekkandik nihol
Yergamas, Oygamas, qalb tublariga.
Mo'jiza atalmish sevgimiz sevib
O'zing eltgin meni baxt qutblariga.


Men seni, sen meni niholdan so'rab
Taqdirning joniga tegadigan biz.
Sen o'sha mehrimdan hecham to'ymagan
Men esa sog'inib sevadigan qiz.


Shunday sevgin, toki so'lmasin kuzda
Yoz mahal sevaver, qattiq gurullab
Qishlarda oq orzu yog'ib qalbingga
Har bahor kuchliroq sevaver, gullab.


Ikkimiz bahorda ekkandik, nihol...


31.10.2021


SEVGI NIMA


Sevgi nima o'zi, ayting, sevganlar
To'lqin-la mavj urgan sehrli ummonmi.
Quyoshmi, oymi yo yulduzmi ayting
Qalblar makoni yettinchi osmonmi.


Bu pok tuyg'u asli nedan yaralgan
Kechasi farishta solami qalbga.
Yo yomg'ir misoli mayda-maydalab
Har tomchi jo'sh urib, yog'ami qalbga.


Sevgi nima o'zi, tushdagi tushmi
Orzu og'ushi tuyilgan xayolmi.
Mard, jasur erkak-u mehrga to'la
Timsoli: vafoli, ko'rkam ayolmi.


Bebaho gavhardir, nozik, xushbichim
Ko'zni quvontirgan hiloldir sevgi.
Yulduz-u falakdir, jahon ul afsun
Dillarni rom etgan biloldir sevgi.


Kechasi uxlolmay, ko'zlar intizor
Yorni oy aksida ko'rgan tunimdir.
Orazin bezagan xunrez ko'zlari
Tushimda jon olib, o'lgan kunimdir.


Asl yorin ishqida kuygan Mashrabdek
Bedilman, kundan kun seni suyguvchi.
Ishqim yurakdadir, yuragim senda
Jahonso'z hajringda hamon kuyguvchi.


Sevgi bu–hayotdan zavqlanib har kun
Uzoq umr ko'rib, yuzga to'lishdir.
Yettinchi osmonda umrbod qolib
Suyukli yor bilan baxtli bo'lishdir.

Ko'nglim ko'kka uchmoq istaydi...
Ko'nglim ko'kka uchmoq istaydi
Xotiralar tutmoqni mahkam
O'yim‐izsiz, bedor his–daydi
Taqdir quvlar, qaror–mustahkam.


Alam quchar, ketma mensiz deb
Qayg'u yotar arazga to'lib
Xayol yig'lar, qoldim sensiz deb
Diydor ezar, bag'rimni bo'lib.


Vujud shaksiz ko'tarar isyon
Butun tana motamda go'yo
Orzu har yon, bo'lublar giryon
Niyat aytar: "bo'lmasin ro'yo".


Afsuslarin chekar xiyonat
Kechir, deya yig'laydi yum-yum.
Achchiq so'zlar: "kes tilimni",– der
So'zsizlikka vadalar bergum.


G'urur berkitadi nigohin
Vijdon o'zin tirnar ohista
Surgunlikka taslim aql der:
"Yolvoraman qolmoqni ista"


Bir-bir aytdi tuyg'ular so'zin
Keldi navbat ko'ngil so'ziga
Bitmas yara og'rigan kundan
Ketish qonun bilgan o'ziga.


Ko'nglim ko'kka uchmoq istaydi...
* * *


Sig'masam hayotga, sig'sam ko'nglingga
Ko'm meni vujudga, qulflagin butkul.
Tig'lasam qalbingni, yig'sam dardingni
Senda dard, menda dard– avj olsin kul-kul.


To yonsin rashkimning o'ti kuydirib,
Eslatib-eslatib qovurgin qattiq.
Dimlangan xiyonat sepib, "suydirib",
To'ysin o'z hidiga, tutunga hiq-hiq.


Kalitni bag'ringning toshiga qazgin,
Dimiqqan shum g'amlar ocholmasin, hech.
Iljiroq hududni suvagin sassiz
Lek, o'zing o'zimdan qocholmasin, kech..!
09.07.2021.


Yaxshisi...


Yig'lasam, dunyoni suv bosar shaksiz
Chuqur nafasimdan oh urar xotir.
Ichi tandir ko'zim o'tmishni yopar
Yaxshisi, uyg'otma, alla ayt, yotir. (puflab)


Bir nuqta nigohlar eslatar barin
Ko'ksimni quchaman, deydi: "qochgin, ot".
Mana, mildir labim oqib ketyapti,
Yaxshisi, yaxshisi yig'latma, hayot!


Dilnura Rahmonova
09.07.2021.


***
Oldinda ikki yo'l, ikki xil qismat
Qay biri manziling bilmay kuyasan.
Biri ishq atalmish noma'lum kimsa
Birida yolg'izlik quchib suyasan.


Qay birdan borsang ham yonasan o'tsiz
Yig'i to'la bo'g'zing, qaroring titroq.
Ishongin sen suygan qalbsiz soxtadan
Kimsasiz, dard yutib yashash yaxshiroq!
Jannatim onam


Ilk allam kuychisi, ko'zimning nuri
Hayotim mazmuni, so'zimning duri
Ona Vatan, yuksak yurtning g'ururi
Tunlari bedorim, jannatim onam.


Ko'nglimda ne bo'lsa ayttirmay sezgan
Hasratin bildirmay bag'rida ezgan
Umrimning yo'lini mehr-la chizgan
Tunlari bedorim, jannatim onam.


Siqilsam, bag'riga bosguvchim bo'ling,
Yiqilsam, turg'azib qo'yguvchim bo'ling,
Azobni kulguga yo'yguvchim bo'ling
Tunlari bedorim, jannatim onam.


Yuzimda eng shirin kulguchim bo'ling
Hamisha yonimda turguvchim bo'ling
Taxtimni, baxtimni ko'rguvchim bo'ling
Tunlari bedorim, jannatim onam.


Farzandlar baxtin ko'rsin, ota-ona
Ular ham girdida bo'lsin parvona
Duosin olaylik, aytib shukrona
Tunlari bedorim, jannatim onam.


Hech kimga o'xshamas yagonamizsiz
O'zbegim ayoli, durdonamizsiz
Alloh mo'jizasi, ne'mati onam
Davlatim otamning jannati onam.


Firdavsni netaman ko'klardan izlab
Oyog'i ostida jannati onam.
Birisin Oy bilsam, birisin Quyosh
Davlatim otamning savlati onam!





Navqiron gujumlar

Shoirning har satri dil kuyiga teng
Qalbda mujassamdir turli ob-havo.
Ilhom yomg'irlari shivirlab sokin
Ajib she'rlar yozgin, derlar ajabo.

Oshiq bayon etar sevgi izhorin
She'rlar ila yorga bag'ishlab mehrin.
Ular yashaydilar o'zga olamda
Qolipga solarlar so'z ila sehrin.

Xayoling qayerda telbasan, derlar
Laylining ishqida kuygan Majnunga.
Ular qaydan bilsin bu olam sirin.
Gard emas, chiroyli gap kerak unga.

Osmonda ucharlar orzular quchib
Go'yo dengiz hidi kelar baytida.
Cho'llarni kezarlar "zo'r karvon" bilan
Navoiy bilanlar yozar paytida.

Mo'jiza baxtini tuyib ko'ngilda
G'azalin bitarlar, yozarlar doston.
Ulug'lar ijodin go'zal madh etib
"Xamsa"sin bitarlar, yozarlar "Bo'ston".

O'zbek she'riyatin ko'kka ko'tarib
Bahslashuv qilarlar, she'rli hujumlar.
Yaratgan qo'llasin, ilhomlar berib
Navqiron shoirlar, kuchli gujumlar.
26.03.2021


Bizlikning qo'shig'i

Istardim. Bir qo'shiq. Sen tinglaguvchi
Kundan kun senliklar menga to'lishin.
Istardim. Ohangi dengiz sasidan,
Har satri sevgimiz matni bo'lishin.

Istardim. Kuyini sen aytaqolgin,
Suratga olarding, sevib turishim.
Tinglasam, tinglasang, to'yib yig'lasak,
Istardim. Istasang baxtli yurishim.

Ketishlik chog'ingda, qo'shig'im aytsam,
Sevarding, qaytadan labim burishim.
Qucharding, sog'inchdan, eslab sevarding,
Sevarding, ko'zimni qisib urishim.

Ha rost! Asabbuzar qo'shig'ingman men,
Sevasan, bidirdab yaxshi ko'rishim.
Esda tut! Bizlikning qo'shig'i bu–BIZ,
Seni deb uradi, yurak urishim..!
07.08.2021

Eslasak g'alati...

Kechmishlar o'tmishga aylandi, qo'ydi
Eslasak g'alati, esingdami, ayt?
Kelmishga o'yilgan "sen"ing "men"ingman,
Kimsasiz erkangning osmoniga qayt.

Ol nafas, qol birpas botib ko'zimga
Yo qalbim tubiga cho'kib ketsayding.
Kel, bir bor o'zingni otib o'zimga
"SEN va MEN" o'tganin anglab yetsayding.

Eslasak g'alati, esingdami, ayt..?
15.07.2021

* * *

Menlikda sen borsan, senligingda men
Sog'inchdan g'irt telba, asli seningman.
Aytaman, qaytarman, lekin unutma,
Men sening erkangman, sening meningman.

Iqrorman! Hechkimlik yoqadi rosti,
"O'zingni asragin, keragim",– derdim.
O'sha hechkimligim bizlikning osti,
To mangu,
abadiy
yashar ekanmiz,
Men sevgan senlikka yuragim berdim..!
27.07.2021


To'rtliklar.

***
Shoir bo'lsang dunyo seniki...
Qayta nom-la ataysan borliq.
Ilhom ila qalam tebratmoq
Peshonamga yozilgan yorliq.


***
Ro'yoning niqobin kiygan yolg'onlar
Yolg'ondan chin deya ko'ngil olg'onlar
U birin aldaydi, dunyo ularni
Aldasa, chidolmay yig'lab qolg'onlar.


***
Ko'zingda o'ynagan yoshlaring ichib
Yoshingdan yaralgan hissim o'ynoqi
Yig'ili kuyingning sasini yutib
Ko'zning qorasi dard, baxtim ko'z oqi

***
Bo'lmadi dema. Bo'ladi bir kun
O'z yetib, ko'z yetmay yo'q deb qaytasan
Yer dumaloqdir, so'zing dumaloq
Asli o'z-o'zingga tilab aytasan!


***
Ko'ngilni "gul",–dedi butun olomon
Sarasi bor erur, gahi bor yomon
Bitta farq: uzmagil, asragil omon
Zero, ko'ngil Alloh uyidir inson!




Download 19,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish