294
O’zbekiston Respublikasida ham
mustaqillikning dastlabki
kunlaridayoq muqaddas qadamjolar va moddiy-madaniy yodgorliklarni
asrab-avaylash, ta’mirlash borasida amaliy harakatlar boshlab yuborildi.
O’lkamizning deyarli barcha shaharlarida bunyod etilgan tarixiy-moddiy
me’morchilik obidalari, ko’hna osori-atiqalar ko’pligi tufayli jahon
jamoatchiligi tomonidan mamlakatimizni “ochiq osmon ostidagi
muzey” deya e’tirof etilganligining o’ziyoq, o’zbek
xalqi uchun yuksak
iftixordir. Masalan, 2002-yil 24-yanvar YuNESKOning Finlyandiyada
o’tkazilgan 25-sessiyasida Samarqand tarixiy markazining me’moriy-
tarixiy yodgorliklari YuNESKOning jahon merosi ro’yxatiga kiritildi.
Mamlakatimizning 5 ta shahri YuNESKOning tarixiy shaharlar ro’yxatiga
kiritilgan bo’lib, ulardagi 2500 ta tarixiy obida, 2700 ta arxeologik
yodgorlik, 1800 ta monumental san’at asarlari davlatimiz muhofazasiga
olindi.
Mustaqilligimizning dastlabki yillaridayoq tarixiy yodgorliklarni
asrab-avaylash bo’yicha huquqiy zamin yaratildi. Xususan, O’zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasining XII bob, 49-moddasida “Fuqarolar
O’zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab-
asrashga majburdirlar. Madaniy yodgorliklar davlat muhofazasidadir”
deb belgilab qo’yilishi ushbu sohadagi munosabatlarning huquqiy
poydevori sifatida muhim ahamiyat kasb etdi. Mamlakatimizda
xalqimizning bebaho tarixiy, madaniy, ma’naviy
va moddiy merosini
asrab-avaylash, o’rganish hamda targ’ib qilish masalasiga eng muhim
ustuvor vazifalardan biri sifatida e’tibor qaratildi.
O’zbekiston xalqining umummilliy boyligi bo’lmish madaniy meros
obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi
munosabatlarni tartibga solish maqsadida 2001-yil 30-avgustda
O’zbekiston Respublikasining “Madaniy meros obyektlarini muhofaza
qilish va ulardan foydalanish to’g’risida”, 2009-yil 13-oktabrda
“Arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish
to’g’risida”gi
qonunlari qabul qilindi
O’zbekiston xalqining tarixiy, madaniy va ma’naviy boyliklarini,
madaniy yodgorliklarini ehtiyot qilish va saqlash har bir fuqaroning
burchidir. Tarixiy, ma’naviy va madaniy merosimiz obyektlari sirasiga
muzeylar va muzey boyliklari, boshqa badiiy qadriyatlar (tarix va
295
madaniyat
yodgorliklari, davlat fondlari, shu jumladan, kitob, kino, foto va
fonohujjatlarning davlat fondlari), arxivlar va ilmiy tadqiqot
muassasalarining fondlari kiradi.
Yurtimiz zaminidagi me’moriy yodgorliklar, tarixiy-madaniy
hudud
va obyektlar, badiiy va musiqiy asarlar, xalq og’zaki ijodiyoti
o’zbek xalqining o’zligini anglashiga, dunyoga tanilishiga xizmat qiladi.
Ota-bobolarimizdan qolgan bunday buyuk merosni avaylab-asrab, kelgusi
avlodlarga etkazish uchun har birimiz mas’uldirmiz.
Do'stlaringiz bilan baham: