Energetika AUDIT va menejmenti asoslari
Reja:
1. Auditorning xuquq va vazifalari
2. Bo‘lim. Auditorlar palatasi
3. Maxsus qoidalar
1. Xalqaro iqtisodiy tashqi lotlardan nufo‘zlisi Evropa iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish (EIXR) tashkilotining hisob-kitoblariga qaraganda, energetika resurslarining qazib chiqarishdan to foydali energiya sifatida iste’molchiga etib kelishi orasida deyarli 70% isrof bo‘lmoqda, fakat 30% gina iste’molchiga etib kelmoqda. Ma’lumki, Evropa mamlakatlarida sarf bo‘lgan 5 mlrd. tonna shartli yoqilg‘ining 1,5 mlrd. tonnasigina «Foydali energiya» sifatida iste’molchilarga etib borgan, xolos. Xalqaro energetika agentligi (XEA)ning malumotlariga ko‘ra shu tashkilotga kiruvchi sanoati rivojlangan 20 davlatda energiyadan tejamkorlik bilan foydalanish to‘g‘risidagi dastur buyicha energiyani iqtisod qilish 10- 15% bo‘lishi kerak edi va bu davlatlar bu dasturni bajarib, xuddi shu ko‘rsatkichlarga erishdilar. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan sung MDH davlatlari ichida birinchilar qatorida energiyadan samarali foydalanish to‘g‘risida qonun qabul qildi. Bu qonun yoqilg‘i va energetika resurslaridan foydalanish va ishlab chiqarishning barcha sohalarida barcha energiya turlaridan samarali foydalanish uchun huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Energetik audit o‘tkazishning xuquqiy asoslari O‘zbekiston Respublikasini 1992 yil 9 dekabr «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi va 1997 yil 25 apreldagi «Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida»gi Qonunlari qabul qilindi. «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi qonunda auditorlik foaliyati bilan sho‘g‘ulanish qonun - qoidalari 18 ta moddada ba’tafsil bayon etilgan. Jumladan,
UMUMIY QOIDALAR 1 - modda. Audit 1. Audit — muayyan vakolatlar berilgan shaxslar auditorlar (auditorlik firmalari) tomonidan xo‘jalik yuritayotgan sub’ektlarning moliyaviy hisobotlari to‘g‘riligini, ular amalga oshirgan moliyaviy va xo‘jalik operatsiyalari O‘zbekiston Respublikasining qonunlari hamda boshqa me’yoriy hujjatlariga qay darajada muvofiqligini, shuningdek mukammalligi va asosliligini, buxgalteriya hisob-kitobi va boshqa moliyaviy hisobot yuritishga doir talablarga qay darajada monandligini tekshirish maqsadida o‘tkaziladigan moliya hujjatlarining ekspertizasi va tahlilidir. Audit shuningdek konsaltingni — mijoz bilan shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishni o‘z ichiga oladi. 2. Auditorlik faoliyati maxsus vakolat berilgan davlat idoralari tomonidan xo‘jalik sub’ektlari faoliyati ustidan nazorat qilinishining o‘rnini bosmaydi. 2 - modda. Auditor, auditorlik firmasi 1. Auditor — belgilangan tartibda auditorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini olgan va auditorlarning kasb-kor ro‘yxatiga kiritilgan mutaxassisdir. 2. Auditorlik firmasi — yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan o‘z ustaviga ko‘ra faoliyat sohasi auditorlik xizmatlari ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan korxonadir. Auditorlik firmalari kichik korxonalar, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar va boshqa tashkiliy-huquqiy shakldagi korxonalar tarzida tuzilishi mumkin, ochiq turdagi aksiyador jamiyatlar bundan mustasno. 3. Auditorlar va auditorlik firmalari davlat ro‘yxatidan o‘tib, litsenziya olganlaridan keyin o‘z faoliyatlarini boshlaydilar. 3 - modda. Xo‘jalik yuritayotgan sub’ekt Xo‘jalik yuritayotgan sub’ektlar deyilganida mulk shaklidan qat’i nazar, barcha korxonalar hamda mustaqil tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ayrim fuqarolar tushuniladi. Xo‘jalik yuritayotgan sub’ektlar auditor (auditorlik firmasi)ni tanlash huquqiga ega bo‘lib, bu huquq auditorlik firmasi va xo‘jalik yuritayotgan sub’ekt o‘rtasida tuziladigan shartnomada mustahkamlab qo‘yiladi. 4-modda. Auditorlar va auditorlik firmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Auditorlar va auditorlik firmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qo‘yiladigan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida amalga oshiriladi. 5 - modda. Auditorlik faoliyatiga litsenziya berish Auditorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beradigan litsenziyalar davlat ro‘yxatidan o‘tilgandan keyin beriladi. Auditorlik faoliyatiga doir litsenziyalar berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Ob’ektlarda energiya tejash buyicha energiya tekshiruvi va energiya ekspertizasi utkazish koidalari 1. Korxona, tashkilot va muassasalarda energiya tekshiruvchi utkazishga oid ushbu koidalar Uzbekiston Respublikasining «Energiyadan okilona foydalanish tugrisida»gi , «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini Davlat nazoartiga olish tugrisida»gi, «Iste’molchilar xukukini ximoya kilish tugrisida»gi konunlari, Fukaro kodeksi, el.energetikadagi nazorat buyicha Davlat Agenligi «Uzdavenergonazorat» Nizomlari asosida ishlab chikilgan va elektr va issiqlik energetiya ishlab chiqaruvchilari va iste’molchilarni, ularning mulkchilik shaklidan kat’iy nazar, energiya tekshiruvidan utkazishda Davlat nazorati idoralarining asosiy vazifa va xukuklarini belgilaydi. 2. Ushbu koidalar iktisodiyotning barcha soxalaridagi energiya samarasi va energiya tejashni ekspertiza kilish va tekshirish tartibini belgilaydi, amalga oshirishga muljallanayotgan yangi, kayta tiklanaetgan ob’ektlar texnologiyalar va uskunalar xo‘jjatlarining foydaliligi va energiya tejamligini baxolash maksadida ularni mukobil variantlar bilan solishtirib xulosa yasash va berish ketma-ketligi xamda ishlab turgan korxona tashkilot va muassalarda energiya manbalaridan unumli foydalanish va ob’ektlardagi ekilgi–energetika va moliyaviy xarajat-larni kamaytirish imkoniyatlarini belgilaydi. 3 Ushbu koidalar Respublikamiz xududida joylashgan ekilgi-energetik manbalaridan maxsulot ishlab xizmat kursatishi uchun xususiy extiejlariga ishiga 6 ming tonnadan ortiq shartli ekilgi eki 1 ming tonnadan ortiq motor moyidan foydalanadigan barcha korxona tashkilot va muassalari taalukli . 4 Energiya tejashni ekspertiza va tekshiruvdan utkazishni moliyalashtirish korxona tashkilot muasasalarning uz mablaglarni xisobidan va Respublikamiz konunchiligi bilan takiklanmagan boshka manbalardan amalga oshiriladi. 5. Korxona, tashkilot va muassasalarda energiya tekshiruvlari o‘tkazishdan asosiy maksad tejaladigan zaxiralarni aniklash, baxolash va ularning solishtirma energiya iste’molini ishlab chikish, bunga kuyidagilar kiradi: Energiyadan foydalanish bilan boglik maxsulot ishlab chiqarish, ish, xizmatlarning xakikiy energetik samarasini baxolash; Energiya ishlab chiqaruvchi va energiya iste’mol kiluvchi uskunalar xolatini aniklash; 6. Energiya ishlab chiqaruvchi va energiya iste’mol kiluvchi ob’ektlarning elektr va issiqlik tarmoklaridagi yoqilg’ining noishlab chiqarishsarflari va energiya yo‘qotishlarni aniklab ularni yo‘qotish buyicha tavsiyalar berish; Energiya iste’molining optimal rejimlarini belgilash; texnologik jarayonlarda va korxonaning yordamchi ishlab chiqarish ob’ektlarida yoqilg’i sarfini, elektr va issiqlik energiya iste’molini ratsionalizatsiya kilish. 7. Energiya tejash buyicha utkaziladigan tekshiruv va ekspertizalar, berish belgilangan tartibda Ushbu xukukka ega korxona va tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. 8. Energeiya tejash eksperitza kilish va tekshirish ustidan «Uzdavenergonazorat» D.A. nazorat qiladi va boshkaradi. Energiya tejashni tekshirish va ekspertiza qilish turlari va taritibi Dastlabki energetik ekspertiza (tekshiruv) ga kuyidagilar taalukli: ishlab chiqaruvchi kuchlar tarakkiyoti va joylashtirilishining loyixaviy sxemalari, tarakkiyot sxemalarining loyixasi iktisodiyotni, xududiy sxemalarni, energiya tejashni, me’eriy-texnik xujjatlar, me’er va koidalar loyixasini, YAngi energiya talab texnika, texnologiya yaratish va materiallar xujjatlarini aks ettiradi. Ishlab chikilgan xuj-jatlarning xozirgi zamon Fan, texnika yutuklari va texnologiyalariga, xamda amaldagi me’eriy xajjatlarga mosligi baxolanadi, ularning iktisodiy samarasi xisobga olinadi; texnik-iktisodiy asoslar vayangi kurili shva amaldagi ob’ektlarni kengaytirish loyixalariga, energeiya tejamkor texnologiya, uskuna va materiallar sotib olish xujjatlariga baxo beriladi. Kurilish kiymati va muddatlari, ob’ektlarning uzini uzi koplashiga, tanlangan uskuna, texnologiyalarning tugriliga baxo beriladi, loyixani ruyobga chiqarish buyicha mukobil variantlar bilan solishtiriladi; Energiya manbalaridan foydalanish samarasigak ba’o beriladi. YOqilg’i-energetik manbalardan foydalanuvchi uskunaning ish samaradorligi tekshirib chiqiladi (energiya, yoqilg’i sarflash xisobi, ulardan foydalanish xisoboti, yoqilg’i-energiya xarajatlari taxlili va boshkalar). Amaldagi uskuna ish kursatgichi loyixaviy kursatkichlar bilan solishtiriladi, nomoslik sabablari aniklanadi. Tekshiruv naktijalari iste’molchining energiya pasportiga kiritiladi, uning namunasi Uzdavenergonazorat tomonidan tasdiklanadi. Tekshiruv natijalari buyicha xulosa va yoqilgi-energetik manbalardan foydalanish samarasini oshirishga oid tavsiyalar beriladi. 10. Ishga tushirish va foydalanishga toprishdan oldin utkaziladigan ekspertiza energiya tejash ob’ektlarining energiyadan foydalanuvchi uskunalarida utkazilib, bunda kurilgan uskunaning Davlat anzalari, SNiP (KMK - qurilish me’yorlari va qoidalari), me’eriy xujjatlar talabilariga va energiya samarasi kursatgichlari bo‘yicha loymxaviy ma’lumotlarga javob berish tekshiriladi. 11. Energiya tejash ekspertizasini o‘tkazish davriyligi – kamida 3 yilda bir marta. Avval berilgan tavsiyalarning bajarilishi tekshiriladi. Energiya manbalarini iste’mol qilish dinamikasi va maxsulotishlab chiqarishga ketgan solishtirma xarajatlarga baxo beriladi (ishlab chiqarishning umumiy moddiy xarajatlaridagi energiya tejash, energiya manbalari narxi). Tekshirish natijalari bo‘yicha istemolchining energiya pasportiga o‘zgartirishlar kiritiladi, xulosa va tavsiyalar beriladi. 12. Navbatdan tashqari ekspertiza Davlat energiya nazoratining tashabbusi bilan quyidagi xollarda o‘tkaziladi: - bilvosita alomatlar bo‘yicha (energiya manbalari umumiy va solishtirma iste’molining, maxsulot tannarxi va uni tarkib etuvchi yoqilgi tannarxi atrof muxitga tashlamalar ortirish), energiya manbalaridan foydalanish samaradorligini pastga tushib ketganligi to‘grisidagi taxmin bo‘yicha; - Ekspertiza natijalari ularning to‘griligiga shubxa o‘ygotsa; Iste’molchi tomonidan yoqilgi – energetik manbalaridan foydalanishga bogliq imtiyozlar berish to‘grisida Davlat boshqaruv idoralariga murojat qilingan bo‘lsa. 13. Maxalliy va ekspress – ekspertiza zaruratga qarab o‘tkaziladi va xajm, vaqt bo‘yicha cheklangan xususiyatga ega. Bunda, energiya manbalaridan bir turining (elektr yokiissiqlik energiyasi, qattiq, suyuq yoki gazsimon yoqilgi). Ikkilamchi manbalarning, aloxida yoki bir gurux agregatlarining energiyadan foydalanish samaradorligining ayrim ko‘rsatgichlaribo‘yicha baxo beriladi. 14.Korxona, tashkilot va muassasalar ekspertiza va tekshiruv natijalari bo‘yicha berilgan tavsiyalarning bajarilishi to‘grisida muntazam (belgilangan tadbirlarning muddatiga qarab), lekin kamida yilda 1 marta “Uzdavenergonazorat” ga axborot beradi. Energiya tejash bo‘yicha tekshiruv va ekspertiza o‘tkazish uslubi. 15. Energiya tejash bo‘yiyaa ekspertiza va tekshiruv ekspert tashkilotlar tomonidan “Uzdavenergonazorat” Agentligi tasdiqlagan va “Uzdavnefgazinspeksiya” bilan kelishilgan uslubda o‘tkaziladi. 16. Energiya tejash bo‘yicha ekspertiza va tekshiruv o‘tkazish uslubi amaldagi iqtisodiyot soxalarida yoqilgi-energetik manbalaridan foydalanish samaradorligini baxolash usullari asosida ishlab chiqiladi. 17. Ekspertiza va tekshiruv o‘tkazishdan oldin ishlab chiqilgan uslubga muvofiq ish dasturi tuziladi (tex. vazifa) va tekshiriladigan iste’molchi bilan kelishiladi.
Xulosa
Hozirgi kunda energetika resurslaridan samarali foydalanishga dunyoning barcha mamlakatlarida katta ahamiyat berilmokda. Bunday holatni yoqilg‘i va energiya resurslarini qazib chiqarish va qayta ishlash uchun sarmoyalar sarfini oshib borishi, qo‘shimcha mehnat resurslari va materiallarning sarfini oshib borishi bilan izohlash mumkin. XX asr oxiri va XXI asr boshida butun dunyoni qamrab olgan energetik krizis sanoati rivojlangan mamlakatlarda organik yoqilg‘i va elektr energiyadan iqtisod qilish maqsadida davlat dasturlari ishlab chiqildi va hayotga tadbiq qilish bo‘yicha ilmiy va amaliy ishlarni rivojlantirish uchun sabab bo‘ldi. AQSH va boshka sanoati rivojlangan davlatlarda olib borilgan tadqiqotlar, issiqlik-energetika resurslarini iqtisod qilish imkoniyatlari beqiyos ekanligini tasdiqlamokda.
Do'stlaringiz bilan baham: |