Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


-§. Fuqarolarning atrof tabiiy muhitga bo’lgan munosabati



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

4-§. Fuqarolarning atrof tabiiy muhitga bo’lgan munosabati 
Inson, uning har tomonlama uyg’un kamol topishi va farovonligi 
ko’p jihatdan uning tabiatga nisbatan munosabati bilanbo’liq. Chunki ming 
yillar davomida insoniyat tabiat qonuniyatlari asosida yashab, unga 
moslashib, uning ne’matlaridan bahramand bo’lib kelmoqda. 
Tabiatdan foydalanish jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiy 
etishining muhim shartidir, ta’bir joiz bo’lsa, davlat iqtisodiy 
qudrati va salohiyatining moddiy asosidir. Kishilik jamiyati tabiiy 
resurslardan foydalanmagan holda mavjud bo’la olmaydi va bunday 
sharoitda barqaror rivojlanish to’g’risida so’z ham bo’lishi mumkin
emas. Shunday ekan, tabiatdan foydalanish bu muqarrar voqeilikdir.
O’z navbatida inson va tabiat o’rtasidagi munosabatlar uyg’un 
muvozanatda rivojlanishi lozim bo’ladi. 
Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq mamlakatimizda atrof tabiiy 
muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va 
ekologik xavfsizlikni ta’minlashda ekologik omillarning ustuvorligi va 


298 
bozor iqtisodiyotining tamoyillari, ma’muriy va iqtisodiy-huquqiy 
mexanizmlarning o’zaro bog’liqligi asosida bosqichma-bosqich ekologik 
siyosat olib borilmoqda. 
Shuning uchun ham atrof tabiiy muhitga bo’lgan munosabatda 
fuqarolarning ehtiyotkorbo’lishga majburligi, uning eng muhim 
burchlari qatorida tabiatning inson oldida emas, balki insonning tabiat 
oldida ma’sulligi va uning bir bo’lagi sifatida uni asrab-avaylashi haqidagi 
tabiiy qonuniyat yotadi. 
Konstitutsiyaning 50-moddasida “Fuqarolar atrof tabiiy muhitga 
ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga majburdirlar” deb belgilangan qoida 
inson va tabiat o’rtasidagi munosabatlar uyg’un muvozanatda 
rivojlanishini, ekologik tizimlar va tabiat obyektlarining muhofaza 
qilinishini, fuqarolarning qulay atrof muhitga ega bo’lish huquqini 
ta’minlashga qaratilgan.
Garchand, konstitutsiyada inson va fuqarolarning asosiy huquqlari 
va erkinliklari tizimida sof ekologik huquqlari belgilangan bo’lmasada, 
fuqarolarning atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga 
majburligi, burchi orqali barqaror ekologik muvozanat va xavfsizlikni 
saqlab qolishga erishish mumkin.
O’zbekiston Respublikasining «Tabiatni muhofaza qilish 
to’g’risida»gi qonuni 3-moddasida inson salomatligi uchun, ekologik 
muvozanatni saqlash uchun, respublikani samarali va barqaror ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish manfaatlari yo’lida tabiatdan oqilona va uni
ishdan chiqarmaydigan qilib foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar 
yaratish; jonli tabiatning turlari va genetik fondi boyligini saqlab qolish; 
ekologiya tizimlari, landshaftlar va noyob tabiat obyektlari xilma-xilligini 
saqlab qolish; ekologiya xavfsizligini ta’minlash; tabiat obyektlari bilan 
bog’liq moddiy madaniy meros obyektlarini asrab qolish kabi chora-
tadbirlar tabiatni muhofaza qilish belgilangan. 
Tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga erishish uchun davlat 
hokimiyati mahalliy idoralari, vazirliklar va idoralar, korxonalar, 
muassasalar, tashkilotlar, fermerlik va kooperativ xo’jaliklar, shuningdek, 
ayrim shaxslar xo’jalik, boshqaruv hamda boshqa faoliyatni amalga 
oshirish jarayonida quyidagi qoidalarga amal qilishlari kerak: 
- insonning yashash muhiti bo’lmish biosfera va ekologiya tizimlari 
barqarorligini saqlab qolish, odamlarning ekologik jihatdan xavfsizligi, 
inson va uning kelgusi avlodlari genetik fondi haqida g’amxo’rlik qilish; 


299 
- fuqarolarning hayot uchun qulay tabiiy muhitga ega bo’lish 
huquqini ta’minlash, barcha turdagi ta’lim muassasalarida ekologiya 
o’quv fanining majburiyligi; 
- jamiyatning ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarini ilmiy 
asoslangan holda uyg’unlashtirish; 
- tabiatdan maxsus foydalanganlik uchun haq to’lash va umumiy 
asoslarda foydalanganlik uchun haq to’lamaslik; 
- ekologiya ekspertizasi o’tkazishning majburiyligi; 
- tabiatdan oqilona foydalanishni va tabiatni muhofaza qilishni 
rag’batlantirish;
- tabiiy resurslarni tiklash zarurligi, atrof tabiiy muhit va inson 
sihat-salomatligi uchun zararli, tiklab bo’lmas oqibatlarga yo’l qo’ymaslik; 
- tabiatni muhofaza qilish vazifalarini hal etishda oshkoralik; 
- tabiatni muhofaza qilish sohasida milliy, regional va xalqaro 
manfaatlarni uyg’unlashtirish; 
- tabiatni muhofaza qilish qonunlari talablarini buzganlik uchun 
javobgar bo’lish. 
“Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida”gi qonunning 
47-moddasida tabiatni muhofaza qilishga doir qonunlarni buzganlik uchun 
javobgarlik masalasi belgilangan bo’lib, unga ko’ra quyidagi hollarda: 
- tabiatni muhofaza qilishning standartlari, normalari, qoidalari va 
boshqa normativ-texnik talablarini buzishda, shu jumladan korxonalar, 
inshootlar, transport vositalari va boshqa obyektlarni rejalashtirish, qurish, 
rekonstruktsiyalash, ulardan foydalanish yoki ularni tugatish chog’ida, 
ekologiya nuqtayi nazaridan xavfli mahsulotlarni chet ellarga chiqarish va 
chet ellardan olib kelishda hududning belgilab qo’yilgan ekologiya 
sig’imini, ekologiya normalari, qoidalarini buzishda; 
- tabiiy boyliklardan o’zboshimchalik bilan foydalanishda, davlat 
ekologiya ekspertizasi talablarini bajarmaganlikda; 
- tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun belgilangan to’lovni, 
shuningdek, atrof muhitni ifloslantirganlik va unga zararli ta’sir 
ko’rsatishning boshqa turlari uchun kompensatsiya to’lovlari to’lashdan 
bosh tortganlikda; 
- tabiatni muhofaza qilish obyektlarini qurish rejalarini, tabiatni 
muhofaza qilishga doir boshqa tadbirlarni bajarmaslikda; 
- atrof tabiiy muhitni tiklash, unga bo’ladigan zararli ta’sir 
oqibatlarini bartaraf etish va tabiiy resurslarni takror ishlab chiqarish 
choralarini ko’rmaganlikda; 


300 
- tabiatni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshi-
rayotgan idoralarning ko’rsatmalarini bajarmaganlikda; 
-tabiatni muhofaza qilish obyektlari va muhofaza etiladigan tabiiy 
hududlarning huquqiy rejimini buzganlikda; 
- atrof tabiiy muhitga zararli ta’sirni hisobga olish qoidalarini 
buzganlikda; 
- chiqindilarni, kimyolashtirish vositalarini, shuningdek, radioaktiv 
va zararli kimyoviy moddalarni saqlash, tashish, ulardan foydalanish, ular-
ni zararsizlantirish va ko’mib yuborish vaqtida tabiatni muhofaza qilish 
talablarini buzganlikda; 
- atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish sohasidagi davlat nazoratini 
amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning obyektlarga borishiga, ayrim 
shaxslar va tabiatni muhofaza qilish jamoat tashkilotlariga esa o’z huquq 
va vazifalarini ro’yobga chiqarishlariga to’sqinlik qilganlikda;
- atrof tabiiy muhitning holati va uning resurslaridan foydalanish 
to’g’risida o’z vaqtida va to’g’ri axborot berishdan bosh tortganlikda 
aybdor bo’lgan shaxslar O’zbekiston Respublikasining qonunlariga binoan 
intizomiy, ma’muriy, jinoiy va boshqa yo’sindagi javobgarlikka 
tortiladilar. 
Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik 
to’g’risidagi kodeksning 60 (Tabiiy resurslarga egalik huquqini buzish), 
65-96-moddalarida (VIII BOB. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish 
va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy 
javobgarlik), Jinoyat kodeksining 193-204 (To’rtinchi bo’lim. Ekologiya 
sohasidagi jinoyatlar) va 229¹-moddalarida (Yer uchastkalarini 
o’zboshimchalik bilan egallab olish) nazarda tutilgan huquqbuzarlik 
hamda jinoyatlar uchun javobgarlik choralari belgilangan. 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish