Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


-§. O’zbekiston Respublikasini himoya qilish



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

6-§. O’zbekiston Respublikasini himoya qilish 
 
O’zbekiston Respublikasining suvereniteti, hududiy yaxlitligini, 
aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish O’zbekiston 
Respublikasi har bir fuqarosining Vatani oldidagi muqaddas va sharafli 
burchidir. 
Avvalambor, “Burch – kishining biror shaxs, oila, jamoa, el-yurt, 
Vatan oldidagi majburiyatini anglatuvchi axloqiy tushuncha. Burchda 
obyektiv munosabatlar ifodalanadi, ya’ni u jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy 
va axloqiy negizlari bilan belgilanadi. Burchning o’ziga xos xususiyatlari 
mavjud bo’lib, u insonning ichki kechinmalari, tashqaridan turib nazorat 
qilinmaydigan murakkab ruhiy holatini ifodalaydi. Burch imon-e’tiqod, 


303 
onglilik, halollik, vijdon kabi tushunchalar bilan chambarchas bog’liq”
140
degan entsiklopedik tushunchasini e’tirof etib o’tish maqsadga muvofiqdir. 
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi XIbobi “Fuqarolarning 
burchlari”ga bag’ishlangan bo’lib, ushbu bobda fuqarolarning oltita eng 
muhim konstitutsiyaviy burchlari belgilangan. Ammo O’zbekiston 
Respublikasini himoya qilish burchi barcha fuqarolarga emas, balki 
faqatgina O’zbekiston Respublikasi fuqarosining burchi ekanligi 
ahamiyatlidir.
Albatta vatanparvarlik, yurtga sadoqat, ona-Vatanga, prezidentga 
sodiqlik, xalqqa xizmat qilish eng ulug’, eng sharafli burch ekanligidan 
dalolatdir. 
“Vatanparvarlik – kishilarning ona yurtiga, o’z vataniga muhabbati 
va sadoqatini ifodalaydigan tushuncha. Vatanparvarlik barcha kishilar, 
xalqlar, millatlar uchun umumiy bo’lgan, asrlar davomida sayqallanib 
kelgan umuminsoniy tuyg’u, ma’naviy qadriyatlardan biri. Tarixiy 
jihatdan Vatanparvarlik kishilarning o’z vatanlari taqdiri bilan bog’liq 
ijtimoiy rivojlanish, xalqlarning o’zlari yashayotgan hududning daxlsizligi 
va mustaqilligi yo’lidagi kurashi jarayonida takomillashib kelgan 
histuyg’ular jamlanmasi hamdir. Bu vatanning o’tmishi va hoziri bilan 
faxrlanishda, uning manfaatlarini himoya qilishda namoyon bo’ladi”
141

Darhaqiqat, sharafli va oliyjanob, aziz va tabarruk bo’lgan burchni 
bajarish kindik qoni tomgan har bir insonning yurtni asrab-avaylash, 
e’zozlash, uning kelajagi uchun qayg’urishga, xalqiga, prezidentiga sodiq 
xizmat qilishga undaydi. 
Demak, ushbu muqaddas burch O’zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasi 52-moddasida “O’zbekiston Respublikasini himoya qilish - 
O’zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir. 
Fuqarolarqonundabelgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni 
o’tashga majburdirlar” deb belgilandi. 
“Vatanparvarlik tuyg’usi O’zbekiston fuqarolariga xos xislat. O’z 
davlatining obro’-e’tiborini mustahkamlash, qadr-qimmatini saqlash uchun 
ular halol va vijdonan mehnat qiladilar, uning iqtisodini yanada 
rivojlantirish uchun jamiyatda yuzaga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy 
muammolarni muvaffaqiyatli hal qilish uchun harakat qiladilar. 
140
Ўзбекистон
миллий
энциклопедияси
. 2-
жилд

Бешик
-
Гидрофизика

Таҳрир
ҳайъати

М
.
Аминов

Б
.
Аҳмедов

Ҳ
.
Бобоев
ва
б

Т
.: «
Ўзбекистон
миллий
энциклопедияси
» 
Давлат
илмий
нашриёти
, 2001. – 261 
б
.
141
Ўша
асар
. – 395 
б



304 
O’zbekiston Respublikasining fuqarosi qayerda va qanday lavozimda 
ishlamasin, qanday vazifani bajarmasin, vaqtincha qaysi xorijiy davlatda 
yashab, unga topshirilgan vazifani bajarishda davom etib turmasin, 
o’zining tutgan o’rni, xatti-harakatlari bilan o’z Vatanining obro’sini 
baland ko’tarishga, uning sha’niga dog’ tushirmaslikka, O’zbekiston 
Respublikasining fuqarosi degan nomga munosib bo’lishga harakat 
qiladi”
142

 
O’zbekiston Respublikasining 1991-yil 31-avgustda qabul qilingan 
“O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida”gi 
qonunning 6-moddasiga muvofiq “O’zbekiston Respublikasi Mudofaa 
ishlari vazirligini tuzish, Milliy gvardiya va noharbiy (muqobil) xizmat 
tashkil etish huquqiga ega” bo’ldi hamda O’zbekiston Respublikasining 
Mustaqillik deklaratsiyasiga va O’zbekiston Respublikasining Davlat 
mustaqilligi to’g’risidagi Bayonotga asoslanib, O’zbekiston 
Respublikasining davlat chegarasi va hududi daxlsiz va bo’linmas deb 
qayd etildi. 
Konstitutsiyaga muvofiq mamlakatni mudofaa qilish davlatning eng 
muhim vazifalaridan biri sifatida belgilandi hamda O’zbekiston 
Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining 
tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun O’zbekiston 
Respublikasi Qurolli Kuchlari tuzildi.
O’zbekiston Respublikasini himoya qilish va uning Qurolli 
Kuchlari safini to’ldirishni va ularning zahirasini tayyorlashni ta’minlash 
maqsadida 1992-yil 3-iyuldagi “Mudofaa to’g’risida”gi (yangi tahriri – 
2001-yil 11-may), “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat 
to’g’risida”gi (yangi tahriri – 2002-yil 12-dekabr) Qonunlariga muvofiq 
umumiy harbiy majburiyat joriy etildi. 
O’zbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va 
harbiy xizmat to’g’risida”gi qonuni 3-moddasiga asosan “Umumiy harbiy 
majburiyat fuqarolarni harbiy xizmatga tayyorlashni, harbiy xizmatga 
chaqirishni (kirishni), chaqiruv yoki kontrakt bo’yicha harbiy xizmat 
o’tashni, rezervdagi xizmatni, muqobil xizmatni, harbiy ro’yxatdan o’tish 
qoidalariga rioya etishni, favqulodda vaziyatlarda yoki O’zbekiston 
Respublikasiga qarshi harbiy tajovuz bo’lgan taqdirda aholini muhofaza 
etish tadbir-choralarini qamrab oladi”. 
142
Раҳмонқулов

Ҳожиакбар

Инсонпарвар
давлат
Конституцияси
. – 
Тошкент

Янги
аср
авлоди

2014. – 234 
б



305 
Albatta umumiy harbiy majburiyat O’zbekiston Respublikasi 
hududida doimiy yoki vaqtincha yashayotgan chet el fuqarolari va 
fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga tatbiq etilmaydi. 
Darhaqiat, harbiy xizmat - O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining 
Qurolli Kuchlar safida umumiy harbiy majburiyatni bajarish borasidagi 
davlat xizmatining alohida turi bo’lib, harbiy xizmatning quyidagi turlari 
joriy etilgan: 

muddatli harbiy xizmat; 

safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat; 

kontrakt bo’yicha harbiy xizmat; 

O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida harbiy 
xizmatni o’tagan rezervchilar xizmati. 
Tinchlik davrida oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlarida 
muddatli harbiy xizmatga, shuningdek, safarbarlik chaqiruvi zahirasidagi 
xizmatga o’n sakkiz yoshdan yigirma etti yoshgacha bo’lgan, 
salomatligiga ko’ra Qurolli Kuchlar safida harbiy xizmatni o’tashga 
yaroqli erkak fuqarolar chaqiriladilar. 
“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to’g’risida”gi 
qonunning 9-moddasiga ko’ra, harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga 
majburlar oddiy askarlar, serjantlar va zobitlar tarkibiga bo’linadi.Zobitlar 
tarkibi kichikzobitlar, katta zobitlar va generallar tarkibiga bo’linadi.
Har bir harbiy xizmatchi va harbiy xizmatga majburga tegishli harbiy 
unvon beriladi. Qurolli Kuchlardagi harbiy unvonlar qo’shin unvonlari va 
kema tarkibidagi unvonlarga bo’linadi. 
Qurolli Kuchlarda quyidagi harbiy unvonlar joriy etiladi: 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish