Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


O’zini - o’zi nazorat qilish savollari



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

O’zini - o’zi nazorat qilish savollari 
1. Fuqarolik jamiyatining mohiyati nima bilan belgilanadi? 
2. Jamiyatning iqtisodiy negizlari deganda nimani tushunasiz? 
3. Mulkning qanday shakllari mavjud? 
4.O’zbekistonda amalga oshirilayotgan tadbirkorlik sohasidagi 
islohotlarga to’xtalib o’tsangiz? 
4. Ekologiya sohasidagi qaysi qonunlarni bilasiz? 
 
 


336 
XVI BOB. O’ZBEKISTONDA JAMOAT BIRLASHMALARI 
FAOLIYATINING KONSTITUTSIYAVIY ASOSLARI 
1-§. Jamoat birlashmalarining jamiyatda tutgan o’rni. 
2-§. Jamoat birlashmalari tizimi. 
3-§. Jamoat birlashmalarini ro’yxatdan o’tkazish tartibi. 
4-§. Jamoat birlashmalarining turlari. 
5 §. Siyosiy partiyalarning konstitutsiyaviy maqomi. 
1-§. Jamoat birlashmalarining jamiyatda tutgan o’rni 
Jamoat birlashmasi – bu o’z manfaatlarini turli xil shakllarda, shu 
jumladan, muayyan me’yor va qoidalar asosidagi dasturlar shaklida 
birgalikda amalga oshiruvchi shaxslarning birlashmasi hisoblanadi.
Jamoat birlashmasi deganda uning mohiyatiga e’tibor berish kerak 
bo’ladi. Jamoat birlashmasi biron-bir shaxsni yoki ayrim guruhlarning 
shaxsiy foyda olish istagini ifodalamaydi. Jamoat birlashmalari odatda 
g’oya, iroda bilan harakatga keladi, ularning yagona maqsadi jamiyatni 
takomillashtirish. Ular o’z oldiga nazorat qilish yoki foyda olish vazifasini 
qo’ymaydi, balki ular jamiyatni mukammallashtirish yo’nalishi va istagida 
faoliyat yuritadi. Demak, jamoat birlashmalari fuqarolarga o’zlariga o’zlari 
yordam berishlari, o’z hayotlarini, jamiyatni takomillashtirish orqali 
yaxshilashimkonini beradi.
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 20-moddasiga ko’ra 
“Har bir inson tinch yig’inlar o’tkazish va uyushmalar tuzish huquqiga 
ega”, 23-modda 4-qismiga ko’ra “Har bir inson kasaba uyushmalari
tuzish va o’z manfaatlarini himoya qilish uchun kasaba uyushmalariga 
kirish huquqiga ega”. 1966-yil 19-dekabrda qabul qilingan Fuqarolik va 
siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro paktning 22-moddasiga ko’ra
“Har bir inson boshqalar bilan assotsiatsiyalar tuzish, jumladan, kasaba 
uyushmalar tashkil etish erkinligi va o’z manfaatlarini himoya qilish uchun 
shunday uyushmalarga kirish huquqiga ega”. 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 56-moddasiga asosan 
kasaba uyushmalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar, faxriylar va 
yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar va 
fuqarolarning boshqa uyushmalari jamoat birlashmasi sifatida e’tirof 
etilgan. 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi jamoat birlashmalariga o’z 
ustavlarida nazarda tutilgan asosiy maqsad va vazifalarni bajarish imkonini 


337 
kafolatlaydi. Bu kafolat fuqarolarning ixtiyoriy uyushishga bo’lgan 
huquqlarini ro’yobga chiqarish uchun huquqiy asos bo’lib xizmat qiladi. 
Bugungi kunda yurtimizda faoliyat ko’rsatayotgan 9200 dan ziyod 
nodavlat notijorat tashkiloti jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va 
qonuniy manfaatlarini, demokratik qadriyatlarni himoya qilishda, ijtimoiy, 
madaniy va ma’rifiy maqsadlarga erishishda muhim rol o’ynamoqda. 
O’zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalarining huquqiy asosi 
yaratilgan. Konstitutsiyaning bir qator normalarida fuqarolarning jamiyat 
va davlatni boshqarishda ishtirok etish (32-modda), kasaba uyushmalariga, 
siyosiy partiyalarga, jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy 
harakatlarda qatnashish (34-modda) huquqi kafolatlangan. 
O’zbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan 
“O’zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to’g’risida”gi qonunida 
jamoat birlashmasi tushunchasi, maqsadi, shakllari, faoliyat doirasi va 
huquqlari, maqomi va ro’yxatga olinishi kabi normalar o’z ifodasini 
topgan.
O’z huquqlari, erkinliklarini hamda siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy 
rivojlanish, fan, madaniyat, ekologiya va hayotning boshqa sohalaridagi 
qonuniy manfaatlarini birgalikda ro’yobga chiqarish uchun birlashgan 
fuqarolarning xohish-irodalarini erkin bildirishlari natijasida vujudga 
kelgan ixtiyoriy tuzilma jamoat birlashmasi hisoblanadi. 
Jamoat birlashmalari o’z ustavida belgilangan maqsad va vazifalarni 
amalga oshirish uchun tashkil etiladi. “Jamoat birlashmalari to’g’risida”gi 
qonunning 3-moddasiga ko’ra, “Jamoat birlashmalari fuqarolik, siyosiy, 
iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy, huquqlar hamda erkinliklarni ro’yobga 
chiqarish va himoya qilish; fuqarolarning faolligi va tashabbuskorligini, 
davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ularning ishtirok etishini 
rivojlantirish; kasb-kor va havaskorlik qiziqishlarini qondirish; ilmiy, 
texnikaviy va badiiy ijodkorlikni rivojlantirish; aholining sihat-
salomatligini saqlash, xayriya faoliyatida qatnashish; madaniy-ma’rifiy, 
jismoniy tarbiya-sog’lomlashtirish va sport ishlarini amalga oshirish; 
tabiatni, madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish; vatanparvarlik va 
insonparvarlik tarbiyasi; respublikalararo va xalqaro aloqalarni 
kengaytirish, xalqlar o’rtasida tinchlik va do’stlikni mustahkamlash; 
qonunda taqiqlanmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish maqsadida 
tuziladi”. 
Faoliyati jamiyatning axloqiy negizlarini, umumbashariy 
insonparvarlik qadriyatlarini buzishga qaratilgan, shuningdek, 
konstitutsion tuzumni g’ayriqonuniy yo’l bilan o’zgartirish yoki 


338 
O’zbekiston Respublikasi hududining birligini buzish, urushni, 
zo’ravonlikni va shafqatsizlikni, jamiyatni parchalashga olib boradigan 
ijtimoiy, shu jumladan sinfiy, shuningdek, irqiy, milliy va diniy adovatni 
avj oldirish, qonun bilan taqiqlangan boshqa xatti-harakatlar qilish 
maqsadini ko’zlaydigan jamoat birlashmalarining tuzilishiga yo’l 
qo’yilmaydi. 
Jamoat birlashmalari o’z a’zolarining ixtiyoriyligi, teng huquqliligi, 
o’zini o’zi boshqarish, qonuniylik va oshkoralik asosida tuziladi va harakat 
qiladi. 
Davlat o’zining Konstitutsiya va boshqa qonunlarida jamoat 
birlashmalarining qonuniy huquq va manfaatlariga shart-sharoitlar yaratish 
uchun va asosiy vazifasini amalga oshirish uchun kafolatlar beradi. 
Yoshlar va bolalar tashkilotlariga davlat moliyaviy va mol-mulk 
tomonidan yordam beradi, soliq siyosatida imtiyozli munosabatlarni 
amalga oshirishni ta’minlaydi. Binolardan foydalanishda imtiyozlar va 
boshqa sharoitlar yaratadi. Davlat organlarining, mansabdor shaxslarning 
ular faoliyatiga aralashishiga yo’l qo’yilmaydi. Albatta tegishli qonunlarda 
ko’rsatilgan nazorat vazifalari bundan mustasnodir. 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish