Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


-§. Jamoat birlashmalarining turlari



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

4-§. Jamoat birlashmalarining turlari 
O’zbekistonda jamoat birlashmalarining quyidagi turlari mavjud: 
1)
xalqaro jamoat birlashmalari; 
2)
respublika jamoat birlashmalari;. 
3)
mahalliy jamoat birlashmalari; 
Agar O’zbekiston Respublikasida tuzilgan jamoat birlashmasining 
faoliyati, o’z nizomiga muvofiq O’zbekiston Respublikasi hududida va 
bitta yoki undan ortiq xorijiy davlatlar hududida amal qilsa, u xalqaro 
jamoat birlashmasi deb e’tirof etiladi. 
Ustavda belgilangan vazifalariga muvofiq faoliyati butun Respublika 
hududida amalga oshiriladigan jamoat birlashmalari Respublika jamoat 
birlashmalariga kiradi.
Viloyat, shahar, tuman, shaharcha va qishloq jamoat birlashmalari 
mahalliy jamoat birlashmalariga kiradi. 
Nizomda belgilangan vazifalariga qarab qaysi hududda faoliyat 
yuritsa, o’sha hudud, ya’ni viloyat, shahar, tuman, shaharcha va qishloq 
jamoat birlashmalari hisoblanadi. 
Zarurat bo’lganda, viloyatlararo va tumanlararo jamoat birlashmalari 
tuzilishi mumkin. 
Jamoat birlashmalari qonun oldida teng huquqlarga ega bo’lib, 
ularning huquqlari nizomlarida belgilab qo’yiladi: 
1) o’z faoliyati va maqsadlari to’g’risidagi axborotni erkin tarqatadi; 
2) qonunchilikka muvofiq davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarini 
tuzishda qatnashadi; 
3) davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarining qarorlarini 
tayyorlashda ishtirok etadi; 
4) davlat va jamoat idoralarida o’z a’zolari nomidan ish yuritadi va 
qonuniy manfaatlarini himoya qiladi. 
Biz adolatli fuqarolik jamiyatni shakllantirishni maqsad qilgan 
ekanmiz, jamoat birlashmalari, notijorat va nodavlat tashkilotlari, 
jumladan, turli fondlarning oilani muhofaza qilishdagi ahamiyati oshib 
boraveradi. 
Mamlakatimizda jamoat birlashmalari turli jamg’armalar hisobidan 
oilani mustahkamlash, bolalar manfaatini himoya qilish uchun turli 
moddiy va ma’naviy yordam ko’rsatib kelmoqda. 
Jamoat tashkilotlari o’z maqsad va vazifalariga muvofiq ravishda 
respublikada o’tkazilayotgan keng ko’lamli islohotlarga munosib hissa 
qo’shib kelmoqda. Masalan, “Mahalla”, “Nuroniy” “Sog’lom avlod 


343 
uchun” kabi jamg’armalar faxriylarimizni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, 
mahallalarda ta’lim-tarbiya hamda obodonchilikni amalga oshirish, 
bolalar va onalar sog’lig’ini ta’minlash borasida samarali faoliyat 
ko’rsatib kelmoqda. 
Bugungi kunda O’zbekistonda o’n mingga yaqin mahalla va qishloq 
fuqarolari yig’inlari oilalar bilan jamoatchilik asosida katta tashkiliy va 
oilaviy ishlarni olib bormoqdalar, oilalarni saqlab qolish va ularni 
mustahkamlashga, voyaga yetmagan bolalar manfaatlarini himoya qilishga 
o’z hissalarini qo’shib kelmoqdalar. 
Jamoat birlashmalari qonunlarda belgilab qo’yiladigan tartibda 
ishlab chiqarish va boshqa tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanadilar 
hamda faqat ustavdagi vazifalarni bajarish maqsadida huquqiy shaxs 
maqomiga ega bo’lgan korxonalar va xo’jalik hisobidagi tashkilotlarni 
barpo etadilar. 
Jamoat birlashmalari, ularning tashkilotlari binolar, inshootlar, uy-
joy fondi, uskunalar, asboblar, madaniy-ma’rifiy va sog’lomlashtirish 
maqsadlari uchun mo’ljallangan mulklarga, pul mablag’iga, aksiyalarga, 
boshqa qimmatli qog’ozlarga hamda ularning ustavlarida ko’zda tutilgan 
faoliyatni moddiy ta’minlash uchun zarur bo’lgan o’zga mol-mulkka, 
shuningdek, intellektual mulk obyektlariga egalik qilishlari mumkin. 
Birlashmalarning ustavlarida ko’rsatilgan maqsadlarga muvofiq ularning 
mablag’i hisobidan barpo etilgan nashriyotlar, boshqa korxonalar, xayriya 
muassasalari jamoat birlashmalarining mulki bo’lishi mumkin. 
Jamoat birlashmalarining pul mablag’lari, agar ustavda ko’zda 
tutilgan bo’lsa, birlashmaga kirish va a’zolik badallarini to’lashdan; 
ixtiyoriy ravishda o’tkazilgan pul va xayriyalardan; ustavga muvofiq 
o’tkazilgan ma’ruzalar, ko’rgazmalar, sport hamda boshqa tadbirlar, 
lotereyalar tushumlaridan, ishlab chiqarish, xo’jalik va noshirlik 
faoliyatidan olinadigan daromadlardan; qonun bilan taqiqlanmagan 
boshqa tushumlardan tashkil topadi. 
Jamoat birlashmasi nizomini ro’yxatga olgan Adliya vazirligi va 
joylardagi adliya boshqarmalari jamoat birlashmalari faoliyatining 
maqsadlariga taalluqli nizom qoidalariga rioya etilishini nazorat qiladilar. 


344 
Jamoat birlashmalari to’g’risidagi qoidalarni buzish amaldagi 
qonunlarga muvofiq jinoiy, ma’muriy-moddiy yoki o’zga javobgarliklarga 
sabab bo’ladi. 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish