334
yetishtirilgan yovvoyi hayvonlar yuridik yoki jismoniy shaxsning mulki
bo’lishi mumkin.
Hayvonot dunyosi
obyektlarini yovvoyi hayvonlar, yovvoyi
hayvonlarning yashash faoliyati mahsulotlari va zoologiya kolleksiyalari
tashkil etib, yuridik va jismoniy shaxslar hayvonot dunyosi obyektlaridan
foydalanuvchilar bo’lishi mumkin.
O’zbekiston Respblikasining “Atmosfera havosini muhofaza qilish
to’g’risida”gi qonunning 1-moddasiga ko’ra, atmosfera havosi tabiiy
resurslarning tarkibiy qismi bo’lib, u umummilliy boylik hisoblanadi va
davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
O’zbekiston Respublikasining “Muhofaza
etiladigan tabiiy hududlar
to’g’risida”gi qonunining 6-moddasida “Muhofaza etiladigan tabiiy
hududlarga bo’lgan mulk huquqi”, ya’ni Muhofaza etiladigan tabiiy
hududlar davlat mulkidir va uning muhofazasida ekanligi belgilangan. Yer
uchastkalari va boshqa tabiiy obyektlar xususiy buyurtma qo’riqxonalar
hamda tabiiy pitomniklar tashkil etish uchun yuridik va jismoniy
shaxslarga foydalanishga berilishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasining “Davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish to’g’risida”gi qonunining 4-moddasiga muvofiq,
O’zbekiston Respublikasi ommaviy mulki obyektlari to’liq ravishda yoki
qisman davlat tasarrufidan chiqariladi va xususiylashtiriladi. Ammo
O’zbekiston Respublikasi hududi doirasida yer (qonun hujjatlarida nazarda
tutilgan hollardan tashqari), yerosti boyliklari, ichki suvlar, havo havzasi,
o’simlik va hayvonot dunyosi davlat mulki obyektlari davlat tasarrufidan
chiqarilmaydi va xususiylashtirilmaydi.
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 182-moddasida
“Mulk huquqining vujudga kelish asoslari”belgilangan bo’lib, unga ko’ra
tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqi mehnat faoliyati; mol-mulkdan
foydalanish sohasidagi tadbirkorlik va boshqa xo’jalik faoliyati, shu
jumladan,
mol-mulkni yaratish, ko’paytirish, bitimlar asosida qo’lga
kiritish; davlat mol-mulkini xususiylashtirish; meros qilib olish; egalik
qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat; qonun hujjatlariga zid
bo’lmagan boshqa asoslarda vujudga keladi.
Jumladan, hayvonot dunyosi obyektlaridan belgilangan tartibda
ruxsatnoma olib, foydalanish turlaridan qat’iy
nazar tabiiy muhitdan
ajratib olingandan so’ng foydalanuvchi ushbu obyektga nisbatan mulk
huquqiga ega bo’ladi. Ammo tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqining
vujudga kelishi har bir tabiiy obyektning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib
335
chiqadi. Masalan, havo bo’shlig’iga nisbatan mulk huquqi har doim
davlatga tegishli.
Tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqi unga egalik qilish,
foydalanish hamda tasarruf etish jarayonlarida namoyon bo’ladi.
Tabiat obyektlari inson faoliyati natijasida yaratilmasligi,
ularning
cheklangan miqdorda mavjudligini tabiiy resurslarning bebaholigi yoki
bahosini mavjud emasligini anglatadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tabiiy
resurslardan foydalanishning iqtisodiy asoslariga e’tibor kuchayadi. Tabiiy
resurslarning haqiqiy bahosini aniqlash murakkab, ammo bu uni iqtisodiy
baholanishi va undan foydalanganlik uchun haq to’lash lozimligini inkor
etmaydi.
Muxtasar qilib aytganda, tabiiy resurslarga
nisbatan mulk huquqi
davlat mulk huquqi ustuvorligi e’tirof etilishi, belgilangan tartibda qo’lga
kiritilgandan so’ng xususiy mulkka aylanishi, davlat tasarruf etish
huquqini davlat organlari faoliyati orqali amalga oshirishi, tabiiy resursdan
maqsadli foydalanish talabi belgilanganligi, hozirgi va kelajak avlod
manfaatlarini ta’minlagan holda amalga oshirilishi
kabi xususiyatlari bilan
tavsiflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: