4-§. Tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqi xususiyatlari
Mulk huquqi tabiiy resurslar kimga tegishliligini va mulkdorlarning
ularga nisbatan vakolatlarini anglatadi. Tabiiy resurslarga nisbatan mulk
huquqi unga egalik qilish, foydalanish hamda tasarruf etish jarayonlarida
namoyon bo’ladi.
Asosiy qonunimizda tabiiy resurslar umummilliy boylik sifatida
e’tirof etilgan. Tabiiy resurslar
–
yer, suv, o’rmon, yer osti boyliklari va
shu kabilar mol-mulk obyektlari tizimida alohida o’rin egallaydi.
Birinchidan, ular ko’p hollarda inson mehnatining mahsuli emas,
foydalanib bo’lgandan keyin qayta tiklanmaslik xususiyatiga ega yoxud
qayta tiklash uzoq davom etadigan jarayon hisoblanadi. Ikkinchidan, tabiiy
328
resurslar jonli va jonsiz tabiatning tarkibiy qismi, inson yashash muhiti
bilan uzviy bog’liq. Binobarin, tabiiy resurslardan har qanday foydalanish
va unga ta’sir qilish bevosita boshqa shaxslarga va jamiyatga muayyan
darajada ta’sir etmasdan iloji yo’q. Uchinchidan, tabiiy resurslardan
foydalanmasdan turib har qanday ishlab chiqarish jarayonini tashkil etib
bo’lmaydi. Iqtisodiy tizimda tabiiy resurslar ishlab chiqarish vositasi
sifatida namoyon bo’ladi
157
.
Tabiiy resurslarni umummilliy boylik sifatida e’tirof etuvchi
Konstitutsiyamizning 55-moddasi O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik
kodeksida, Yer kodeksida, “O’zbekiston Respublikasida mulkchilik
to’g’risida”gi, “Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida”gi va har bir tabiiy
resurslar to’g’risidagi qonunlarda yanada rivojlantirilgan va kengroq
tartibga solingan.
Xususan, Fuqarolik kodeksida tabiiy resurslar Respublika mulki,
Yer kodeksi, “Suv va suvdan foydalanish to’g’risida”gi qonunda –
davlat
mulki (umummilliy boylik)
, “Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida”gi,
“Atmosfera havosini muhofaza qilish to’g’risida”gi, “O’simlik dunyosini
muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risida”gi (yangi tahriri),
“Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risida”gi
(yangi tahriri) qonunlarda –
umummilliy boylik,
“Yer osti boyliklari
to’g’risida”gi qonunda (yangi tahriri)
O’zbekiston Respublikasining mulki
sifatida talqin etiladi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 55-moddasida tabiiy
resurslardan oqilona foydalanish talabi mustahkamlangan. Tabiiy
resurslardan oqilona foydalanish deganda, ulardan ilmiy asoslangan,
har bir tabiat obyektining o’ziga xos xususiyatlari hisobga olingan,
ekologik va iqtisodiy manfaatlar uyg’unlashgan holda, tejamli, ularni qayta
tiklash, holatini yaxshilash va keskin o’zgartirmaslikni ko’zda tutadigan
holda foydalanish tushuniladi.
Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish talabi buzilganda,
qo’llaniladigan huquqiy ta’sir chorasi sifatida tabiiy resurslarga bo’lgan
huquqlarning bekor bo’lishi (Yer kodeksining 36-moddasi), keltirib
chiqargan oqibatiga qarab ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka
157
Оқюлов
О
.
Ўзбекистон
Республикаси
Конституциясида
табиий
ресурсларга
нисбатан
мулкчилик
масалалари
.
Табиий
ресурсларга
нисбатан
мулк
ҳуқуқи
.
Илмий
-
амалий
конференция
материаллари
. –
Тошкент
:
ТДЮИ
нашриёти
, 2007
йил
. –
Б
. 32.
329
(MJTK 60, 65, 70, 74, 85, 90-moddalar, JK 197, 202–203-moddalar va
boshqalar) sabab bo’lishi mumkinligi ko’zda tutiladi.
Mulk sifatida tabiiy resurslarning kelib chiqishi inson faoliyati
natijasida emasligi, balki tabiiy mavjudligi yoki tabiat tomonidan in’om
etilganligi, tabiiy holatda inson mehnatisiz mavjud bo’lishi ham tabiiy
rusurslarga nisbatan mulk huquqining o’ziga xos bo’lgan xususiyatlaridan
biri bo’lib, tabiiy resurslarning umummilliy boylik sifatidagi maqomi
ham uning ushbu xususiyatlaridan kelib chiqadi.
Tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqi–tabiat obyektlarining
ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan o’zlashtirilishini belgilashni, tabiiy
resurslar kimga tegishliligini, mulkdorlarning ularga nisbatan bo’lgan
vakolatlarini hamda huquq va majburiyatlarini belgilovchi huquq
normalari yig’indisini ifodalaydi.
Bu o’rinda “Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida”gi qonun alohida
ahamiyatga ega bo’lib, uning 5-moddasi tabiiy resurslarga nisbatan
mulkchilik masalasiga bag’ishlangan bo’lib, unga ko’ra, O’zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq yer, yerosti boyliklari, suv,
o’simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar umummilliy
boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat
muhofazasidadir.
O’zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 16-moddasida
O’zbekiston Respublikasida yerga bo’lgan mulkchilik qonuniy ravishda
mustahkamlangan,ya’ni yer davlat mulki – umummilliy boylikdir, undan
oqilona foydalanish zarur, u davlat tomonidan muhofaza etiladi hamda
oldi-sotdi qilinmaydi, ayirboshlanmaydi, hadya etilmaydi, garovga
qo’yilmaydi, O’zbekiston Respublikasining qonunlarida belgilangan
hollar mustasno sifatida o’rnatilgan.
Yerga nisbatan mulk huquqining o’ziga xos xususiyati shundaki,
u Yer kodeksining 18-moddasiga muvofiq, ayrim hollarda mulk
huquqining obyekti bo’lishi mumkin hisoblanadi. Jumladan, quyidagi uch
holatda yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo’lgan mulk
huquqi vujudga keladi:
1) Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo’lgan mulk
huquqi savdo va xizmat ko’rsatish sohasi obyektlari ular joylashgan
yer uchastkalari bilan birga xususiylashtirilganda qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda vujudga keladi.
2) Diplomatiya vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan,
O’zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xalqaro
tashkilotlarning yer uchastkalariga mulk huquqi ularga o’zlari vakolatxona
330
binosi sifatida foydalanayotgan imorat yoki imoratning qismlari, shu
jumladan, vakolatxona boshlig’ining qarorgohi ular joylashgan yer
uchastkalari bilan birga, shuningdek, mazkur vakolatxonalarning
imoratlarini qurish uchun yer uchastkalari qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda realizatsiya qilinganda vujudga keladi.
3) Chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarning — diplomatiya
korpusi xodimlarining, O’zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan
matbuot vakillarining, firmalar, kompaniyalar va xalqaro tashkilotlar
doimiy vakolatxonalari xodimlarining, chet el investitsiyasi ishtirokidagi
korxonalarda doimiy asosda ishlovchi shaxslarning,
shuningdek,Respublikada doimiy istiqomat qiluvchi va yashash uchun
guvohnomasi bo’lgan shaxslarning yer uchastkalariga bo’lgan mulk
huquqi ularga uy-joy binolari shu binolar joylashgan yer uchastkalari bilan
birga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda realizatsiya qilinganda
vujudga keladi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil
11-apreldagi 126-sonli “Savdo va xizmat ko’rsatish sohasi obyektlarini
ular joylashgan yer maydonlari bilan birgalikda hamda yer maydonlarini
meros qilib qoldirish sharti bilan umrbod egalik qilish uchun xususiy
mulk sifatida sotish tartibi to’g’risida”gi qarorining 4-ilovasiga muvofiq,
“Fuqarolarga xususiy mulk sifatida berilmaydigan va kimoshdi
savdolarida meros qilib qoldirish sharti bilan umrbod egalik qilish uchun
sotilmaydigan yerlar ro’xati” belgilangan bo’lib, ushbu yerlar ro’yxati
quyidagilardan iborat:
– shahar va shaharchalardagi umumiy foydalanishdagi yerlar
(maydonlar, ko’chalar, tor ko’chalar, yo’llar, sohil bo’ylari, istirohat
bog’lari, skverlar, xiyobonlar, suvni muhofaza qilish zonalari, cho’milish
joylari va boshqalar);
– tabiat yodgorliklari, botanika bog’larining yerlari;
– sog’lomlashtirish va tarixiy-madaniy maqsadlarga mo’ljallangan
yerlar;
– yerosti boyliklaridan foydalanish va ularni qo’riqlash uchun
berilgan yerlar;
– xavfli moddalar bilan zararlangan va biogen zaharlanishga
uchragan yerlar;
– shaharlarni rivojlantirish bosh rejalarida, mukammal rejalashtirish
loyihalarida va obyektlarni (savdo va xizmat ko’rsatish sohasi
obyektlaridan tashqari) joylashtirish sxemalarida nazarda tutilgan yerlar.
– bosh yo’llarga tutash yerlar;
331
–elektr quvvati uzatish liniyalari, kabel liniyalari va podstantsiyalar,
issiqlik, suv va kanalizatsiya trassalari hamda gaz quvurlari, umumdavlat
aloqa liniyalari uchun ajratilgan yerlar va ulardagi inshootlar, suv xo’jaligi
inshootlari xususiy mulk sifatida berilmaydi va kimoshdi savdolarida
meros qilib qoldirish sharti bilan umrbod egalik qilish uchun sotilmaydi.
Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkasiga bo’lgan mulk
huquqi, shuningdek,O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil
24-iyuldagi 3780-sonli “Yuridik shaxslar va fuqarolarning binolari hamda
inshootlari bilan band bo’lgan yer uchastkalarini xususiylashtirish
to’g’risida”gi Farmonida ham belgilab qo’yilgan.
Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, faqat yer uchastkasiga
nisbatan yuridik va jismoniy shaxslarning mulk huquqi vujudga kelishi
mumkin. Boshqa tabiiy resurslar esa faqat davlat mulkidir.
O’zbekiston Respublikasining “Yerosti boyliklari to’g’risida”gi
qonunining 4-moddasida yerosti boyliklariga egalik qilish, ya’ni yerosti
boyliklari O’zbekiston Respublikasining mulki bo’lib, ulardan oqilona
foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir deb belgilangan. Shu
bilan birgalikda, yer qa’rining foydalanilayotgan va foydalanilmayotgan
uchastkalari, shuningdek, texnogen mineral hosilalar yerosti boyliklari
davlat fondini tashkil etadi.
Ta’kidlash lozimki, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kavlab
olingan foydali qazilmalar davlat mulki, yuridik va jismoniy shaxslarning
mulki bo’lishi mumkin. Foydali qazilmalarni kavlab olish va mineral xom
ashyoni qayta ishlash jarayonida yuzaga kelgan texnogen mineral
hosilalarga bo’lgan mulk huquqi yer qa’ridan foydalanuvchida yer qa’ri
uchastkasidan foydalanish muddatiga saqlanib qoladi.
O’zbekiston Respublikasining “Konsessiyalar to’g’risida” qonuni
1-moddasiga asosan, konsessiya chet ellik investorga xo’jalik
faoliyatining muayyan turi bilan shug’ullanish uchun davlat nomidan
beriladigan ruxsatnoma bo’lib, bu faoliyatni amalga oshirish uchun davlat
chet ellik investorga konsessiya shartnomasi tuzish asosida mol-mulk, yer
va yerosti uchastkalarini topshiradi. Ushbu qonunning 6-moddasida
konsessiyachilik faoliyatida mulkchilik munosabatlari belgilangan bo’lib,
unga ko’ra davlat konsessiyachiga konsessiyachilik faoliyati bilan
bog’liq mol-mulkka, yer va yerosti uchastkalariga egalik qilish hamda
ulardan foydalanish huquqini berib, ularni tasarruf etishdan iborat alohida
huquqni o’zida saqlab qoladi.
Konsessiyachining konsessiyachilik faoliyati natijasida olgan
mahsuloti va daromadlari konsessiya shartnomasida belgilab qo’yilgan
332
hajmda uning mulkidir. O’zbekiston Respublikasi konsessiyachidan
mahsulot olishda ustun huquqqa ega.
Shuningdek,
O’zbekiston Respublikasining “Mahsulot taqsimotiga
oid bitimlar to’g’risida”gi qonunining 5-moddasiga muvofiq, mahsulot
taqsimoti shartlari asosida foydalanish huquqi beriladigan yer qa’ri
uchastkalari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
belgilanadi.
Mahsulot taqsimoti shartlari asosida foydalanishga hali isbotlangan
foydali qazilma zahiralari yo’q, geologiya-qidiruv ishlari o’tkazish uchun
katta moliyaviy resurslar, ilg’or texnologiyalar va texnika jalb etilishini
talab qiladigan yer qa’rining istiqbolli uchastkalari beriladi.
Qidirib topilgan foydali qazilma konlarining yer qa’ri uchastkalari
quyidagi hollarda bitimlarga kiritiladi, ya’ni:
– qidirib topilgan yirik foydali qazilma konlarining o’zlashtirilishi
uchun, shuningdek, foydali qazilmalarni tashish obyektlarining qurilishi
uchun moliyaviy va texnik imkoniyatlar bo’lmagan, konlarning
o’zlashtirilishi hisobiga esa foydali qazilmalarni kavlab olishni
mamlakatning iqtisodiy xavfsizligi uchun zarur bo’lgan darajada saqlab
turilishi ta’minlanadigan hollarda;
– olinishi qiyin, ammo hajmi jihatidan ancha ko’p bo’lgan, murakkab
kon-geologiya sharoitlarida joylashgan va qazish ishlari ketayotgan
konlar uchun qoldiq hisoblanadigan foydali qazilmalarning zaxiralarini
qazib olishning maxsus ilg’or texnologiyalarini jalb etish zarur bo’lganda;
– foydali qazilmalarning texnologik yo’qotilish darajasini kamaytirish,
shuningdek, yuzaga kelishi mumkin bo’lgan salbiy ijtimoiy-ekologik
oqibatlarni bartaraf etish zarur bo’lganda.
O’zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish
to’g’risida”gi qonuni 3-moddasida “Suvga davlat egaligi”, ya’ni suv
O’zbekiston Respublikasining davlat mulki – umummilliy boylik
hisoblanadi, suvdan oqilona foydalanish lozim bo’lib, u davlat tomonidan
qo’riqlanadi, deb belgilab quyilgan. Bu erda suv deganda – yagona davlat
suv fondi tushuniladi. Unga jilg’alar, soylar, daryolar, suv omborlari,
ko’llar, dengizlar, kanallar, kollektor-drenaj tarmoqlari, buloqlar,
hovuzlarning suvlari va boshqa yerusti suvlari, yerosti suvlari, qor
zahiralari va muzliklarni tashkil etuvchi suvlar kiradi.
O’zbekiston Respublikasining “O’simlik dunyosini muhofaza qilish
va undan foydalanish to’g’risida”gi qonuni (yangi tahriri) 4-moddasida
o’simlik dunyosiga nisbatan mulkchilik qoidalari o’rnatilgan bo’lib,
unga ko’ra o’simlik dunyosi ya’ni O’zbekiston Respublikasi hududida
333
tabiiy muhitda o’sadigan yoki sun’iy yaratilgan sharoitlarda
yetishtiriladigan barcha turdagi yovvoyi o’simliklar majmui umummilliy
boylik bo’lib, undan oqilona foydalanish lozim va u davlat tomonidan
muhofaza qilinadi. Tabiiy muhitda yovvoyi holda o’suvchi o’simliklar
davlat mulkidir. Shuningdek, Sun’iy yaratilgan sharoitlarda
yetishtiriladigan yovvoyi holda o’suvchi o’simliklar yuridik yoki jismoniy
shaxsning mulki bo’lishi mumkin.
Yovvoyi holda o’suvchi o’simliklar ya’ni madaniylashtirilmagan
daraxtlar, butalar, o’tsimonlar, qirqquloqsimonlar, yo’sinsimonlar,
suvo’tlar, lishayniklar va zamburug’lar, yovvoyi holda o’suvchi
o’simliklarning yashash faoliyati mahsulotlari ya’ni yovvoyi holda
o’suvchi o’simliklarning yashash faoliyati natijasida hosil bo’lgan ildizlar,
piyozboshlar, tanalar, poyalar, novdalar, po’stloq, barglar, g’unchalar,
gullar, urug’lar, mevalar, sharbat (yelim) va boshqa mahsulotlar va
botanika kolleksiyalari ya’ni ilmiy, madaniy-ma’rifiy, o’quv-tarbiyaviy va
estetik ahamiyatga ega bo’lgan, yovvoyi holda o’suvchi o’simliklar
yashash faoliyati mahsulotlarining tizimlashtirilgan to’plami(gerbariylar,
urug’lar) hamda sun’iy yaratilgan sharoitlarda (botanika bog’larida,
dendrologiya bog’larida, pitomniklarda, plantatsiyalarda va boshqalarda)
yetishtiriladigan yovvoyi holda o’suvchi o’simliklar o’simlik dunyosi
obyektlarini tashkil qiladi hamda yuridik va jismoniy shaxslar o’simlik
dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilar bo’lishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasining 2018-yil 16-apreldagi “O’rmon
to’g’risida”gi qonuni (yangi tahriri) 5-moddasida o’rmonlarga bo’lgan
mulkchilik belgilangan, ya’ni o’rmonlar davlat mulki – umummilliy boylik
bo’lib, ulardan oqilona foydalanish lozim hamda ular davlat tomonidan
muhofaza qilinadi. Bunda
Do'stlaringiz bilan baham: |