Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


-§. Jamoat birlashmalarini ro’yxatdan o’tkazish tartibi



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

3-§. Jamoat birlashmalarini ro’yxatdan o’tkazish tartibi 
Jamoat birlashmasi birlashma sifatida tan olinishi uchun albatta 
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro’yxatga olinishi 
shart. 
Jamoat birlashmasi kamida o’n nafar fuqaroning tashabbusi bilan 
tuziladi. 
Jamoat birlashmasini tuzish tashabbuskorlari ta’sis s’ezdini 
(konferensiyasini) yoki umumiy yig’ilishini chaqiradilar, unda ustav 
(nizom, o’zga asosiy hujjat) qabul qilinadi va rahbar idoralar tuziladi. 
O’zbekiston Respublikasida amal qiluvchi xalqaro, jamoat 
tashkilotlarining respublika, viloyatlararo birlashmalarining ustavlari 
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro’yxatga olinadi. 
Qoraqalpog’iston Respublikasida jamoat birlashmasining ustavini 
ro’yxatga olish tartibi Qoraqalpog’iston Respublikasi qonunlari bilan 
belgilanadi. 
Viloyat, tuman, shahar, shaharcha, qishloq hududida yoki ikki va 
undan ortiq tuman, shahar, shaharcha, qishloq hududida faoliyatini amalga 
oshiradigan jamoat birlashmalarining ustavlari viloyatlar, Toshkent shahar 
adliya boshqarmalari tomonidan ro’yxatga olinadi.
Jamoat birlamasi ustavini ro’yxatga olish uchun ustav qabul qilingan 
kundan boshlab bir oy muddat ichida mazkur jamoat birlashmasi rahbari 
va idora a’zolari tomonidan imzolangan va shu a’zolar har birining 
familiyasi, ismi, otasining ismi, tug’ilgan yili, istiqomat joyi ko’rsatilgan 
ariza topshiriladi. Arizaga ustav, ustavni qabul qilgan ta’sis s’ezdi 
(konferensiyasi) yoki umumiy yig’ilish bayonnomasi, qonun talablari 
bajarilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar ilova qilinadi. 
Ustavni ro’yxatga olish xaqidagi ariza u topshirilgan kundan boshlab 
ikki oy muddatda ko’rib chiqiladi. 
Jamoat birlashmalari ustavlariga kiritilgan o’zgarishlar, 
qo’shimchalar ham ustavlarni ro’yxatga olish tartibi va muddatlariga 
muvofiq ro’yxatga olinishi lozim. 
Jamoat birlashmalari ustavlarini ro’yxatga oluvchi idoralar ana shu 
birlashmalar ro’yxatini tuzib boradilar. 
Jamoat birlashmasining ustavida quyidagilar ko’zda tutilishi kerak: 
1)jamoat birlashmasining nomi, maqsadi va vazifasi; 


341 
2) jamoat birlashmasining ichki tuzilishi, uning o’z faoliyatini 
amalga oshiradigan xudud; 
3) jamoat birlashmasi a’zoligiga qabul qilish shartlari va tartibi, agar 
birlashma ro’yxatda qayd etiladigan a’zolarga ega bo’lsa, bunday hollarda 
undan chiqish shartlari va tartibi; 
4) jamoat birlashmasi a’zolari (qatnashchilari)ning huquqlari va 
burchlari; 
5) jamoat birlashmasi hamda uning tashkilotlari rahbar idoralarining 
vakolatlari va ularni tuzish tartibi,vakolat muddati; 
6) jamoat birlashmasi hamdatashkilotlarining mablag’lari va boshqa 
mol-mulkini hosil qilishning pul bilan ta’minlanish manbalari;
7) jamoat birlashmasining rahbar idorasi qayerda joylashganligi; 
8) jamoat birlashmasi ustaviga o’zgartishlar, qo’shimchalar kiritish 
tartibi; 
9) jamoat birlashmasi faoliyatini to’xtatish tartibi.
Ustavda jamoat birlashmasi faoliyatiga taalluqli boshqa qoidalar ham 
ko’zda tutilishi mumkin. Jamoat birlashmasining ustavi amaldagi 
qonunlarga zid bo’lmasligi kerak. 
Agar jamoat birlashmasining ustavi qonun talablariga zid bo’lsa, 
yoxud ilgari xuddi shu nomdagi jamoat birlashmasi ro’yxatga olingan 
bo’lsa, jamoat birlashmasi ustavini ro’yxatga olishni rad etish mumkin. 
Ustavni ro’yxatga olish rad etilgan taqdirda bu xaqda taqdim etilgan 
ustav qaysi qonunning qoidalariga zid ekanligi ko’rsatilib, ariza 
beruvchiga yozma ravishda xabar qilinadi. 
Jamoat birlashmasining ustavini ro’yxatdan o’tkazining rad etilishi 
ustidan sudga shikoyat qilish mumkin va bu ish O’zbekiston Respublikasi 
fuqarolik-protsessual qonunchiligida ko’zda tutilgan tartibda ko’rib 
chiqiladi. 
Xalqaro, Respublika va viloyatlararo jamoat birlashmalarining 
ustavini ro’yxatdan o’tkazishning rad etilishi ustidan - O’zbekiston 
Respublikasi Oliy sudiga, mahalliy jamoat birlashmalari ustavini 
ro’yxatdan o’tkazishning rad etilishi ustidan esa - tegishli viloyat, 
Toshkent shahar sudiga shikoyat qilish mumkin.
Jamoat birlashmalari ramz sifatida o’z timsoliga, bayrog’iga va 
vimpeliga ega bo’lishi mumkin. 
Jamoat birlashmalarining timsollari ustavga muvofiq, ularning rahbar 
idoralari tomonidan tasdiqlanadi. Bayroqlar va vimpellar belgilangan 
tartibda davlat ro’yxatidan o’tkazilishi lozim. 


342 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish