Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


partiyaga mansubligini, egallab turgan lavozimini, ish va yashash joyini



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ


partiyaga mansubligini, egallab turgan lavozimini, ish va yashash joyini, 
shuningdek, uni deputatlikka nomzod etib ko’rsatgan siyosiy partiyani 
ko’rsatgan holda mahalliy matbuotda e’lon qiladi. 
Siyosiy partiyalarning saylovdagi g’alabasi ularning qanchalik 
saylovoldi tashviqoti olib borishiga bevosita bog’liq. “O’zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”gi qonunning 
27-moddasiga ko’ra saylovoldi tashviqoti deputatlikka nomzodlar 
Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro’yxatga olingan kundan 
e’tiboran boshlanadi.
Deputatlikka nomzodlarga, siyosiy partiyalarga Markaziy saylov 
komissiyasi tomonidan belgilanadigan tartibda ommaviy axborot 
vositalaridan foydalanishda teng huquq beriladi. Saylovchilarning 
yig’ilishlari uchastka saylov komissiyasi tomonidan barcha nomzodlar 
uchun mutlaq teng sharoitlarga rioya etilgan holda tashkil qilinadi. 
Mahalliy hokimiyat organlari va jamoat tashkilotlari, shuningdek, 
fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari deputatlikka 
nomzodlarga yig’ilishlar o’tkazish uchun jihozlangan binolar ajratishlari, 
deputatlikka nomzodlarga saylovchilar bilan uchrashuvlar o’tkazishni 
tashkil etishda, zarur ma’lumot va axborot materiallari olishda yordam 
ko’rsatishlari shart. Yig’ilishlar va uchrashuvlar o’tkaziladigan vaqt hamda 
joy saylovchilarga barvaqt xabar qilinadi. 
Siyosiy partiyalarga o’zining kelgusi faoliyat dasturi bilan chiqish 
huquqi beriladi. Partiyalar va deputatlikka nomzodlarning dasturlari 
davlatning suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga qarshi qaratilgan 
bo’lmasligi, xalqning sog’lig’i va ma’naviyatiga tajovuz qilmasligi, ularda 
urush, milliy, irqiy va diniy adovat targ’iboti, konstitutsiyaviy tuzumni 
zo’rlik bilan o’zgartirishga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va 
erkinliklarini kamsituvchi xatti-harakatlarga da’vat bo’lmasligi kerak.


354 
Tashviqotning saylovchilarga bepul yoki imtiyozli shartlarda tovarlar 
berish, xizmatlar ko’rsatish (axborot xizmatlari bundan mustasno), 
shuningdek, pul mablag’lari to’lash bilan qo’shib olib borilishi taqiqlanadi. 
“O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”gi 
qonunning 65-moddasida ushbu qonunni buzganlik uchun javobgarlik 
masalasi belgilangan bo’lib unga ko’ra, fuqarolarning O’zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisiga saylash va saylanish, saylovoldi 
tashviqoti olib borish huquqlarini amalga oshirishlariga zo’ravonlik, 
aldash, tahdid qilish yoki boshqa yo’l bilan qarshilik ko’rsatuvchi shaxslar, 
shuningdek, soxta saylov hujjatlari tuzgan, ovozlarni atayin noto’g’ri 
sanab chiqqan, ovoz berish yashirinligini buzgan yoki ushbu qonun 
boshqacha tarzda buzilishiga yo’l qo’ygan saylov komissiyalarining 
a’zolari, boshqa mansabdor shaxslar, siyosiy partiyalarning vakillari 
qonunga muvofiq javobgar bo’ladilar. Qonunchilik palatasi deputatligiga 
nomzod yoki Senat a’zoligiga nomzod to’g’risida soxta ma’lumotlarni 
e’lon qilgan yoki o’zgacha tarzda tarqatgan shaxslar ham javobgarlikka 
tortiladilar. O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 147-moddasiga 
muvofiq saylov huquqining yoki ishonchli vakillar vakolatlarining amalga 
oshirilishiga to’sqinlik qilish jinoiy javobgarlikka sabab bo’ladi.
Bundan tashqari, siyosiy partiyalar o’z partiyalaridan ko’rsatiladigan 
deputatlar tomonidan partiya manfaatlarini Qonunchilik palatasida 
ifodalash maqsadida tuziladigan va belgilangan tartibda ro’yxatdan 
o’tkaziladigan fraktsiyalarni tashkil etadilar.
 
Siyosiy partiyalarning moliyaviy jihat bilan bog’liq muammolari 
nafaqat saylovlar paytida, balki, butun faoliyatlari davomida asosiy
masala bo’lib kelgan. Agar dastlab siyosiy partiyalarning 
moliyalashtirilishi faqat ularning xususiy faoliyatiga oid bo’lsa, yillar 
o’tishi bilan esa ularning saylov korpusi va ommaviy hokimiyat orasidagi 
zarur va muqarrar vositachilarga aylanish, siyosiy faoliyatlarga juda
katta miqdordagi sarf-xarajatlarning o’sishi, ayniqsa, saylov xarajatlari 
ushbu faoliyatning moliyalashtirilishining huquqiy tartibga solinishiga olib 
keldi. 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi sayloviga tayyorgarlik ko’rish 
va uni o’tkazish bilan bog’liq xarajatlar davlat mablag’lari hisobidan 
amalga oshiriladi. Qonunchilik palatasi deputatligiga va Senat a’zoligiga 
nomzodlarni boshqa mablag’lar hisobidan moliyaviy ta’minlash va 
moddiy jihatdan o’zga tarzda qo’llab-quvvatlash taqiqlanadi



355 
Siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalari, korxonalar, 
muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar saylov o’tkazish uchun o’z 
mablag’larini ixtiyoriy ravishda berishlari mumkin. Bu mablag’larni 
Markaziy saylov komissiyasi saylov kampaniyasi vaqtida foydalanish 
uchun qabul qilib oladi. 
Ushbu huquqiy tartibga solish hozirgi vaqtga kelib bir qator yangi 
qonunlarni yaratilishiga olib keldi. Jumladan, “Siyosiy partiyalarni 
moliyalashtirish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 
qabul qilinishidir. Ushbu qonun qabul qilinganiga qadar siyosiy 
Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish