Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


partiyaning siyosiy hokimiyat uchun munosib kurash olib borish



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ


partiyaning siyosiy hokimiyat uchun munosib kurash olib borish 
imkoniyatidan hamda bunday hokimiyatni qo’lga kiritgan taqdirda uni 
xalq muayyan darajada qo’llab-quvvatlashidan dalolat beradi. Qo’llab 
quvvatlovchi imzoning mavjudligi: 
–birinchidan, siyosiy partiyalarning hayotdagi o’rni ortishi va 
ularning mavqeining saylovlarda yanada oshishiga olib kelsa; 
–ikkinchidan, partiyalarning siyosiy saviyasini hamda ular adolatli 
raqobatning kuchayishiga olib keladi. 
Respublikamizda siyosiy partiyalar deputatlikka nomzodlar 
ko’rsatish uchun kamida yetmish kun qolganida Markaziy saylov 
komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak: 
–partiya rahbari tomonidan imzolangan saylovda qatnashish 
to’g’risidagi ariza; 
–O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining siyosiy partiya 
saylov kampaniyasi boshlanganligi e’lon qilingan kundan kamida to’rt oy 
oldin ro’yxatga olinganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma; 
–imzo varaqalari; 
Yuqorida ko’rsatilgan hujjatlar taqdim etilgach, Markaziy saylov 
komissiyasi taqdim etilgan hujjatlar asosida besh kunlik muddat ichida 
siyosiy partiyaning saylovda qatnashishiga ijozat berish to’g’risida 
uzil-kesil qaror qabul qiladi. Saylovda ishtirok etuvchi siyosiy 
partiyalarning ro’yxati arizalar kelib tushish tartibiga qarab markaziy 
matbuotda e’lon qilinadi.
Siyosiy partiyalar tomonidan deputatlikka nomzodlar ko’rsatish 
saylovga oltmish besh kun qolganida boshlanadi va saylovga qirq besh kun 
qolganida tugaydi.
Deputatlikka nomzodlar siyosiy partiyalarning yuqori organlari 
(Masalan, qurultoy, syezd va h.k.) tomonidan ko’rsatiladi.
Siyosiy partiyalar deputatlikka har bir saylov okrugidan bittadan 
deputatlikka nomzod ko’rsatishga vakolatlidir. Bir shaxs faqat bitta
saylov okrugidan deputatlikka nomzod etib ko’rsatilishi mumkin. 
Deputatlikka nomzod tanlash tartibini siyosiy partiyalarning o’zlari hal 
etadilar.
Siyosiy partiyalar faqat o’z partiyasi a’zolarini yoki partiyasizlarni 
deputatlikka nomzod etib ko’rsatishga vakolatlidir. Deputatlikka 
nomzodlar ko’rsatish to’g’risida bayonnoma tuziladi.
Siyosiy partiyalar nomzodlar tanlayotgan paytda ularni har 
tomonlama qobiliyatlarini o’rganib chiqishlari lozim. Chunki, xuddi mana 


352 
shu nomzodlar saylov jarayonida o’zlarining tashviqotlari orqali 
saylovchilarni o’zlariga qaratib bilishi va yetarli ovozlarni to’plashlari 
lozim bo’ladi. 
Saylov jarayonida siyosiy partiyalarning rahbari amaldagi 
qonunchilikka ko’ra deputatlikka nomzodlarni ro’yxatga olishni iltimos 
qilib, Markaziy saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat etadi. Arizaga 
quyidagilar ilova qilinadi:

siyosiy partiya yuqori organining deputatlikka nomzodlar ko’rsatish 
to’g’risidagi qarori;

siyosiy partiya yuqori organi majlisining deputatlikka nomzodlar 
ko’rsatish to’g’risidagi bayonnomasi, unda deputatlikka nomzodning 
familiyasi, ismi, otasining ismi, tug’ilgan sanasi, kasbi, lavozimi 
(mashg’ulotining turi), ish va yashash joyi, partiyaga mansubligi, 
shuningdek, saylov okrugining nomi va tartib raqami ko’rsatiladi;

deputatlikka nomzodning o’z nomzodi tegishli saylov okrugidan 
ovozga qo’yilishiga rozi ekanligi to’g’risidagi arizasi;

deputatlikka nomzodning, basharti u Qonunchilik palatasi 
deputati etib saylangudek bo’lsa, bajarib turgan ishidan (xizmatidan) 
bo’shash to’g’risidagi arizasi.
Hujjatlarni taqdim etgan shaxsga Markaziy saylov komissiyasi 
hujjatlar qabul qilib olingan sana va vaqt ko’rsatilgan ma’lumotnoma 
beradi.
Markaziy saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarni yetti kunlik 
muddat ichida tekshirib chiqadi va ularning ushbu qonun talablariga 
muvofiqligi to’g’risida xulosa beradi.
Markaziy saylov komissiyasi ro’yxatga olish uchun taqdim etilgan 
hujjatlarda aniqlangan nomuvofiqliklar va “O’zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”gi Qonun talablaridan chetga chiqish 
hollari to’g’risida tegishli siyosiy partiyalarning rahbarlariga belgilangan 
tartibda ma’lum qiladi.
Siyosiy partiyalar tomonidan qonunchilik palatasi deputatligi uchun 
ko’rsatiladigan nomzodlarga qonun tomonidan ma’lum bir talablar 
o’rnatilgan. Unga ko’ra quyidagilar deputatlikka nomzod etib ro’yxatga 
olinmaydi: 

sodir etilgan og’ir yoki o’ta og’ir jinoyati uchun sudlanganlik holati 
tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar; 

saylov kuniga qadar so’nggi besh yil mobaynida O’zbekiston 
Respublikasi hududida muqim yashamagan fuqarolar; 


353 

O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari, 
Milliy xavfsizlik xizmati, boshqa harbiylashtirilgan bo’linmalarning 
xodimlari;

diniy tashkilotlar va birlashmalarning professional xizmatchilari. 
Deputatlikka nomzodlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan 
ro’yxatga olinganidan keyin besh kunlik muddat ichida tegishli okrug 
saylov komissiyasi ro’yxatga olinganlik to’g’risidagi xabarni deputatlikka 
nomzodning familiyasini, ismi va otasining ismini, tug’ilgan yilini, 
Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish