O’zini - o’zi nazorat qilish savollari
1. Fuqarolik jamiyatining mohiyati nima bilan belgilanadi?
2. Jamiyatning iqtisodiy negizlari deganda nimani tushunasiz?
3. Mulkning qanday shakllari mavjud?
4.O’zbekistonda amalga oshirilayotgan tadbirkorlik sohasidagi
islohotlarga to’xtalib o’tsangiz?
4. Ekologiya sohasidagi qaysi qonunlarni bilasiz?
336
XVI BOB. O’ZBEKISTONDA JAMOAT BIRLASHMALARI
FAOLIYATINING KONSTITUTSIYAVIY ASOSLARI
1-§. Jamoat birlashmalarining jamiyatda tutgan o’rni.
2-§. Jamoat birlashmalari tizimi.
3-§. Jamoat birlashmalarini ro’yxatdan o’tkazish tartibi.
4-§. Jamoat birlashmalarining turlari.
5 §. Siyosiy partiyalarning konstitutsiyaviy maqomi.
1-§. Jamoat birlashmalarining jamiyatda tutgan o’rni
Jamoat birlashmasi – bu o’z manfaatlarini turli xil shakllarda, shu
jumladan, muayyan me’yor va qoidalar asosidagi dasturlar shaklida
birgalikda amalga oshiruvchi shaxslarning birlashmasi hisoblanadi.
Jamoat birlashmasi deganda uning mohiyatiga e’tibor berish kerak
bo’ladi. Jamoat birlashmasi biron-bir shaxsni yoki ayrim guruhlarning
shaxsiy foyda olish istagini ifodalamaydi. Jamoat birlashmalari odatda
g’oya, iroda bilan harakatga keladi, ularning yagona maqsadi jamiyatni
takomillashtirish. Ular o’z oldiga nazorat qilish yoki foyda olish vazifasini
qo’ymaydi, balki ular jamiyatni mukammallashtirish yo’nalishi va istagida
faoliyat yuritadi. Demak, jamoat birlashmalari fuqarolarga o’zlariga o’zlari
yordam berishlari, o’z hayotlarini, jamiyatni takomillashtirish orqali
yaxshilashimkonini beradi.
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 20-moddasiga ko’ra
“Har bir inson tinch yig’inlar o’tkazish va uyushmalar tuzish huquqiga
ega”, 23-modda 4-qismiga ko’ra “Har bir inson kasaba uyushmalari
tuzish va o’z manfaatlarini himoya qilish uchun kasaba uyushmalariga
kirish huquqiga ega”. 1966-yil 19-dekabrda qabul qilingan Fuqarolik va
siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro paktning 22-moddasiga ko’ra
“Har bir inson boshqalar bilan assotsiatsiyalar tuzish, jumladan, kasaba
uyushmalar tashkil etish erkinligi va o’z manfaatlarini himoya qilish uchun
shunday uyushmalarga kirish huquqiga ega”.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 56-moddasiga asosan
kasaba uyushmalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar, faxriylar va
yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar va
fuqarolarning boshqa uyushmalari jamoat birlashmasi sifatida e’tirof
etilgan.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi jamoat birlashmalariga o’z
ustavlarida nazarda tutilgan asosiy maqsad va vazifalarni bajarish imkonini
337
kafolatlaydi. Bu kafolat fuqarolarning ixtiyoriy uyushishga bo’lgan
huquqlarini ro’yobga chiqarish uchun huquqiy asos bo’lib xizmat qiladi.
Bugungi kunda yurtimizda faoliyat ko’rsatayotgan 9200 dan ziyod
nodavlat notijorat tashkiloti jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va
qonuniy manfaatlarini, demokratik qadriyatlarni himoya qilishda, ijtimoiy,
madaniy va ma’rifiy maqsadlarga erishishda muhim rol o’ynamoqda.
O’zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalarining huquqiy asosi
yaratilgan. Konstitutsiyaning bir qator normalarida fuqarolarning jamiyat
va davlatni boshqarishda ishtirok etish (32-modda), kasaba uyushmalariga,
siyosiy partiyalarga, jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy
harakatlarda qatnashish (34-modda) huquqi kafolatlangan.
O’zbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan
“O’zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to’g’risida”gi qonunida
jamoat birlashmasi tushunchasi, maqsadi, shakllari, faoliyat doirasi va
huquqlari, maqomi va ro’yxatga olinishi kabi normalar o’z ifodasini
topgan.
O’z huquqlari, erkinliklarini hamda siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy
rivojlanish, fan, madaniyat, ekologiya va hayotning boshqa sohalaridagi
qonuniy manfaatlarini birgalikda ro’yobga chiqarish uchun birlashgan
fuqarolarning xohish-irodalarini erkin bildirishlari natijasida vujudga
kelgan ixtiyoriy tuzilma jamoat birlashmasi hisoblanadi.
Jamoat birlashmalari o’z ustavida belgilangan maqsad va vazifalarni
amalga oshirish uchun tashkil etiladi. “Jamoat birlashmalari to’g’risida”gi
qonunning 3-moddasiga ko’ra, “Jamoat birlashmalari fuqarolik, siyosiy,
iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy, huquqlar hamda erkinliklarni ro’yobga
chiqarish va himoya qilish; fuqarolarning faolligi va tashabbuskorligini,
davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ularning ishtirok etishini
rivojlantirish; kasb-kor va havaskorlik qiziqishlarini qondirish; ilmiy,
texnikaviy va badiiy ijodkorlikni rivojlantirish; aholining sihat-
salomatligini saqlash, xayriya faoliyatida qatnashish; madaniy-ma’rifiy,
jismoniy tarbiya-sog’lomlashtirish va sport ishlarini amalga oshirish;
tabiatni, madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish; vatanparvarlik va
insonparvarlik tarbiyasi; respublikalararo va xalqaro aloqalarni
kengaytirish, xalqlar o’rtasida tinchlik va do’stlikni mustahkamlash;
qonunda taqiqlanmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish maqsadida
tuziladi”.
Faoliyati jamiyatning axloqiy negizlarini, umumbashariy
insonparvarlik qadriyatlarini buzishga qaratilgan, shuningdek,
konstitutsion tuzumni g’ayriqonuniy yo’l bilan o’zgartirish yoki
338
O’zbekiston Respublikasi hududining birligini buzish, urushni,
zo’ravonlikni va shafqatsizlikni, jamiyatni parchalashga olib boradigan
ijtimoiy, shu jumladan sinfiy, shuningdek, irqiy, milliy va diniy adovatni
avj oldirish, qonun bilan taqiqlangan boshqa xatti-harakatlar qilish
maqsadini ko’zlaydigan jamoat birlashmalarining tuzilishiga yo’l
qo’yilmaydi.
Jamoat birlashmalari o’z a’zolarining ixtiyoriyligi, teng huquqliligi,
o’zini o’zi boshqarish, qonuniylik va oshkoralik asosida tuziladi va harakat
qiladi.
Davlat o’zining Konstitutsiya va boshqa qonunlarida jamoat
birlashmalarining qonuniy huquq va manfaatlariga shart-sharoitlar yaratish
uchun va asosiy vazifasini amalga oshirish uchun kafolatlar beradi.
Yoshlar va bolalar tashkilotlariga davlat moliyaviy va mol-mulk
tomonidan yordam beradi, soliq siyosatida imtiyozli munosabatlarni
amalga oshirishni ta’minlaydi. Binolardan foydalanishda imtiyozlar va
boshqa sharoitlar yaratadi. Davlat organlarining, mansabdor shaxslarning
ular faoliyatiga aralashishiga yo’l qo’yilmaydi. Albatta tegishli qonunlarda
ko’rsatilgan nazorat vazifalari bundan mustasnodir.
Do'stlaringiz bilan baham: |