2-§. Jamoat birlashmalari tizimi
Jamoat birlashmalari faoliyat maqsadlari tasnifiga ko’ra turli xil
bo’lishi mumkin. Jamoat birlashmalarining har biri o’z maqsadlariga
erishish uchun muayyan vazifalarni ilgari suradi va bu orqali fuqarolarning
o’ziga xos manfaatlarini ifodalaydi. Fuqarolar jamoat birlashmalarining
ustavlarida belgilangan faoliyat yo’nalishlari va sohalaridan (hayriya,
ekologiya, yoshlar, madaniyat, ta’lim, ayollar, qariyalar, jismoniy
madaniyat va sport va h.k.) kelib chiqib manfaatlar mushtarakligi asosida
birlashadilar.
Jamoat birlashmalari turli mezonlaridan kelib chiqib quyidagicha
tasniflanadi:
1) tashkiliy-huquqiy shakliga ko’ra – tashkilotlar, harakatlar,
jamg’armalar, jamoat muassasalari, o’zini o’zi boshqarish organlari;
2) a’zolik xususiyatiga ko’ra – qat’iy a’zolik va qat’iy bo’lmagan
a’zolik;
3) ustavda belgilangan faoliyat yo’nalishlari sohasidan kelib chiqib –
hayriya, ekologiya, yoshlar, madaniyat, ta’lim, ayollar, qariyalar, jismoniy
madaniyat va sport va h.k.;
4) jamoat birlashmasi faoliyatida siyosiy belgilarning aks etganligiga
ko’ra –siyosiy; nosiyosiy tashkilotlar;
339
5) faoliyatining hududiy sohasiga ko’ra – umumrespublika,
mintaqalararo, mintaqaviy, mahalliy va xalqaro;
6)a’zolarining soniga ko’ra – ommaviy, individual a’zolik;
7)tashkilot faoliyatini tashkil etish tuzilishiga ko’ra – markazlashgan
va nomarkazlashgan;
8) ijtimoiy-huquqiy maqomiga ko’ra – tegishli organlarida ro’yxatga
olingan, ro’yxatga olinmagan, noqonuniy (davlat tomonidan taqiqlangan,
yashirin, mahfiy)
158
.
Jamoat birlashmalari tizimiga quyidagilar kiradi:
1)
siyosiy partiyalar;
2)
ommaviy harakatlar;
3)
kasaba uyushmalari;
4)
xotin-qizlar jamiyatlari;
5)
yoshlar va bolalar tashkilotlari;
6)
veteranlar va nogironlar tashkilotlari;
7)
ilmiy-texnikaviy;
8)
madaniy-ma’rifiy;
9)
jismoniy tarbiya-sport;
10)
ko’ngilli jamiyatlar, ijodiy uyushmalar;
11)
yurtdoshlar uyushmalari;
12)
assotsiatsiyalar va fuqarolarning boshqa birlashmalari.
159
Jamoat birlashmalari aholining ma’lum qismini o’zida birlashtirgan
bo’lib, ularning ma’lum bir sohadagi manfaatlarini amalga oshirish uchun
tashkil etiladi.
Masalan, Kasaba uyushmalari o’z a’zolarining ijtimoiy, iqtisodiy
huquq va manfaatlarini ifoda etadilar va himoya qiladilar.
Siyosiy partiyalar esa turli tabaqa va guruhlarning siyosiy qiziqishini
ifodalaydi va o’zlarining demokratik yo’l bilan saylab qo’ygan vakillari
orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar. Boshqa jamoat
birlashmalari ham o’z nizomlarida belgilangan vazifalarni bajaradilar.
Demak, jamoat birlashmalarining davlat va jamiyat hayotidagi
faoliyati yanada ortib boradi. Tijorat maqsadlarini ko’zlaydigan yoki
boshqa korxonalar va tashkilotlar foyda (daromad) undirib olishiga
ko’maklashadigan kooperativ, diniy tashkilotlar, hududiy jamoat o’zini
158
Лысенко
В
.
В
.
Право
на
объединение
и
виды
общественных
объединений
//
Конституционное
и
муниципальное
право
. 2001.
№
3.
С
. 12.
159
“
Ўзбекистон
Республикасида
жамоат
бирлашмалари
тўғрисида
»
ги
Ўзбекистон
Республикасининг
қонуни
, 1-
моддаси
.
340
o’zi boshqarish idoralari va boshqalar jamoat birlashmalari hisoblanmaydi.
Ularning tuzilishi va faoliyat tartibi boshqa qonunlarda belgilab berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |