Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


-§. Tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqi xususiyatlari



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

4-§. Tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqi xususiyatlari 
Mulk huquqi tabiiy resurslar kimga tegishliligini va mulkdorlarning 
ularga nisbatan vakolatlarini anglatadi. Tabiiy resurslarga nisbatan mulk 
huquqi unga egalik qilish, foydalanish hamda tasarruf etish jarayonlarida 
namoyon bo’ladi.
Asosiy qonunimizda tabiiy resurslar umummilliy boylik sifatida 
e’tirof etilgan. Tabiiy resurslar 

yer, suv, o’rmon, yer osti boyliklari va 
shu kabilar mol-mulk obyektlari tizimida alohida o’rin egallaydi. 
Birinchidan, ular ko’p hollarda inson mehnatining mahsuli emas, 
foydalanib bo’lgandan keyin qayta tiklanmaslik xususiyatiga ega yoxud 
qayta tiklash uzoq davom etadigan jarayon hisoblanadi. Ikkinchidan, tabiiy 


328 
resurslar jonli va jonsiz tabiatning tarkibiy qismi, inson yashash muhiti 
bilan uzviy bog’liq. Binobarin, tabiiy resurslardan har qanday foydalanish 
va unga ta’sir qilish bevosita boshqa shaxslarga va jamiyatga muayyan 
darajada ta’sir etmasdan iloji yo’q. Uchinchidan, tabiiy resurslardan 
foydalanmasdan turib har qanday ishlab chiqarish jarayonini tashkil etib 
bo’lmaydi. Iqtisodiy tizimda tabiiy resurslar ishlab chiqarish vositasi 
sifatida namoyon bo’ladi
157
.
Tabiiy resurslarni umummilliy boylik sifatida e’tirof etuvchi 
Konstitutsiyamizning 55-moddasi O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik 
kodeksida, Yer kodeksida, “O’zbekiston Respublikasida mulkchilik 
to’g’risida”gi, “Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida”gi va har bir tabiiy 
resurslar to’g’risidagi qonunlarda yanada rivojlantirilgan va kengroq 
tartibga solingan.
Xususan, Fuqarolik kodeksida tabiiy resurslar Respublika mulki,
Yer kodeksi, “Suv va suvdan foydalanish to’g’risida”gi qonunda – 
davlat 
mulki (umummilliy boylik)
, “Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida”gi, 
“Atmosfera havosini muhofaza qilish to’g’risida”gi, “O’simlik dunyosini 
muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risida”gi (yangi tahriri), 
“Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risida”gi 
(yangi tahriri) qonunlarda – 
umummilliy boylik, 
“Yer osti boyliklari 
to’g’risida”gi qonunda (yangi tahriri)
O’zbekiston Respublikasining mulki
sifatida talqin etiladi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 55-moddasida tabiiy 
resurslardan oqilona foydalanish talabi mustahkamlangan. Tabiiy 
resurslardan oqilona foydalanish deganda, ulardan ilmiy asoslangan,
har bir tabiat obyektining o’ziga xos xususiyatlari hisobga olingan, 
ekologik va iqtisodiy manfaatlar uyg’unlashgan holda, tejamli, ularni qayta
tiklash, holatini yaxshilash va keskin o’zgartirmaslikni ko’zda tutadigan 
holda foydalanish tushuniladi.
Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish talabi buzilganda, 
qo’llaniladigan huquqiy ta’sir chorasi sifatida tabiiy resurslarga bo’lgan 
huquqlarning bekor bo’lishi (Yer kodeksining 36-moddasi), keltirib 
chiqargan oqibatiga qarab ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka 
157
Оқюлов
О

Ўзбекистон
Республикаси
Конституциясида
табиий
ресурсларга
нисбатан
мулкчилик
масалалари

Табиий
ресурсларга
нисбатан
мулк
ҳуқуқи

Илмий
-
амалий
конференция
материаллари
. – 
Тошкент

ТДЮИ
нашриёти
, 2007 
йил
. – 
Б
. 32. 


329 
(MJTK 60, 65, 70, 74, 85, 90-moddalar, JK 197, 202–203-moddalar va 
boshqalar) sabab bo’lishi mumkinligi ko’zda tutiladi.
Mulk sifatida tabiiy resurslarning kelib chiqishi inson faoliyati 
natijasida emasligi, balki tabiiy mavjudligi yoki tabiat tomonidan in’om 
etilganligi, tabiiy holatda inson mehnatisiz mavjud bo’lishi ham tabiiy 
rusurslarga nisbatan mulk huquqining o’ziga xos bo’lgan xususiyatlaridan 
biri bo’lib, tabiiy resurslarning umummilliy boylik sifatidagi maqomi
ham uning ushbu xususiyatlaridan kelib chiqadi.
Tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqi–tabiat obyektlarining 
ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan o’zlashtirilishini belgilashni, tabiiy 
resurslar kimga tegishliligini, mulkdorlarning ularga nisbatan bo’lgan 
vakolatlarini hamda huquq va majburiyatlarini belgilovchi huquq 
normalari yig’indisini ifodalaydi. 
Bu o’rinda “Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida”gi qonun alohida 
ahamiyatga ega bo’lib, uning 5-moddasi tabiiy resurslarga nisbatan 
mulkchilik masalasiga bag’ishlangan bo’lib, unga ko’ra, O’zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq yer, yerosti boyliklari, suv, 
o’simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar umummilliy 
boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat 
muhofazasidadir. 
O’zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 16-moddasida 
O’zbekiston Respublikasida yerga bo’lgan mulkchilik qonuniy ravishda 
mustahkamlangan,ya’ni yer davlat mulki – umummilliy boylikdir, undan 
oqilona foydalanish zarur, u davlat tomonidan muhofaza etiladi hamda 
oldi-sotdi qilinmaydi, ayirboshlanmaydi, hadya etilmaydi, garovga 
qo’yilmaydi, O’zbekiston Respublikasining qonunlarida belgilangan 
hollar mustasno sifatida o’rnatilgan. 
Yerga nisbatan mulk huquqining o’ziga xos xususiyati shundaki,
u Yer kodeksining 18-moddasiga muvofiq, ayrim hollarda mulk 
huquqining obyekti bo’lishi mumkin hisoblanadi. Jumladan, quyidagi uch 
holatda yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo’lgan mulk 
huquqi vujudga keladi: 
1) Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo’lgan mulk 
huquqi savdo va xizmat ko’rsatish sohasi obyektlari ular joylashgan
yer uchastkalari bilan birga xususiylashtirilganda qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda vujudga keladi. 
2) Diplomatiya vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan, 
O’zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xalqaro 
tashkilotlarning yer uchastkalariga mulk huquqi ularga o’zlari vakolatxona 


330 
binosi sifatida foydalanayotgan imorat yoki imoratning qismlari, shu 
jumladan, vakolatxona boshlig’ining qarorgohi ular joylashgan yer 
uchastkalari bilan birga, shuningdek, mazkur vakolatxonalarning 
imoratlarini qurish uchun yer uchastkalari qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda realizatsiya qilinganda vujudga keladi. 
3) Chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarning — diplomatiya 
korpusi xodimlarining, O’zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan 
matbuot vakillarining, firmalar, kompaniyalar va xalqaro tashkilotlar 
doimiy vakolatxonalari xodimlarining, chet el investitsiyasi ishtirokidagi 
korxonalarda doimiy asosda ishlovchi shaxslarning, 
shuningdek,Respublikada doimiy istiqomat qiluvchi va yashash uchun 
guvohnomasi bo’lgan shaxslarning yer uchastkalariga bo’lgan mulk 
huquqi ularga uy-joy binolari shu binolar joylashgan yer uchastkalari bilan 
birga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda realizatsiya qilinganda 
vujudga keladi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 
11-apreldagi 126-sonli “Savdo va xizmat ko’rsatish sohasi obyektlarini 
ular joylashgan yer maydonlari bilan birgalikda hamda yer maydonlarini 
meros qilib qoldirish sharti bilan umrbod egalik qilish uchun xususiy
mulk sifatida sotish tartibi to’g’risida”gi qarorining 4-ilovasiga muvofiq, 
“Fuqarolarga xususiy mulk sifatida berilmaydigan va kimoshdi 
savdolarida meros qilib qoldirish sharti bilan umrbod egalik qilish uchun 
sotilmaydigan yerlar ro’xati” belgilangan bo’lib, ushbu yerlar ro’yxati 
quyidagilardan iborat: 
– shahar va shaharchalardagi umumiy foydalanishdagi yerlar 
(maydonlar, ko’chalar, tor ko’chalar, yo’llar, sohil bo’ylari, istirohat 
bog’lari, skverlar, xiyobonlar, suvni muhofaza qilish zonalari, cho’milish 
joylari va boshqalar); 
– tabiat yodgorliklari, botanika bog’larining yerlari;
– sog’lomlashtirish va tarixiy-madaniy maqsadlarga mo’ljallangan 
yerlar;
– yerosti boyliklaridan foydalanish va ularni qo’riqlash uchun 
berilgan yerlar;
– xavfli moddalar bilan zararlangan va biogen zaharlanishga 
uchragan yerlar;
– shaharlarni rivojlantirish bosh rejalarida, mukammal rejalashtirish 
loyihalarida va obyektlarni (savdo va xizmat ko’rsatish sohasi 
obyektlaridan tashqari) joylashtirish sxemalarida nazarda tutilgan yerlar. 
– bosh yo’llarga tutash yerlar;


331 
–elektr quvvati uzatish liniyalari, kabel liniyalari va podstantsiyalar, 
issiqlik, suv va kanalizatsiya trassalari hamda gaz quvurlari, umumdavlat 
aloqa liniyalari uchun ajratilgan yerlar va ulardagi inshootlar, suv xo’jaligi 
inshootlari xususiy mulk sifatida berilmaydi va kimoshdi savdolarida 
meros qilib qoldirish sharti bilan umrbod egalik qilish uchun sotilmaydi. 
Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkasiga bo’lgan mulk 
huquqi, shuningdek,O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil
24-iyuldagi 3780-sonli “Yuridik shaxslar va fuqarolarning binolari hamda 
inshootlari bilan band bo’lgan yer uchastkalarini xususiylashtirish 
to’g’risida”gi Farmonida ham belgilab qo’yilgan.
Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, faqat yer uchastkasiga 
nisbatan yuridik va jismoniy shaxslarning mulk huquqi vujudga kelishi 
mumkin. Boshqa tabiiy resurslar esa faqat davlat mulkidir. 
O’zbekiston Respublikasining “Yerosti boyliklari to’g’risida”gi 
qonunining 4-moddasida yerosti boyliklariga egalik qilish, ya’ni yerosti 
boyliklari O’zbekiston Respublikasining mulki bo’lib, ulardan oqilona 
foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir deb belgilangan. Shu 
bilan birgalikda, yer qa’rining foydalanilayotgan va foydalanilmayotgan 
uchastkalari, shuningdek, texnogen mineral hosilalar yerosti boyliklari 
davlat fondini tashkil etadi. 
Ta’kidlash lozimki, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kavlab 
olingan foydali qazilmalar davlat mulki, yuridik va jismoniy shaxslarning 
mulki bo’lishi mumkin. Foydali qazilmalarni kavlab olish va mineral xom 
ashyoni qayta ishlash jarayonida yuzaga kelgan texnogen mineral 
hosilalarga bo’lgan mulk huquqi yer qa’ridan foydalanuvchida yer qa’ri 
uchastkasidan foydalanish muddatiga saqlanib qoladi.
O’zbekiston Respublikasining “Konsessiyalar to’g’risida” qonuni
1-moddasiga asosan, konsessiya chet ellik investorga xo’jalik 
faoliyatining muayyan turi bilan shug’ullanish uchun davlat nomidan 
beriladigan ruxsatnoma bo’lib, bu faoliyatni amalga oshirish uchun davlat 
chet ellik investorga konsessiya shartnomasi tuzish asosida mol-mulk, yer 
va yerosti uchastkalarini topshiradi. Ushbu qonunning 6-moddasida 
konsessiyachilik faoliyatida mulkchilik munosabatlari belgilangan bo’lib, 
unga ko’ra davlat konsessiyachiga konsessiyachilik faoliyati bilan 
bog’liq mol-mulkka, yer va yerosti uchastkalariga egalik qilish hamda 
ulardan foydalanish huquqini berib, ularni tasarruf etishdan iborat alohida 
huquqni o’zida saqlab qoladi. 
Konsessiyachining konsessiyachilik faoliyati natijasida olgan 
mahsuloti va daromadlari konsessiya shartnomasida belgilab qo’yilgan 


332 
hajmda uning mulkidir. O’zbekiston Respublikasi konsessiyachidan 
mahsulot olishda ustun huquqqa ega. 
Shuningdek, 
O’zbekiston Respublikasining “Mahsulot taqsimotiga 
oid bitimlar to’g’risida”gi qonunining 5-moddasiga muvofiq, mahsulot 
taqsimoti shartlari asosida foydalanish huquqi beriladigan yer qa’ri 
uchastkalari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
belgilanadi. 
Mahsulot taqsimoti shartlari asosida foydalanishga hali isbotlangan 
foydali qazilma zahiralari yo’q, geologiya-qidiruv ishlari o’tkazish uchun 
katta moliyaviy resurslar, ilg’or texnologiyalar va texnika jalb etilishini 
talab qiladigan yer qa’rining istiqbolli uchastkalari beriladi. 
Qidirib topilgan foydali qazilma konlarining yer qa’ri uchastkalari 
quyidagi hollarda bitimlarga kiritiladi, ya’ni: 
– qidirib topilgan yirik foydali qazilma konlarining o’zlashtirilishi 
uchun, shuningdek, foydali qazilmalarni tashish obyektlarining qurilishi 
uchun moliyaviy va texnik imkoniyatlar bo’lmagan, konlarning 
o’zlashtirilishi hisobiga esa foydali qazilmalarni kavlab olishni 
mamlakatning iqtisodiy xavfsizligi uchun zarur bo’lgan darajada saqlab 
turilishi ta’minlanadigan hollarda; 
– olinishi qiyin, ammo hajmi jihatidan ancha ko’p bo’lgan, murakkab 
kon-geologiya sharoitlarida joylashgan va qazish ishlari ketayotgan
konlar uchun qoldiq hisoblanadigan foydali qazilmalarning zaxiralarini 
qazib olishning maxsus ilg’or texnologiyalarini jalb etish zarur bo’lganda; 
– foydali qazilmalarning texnologik yo’qotilish darajasini kamaytirish, 
shuningdek, yuzaga kelishi mumkin bo’lgan salbiy ijtimoiy-ekologik 
oqibatlarni bartaraf etish zarur bo’lganda. 
O’zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish 
to’g’risida”gi qonuni 3-moddasida “Suvga davlat egaligi”, ya’ni suv 
O’zbekiston Respublikasining davlat mulki – umummilliy boylik 
hisoblanadi, suvdan oqilona foydalanish lozim bo’lib, u davlat tomonidan 
qo’riqlanadi, deb belgilab quyilgan. Bu erda suv deganda – yagona davlat 
suv fondi tushuniladi. Unga jilg’alar, soylar, daryolar, suv omborlari, 
ko’llar, dengizlar, kanallar, kollektor-drenaj tarmoqlari, buloqlar, 
hovuzlarning suvlari va boshqa yerusti suvlari, yerosti suvlari, qor 
zahiralari va muzliklarni tashkil etuvchi suvlar kiradi. 
O’zbekiston Respublikasining “O’simlik dunyosini muhofaza qilish 
va undan foydalanish to’g’risida”gi qonuni (yangi tahriri) 4-moddasida 
o’simlik dunyosiga nisbatan mulkchilik qoidalari o’rnatilgan bo’lib,
unga ko’ra o’simlik dunyosi ya’ni O’zbekiston Respublikasi hududida 


333 
tabiiy muhitda o’sadigan yoki sun’iy yaratilgan sharoitlarda 
yetishtiriladigan barcha turdagi yovvoyi o’simliklar majmui umummilliy 
boylik bo’lib, undan oqilona foydalanish lozim va u davlat tomonidan 
muhofaza qilinadi. Tabiiy muhitda yovvoyi holda o’suvchi o’simliklar 
davlat mulkidir. Shuningdek, Sun’iy yaratilgan sharoitlarda 
yetishtiriladigan yovvoyi holda o’suvchi o’simliklar yuridik yoki jismoniy 
shaxsning mulki bo’lishi mumkin. 
Yovvoyi holda o’suvchi o’simliklar ya’ni madaniylashtirilmagan 
daraxtlar, butalar, o’tsimonlar, qirqquloqsimonlar, yo’sinsimonlar, 
suvo’tlar, lishayniklar va zamburug’lar, yovvoyi holda o’suvchi 
o’simliklarning yashash faoliyati mahsulotlari ya’ni yovvoyi holda 
o’suvchi o’simliklarning yashash faoliyati natijasida hosil bo’lgan ildizlar, 
piyozboshlar, tanalar, poyalar, novdalar, po’stloq, barglar, g’unchalar, 
gullar, urug’lar, mevalar, sharbat (yelim) va boshqa mahsulotlar va 
botanika kolleksiyalari ya’ni ilmiy, madaniy-ma’rifiy, o’quv-tarbiyaviy va 
estetik ahamiyatga ega bo’lgan, yovvoyi holda o’suvchi o’simliklar 
yashash faoliyati mahsulotlarining tizimlashtirilgan to’plami(gerbariylar, 
urug’lar) hamda sun’iy yaratilgan sharoitlarda (botanika bog’larida, 
dendrologiya bog’larida, pitomniklarda, plantatsiyalarda va boshqalarda) 
yetishtiriladigan yovvoyi holda o’suvchi o’simliklar o’simlik dunyosi 
obyektlarini tashkil qiladi hamda yuridik va jismoniy shaxslar o’simlik 
dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilar bo’lishi mumkin. 
O’zbekiston Respublikasining 2018-yil 16-apreldagi “O’rmon 
to’g’risida”gi qonuni (yangi tahriri) 5-moddasida o’rmonlarga bo’lgan 
mulkchilik belgilangan, ya’ni o’rmonlar davlat mulki – umummilliy boylik 
bo’lib, ulardan oqilona foydalanish lozim hamda ular davlat tomonidan 
muhofaza qilinadi. Bunda 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish