Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


-§.Xususiy mulkning daxlsizligi



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

2-§.Xususiy mulkning daxlsizligi 
Biz mustaqillikka erishgan dastlabki yillardan boshlab 
mamlakatimizning kelajagini, davlatimiz va jamiyatimizning 
siyosiy-ijtimoiy qurilishini belgilashda, birinchi navbatda, 
Konstitutsiyamizni ishlab chiqish va tasdiqlashda mulk va mulkiy 
munosabatlar haqidagi prinsipial masala doim e’tiborimiz markazida 
bo’lganini ta’kidlash lozim. 


320 
Aynan shuning uchun ham mamlakatimizning ko’p ukladli 
iqtisodiyoti tarkibida davlat mulki, korparativ va xususiy mulkning 
tengligini e’tirof etgan holda, Konstitutsiyamiz va qonunchiligimizda 
xususiy mulk ustuvorligi mustahkamlab qo’yildi va uning ishonchli 
konstitutsiyaviy kafolatlari ta’minlandi
153

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 53-moddasida xususiy 
mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasida hamda 
mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan 
mahrum etilishi mumkinligi belgilangan.
Xususiy mulkka nisbatan belgilangan “daxlsizlik va davlat himoyasida 
bo’lishilik” xususiy mulk huquqini himoya qilish choralari orasida
o’ziga xos o’ringa ega. Birinchi navbatda “daxlsizlik” deganda, shaxsning 
o’ziga yoki muayyan huquqlariga nisbatan qonunga zid bo’lgan 
xatti-harakatlar bilan u yoki bu darajada ta’sir o’tkazishni taqiqlovchi 
qonuniy choralar majmui nazarda tutiladi. Ikkinchidan, “daxlsizlik” – 
huquq subyektiga tegishli va uning vakolatlari ostida hamda xo’jalik 
hukmronligidagi obyektning har qanday huquqbuzarliklardan xoli 
bo’lishini qonun bilan ta’minlanganligini ham anglatadi. Konstitutsiyaning 
53-moddasida belgilangan xususiy mulkning daxlsizligi ham, mulkdorga 
tegishli bo’lgan mol-mulkka nisbatan huquqlarning har qanday buzilishi va 
u bilan bog’liq manfaatlarga har qanday putur yetkazilishining 
taqiqlanishini hamda xususiy mulk huquqi u kimga tegishli bo’lishidan 
qat’i nazar faqatgina qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollardagi bekor 
qilinishi mumkinligi qoidasi ham xususiy mulkning daxlsizligining 
mazmunini ifodalaydi
154

O’zbekiston Respublikasining 2012-yil 24-sentabrdagi “Xususiy 
mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari 
to’g’risida”gi qonuni 2-moddasiga muvofiq, xususiy mulk bo’lgan 
mol-mulkning miqdori va qiymati cheklanmaydi hamda xususiy mulk 
daxlsiz va davlat himoyasidadir. Davlat xususiy mulkning but saqlanishini 
ta’minlash va uning ko’paytirilishi uchun barcha zarur sharoitlarni 
yaratadi. 
153
Каримов
И
.
А

Демократик
ислоҳотларни
янада
чуқурлаштириш
ва
фуқаролик
жамиятини
шакллантириш
– 
мамлакатимиз
тараққиётининг
асосий
мезонидир
. – 
Тошкент

Ўзбекистон
, 2011. 
Т

19. – 
Б
. 138-139.
154
Д
.
М
.
Караходжаева

М
.
Х
.
Баратов

Н
.
Ф
.
Имомов

Хусусий
мулк
– 
ижтимоий
-
иқтисодий
тараққиётни
ҳаракатлантирувчи
кучи
. – 
Тошкент

Ўзбекистон
, 2011. – 
Б
.20.


321 
Bozor munosabatlarining taraqqiy etishi va tadbirkorlik sohasini
yanada rivojlanishi, xususan, kichik biznes iqtisodiyotni rivojlantirishda
va mamlakatning taraqqiy etishida alohida o’rin tutadi.
Mulkning daxlsizligi mulkdorga qarshi turgan barcha subyektlarning 
mulk huquqini buzishdan o’zlarini saqlashlaridan iboratdir 
(FK 166-moddasi). 
Mulk davlat himoyasida bo’lib, Fuqarolik kodeksi 164-moddasiga 
ko’ra, mulkdor o’zining mulk huquqini, kim tomonidan bo’lmasin, har 
qanday buzishni bartaraf etishni talab qilish huquqiga egadir. 
Mulkdorni mulkdan mahrum etish Fuqarolik kodeksi 199-moddasiga 
muvofiq, qonunlarda nazarda tutilgan hollarda va tartibda mulkdorning 
majburiyatlari bo’yicha undiruv ana shu mol-mulkka qaratilgan taqdirda, 
shuningdek, natsionalizatsiya qilish, rekvizitsiya va musodara qilish 
tartibida yo’l qo’yilishi belgilangan. 
Natsionalizatsiya – fuqarolarga hamda yuridik shaxslarga qarashli 
mol-mulkka nisbatan mulk huquqini haq to’lash asosida qonun hujjatlariga 
muvofiq davlat ixtiyoriga o’tkazish (FK 202-modda).
Rekvizitsiya – tabiiy ofatlar, avariyalar, epidemiyalar, epizootiyalar 
yuz bergan taqdirda va favqulodda tusdagi boshqa vaziyatlarda mol-mulk 
jamiyat manfaatlarini ko’zlab, davlat hokimiyati organi qaroriga muvofiq, 
mulkdordan unga mol-mulkning qiymatini to’lagan holda qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlar asosida olib qo’yish 
(FK 203-modda).
Musodara – qonunda nazarda tutilgan hollarda esa mol-mulk sudning 
qaroriga muvofiq, jinoyat yoki o’zga huquqbuzarlik qilganlik uchun haq 
to’lamasdan mulkdordan olib qo’yish (FK 204-modda). 
O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi 
kodeksi 27-moddasida “Musodara qilish” belgilangan bo’lib, ma’muriy 
huquqbuzarlikni sodir etish quroli bo’lgan ashyoni yoki ma’muriy 
huquqbuzarlikning bevosita ashyosini musodara qilish mazkur ashyoni haq 
to’lamasdan majburiy tarzda davlat mulkiga o’tkazishdan iborat bo’lib, 
ushbu chora tuman (shahar) ma’muriy sudi tomonidan qo’llaniladi.
Ta’kidlash lozimki, huquqbuzarning shaxsiy mulki bo’lmagan ashyo 
musodara qilinishi mumkin emas, muomaladan chiqarilgan ashyolar 
bundan mustasno. Shuningdek, o’qotar qurollar va o’q-dorilarni, boshqa 
ov qurollarini musodara qilish asosiy tirikchilik manbayi ovchilik bo’lgan 
shaxslarga nisbatan qo’llanilishi mumkin emas. 
Shuningdek, yuqoridagi kodeksning 7-bobida “Mulkka tajovuz 
qiluvchi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik” belgilangan, 


322 
masalan, 60-moddada “Tabiiy resurslarga egalik huquqini buzish”, 
ya’ni yerdan, yer osti boyliklaridan, suvdan, o’simlik yoki hayvonot 
dunyosidan o’zboshimchalik bilan foydalanish yoxud yerga va boshqa 
tabiiy resurslarga egalik huquqini bevosita yoki yashirin shaklda buzuvchi 
bitimlar tuzish yoki boshqa harakatlar sodir etish, tabiatdan maxsus 
foydalanish huquqini boshqalarga berish, xuddi shuningdek, yer 
uchastkalarini o’zboshimchalik bilan egallab olganlik uchun, 61-moddada 
mulkchilik shaklidan qat’iy nazar korxona, muassasa, tashkilotlarning 
mol-mulkini o’g’irlash, o’zlashtirish, rastrata qilish, mansab lavozimini 
suiste’mol qilish yoki firibgarlik yo’li bilan oz miqdorda talon-toroj 
qilganlik uchun hamda 61-moddada oz miqdorda, ya’ni eng kam ish 
haqining o’ttiz baravarigacha bo’lgan doiradagi miqdorda va ko’p 
bo’lmagan miqdorda, ya’ni eng kam ish haqining o’ttiz baravaridan yuz 
baravarigacha bo’lgan doiradagi miqdorda o’zganing mulkini qasddan 
nobud qilish yoki unga zarar etkazganlik uchun ma’muriy javobgarlik 
o’rnatilgan. 
Jinoyat ishlari bo’yicha mulkdorning mulkidan mahrum etilishi 
mumkinligi O’zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 
211-moddasiga asosan, gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, 
sudlanuvchiga, mahkumga tegishli bo’lgan jinoyat qurollari musodara 
qilinishi kerak va ular tegishli muassasalarga topshiriladi yoki yo’q qilib 
yuboriladi. Gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, 
mahkumga tegishli bo’lmagan mol-mulk qonuniy egalariga, 
mulkdorlariga yoki ularning huquqiy vorislariga, shuningdek, 
merosxo’rlariga qaytarib beriladi. Gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, 
sudlanuvchiga, mahkumga tegishli bo’lmagan mol-mulkning qonuniy 
egalari, mulkdorlari yoki ularning huquqiy vorislari, xuddi shuningdek, 
merosxo’rlarianiqlanmagan taqdirda, ushbu mol-mulk davlat daromadiga 
o’tkaziladi. 
Shuningdek, JPKning 289-moddasiga asosan, xususiy egalikda 
bo’lishi man qilingan mol-mulk ish bo’yicha ashyoviy dalil deb e’tirof 
etilgan bo’lsa, mulkdor to’g’ri yoki g’ayrihuquqiy ravishda qo’lga 
kiritganiga qarab, u rekvizitsiya qilinadi yoki musodara etiladi, ya’ni mol-
mulk haqini to’lash yoki to’lamaslik sharti bilan sud tomonidan bunday 
mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish hamda uni tasarruf etish 
huquqiga ega bo’lgan tegishli davlat organiga yoki yuridik shaxsga 
beriladi.
Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
2-moddasida mulkni jinoiy tajovuzlardan qo’riqlash ushbu kodeksining 


323 
vazifalaridan biri sifatida belgilangan bo’lib, uning maxsus qismi 
10-bobida “O’zgalar mulkini talon-toroj qilish” (164–169-moddalar),
11-bobida “O’zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog’liq bo’lmagan 
jinoyatlar” (170–173-moddalar) uchun javobgarlik belgilangan bo’lib, 
ushbu normalar mulk daxlsizligini, xususiy mulk boshqa mulk shakllari 
kabi qonun yo’li bilan muhofaza etilishini kafolatlaydi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va u asosida qabul qilingan 
qonunlar O’zbekiston tanlagan mustaqil taraqqiyot yo’lining iqtisodiy 
negizini hamda “o’zbek modeli”ning konstitutsiyaviy-huquqiy asosini 
belgilab berdi, shuningdek,bozor munosabatining asosini tashkil qiluvchi 
xususiy mulkni va uning daxlsizligini kafolatladi.

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish