Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


-§. Mulk huquqi va uni amalga oshirishning konstitutsiyaviy



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

3-§. Mulk huquqi va uni amalga oshirishning konstitutsiyaviy
asoslari 
Mulk huquqi ikki ma’nodagi: obyektiv va subyektiv ma’nodagi mulk 
huquqiga bo’linadi. Obyektiv ma’nodagi mulk huquqi deganda, tabiat 
ashyolarini ijtimoiy o’zlashtirishning mavjud zaxiralarini, usullarini 
belgilash, tartibga solish va mustahkamlash uchun xalq manfaatlarini 
ko’zlab belgilangan tadbirlarni ifodalovchi huquq normalari yig’indisi 
nazarda tutiladi. Chunonchi, mulk to’g’risidagi umumiy qoidalar obyektiv 
huquq normalari hisoblanadi. Obyektiv ma’nodagi mulk huquqi mutlaq 
huquqiy normalar asosida tartibga solinadi. Bunga misol sifatida mulk 
huquqini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini keltirish mumkin. 
Subyektiv ma’nodagi mulk huquqi deb, ayrim shaxslar, ya’ni huquq 
subyektlarining (davlat, yuridik shaxslar va fuqarolarning) obyektiv huquq 
normalari asosida kelib chiqadigan mulkni egallash, undan foydalanish va 
uni tasarruf qilish huquqlariga aytiladi. Subyektiv ma’nodagi mulk huquqi 
nisbiy-huquqiy normalar asosida tartibga solinadi. Subyektiv ma’nodagi 
mulk huquqi mulk sohibining o’ziga mulk yoki ashyoviy huquq asosida 
tegishli bo’lgan mol-mulklarni qonunda taqiqlanmagan asoslarda, vakolat 
doirasida, o’zga shaxslarning manfaatlariga putur yetkazmagan holda 
egallash, undan foydalanish va uni tasarruf qilish maqsadida turli bitimlar 
tuzishida namoyon bo’ladi. Masalan, turli shartnomalar tuzish, o’z mulkini 
meros qilib qoldirish va boshqa bitimlar orqali mulkka bo’lgan huquqni 


324 
vujudga keltirish, o’zgartirish yoki bekor qilish subyektiv ma’nodagi mulk 
huquqining mazmunini bildiradi
155

O’zbekiston Respublikasining “O’zbekiston Respublikasida 
mulkchilik to’g’risida”gi qonuni va Fuqarolik kodeksi 164-moddasiga 
ko’ra, mulk huquqi shaxsning o’ziga qarashli mol-mulkka o’z xohishi 
bilan va o’z manfaatlarini ko’zlab egalik qilish, undan foydalanish va uni 
tasarruf etish, shuningdek, o’zining mulk huquqini, kim tomonidan 
bo’lmasin, har qanday buzishni bartaraf etishni talab qilish huquqidan 
iboratdir. Mulkdorning o’z xohishi deganda, uning erkin, ixtiyoriy, 
tazyiqlarsiz, ongli ravishda hamda qonun doirasidagi harakatini 
tushunishimiz mumkin. 
Mulk huquqining mazmuni mulk sohibining vakolatlar doirasi bilan 
belgilanadi. Mulkni o’z xohishiga ko’ra va o’z manfaatini ko’zlab 
egallash, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek, mulk 
huquqini har qanday buzilishlardan bartaraf etishni talab qilish huquqi 
tushunchalari mulk huquqining mazmunini tashkil etadi. Subyektiv mulk 
huquqining mazmunini tashkil etadigan bu elementlar mulk egasiga
qonun bilan belgilangan doiralarda beriladi. 
Shu ma’noda mulkdor o’z mulkiga bo’lgan huquqlarini ixtiyoriy 
ravishda, o’z xohishiga ko’ra amalga oshiradi. Mulkdorning o’z xohishi 
deganda, uning o’z erki, irodasi bilan o’z manfaatlarini ko’zlab, 
birovning (uchinchi shaxslarning) tazyiqisiz, g’ayrihuquqiy ta’sirsiz 
harakat qilishi nazarda tutiladi. Agar mulkdorga nisbatan bunday holatda 
zo’rlik, tazyiq ko’rsatilgan bo’lsa, qonun mulkdorning xohish-irodasi erkin 
amalga oshirilishini kafolatlaydi va muhofaza qiladi. Ayni vaqtda 
mulkdorning o’z xohishiga ko’ra ish tutishi qonun, insof va adolat 
doirasida amalga oshirilishi lozim.
Mulkdorning mulkiy huquqni o’z xohishiga ko’ra amalga oshirishda 
uning manfaati yotadi. Bu manfaat bevosita uning o’ziga, yaqinlariga yoki 
boshqalarga taalluqli bo’lishi mumkin. Masalan, ota-ona voyaga yetmagan 
farzandi nomiga bankka omonat pul mablag’i qo’yganda ham, garchi 
bunda uchinchi shaxsning manfaati ko’zlaganday bo’lsa ham, aslida 
mulkdorning harakati zamirida ota-ona sifatidagi burchi yotadi. Mulkdorni 
o’z xohishiga ko’ra yoki manfaatiga zid ravishda mulkiy bitimlar tuzishga 
155
Зокиров
И
.
Б

Фуқаролик
ҳуқуқи

Дарслик
. I 
қисм

Масъул
муҳаррир

Ҳ
.
Раҳмонқулов

Қайта
ишланган
ва
тўлдирилган
бешинчи
нашр
. – 
Тошкент

ТДЮИ
нашриёти
, 2009. – 
Б
. 356-357. 


325 
majbur qilish, umumiy qoida bo’yicha bunday bitimlar haqiqiy 
sanalmasligiga sabab bo’ladi
156

Mulk huquqi uch element – mulkka egalik qilish, undan foydalanish 
va uni tasarruf etishdan iborat. 
Mulkka egalik qilish huquqi – uni qonunda belgilangan tartibda 
qo’lga kiritish orqali o’z ixtiyorida yoki o’z erki-irodasi ta’siri ostida 
bo’lishi, saqlanishi yoki boshqa shaxslarga topshirilishida ifodalanadi. 
Mulkka egalik qilish huquqi yuridik va faktik asoslarda bo’lishi mumkin. 
Masalan, qonunda belgilangan tartibda davlat mol-mulkini 
xususiylashtirish yoki meros qilib olish natijasida egalik qilsa mulkning 
haqiqiy egasi sifatida yuridik egalik hisoblanadi, agar mol-mulkdan 
foydalanish jarayonda ham uni vaqtincha egalikda saqlab turilsa, ushbu 
holatda faktik egalikda bo’ladi, mulkka egalik qilish huquqi esa yuridik 
egaligida bo’lgan shaxsda saqlanib qoladi. 
Mulkka egalik qilish huquqi mulk huquqi va o’zga ashyoviy 
huquqlar asosida amalga oshirilishi mumkin. Mol-mulkka xo’jalik 
yuritish huquqi va operativ boshqarish huquqi, meros qilib qoldiriladigan 
yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqi, yer uchastkasiga doimiy 
egalik qilish huquqi, servitutlar asosida egalik qilinsa ashyoviy huquqlar 
asosida mulkka egalik qilish hisoblanadi. Mol-mulkka egalik qilish 
huquqining boshqa shaxsga o’tishi, agar qonun hujjatlarida o’zga tartib 
nazarda tutilgan bo’lmasa, bu mol-mulkka nisbatan o’zga ashyoviy 
huquqlarning bekor bo’lishi uchun asos bo’lmaydi. 
Mol-mulkka mulk huquqi asosida egalik qilishda ashyoviy huquqdan 
farqli ravishda egalik shaxsning o’z ixtiyori va erki-irodasida bo’ladi. 
Egalik qilish huquqi muddatli va muddatsiz tarzda amalga oshirilishi 
mumkin.
Mulkdan foydalanish huquqi – mulkni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan 
o’zlashtirish natijasida ma’naviy yoki moddiy foyda olishda ifodalanadi. 
Mulkdan foydalanish mol-mulkka egalik qilish huquqi bilan bevosita 
bog’liq bo’ladi. Masalan, mulk ijarasi shartnomasi bo’yicha ijaraga 
beruvchi ijaraga oluvchiga haq evaziga mol-mulkni vaqtincha egalik
qilish va foydalanish uchun topshiradi. 
156
Зокиров
И
.
Б

Фуқаролик
ҳуқуқи

Дарслик
. I 
қисм

Масъул
муҳаррир

Ҳ
.
Раҳмонқулов

Қайта
ишланган
ва
тўлдирилган
бешинчи
нашр
. – 
Тошкент

ТДЮИ
нашриёти
, 2009. – 
Б
. 357. 


326 
Mulkni tasarruf etish – mulkning yuridik taqdirini belgilash, ya’ni 
mulkdorning molk-mulkka tegishli huquqlarini o’zgartirishi, bekor qilishi 
yoki ixtiyoriy voz kechishi mumkin. Masalan, mulkdorning mol-mulk 
taqdirini hal qiladigan bir tomonlama qaror qabul qilishi mulk huquqining 
bekor bo’lishiga asos bo’ladi. 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 54-moddasida mulkdan 
foydalanish jarayonida mulkdorga nisbatan bir qator majburiyatlar ham 
yuklangan bo’lib, ularga ko’ra ekologik muhitga zarar etkazmaslik, 
fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan 
qo’riqlanadigan manfaatlarini buzmaslik shart. 
Ekologik muhit – bu insonni o’rab turgan tabiiy kelib chiqishga ega 
bo’lgan atrof tabiiy muhit. Ekologik muhitga zarar etkazish hozirgi va 
kelajak avlod manfaatlariga daxl qilishi, salbiy ijtimoiy, iqtisodiy, 
ekologik oqibatlarga sabab bo’lishi va mamlakatning har tomonlama 
rivojlanishiga to’sqinlik qilishi tufayli konstitutsiya darajasida 
mustahkamlab qo’yilgan.
Mulkdan foydalanish jarayonida ekologik muhitga zarar 
yetkazmaslik atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan 
foydalanish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash chora-tadbirlari orqali 
amalga oshiriladi.
Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish – yer, yerosti boyliklari, suv, 
o’simlik va hayvonot dunyosi, atmosfera havosi hamda boshqa tabiiy 
zaxiralarning ifloslanishdan, buzilishdan, zararlanishdan, oriqlab 
ketishdan, vayron bo’lishdan, yo’q bo’lib ketishdan, oqilona 
foydalanmaslikdan, ularni zararli antropogen ta’sirdan himoya qilishga 
qaratilgan huquqiy, tashkiliy, iqtisodiy, texnologik va boshqa 
chora-tadbirlar tizimidan iboratdir. 
Tabiiy resurlardan foydalanish – yer, yerosti boyliklari, suv, o’simlik 
va hayvonot dunyosi, atmosfera havosi hamda boshqa tabiiy zaxiralarni 
oqilona va samarali asosda ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan (umumiy va
maxsus tarzda) o’zlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimidan 
iboratdir. 
Ekologik xavfsizlikni ta’minlash esa tabiat va jamiyat tizimidagi 
o’zaro munosabatlarni barqaror holatda ta’minlash, turli ekologik tahdid 
va zararli ta’sirlarning oldini olish, cheklash va bartaraf etishga qaratilgan 
chora-tadbirlar tizimidan iboratdir. 
O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 172-moddasiga 
asosan, mulkdorning o’z huquqlarini amalga oshirishi boshqa shaxslarning 
huquqlarini va qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart. 


327 
Qonunlarda nazarda tutilgan hollarda, shartlarda va doirada mulkdor 
boshqa shaxslar uning mol-mulkidan cheklangan tarzda foydalanishiga 
yo’l qo’yishga majbur. Masalan, Fuqarolik kodeksining 173-moddasi 
hamda Yer kodeksining 30-moddasida o’zganing yer uchastkasidan 
cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) belgilangan. 
Mulkdor o’zining ustunlik mavqeini suiiste’mol qilishga, boshqa 
shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini 
kamsitadigan o’zga harakatlarni qilishga haqli emas. Mulkdor o’z 
huquqini amalga oshirganida fuqarolarning sog’lig’iga va atrof muhitga 
zarar yetkazishining oldini olish choralarini ko’rishga majbur. 
O’zbekiston Respublikasining “Xususiy mulkni himoya qilish va 
mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to’g’risida”gi qonuni 4-moddasida 
asosan mulkdor o’ziga qarashli mol-mulkka o’z xohishiga ko’ra hamda
o’z manfaatlarini ko’zlab egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf 
etadi. Mulkdor o’z mol-mulkiga nisbatan qonunga zid bo’lmagan 
har qanday harakatlarni bajarishga haqli. U o’z mol-mulkidan 
xo’jalik faoliyatini va qonunda taqiqlanmagan boshqa faoliyatni amalga 
oshirish uchun foydalanishi, uni boshqa shaxslarga egalik qilish va (yoki) 
foydalanish uchun tekinga yoxud haq evaziga berishi mumkin. 
Mol-mulkdan foydalanish fuqarolarning, yuridik shaxslar va davlatning 
huquqlarini hamda qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi, 
atrof-muhitga zarar etkazmasligi kerak. 
Demak, mulk huquqi va uni amalga oshirishning konstitutsiyaviy 
asoslari ko’p ukladli iqtisodiyotimiz asoslarini mustahkamlaydi, bozor 
islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirishda huquqiy 
poydevor bo’lib xizmat qiladi. 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish