349
xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlarni birlashtirish,
atrof-muhit va fuqarolar salomatligi muhofazasi, tabiiy resurslardan
unumli foydalanish va ularni asrash partiyaviy
dastur sifatida ilgari
suriladi.
Siyosiy partiya o’z oldidagi maqsadga erishish uchun ma’lum
vazifalarni bajaradilar. Bularning orasida davlatni boshqarishda ishtirok
etish, milliy integratsiya, mafkuraviy kabi vazifalarni ajratib ko’rsatish
mumkin.
Har qanday siyosiy partiya o’z faoliyatini jamiyatda mavjud
bo’lgan muammolarni hal etishga yo’naltirilgan siyosiy kursni ishlab
chiqishdan boshlaydi. Ushbu maqsadda partiya faollari va jalb qilingan
mutaxassislardan iborat tashabbuskor guruhlar,
komissiyalar, jamoatchilik
kengashlari tuziladi.
Siyosiy partiya o’zining dasturiy hujjatlarida o’ziga xos strategiya
va usul tanlab, u orqali saylovchilarga ta’sir ko’rsatishga intiladi. Bu
tashkiliy bosqichda partiyaga yangi a’zolarni qabul qilish, faollarni
tarbiyalash saylovchilarni partiya nomzodlarini qo’llab quvvatlashga
safarbar qilish, yo’lboshchilarni tanlab olish
va ularni davlat va ommaviy
jamoat tashkilotlari organlarida yuqori lavozimlarga ilgari surish vazifalari
yuzaga chiqadi.
Partiyaning eng muhim vazifasi hokimiyat organlarini shakllantirish
va ular faoliyati ustidan nazorat olib borishda ishtirok etishdir.
Siyosiy partiyalarning bo’lishi, ularning davlat organlariga
saylovlarda ishtirok etishlari ijtimoiy ixtiloflarning tinch yo’l bilan hal
etilishiga yo’l ochib beradi. Bu zarur hollarda hukumatning almashtirilishi
uchun, siyosiy arboblarning professional qobiliyatini qo’llab-quvvatlash
uchun ijobiy shart-sharoitlar yaratadi va bu bilan jamiyatning davlat
tomonidan boshqarilishining samaradorligi ta’minlanadi.
Rivojlangan demokratik davlatlarda demokratiyaning
bevosita shakli
bilan birga vakillik demokratiyasi amaliyotda o’z samarasini berib
kelmoqda. Vakillik demokratiyasining eng muhim xususiyati bu xalqning
vakillari deputatlarning oliy va mahalliy vakillik organlarida faoliyat
yuritishi hisoblanadi. Vakillik organlarini shakllantirishda bevosita
fuqarolar bilan birgalikda siyosiy partiyalarning ishtirok etishi ularning
siyosiy tizimda qanchalik mavqega egaligidan dalolat beradi .
Konstitutsiyamizda o’rnatilgan normalar va “Siyosiy partiyalar
to’g’risida”gi qonun parlamentda va
xalq deputatlari mahalliy
kengashlarida faoliyat yuritishi uchun siyosiy partiyalarga keng
imkoniyatlar beradi.
350
2004-yil 30-aprelda “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish
to’g’risida”gi qonunning qabul qilinishi siyosiy partiyalar huquqiy
maqomida tub burilish yasashi shubhasiz.
Siyosiy partiyalarning ishtiroki ayniqsa parlamentimizning
qonunchilik palatasini shakllantirishda yaqqol ko’rinadi. O’zbekiston
Respublikasining “Siyosiy partiyalar to’g’risida”gi qonunining
12-moddasiga muvofiq siyosiy partiyalar qonunda belgilab qo’yilgan
tartibda davlat hokimiyati organlari saylovlarida ishtirok etish huquqiga
ega.
Siyosiy partiyalar odatda butun faoliyatlari
davomida saylovlarda
ishtirok etish va ijobiy yutuqlarni qo’lga kiritish uchun tayyorgarlik ko’rib
yuradilar, ammo rasmiy ravishda saylov kampaniyasi boshlanganligi e’lon
qilingandan so’ng ular asosiy e’tiborni faqat saylovchilar o’rtasida olib
boriladigan targ’ibot-tashviqot ishlariga bag’ishlashlari lozim. Saylov
jarayoni boshlanganligini e’lon qilish Markaziy saylov komissiyasi
vakolatiga kirib, avvalgi chaqiriq Qonunchilik palatasi deputatlarining
vakolat muddati tugashidan kamida uch oy oldin ommaviy axborot
vositalarida e’lon qilinadi.
Nomzodlar ko’rsatish uchun siyosiy partiyalar ma’lum bir qonuniy
talablarga javob berishlari shart, ya’ni, siyosiy
partiya saylov jarayoni
boshlanganligi e’lon qilingan kundan kamida to’rt oy oldin O’zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro’yxatga olingan, saylovda
ishtirok etishini qo’llab-quvvatlovchi kamida qirq ming saylovchining
imzosini to’plagan taqdirdagina deputatlikka nomzodlar ko’rsatishi
mumkin.
Belgilangan namunadagi imzo varaqalari saylov kampaniyasi
boshlanganligi e’lon qilingandan keyin Markaziy saylov komissiyasi
tomonidan beriladi.
Ma’muriy-hududiy tuzilmalardan birida (Qoraqalpog’iston
Respublikasi, viloyat, Toshkent shahri) siyosiy partiya qirq ming
saylovchining ko’pi bilan sakkiz foizi imzosini to’plashi mumkin. Imzo
varaqalarida imzolar soxtalashtirilgan taqdirda Markaziy saylov
komissiyasi siyosiy partiyaning saylovda qatnashish huquqini rad etadi.
Yuqoridagi talablar faqat saylov paytidagina
siyosiy maydonda paydo
bo’lib qoladigan va faoliyati shundan nariga o’tmaydigan, sonda bor,
sanoqda yo’q qabilidagi partiyalarning sun’iy tarzda tashkil
bo’lishidan saqlanish istagi taqozosidir. Bundan tashqari, saylovlarda
351
qatnashish uchun saylovchilarning qirq ming imzosi zarurligi siyosiy
Do'stlaringiz bilan baham: