www.arxiv.uz
Mavzu: Mahalliy Xalq deputatlari kengashlariga saylov o’tkazish tartibi
Reja:
1-. O`zbekiston Respublikasi mahalliy xalq deputatlari Kengashlari faoliyatini tashkil etishning huquqiy asoslari. Mahalliy xalq deputatlari Kengashlari tizimi.
kafolatlari.
2-. Mahalliy xalq deputatlari Kengashlari deputatligiga saylovlarni tashkil etish va o`tkazish tartibi.
3-. Xalq deputatlari Kengashlari faoliyatining asosiy prinsiplari va vakolatlari
O`zbekiston Respublikasi o`zining milliy davlat va ma'muriy-hududiy tuzilishini, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining tizimini belgilaydi, ichki va tashqi siyosatini amalga oshiradi1.
O`zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini amalda ko`rsatadigan tashkiliy davlat tuzilmalarini shakllantirish davom etmoqda, davlat boshqaruvining yangi, zamonaviy tizimi shakllanmoqda.
Vakillik organlari barcha rivojlangan mamlakatlarning davlat hokimiyati organlari tizimida yetakchi o`rin tutadi. Chunki to`g`ridan-to`g`ri, umumiy, teng va yashirin ovoz berish yo`li bilan tashkil etilishi tufayli aholi manfaatlarini ko`zlab ish yuritadi va uning nomidan qaror qabul qilish huquqiga ega bo`ladi2. Vakillik instituti o`z-o`zini boshqarish demokratiya maktabining rivojlanishi jarayonida vujudga kelgan3. Sobiq totalitar tuzumga qadar O`zbekistonda barcha muhim qarorlar bevosita aholi yoki uning vakillari Kengashi bilan kelishilgan shaklda amalga oshirilgan. Soxibqiron Amir Temur davrida ham har ishni Kengashgan holda hal etganligini yozgan4. Chunki Qur'oni Karimning «Sho`ro» surasi, 38 oyatida keltirilishicha, «U(imonli kishi)larning ishlari o`zaro maslahat (bilan) bo`lur».1 Mustaqillikka erishgan O`zbekiston Respublikasi o`z milliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini rivojlantirishda ota-bobolarimizning qoldirgan davlatchilik tajribalariga suyanmoqda.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va "Mahalliy davlat hokimiyati to`g`risida"gi Qonuni asosida mahalliy davlat hokimiyatining vakillik va ijroiya organlariga hokim rahbarlik qiladi. Viloyat tuman va shahar hokimlari o`z vakolatlarini yakkaboshchilik asoslarida amalga oshiradilar va o`zlari rahbarlik qilayotgan organlarning qarorlari va faoliyati uchun shaxsan javobgardirlar.
Viloyat, tuman va shahar hokimlari: qonunlar va O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining boshqa hujjatlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, yuqori turuvchi organlar va tegishli xalq deputatlari Kengashi qarorlarining ijrosini tashkil etadi; jamoat tartibiga rioya etilishi va jinoyatchilikka qarshi kurash, fuqarolarning xavfsizligini ta'minlash, ularning huquqlarini himoya qilish va saxt-salomatligini muhofaza etish bilan bog`liq chora-tadbirlarni ko`radi, tabiiy ofatlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda hollarda tegishli tadbirlarni tashkil etadi. Shuningdek, xo`jalik masalalarini tezkorlik bilan hal qilish, madaniyatni rivojlantirish masalalarini ko`rish va aholining kundalik turmush ehtiyojlarini, madaniy va moddiy talablarini qondirish choralarini belgilaydi.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosida mahalliy davlat hokimiyati tizimi belgilangan bo`lib, bu esa ularning ichki tashkiliy tuzilishini ham mustahkamlaydi. Shuning uchun ham O`zbekiston Respublikasi ma'muriy-hududiy tuzilma va bo`linmalaridagi mahalliy davlat hokimiyat organlarining tizimi va huquqiy holati “Mahalliy davlat hokimiyati to`g`risida”gi qonunida belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasi Qarorlari bilan tasdiqlangan namunaviy Nizom va Yo`riqnomalar hamda shu organlarining faoliyatiga taalluqli ichki hujjat qoidalarida belgilangan.
“Mahalliy hokimiyat organlari organlari bajaradigan vazifalar doirasini kengaytirish, ularga davlat organlari vakolatlarining bir qismini bosqichma-bosqich topshirish lozim. Bunda eng muhimi, aholining kasb va ijtimoiy tarkibi manfaatlarini yanada to`laroq ifodalash va himoya qilishda nodavlat, jamoat tuzilmalarining huquq va mavqelarini oshirish darkor. “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” degan siyosiy qurilish dasturining mohiyati ana shunda yaqqol namoyon bo`ladi. Aynan shunday yondashuv fuqarolarning o`zlariga o`z hayoti va butun jamiyat hayotini boshqarishda va tashkil etishda keng ishtiroq etish uchun imkoniyat yaratadi. Bu esa fuqarolik jamiyati tamoyillariga to`la mos keladi.”2
O`zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari kengayishi ularning ijtimoiy hayotda ta'sir doirasini yani faoliyatining yangi-yangi shakllarini vujudga keltirmoqda. Hozirgi rivojlanish bosqichida mahalliy davlat hokimiyati organlarining shtatli xodimlari, deputatlar, fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organlarining vakillari, hokimliklar huzurida tuziladigan komissiyalar tarkibida birlikdagi faoliyat kengayib bormoqda.1
Mahalliy davlat hokimiyati organlari, eng avvalo, tegishli hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi farovonligini oshirishda mas'ul bo`lib, uni amalga oshirishda qonuniylikni ta'minlash orqali bunga erishadilar.
Mahalliy hokimiyat organlari zimmasiga bir qator Konstitutsiyaviy vakolatlar yuklatilgan bo`lib, “Mahaliy hokimiyat organlari ixtiyoriga quyidagilar kiradi:2
qonuniylikni, huquqiy-tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta'minlash;
hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish;
mahalliy budjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig`imlarni belgilash, budjetdan tashqari jamg`armalarni hosil qilish;
mahalliy kommunal xo`jalikka rahbarlik qilish;
atrof muhitni muhofaza qilish;
fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta'minlash;
normativ hujjatlarni qabul qilish hamda O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va O`zbekiston Respublikasi qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshirish”.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari, mahalliy vakillik va ijroiya hokimiyati organlaridan tashkil topgan.
Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo`ysunadigan shaharlardan, shuningdek, shahar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari Kengashlari davlat hokimiyati vakillik organlari bo`lib, ular davlat va fuqarolarning manfaatlarini ko`zlab o`z vakolatlariga taalluqli masalalarni hal etadilar.3
O`zbekiston Respublikasining viloyatlar, tumanlar va shaharlarida tashkil etilgan xalq deputatlari Kengashlari davlat va fuqarolarning manfaatlarini ko`zlab, o`z vakolatlariga taalluqli masalalarni hal etish prinsiplari saylovning muhim rivojlanish talablaridan biri ekanligini ko`rsatmoqda. Bu jarayonlarda siyosiy partiyalarning xalq deputatlari Kengashlari faoliyatidagi ishtiroki dolzarb masalalarni hal etilishida muhim bo`lib hisoblanadi. Ijtimoiy hayotda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlatni barpo etishga qaratilgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish, birinchi navbatda, siyosiy partiyalar faoliyati bilan bog`liqligi umume'tirof etilgan demokratik me'yor hisoblanadi.
O`zbekiston Respublikasining «Mahalliy davlat hokimiyati asoslari to`g`risida»gi Qonunining 17-moddasida «Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining asosiy ish shakli sessiyadir», deyilgan. Tegishli xalq deputatlari Kengashlariga berilgan vakolatlar Oliy Majlis palatalari yig`ilishlarida va xalq deputatlari Kengashlari sessiyalarida ko`rib chiqiladi va hal etiladi.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, mahalliy davlat hokimiyati to`g`risidagi qonunlari va boshqa qonun hujjatlarida mutlaqo yangidan tuzilayotgan komissiyalarni xalq deputatlari Kengashlari va hokimliklar huzurida bo`lishligini nazarda tutadi. O`zbekiston Respublikasining «Mahalliy davlat hokimiyati to`g`risida»gi Qonunining 6-moddasiga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarini, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va farmoyishlarini, Oliy Majlis qarorlarini, Vazirlar Maxkamasining qaror va farmoyishlarini hamda boshqa xujjatlarining ijrosini taminlash uchun viloyat, tuman va shahar xalq deputatlari Kengashlari qarorlar qabul qiladi va hokimlar qaror, farmoyishlar chiqaradi.
Mahalliy ijroiya va xalq deputatlari Kengashlari vakolatlariga taalluqli masalalarni tegishli hududda ijro qilinishi majburiy bo`lgan hujjatlarning samaradorligi ularni tayyorlashga va tajribada ishlab chiqilgan va qonunchilikda ko`rsatilgan ma'lum talablarning bajarilishiga ko`p jihatdan bog`liqdir.
Bunda birinchidan, xalq deputatlari Kengashlari va hokimlarning har bir qarori asoslantirilgan bo`lishi , ya'ni masalani yechimi bo`lishi lozim.
Ikkinchidan, Kengash va hokimning qabul qiladigan har bir qarori keng ma'noda tejamkor bo`lishi shart. Birinchi navbatda, u haqiqatan ham zarur bo`lib qolganda chiqarilishi kerak. Yuqori turuvchi organlarning qarorlarini yoki o`zini Kengash va hokimning oldin qabul qilgan qarorlarini qaytaruvchi, takrorlovchi qarorlar qabul qilish maqsadga muvofiq emas. Agar bir-birini qaytarsa, qaror bilan uning ijrosi o`rtasida qarama-qarshiliklar kelib chiqaradigan bo`lsa ijroning ahamiyatini kamaytiradi va uni amalga oshirishni qiyinlashtiradi. U yoki bu masalani hal qilish yo`llari mavjud bo`lsa, eng kam mablag` sarf qilishni, kam kuch sarf qilishni talab qiladigan yo`l tanlab olinishi lozim.
Uchinchidan, qaror qonuniy bo`lishi kerak, ya'ni u tegishli organ tomonidan vakolati doirasida qabul qilinishi va u yoki bu masalaning qonun yo`l qo`ygan huquqiy vositalar yo`li bilan hal qilinishi mumkin.
Xalq deputatlari Kengashlari va hokimliklarning qarorlari sessiyalar va majlislarida deputatlar kvorumida, ovozga qo`yilganda qabul qilinishi, to`g`ri rasmiylashtirilishi va imzolanishi, ijrochilarga belgilangan muddatlarda yuborilishi lozim. Qarorlarning hayotiyligi va tejamkorligini ta'minlash uchun loyihalarni tayyorlash va qabul qilish tayyorlashda mutaxassislar va manfaatdor tashkilotlar jalb qilinishi, deputatlarning, jamoatchilikning, quyi turuvchi organlarining fikr va mulohazalari e'tiborga olinishi talab etiladi.
Xalq deputatlari Kengashlari va hokimliklar qaror loyihalarini tayyorlashni takomillashtirish maqsadida yo`riqnomalar va boshqa hujjatlarda unga masul shaxslarning javobgarligini oshiruvchi maxsus chora-tadbirlarni belgilaydilar.
Qaror qabul qilish va hayotga tatbiq qilish bo`yicha unga masul shaxslar asosiy ishidan ajralmagan holda amalga oshiradi. Hamda, qarorlarning ijrosini va nazoratini tashkil qilib qolmasdan, yuqori organlar aktlarining amalga oshirilish nazoratini ham tashkil qiladi. Ijro va nazoratni tashkil qilishda hokimlik devoni, bo`lim va boshqarmalari, xalq deputatlari Kengashlari doimiy komissiyalari, deputatlik guruhlari va jamoatchilik organlarining faoliyati muvofiqlashtiriladi. Ijroni tashkil qilishning birinchi talabi qarorni ijrochilarga va manfaatdor shaxslarga o`z vaqtida yetkazishdir.
O`zbekiston Respublikasining «Mahalliy davlat hokimiyati to`g`risida»gi Qonunining 6-moddasiga muvofiq xalq deputatlari Kengashi va hokim qabul qilgan va chiqargan hujjatlar, ya'ni qarorlar va farmoyishlar imzolangan vaqtdan boshlab kuchga kiradi, boshqa muddat belgilanmagan bo`lsa, manfaatdor organ yoki shaxslarga qarorlarning nusxasi yoki undan ko`chirma yuboriladi. Agarda qabul qilingan hujjat aholiga bevosita tegishli bo`lsa, u to`g`risida hamma xabardor bo`lishi shart. Bu hokimliknng masul xodimlari, xalq deputatlari Kengashlari doimiy komissiyalari tomonidan radio, mahalliy matbuot, e'lonlar, rahbarlarning chiqishlari orqali aholiga yetkaziladi.
Xo`jalik va ijtimoiy qurilish masalalari bo`yicha qarorlarni ijro qilish katta tayyorgarlik ishlarini talab qiladi. Hokimliklar, xalq deputatlari Kengashlari doimiy komissiyalari ijroni tashkil qilish tadbirlari rejasini tuzadilar, vazifalarni taqsimlaydilar va bajarish muddatlarini belgilaydilar. Bo`lim, boshqarma va xo`jalik rahbarlarining majlislarini tashkil etiladi. Agarda qarorning ijrosiga keng jamoatchilikni jalb qilish lozim bo`lsa, joylarda fuqarolarning yig`ilishlari o`tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |