O’zbekiston tabiatini muhofaza qilinishi



Download 130 Kb.
Sana18.02.2022
Hajmi130 Kb.
#455078
Bog'liq
O’ZBEKISTON TABIATINI MUHOFAZA QILINISHI


O’zbekiston tabiatini muhofaza qilinishi
Tabiat va uning boyliklaridan oqilona foydalanishga, tabiatni inson manfaatlarini koʻzlab ongli ravishda oʻzgartirishga, tabiat boyliklari va umuman tabiatni, uning goʻzalligi, musaffoligini saqlab qolishga va yanada boyitishga qaratilgan barcha tadbirlar majmuasi. Tabiatni muhofaza qilishq. Tadbirlari majmuasiga davlatlar, xalqaro tashkilotlar, jamoat, ilmiy-texnik, ishlab chiqarish., iqtisodiy va maʼmuriy tashkilotlar, har bir odam tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlar kiradi.
Hozirgi vaqtda inson yashab, toʻxtovsiz munosabatda boʻlib kelayotgan tabiiy muhit uzoq geologik davrlar (4,5—4,7 mlrd. yil) mobaynida bir qancha omillarning birgalikda taʼsirida, yaʼni Quyosh nuri, Yerning massasi, gravitatsiya kuchi, koʻlami, aylanma harakatlari, tektonik harakatlar, havo va suv qobiqlarining vujudga kelishi va oʻzgarishi, ekzogen jarayonlar taʼsiri, organik dunyoning paydo boʻlishi va taraqqiyoti taʼsirida tarkib topgan. Tabiiy muhitning holati oʻzaro taʼsir etib turuvchi koʻp omillarning murakkab majmuida tarkib topgan tabiiy muvozanatga bogʻliq. Chunki bir joyning iqlimi Quyosh nurining tushish burchagiga, yaʼni geografik kenglik, yer yuzasining tuzilishi, shamollar, okeanlarning uzoqyaqinligi, oqimlari va boshqalarga; oʻsimliklar qoplami esa iqlim, yer yuzidagi togʻ jinslari, relyef, tuproqlarga bogʻliq. Bu tabiiy omillarning birontasida oʻzgarish roʻy bersa, tabiiy muvozanat buziladi, bu esa tabiiy muhitda oʻzgarishlarga sabab boʻladi. Baʼzan, tabiatning biror komponentiga koʻrsatilgan arzimagan taʼsir hech kutilmagan katta oʻzgarishlarga, xususan xavfli oʻzgarishlarga olib kelishi mumkin.
Har qanday tirik mavjudot oʻz atrofini oʻrab turgan tabiiy muhit bilan oʻzaro taʼsirda boʻladi, undan oʻziga kerakli narsalarni oladi, shu muhitda moslashadi, muhit tarkibiga, undagi modda va energiyaning aylanma harakatiga maʼlum darajada oʻzgarish kiritadi. Yerning havo qobigʻidagi hozirgi gazlar tarkibi, miqdori, ayrim foydali qazilmalari, mas., ohaktosh, toshkoʻmir, qoʻngʻir koʻmirning hosil boʻlishi, tuproq qoplamining tarkib topishi, rivojlanishi organizmlarning hayot faoliyati natijasidir. Organik dunyoning tabiiy muhit bilan oʻzaro taʼsiri biologik evolyutsiya jarayonida yangi turlarning paydo boʻlishi, raqib turlar sonining koʻpayishi yoki kamayishi va atrof muhitning oʻzgarishi natijasida oʻzgaradi.
Yerda odamnish paydo boʻlishi organik dunyo bilan tabiiy muhit oʻrtasidagi oʻzaro munosabatni tubdan oʻzgartirib yubordi. Inson tabiatga mehnat qurollari vositasida yaylovlardan notoʻgʻri foydalanish oqibatida taʼsir koʻrsatadi. U oʻzining tabiat bilan boʻlgan oʻzaro taʼsiri usullarini takomillashtirib boradi. Natijada inson yashay oladigan hudud kengayadi, foydalaniladigan tabiiy elementlar soni va hajmi ortadi, binobarin, insonning tabiatga tazyiqi sifat jiqatidan ham, koʻlam jihatidan gʻam koʻpayadi. Inson oʻzi yashashi va faoliyat koʻrsatishi uchun tabiiy muhitdan tashqari yana sunʼiy muhitni ham bunyod etadi. Mac, shaharlar, turar joy binolari, bogʻlar, suv omborlari, yoʻllar va boshqa Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi, fan va texnikaning taraqqiy etishi bilan, tabiiy boyliklarning ahamiyati, ulardan foydalaniladigan sohalar, ularni ishlatish shakllari ham oʻzgarib boradi. Qadimda bir necha xil kimyoviy elementlardan foydalanilgan boʻlsa, hozirgi vaqtda mavjud barcha elementlardan foydalaniladi. Shu bilan birga koʻpchilik foydali qazilmalar tobora koʻproq qazib chiqarilmoqda. Insonning tabiatga taʼsiri kuchayishidan, antropogen landshaftlar koʻpaymokda. Hayvonot va oʻsimlik olamidan rejasiz foydalanish yoki inson faoliyati bilan bogʻliq boshqa sabablar tufayli 16-asrning oxirlaridan 20-asrning 70y.larigacha umurtqali hayvonlarning 250 turi va kichik turlari butkul yoʻqolib ketdi. 80y.lardan boshlab xar yili oʻrtacha 1 ta hayvon turi va 50 ga yaqin oʻsimlik turi yoʻqolib bormoqda. Qush va sut emizuvchilarning 1000 dan ortiq turi yoʻqolib ketish arafasida turibdi. Yil davomida 1 mlrd. t yoqilgʻi yoqiladi, atmosferaga yuzlab mln. t azot oksidi, oltingugurt, uglerod, qurum, chang va boshqa chiqariladi. Tuproq va suvlar sanoat va maishiy chiqindilar (bir necha mlrd. t), neft mahsulotlari (bir necha mln. t), mineral oʻgʻitlar (yuz mln. t ga yaqin), ogʻir metallar, radiaktiv chiqindilar bilan ifloslanadi.
Inson tabiiy sharoit va boyliklardan koʻp maqsadlarda foydalanadi. Bu esa ayni paytda, tabiatni tegishlicha muhofaza qilishni ham taqozo etadi. Bular: xoʻjalik, sogʻliqni saqlash va gigiyena, nafosat (estetik), turizm, ilmiy hamda tarbiyaviy maqsadga muvofiq foydalanish. Maqsadga muvofiq foydalanish deganda, tabiat boyliklaridan mamlakat yoki butun insoniyat manfaati yoʻlida foydalanish tushuniladi. Bunda hozirgi va kelajak avlodning manfaatlarini koʻzlab faoliyat yuritish nazarda tutiladi. Oʻz taraqqiyotini oldindan uzoq muddatga ilmiy asosda rejalashtira oladigan va tabiiy muvozanatni oʻzgartirmasdan foydalana oladigan jamiyatgina taraqqiyotga erishadi.
Tabiiy boyliklardan oqilona foydalanishdan tabiatda roʻy beradigan jarayonlarning oʻzaro bogʻlikligi va rivojlanishi qonuniyatlari haqidagi bilimlar katta ahamiyatga ega. Busiz tabiiy jarayonlarga baho berish, ularni xisobga olish, tabiatga, tabiat komponentlariga koʻrsatilgan har qanday taʼsirning kelajakda qanday oqibatlarga olib kelishini oldindan bilish mumkin emas. Inson tabiatdan foydalanganda va unga taʼsir koʻrsatayotganda bilishi va faoliyatida amal qilish zarur boʻlgan, asosan, 5 qonuniyat mavjud: 1) tabiatdagi barcha komponent va elementlar oʻzaro bir-birlari bilan bogʻlangan, oʻzaro taʼsir etib, muayyan muvozanatda boʻlib, uygʻunlik hosil qilgan. Biron komponent yoki element oʻzgarsa, butun tabiiy kompleksda oʻzgarish roʻy beradi; 2) tabiatda toʻxtovsiz modda va energiyaning aylanma harakati roʻy berib turadi. Bu xayot asosi; 3) tabiiy jarayonlarning rivojlanishida muayyan davriyliklar mavjud (sutkalik, yillik, 12 yillik, 33— 35 yillik va koʻp yillik); 4) zonallik; 5) regionallik.
Insonning tabiat bilan oʻzaro taʼsiri jamiyat taraqqiyoti, ishlab chiqarish. usullari mukammallasha borgan sari jadallashadi, tabiatdan, uning boyliklarini, qurilish va ishlab chiqarish. teknikasi, aloqa vositalari yirik shaharlarni oʻzgartirib, yirik vohalar, madaniy landshaftlar yaratishga, hosildor ekin hamda mevalar, mahsuldor chorva mollari yetishtirishga imkon beradi. Lekin baʼzan chuqur oʻrganmasdan inson qudratiga ortiqcha baho berib, tabiatga taʼsir koʻrsatish tabiatni foydalanib boʻlmaydigan holatga, uning buzilishi va ifloslanishiga olib kelishi mumkin. Bunday manzara insoniyatning butun tarixi mobaynida kuzatiladi. Pekin 19-asrgacha insonning tabiatdan foydalanish koʻlami uncha katta boʻlmagani uchun inson faoliyatining tabiatga taʼsiri ham kamroq boʻlgan.
20-asrning 2yarmida sanoat ishlab chiqarish.ning rivojlanishi, qishloq xoʻjaligi.da turli xil kimyoviy moddalarning koʻp qoʻllanilishi, katta maydonlarda muttasil bir xil ekinlarning yetishtirilishi, transport vositalarining ortiqcha koʻpayib ketishi, shaharlarning yiriklashib ketishi, tabiat muhofazasiga yetarlicha eʼtibor berilmaganligi tabiiy muhitning buzilishiga, ayrim joylarning ifloslanib ketishiga sabab boʻldi. Ayrim konchilik sanoati rnlarida tabiiy muhit juda buzilib ketgan. Katta maydonlarni kon chiqindi jinslari egallagan, chuqur ochiq karyerlar yer osti suvi sathini pasaytirishi natijasida oʻsimlik qoplami qurib bormoqda. Rekultivatsiya ishlariga, xususan rivojlanayotgan mamlakatlarda yetarlicha eʼtibor berilmaydi. Hozirgi vaqtda Tabiatni muhofaza qilishq. muayyan oʻlka yoki mamlakat doirasidan chiqib, umumjahon muammosiga aylanib bormokda. Yerning ozon pardasidagi oʻzgarishlar, dunyoda haroratning koʻtarilib borayotgani, qutbiy va togʻ muzliklarining qisqarib borayotgani ana shunday muammolardan. Ayniqsa, qayta tiklanmaydigan tabiiy boyliklarning kamayib borayotganligi va atrof tabiiy muhitning ifloslanayotgani bir qancha mamlakatlarda, ayniqsa, rivojlangan mamlakatlarda Tabiatni muhofaza qilishq. tadbirlarini koʻrishga majbur etdi. Koʻpchilik rivojlangan mamlakatlarda oʻrmonlarni kesish cheklandi, yerdan kadastr asosida foydalaniladigan boʻldi, daryo va koʻllar suvlari tozalanib, baliqlarni koʻpaytirish boshlandi. Ovchilik tartibga solindi, qoʻriqxonalar, muhofaza qilinadigan hududlar koʻpaytirildi.
Biroq 20-asrning oʻrtalaridan boshlab zararli chiqindili ishlab chiqarish. korxonalarining rivojlanayotgan mamlakatlarga koʻchirila boshlangani bu mamlakatlarda atrofmuhitning ifloslanishiga sabab boʻlmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy qiyinchiliklar tufayli tabiatni muhofaza qilishga yetarli mablagʻ ajratishga qodir emas. Tabiatni muhofaza qilishq. sohasida xalqaro qatʼiy hamkorlikning yoʻqligi ham tabiiy boyliklardan foydalanishda va Tabiatni muhofaza qilishq.da yetarlicha samara bermayapti.
Hozirgi vaqtda Tabiatni muhofaza qilishq.ni taʼminlash masalalari nazariy jihatdan ishlab chiqilgan. Lekin bularni amalga oshirish juda katta mablagʻ sarflashni talab qiladi. Buning ustiga qirgʻin qurollarini ishlab chiqarish., ularni saklash ham tabiiy muhitning ifloslanishiga olib keladi. Shu nuqtai nazardan qirgʻin qurollarni ishlashni taʼqiklash, borlarini yoʻqotish ham tabiat muhofazasida katta ahamiyatga ega.
Oʻzbekistonda 20-asrda, ayniqsa, uning 2yarmida qishloq xoʻjaligi.da monokultura tizimining qoʻllanishi, gerbitsid va pestitsidlarning haddan tashqari koʻp ishlatilishi, mavjud suv zaxiralaridan notoʻgʻri foydalanish oqibatida atrofmuhit holatida katta salbiy oʻzgarishlar roʻy berdi. Orol dengizi deyarli quridi, uning atrofida choʻllashish kuchayib ketdi, yer osti suvlari shoʻrligi darajasi oshdi. Inson salomatligi uchun zarur sharoit buzildi, kamqonlik, gepatit, zotiljam kabi kasalliklar koʻpaydi. Paxta monokulturasi taʼsirida boshqa hududlarda x.am inson hayoti uchun zarur boʻlgan ekologik vaziyat yomonlashdi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, dastlabki kunlardan boshlab, Tabiatni muhofaza qilishq.ga, respublika hududini ekologik tanazzuldan muhofaza qilishga kirishdi. Tabiatni va uning komponentlarini muhofaza qilish toʻgʻrisida bir qancha qonunlar qabul qilindi. Bular "Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida" (1992 y. 9 dek.), "Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida" (1993 y. 6 may), "Yer osti boyliklari toʻgʻrisida" (1994 y. 23 sent.; 2002 y. 12 dek.da yangi tahrirdagi), "Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida" (1996 y. 27 dek.), "Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida" va "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida" (1997 y. 26 dek.), "Davlat kadastrlari toʻgʻrisida" (2000 y. 15 dek.), "Oʻrmon toʻgʻrisida" (1999 y. 15 aprel), "Chiqindilar toʻgʻrisida" (2000 y. 5 aprel)gi qonunlardir.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50, 54, 55 va 100-moddalarida Tabiatni muhofaza qilishq.ga oid normalar bayon etilgan. Konstitutsiyaning 11bobi 50moddasida "Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda boʻlishga majburdirlar", deb koʻrsatilgan. 55-moddasida "Yer, yer osti boyliklari, suv, oʻsimlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir. Ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir", deyilgan. Mamlakatimizda "Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi" tashkil qilingan (1996 y. 26 aprelda Oliy Majlis tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida faoliyat koʻrsatadi). Qoʻmita quyidagi vazifalarni bajaradi: atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan foydalanish va ularni qayta tiklash ustidan nazorat qilish; Tabiatni muhofaza qilishq. faoliyatini tarmoklararo kompleks boshqarish; Tabiatni muhofaza qilishq. hamda resurslarni tejash borasida yagona siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish; atrofmuhitning ekologik holati qulay boʻlishini taʼminlash, ekologik vaziyatni boshqarish.
Oʻzbekiston Tabiatni muhofaza qilishq. sogʻasida bir qancha xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi va dasturlarda, jumladan, BMTning atrofmuhit boʻyicha dasturi (YUNEP)da ishtirok etadi. YUNEP va ayrim rivojlangan mamlakatlar bilan hamkorlikda Biologik xilmaxillikni saklashning milliy strategiyasi va 10 dan ortiq milliy ekologik qonunlar ishlab chikildi. 1993 y. mart oyida Qozogʻistonning Qiziloʻrda shahrida Oʻrta Osiyodagi 5 davlatning Oliy darajadagi uchrashuvida Orol dengizi muammolari boʻyicha Davlatlararo kengash va uning ijroiya qoʻmitasi hamda Orolni qutqarish xalqaro fondi tashkil etildi. Uning vazifasi Orol dengizi, uning sogʻlom ekologik sharoitini tiklash, mazkur regionni toza ichimlik suvi bilan taʼminlash, hudud sanitariyagigiyena muxitini yaxshilashdir.
Oʻzbekistonda 10 dan ortiq oʻrmon xoʻjaligi, 9 ta qoʻriqxona, 2 milliy bogʻ, bir qancha buyurtma qoʻriqxona mavjud. Ularda tabiat yodgorliklari, kamayib ketgan oʻsimlik va hayvonlar qoʻriklanadi, oʻrganiladi va koʻpaytiriladi. Oʻzbekistonda tabiatni muhofaza qilish respublika jamiyati, 12 ta viloyat va Qoraqalpogʻiston jamiyati, Oʻzbekiston geografiya jamiyati, EKOSAN, bir qancha ilmiyommabop va ilmiy jurnallar, radio va televideniye, vaqtli matbuot Tabiatni muhofaza qilishq. haqidagi bilimlarni targʻib qilmoqda. Aholi oʻrtasida tabiat, undan oqilona foydalanish va muhofaza qilish haqidagi bilimlarni targʻib qilish, aholining geografik, ekologik madaniyatini koʻtarish Tabiatni muhofaza qilishq.da katta ahamiyatga ega. Tabiatni, uning boyliklarini muhofaza qilish, geografik ekologiya oʻquv kurslari oʻrta maxsus va oliy yurtlarining tabiatshunoslik mutaxassisliklari talabalariga maxsus kurslar sifatida oʻqitilmoqda.
Respublikada ekologik xavfsizlikni ta’minlash va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish, ekologik holatni yaxshilash, chiqindilarning fuqarolar sog‘ligiga zararli ta’sirining oldini olish, aholi turmush darajasi va sifatini oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish, maishiy chiqindilarni yig‘ish, saqlash, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va ko‘mish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:

1. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi etib qayta tashkil etilsin.


Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.


2. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi faoliyatining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:


ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash sohasida davlat boshqaruvi;


atrof-muhitning qulay ekologik xolatini, ekologik tizimlar, tabiiy komplekslar va alohida obyektlar muhofaza qilinishini, ekologik sharoitning sog‘lomlashtirilishini ta’minlash;


chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat ekologik nazoratini amalga oshirish, mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan mustahkam hamkorlikda maishiy chiqindilarni yig‘ish, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va ko‘mish borasida ta’sirchan tizimni tashkil etish;


er, yer osti boyliklari, suv, o‘rmonlar, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish, atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat ekologik nazoratni o‘rnatish;


ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish ishlarini muvofiqlashtirish, tabiatni muhofaza qilish va resurslarni tejash borasida yagona siyosatni amalga oshirishga oid amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda idoralararo hamkorlikni ta’minlash;


ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat kadastrini yuritish, shuningdek, yovvoyi hayvonlarni, yovvoyi o‘simliklarni ko‘paytirish va saqlash pitomniklarini, zoologiya va botanikaga oid kolleksiyalarni davlat tomonidan ro‘yxatga olish;


ekologik tarbiya, targ‘ibot va ta’limni, shuningdek, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish.


3. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tarkibida tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qo‘mitalari negizida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari tashkil etilsin.


4. Belgilab qo‘yilsinki:


O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining raisi va rais o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga binoan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi;


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga va tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga hisobot beradilar;


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi raisi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi;


viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalarining boshliqlari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi tomonidan viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taqdimnomasiga binoan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.


5. Belgilansinki:


O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining shartnomalari va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;


O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan va normativ-huquqiy xarakterga ega bo‘lgan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, mulkchilik shakllari va idoraviy bo‘ysunishidan qat’iy nazar, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir;


O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun, shu jumladan, chiqindilar bilan bog‘liq ishlar sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun aybdor shaxslarni o‘rnatilgan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortish huquqiga egadir.


6. Quyidagilar:


O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi markaziy apparati tarkibida Chiqindilarning hosil bo‘lishi, to‘planishi, saqlanishi, tashilishi, utilizatsiya qilinishi, qayta ishlanishi, ko‘milishi va realizatsiyasini nazorat qilish inspeksiyasi, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalarining apparatlarida Inspeksiyaning hududiy bo‘linmalari;


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari huzurida «Toza hudud» davlat unitar korxonalari va shaharlarda hamda respublika tumanlarida tuman hokimliklari huzuridagi obodonlashtirish boshqarmalarining maishiy chiqindilarni tashib ketish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish uchastkalari negizida ularning filiallari tashkil etilsin.


7. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Hayvonot va o‘simliklar dunyosini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish respublika inspeksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi Bioxilma-xillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi etib qayta tashkil etilsin, uning hududiy inspeksiyalari tuzilsin.


8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Adliya vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida tabiatni muhofaza qilish respublika va hududiy jamg‘armalari negizida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasini tashkil etish, uning mablag‘larini, birinchi navbatda, atrof-muhitni muhofaza qilish, shu jumladan, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish, bioresurslarni saqlash va qayta tiklash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va uning monitoringi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borish, targ‘ibot va ta’lim ishlarini tashkil etish, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida mutaxassislar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash, shuningdek, Davlat qo‘mitasi zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish bilan aloqador boshqa maqsadlarga yo‘naltirish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.


9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:


a) bir hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi va «2017 – 2021-yillarda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorlari loyihasini kiritsin, Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini takomillashtirish va muvofiqlashtirish Respublika komissiyasi tuzilishini nazarda tutsin;


b) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga O‘zbekiston Respublikasining quyidagi qonun loyihalarini ikki hafta muddatda kiritsin:


O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining raisini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish bo‘yicha «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80 va 93-moddalariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida»;


chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun jarima sanksiyalari miqdorlarini oshirishni nazarda tutib, fuqarolar va mansabdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirishni ko‘zda tutuvchi «O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»;


keng tarqalgan foydali qazilmalarni qazib olishning belgilangan tartibini buzganlik uchun jismoniy va yuridik shaxslarning javobgarligini kuchaytirish yuzasidan «O‘zbekiston Respublikasining «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi va «Er osti boyliklari to‘g‘risida»gi qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”.


10. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Adliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


11. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri, 2017-yil 21-aprel


Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida


Ushbu Qonun tabiiy muhit sharoitlarini saqlashning, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini belgilab beradi. Qonunning maqsadi inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlar uyg‘un muvozanatda rivojlanishini, ekologiya tizimlari, tabiat komplekslari va ayrim obyektlar muhofaza qilinishini ta’minlashdan, fuqarolarning qulay atrof muhitga ega bo‘lish huquqini kafolatlashdan iboratdir.
I. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining tabiatni muhofaza qilishga doir qonunlari
O‘zbekiston Respublikasida tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi munosabatlar ushbu Qonun bilan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining yer, suv, o‘rmon, yer osti boyliklari to‘g‘risidagi, atmosfera havosini, o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonunlari bilan, boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida tabiatni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonunlari bilan ham tartibga solinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. Tabiatni muhofaza qilish obyektlari va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar
Tabiatni muhofaza qilish obyektlari (er, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi, atmosfera havosi) ifloslanishdan, buzilishdan, zararlanishdan, oriqlab ketishdan, vayron bo‘lishdan, yo‘q bo‘lib ketishdan, nooqilona foydalanishdan muhofaza etilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar jumlasiga davlat qo‘riqxonalari, majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalari, tabiat bog‘lari, davlat tabiat yodgorliklari, ayrim tabiiy obyektlar hamda majmualarni saqlab qolish, takror ko‘paytirish va tiklash uchun mo‘ljallangan hududlar, muhofaza etiladigan landshaftlar, ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun mo‘ljallangan hududlar, davlat biosfera rezervatlari, milliy bog‘lar, davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlar kiradi.
(2-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi Qonuni.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 4-yanvardagi O‘RQ-278-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 1-modda)
3-modda. Tabiatni muhofaza qilishdan maqsad
Tabiatni muhofaza qilishdan maqsad:
inson salomatligi uchun, ekologik muvozanatni saqlash uchun, respublikani samarali va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish manfaatlari yo‘lida tabiatdan oqilona va uni ishdan chiqarmaydigan qilib foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
jonli tabiatning turlari va genetik fondi boyligini saqlab qolish;
ekologiya tizimlari, landshaftlar va noyob tabiat obyektlari xilma-xilligini saqlab qolish;
ekologiya xavfsizligini ta’minlash;
Oldingi tahrirga qarang.
tabiat obyektlari bilan bog‘liq moddiy madaniy meros obyektlarini asrab qolishdir.
(3-moddaning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
4-modda. Tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga erishish
Tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga erishish uchun davlat hokimiyati mahalliy idoralari, vazirliklar va idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fermerlik va kooperativ xo‘jaliklar, shuningdek ayrim shaxslar xo‘jalik, boshqaruv hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish jarayonida quyidagi qoidalarga amal qilishlari kerak:
insonning yashash muhiti bo‘lmish biosfera va ekologiya tizimlari barqarorligini saqlab qolish, odamlarning ekologik jihatdan xavfsizligi, inson va uning kelgusi avlodlari genetik fondi haqida g‘amxo‘rlik qilish;
fuqarolarning hayot uchun qulay tabiiy muhitga ega bo‘lish huquqini ta’minlash, barcha turdagi ta’lim muassasalarida ekologiya o‘quvining majburiyligi;
jamiyatning ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarini ilmiy asoslangan holda uyg‘unlashtirish;
tabiatdan maxsus foydalanganlik uchun haq to‘lash va umumiy asoslarda foydalanganlik uchun haq to‘lamaslik;
ekologiya ekspertizasi o‘tkazishning majburiyligi;
tabiatdan oqilona foydalanishni va tabiatni muhofaza qilishni rag‘batlantirish;
tabiiy resurslarni tiklash zarurligi, atrof tabiiy muhit va inson sihat-salomatligi uchun zararli, tiklab bo‘lmas oqibatlarga yo‘l qo‘ymaslik;
tabiatni muhofaza qilish vazifalarini hal etishda oshkoralik;
tabiatni muhofaza qilish sohasida milliy, regional va xalqaro manfaatlarni uyg‘unlashtirish;
tabiatni muhofaza qilish qonunlari talablarini buzganlik uchun javobgar bo‘lish.
5-modda. Tabiiy resurslarga nisbatan mulkchilik
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir.
Tabiiy resurslarni berish, ulardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilishning shartlari va tartibi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari bilan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Tabiiy resurslarni berish, ulardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilishning shartlari va tartibi O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi, “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi, “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, “O‘rmon to‘g‘risida” (yangi tahriri)gi, “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi, “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi, “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi, “Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar to‘g‘risida”gi, “Konsessiyalar to‘g‘risida”gi qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan.
6-modda. Tabiatdan umumiy tarzda va maxsus yo‘sinda foydalanish
O‘zbekiston Respublikasida tabiatdan umumiy tarzda va maxsus yo‘sinda foydalaniladi.
Tabiatdan umumiy tarzda foydalanish fuqarolar tomonidan hayotiy zarur ehtiyojlarni qondirish uchun tekinga tabiiy resurslarni ayrim foydalanuvchilarga biriktirmay va hech qanday ruxsatnomalar bermay turib amalga oshiriladi.
Tabiatdan maxsus yo‘sinda foydalanish tariqasida korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarga ishlab chiqarish va o‘zga xil faoliyatni amalga oshirish uchun tabiiy resurslar haq olib maxsus ruxsatnomalar asosida egalik qilishga, foydalanish yoki ijaraga beriladi.
II. DAVLAT HOKIMIYATI VA BOShQARUV IDORALARINING TABIATNI MUHOFAZA ETIShGA TAALLUQLI HUQUQIY MUNOSABATLARNI TARTIBGA SOLISh SOHASIDAGI VAKOLATLARI
Oldingi tahrirga qarang.
7-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining tabiatni muhofaza qilishga oid huquqiy munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining birgalikdagi vakolatlariga quyidagilar kiradi:
tabiatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash;
davlat ekologiya dasturlarini tasdiqlash;
tabiatni muhofaza qilish sohasidagi qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
hududlarni favqulodda ekologik vaziyat, ekologik ofat va ekologik halokat zonalari deb e’lon qilish, bunday zonalarning huquqiy rejimini va jabrlanganlarning maqomini belgilash;
tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosi ustidan nazoratni muvofiqlashtirib borish;
tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun haqning chegara miqdorlarini belgilash, shuningdek to‘lovlarni undirish bo‘yicha imtiyozlar belgilash;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa masalalarni hal qilish”;
(7-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
8-modda. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi
O‘zbekiston Respublikasida ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash sohasidagi davlat boshqaruvi qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(8-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
9-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tabiatni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari
Tabiatni muhofaza qilish sohasida:
tabiatni muhofaza qilishga doir yagona siyosat yuritish;
tabiat resurslaridan foydalanishni tartibga solish;
tabiiy resurslarga nisbatan tabiat kadastri yuritilishi tartibini belgilash va bunday kadastr yuritilishini ta’minlash, respublika ahamiyatiga molik tabiiy resurslarning zaxiralarini tasdiqlash;
ekologiya jihatidan tang vaziyatlar, tabiiy ofatlar va falokatlarning oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish;
tabiiy ofatlar va yirik avariyalarning oqibatlarini tugatish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
tabiiy resurslardan foydalanganlik, atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik,chiqindilar, zararli ta’sir etuvchi boshqa narsalar joylashtirib tashlaganlik uchun haq to‘lash tartibini, shuningdek tabiiy resurslardan foydalanish, chiqindilar joylashtirish limitlarini belgilash;
ekologiya maorifi va tarbiyasi tizimini yaratish hamda uning amal qilishini ta’minlash;
tabiatdan alohida tartibda foydalaniladigan hududlarning chegaralarini, tabiatni muhofaza qilish va xo‘jalik faoliyati rejimlarini tasdiqlash;
tabiatni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasida davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish;
O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolat doirasiga kiradi.
10-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy idoralarining tabiatni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari
Tabiatni muhofaza qilish sohasida:
o‘z hududida tabiatni muhofaza qilishning asosiy yo‘nalishlarini belgilash, mintaqaning (hududning) ekologiya dasturini tasdiqlash;
tabiiy resurslarni hisobga olish va ularning ahvoliga baho berish, ekologiya jihatidan zararli bo‘lgan obyektlarni ro‘yxatga olish;
tabiatni muhofaza qilishga doir tadbirlarni moddiy-texnika jihatidan ta’minlash;
Oldingi tahrirga qarang.
tabiiy resurslardan foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnomalarni belgilangan tartibda berish;
(10-moddaning birinchi qismi beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun to‘lovlar undirish;
tabiatning muhofaza qilinishi ustidan nazorat o‘rnatish, atrof muhitga zarar yetkazayotgan mahalliy ahamiyatga molik obyektlar faoliyatini vaqtincha yoki butunlay to‘xtatish va qayta ixtisoslashtirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida ko‘zda tutilgan boshqa masalalarni tartibga solish davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy idoralarining vakolatiga kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Atrof muhitga zarar yetkazayotgan tadbirkorlik subyektlari hisoblangan mahalliy ahamiyatga molik obyektlarning faoliyatini to‘xtatib qo‘yish (favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq holda faoliyatni o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib qo‘yish hollari bundan mustasno) yoki tugatish va qayta ixtisoslashtirish sud tartibida amalga oshiriladi.
(10-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Download 130 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish