6- MASHG’ULOT.
MAVZU: DORIVOR O‘SIMLIKLAR VA ULARNI MUHOFAZASI
BO’YICHA CHORA-TADBIRLAR BILAN TANISHISH.
Reja:
1.
Dorivor o`simliklar haqida nazariy qism
2.
Dorivor o‘simliklar va ularni muhofazasi.
Ishning maqsadi:
Talabalarniga dorivor o‘simliklar va ularni muhofazasi
haqida tushuncha berish
Kerakli material va jihozlar:
Laboratiriya mashg’ulotni dars ishlanmasi,
ma’ruza matnlari, o`simliklar aniqlagichi, o’quv qo’llanma, albom, rangli qalamlar,
gerbariy qog`oz.
Asosiy tushunchalar va tayanch iboralar:
dorivor o’simlik mahsuloti,
fitopreparatlar, biologik faol moddalar, nutrientlar, organik mahsulotlar,
standartlashtirish
Nazariy material:
O’simlik dunyosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish
huquqini himoya qilishning chora-tadbirlari O’zbekiston Respublikasining
harakatdagi qonunlarida belgilangan. Chunonchi, O’zbekiston Respublikasi
Kontsitutsiyasida ko’rsatilishicha, o’simlik dunyosi umummilliy boylikdir, ulardan
oqilona foydalanish zarur va davlat muhofazasidadir (55-modda). Bundan tashqari
asosiy qonunimizda fuqarolarning tabiiy atrof muhitga ehtiyotkorona munosabatda
bo’lishlari lozimligi o’rnatilgan. Bu kontsitutsion qoidalar O’simlik dunyosini
muhofaza qilish va undan foydalanish huquqini himoya qilishning kafolatlari bo’lib
hisoblanadi. Insonning shifobaxsh o’simliklardan foydalanishi uzok tarixga ega.
Ibtidoiy davrlarda odamlar uzlarining dardlariga davo izlab, avvalo,
o’simliklar olamiga murojaat etganlar. Davrlar utishi bilan tabiat yaratib kuygan
dorivor o’simliklarning ahamiyati oshib boravergan. Miloddan ancha oldin qadimgi
Misr, Xindiston, Xitoy va Arab davlatlarida o’simliklar bilan davolash keng tus
olgan va shifobaxsh o’simliklardan foydalanish usullari yozilgan ko’llanmalar
paydo bo’lgan. Shifobaxsh o’simliklar miloddan 6000 yil avval Osiyoda (hozirgi
Iroqda) ma’lum bo’lgan. Undan oldin ham o’simliklardan dori sifatida
foydalanilgan, ularning shifobaxsh xususiyatlari to’g’risidagi ma’lumotlar ogizdan-
ogizga o’tib kelgan.
Qadimgi Rim tibbiyotida sezilarli iz koldirgan Asklepiad (miloddan avvalgi
128-56-yillar), Karneliy Stelslarning (milodning boshida) ham bu soxada xizmatlari
katta bulgan. Rimning eng mashxur vrachi va tabiat fanlarining bilimdoni K.Galen
(Jolinus xakim, milodning 130-200-yillarida yashagan) uzining tibbiyot soxasidagi
barakali xizmatlari bilan tanilgan. K. Galen uzidan avval utgan va u bilan bir davrda
yashagan yirik olimlarning tibbiy amallaridan atroflicha foydalangan xolda, tibbiyot
soxasi buyicha 131 ta ilmiy asar yozgan. K. Galen asarlarining fakat 83 tasi bizgacha
yetib kelgan. U o’z asarlarida 304 ta shifobaxsh o’simlik, 80 ta hayvon maxsulotidan
tayyorlanadigan hamda 60 ga yaqin moddadan olinadigan dori-darmonlar bilan
davolash yo`llarini tavsiya etgan.
Shuningdek, ko’xna Rim allomalaridan Katta Pliniy o’z asarlarining 12-jildini
tibbiyot va dorishunoslikka bashshlagan. Ayniqsa, dorivor va shifobaxsh o’simliklar
haqidagi bizgacha yetib kelgan ma’lumotlar asosan yunon adabiyotlarida saklanib
kolingan. Mashxur yunon tabibi Gippokrat (miloddan oldingi 460-377-yillar)
o’zining “Corpus Hippokraticum” asarida tib ilmiga, shu jumladan dori-
darmonlarga, oid ko’plab ma’lumotlar qoldirgan. Uning asarlarida dorivor
o’simliklarning 236 tasi haqida ma’lumot berilgan. Shuningdek, yunonistonlik
mashxur olimlardan Aristotel (miloddan oldingi 384-322-yillar) qomusiy olim
bo’lib, yunon faylasuflari ichida aloxida ajralib turgan. U tibbiyotga ham salmoqli
xissa qo’shgan. Aristotel shogirdi Teofrast bilan birga, tabiiy fanlar qatori, dorivor
o’simliklar haqida ham yozib qoldirgan.
Tibbiyot fanining rivojlanishi va shifobaxsh o’simliklardan keng
foydalanishda qadimiy Osiyo mamlakatlarining xissasi katta. Arab mamlakatlari,
Xindiston, Tibet va Xitoyda dorivor o’simliklar bilan davolash keng tus olgan.
“Yajur-veda” (Hayot haqidagi fan) dorivor o’simliklar haqida yozilgan qadimiy xind
kitobidir. Shifokor Sushruta yozgan mazkur kitobda 700 xil dorivor o’simlik
haqidagi ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, SHarqning mashxur olimlari
Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Mansur Buxoriy ham
ko’plab shifobaxsh o’simliklardan tibbiyot fanida keng foydalanganliklarini yozib
qoldirganlar. Shifobaxsh o`tlarni tibbiyot faniga kiritish va ulardan foydalanishda
alloma Abu Ali ibn Sinoning jaxonshumul yutuklarini aloxida qayd etish o’rinli. Ibn
Sino 450 dan ortiq qimmatli asarlar yaratgan. Bizgacha yetib kelgan 240 ta asaridan
40 tasi tibbiyotga oiddir. U o’zining “Al-qonuni fit tib” asarida 900 ga yaqin turdagi
o’simliklarning shifobaxsh xususiyatlari va ulardan foydalanish yo’llarini
ko’rsatgan. Ayniqsa, uning eng mashxur asari “Tib qonunlari”da shifobaxsh
o’simliklarning xususiyatlari, ulardan foydalanish, ularning ahamiyati kabilarga oid
qimmatli ma’lumotlar bor. Rossiyada ham shifobaxsh o’simliklar qadimdan ishlatib
kelingan, bu ish bilan asosan shifokorlar shugullanganlar. SHaharlarda aloxida
“Ko’k do’konlar” ochilib, shifobaxsh o’simliklar va ulardan tayyorlangan dorilar
sotilgan. Shuningdek, lotin va nemis tilida yozilgan juda ko’p qo’lyozmalarning asl
nusxalari XVI asr oxirida Rossiyada tarjima qilingan. XVI asrda Moskvada
shifobaxsh o’simliklardan foydalanishga yordam beradigan “Travnik tamoshnix i
zdeshnix zemel” degan qo’llanma paydo bulgan. Bu kitob XVI asr oxirigacha
bemorlarni davolashda qo’llanib kelindi, bir necha marta qayta ko’chirildi,
yangidan-yangi materiallar bilan boyitildi va mukammallashtirildi. Bu masalaga bir
necha yuz yillar oldin ham e’tibor berilgan. Masalan, Petr I shifobaxsh o’simliklarni
yigish to’g’risida farmon chiqargandan keyin, Rossiyada dorivor giyoxlarni
o’rganish va uni xuquqiy muhofaza qilishga qiziqish yanada oshdi. 1873-yilda Petr
I buyrugi bilan davlatga qarashli dorixonalar va yirik shaharlardagi gospitallar
qoshida dorixona tomorqalari tashkil etildi.
XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida Rossiyada shifobaxsh o’simliklarni
o’rganish, ulardan oqilona foydalanish ishlari yanada rivojlandi. 1912-yilda
professor R. K. Verlixning “Rus dorivor o’simliklari” degan asari nashr etildi.
Umuman, birinchi jaxon urushidan keyin ham shifobaxsh o’simliklarga katta e’tibor
berilgan. Bulardan tashqari, 1930-yilda mamlakatning turli geografik zonalarida
(jumladan, O’zbekistonda ham) shifobaxsh o’simliklar ostiriladigan maxsus tajriba
xududlari tashkil qilindi. 1931-yilda bu xududlar Butunittifok shifobaxsh o’simliklar
ilmiy-tekshirish instituti (VILR) ixtiyoriga o’tdi va bu boradagi butun ilmiy ishlab
chiqarish ishlarini birlashtirdi. Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, shifobaxsh
o’simliklar inson hayoti va uning yashashi uchun katta ahamiyat ega bulib, ular har
doim inson himoyasiga muxtojdir.
Shuni ham ta’kidlash zarurki, bu soxada O’zbekistonda yo’qolib borayotgan
yovvoyi va shifobaxsh o’simliklarning noyob turlarini saqlab qolishga qaratilgan
chora-tadbirlar ko’rish yuzasidan xali kop ishlar qilinishi lozim.
Hozirgi vaqtda dorivor o’simliklar deyarli barcha viloyatlarda tayyorlanadi.
Dorivor o’simliklarni tayyorlash, qayta ishlash hamda o’stirish bilan quyidagi
idoralar shug’ullanadi: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 54-moddasida
“Mulkdor mulkiga o’z xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf
etadi. Mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar yetkazmasligi, fuqarolar, yuridik
shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini
buzmasligi shart”, 55- moddasida esa “Yer, yer osti boyliklari, suv, o’simlik va
hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan
oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir” deb belgilab qo’yilgan.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28 oktyabrdagi 508-
sonli qarori bilan tasdiqlangan «O’simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish, ularni
O’zbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqish tartibi
to’g’risida nizom» qabul qilinganligi munosabati bilan «O’zbekiston
Respublikasida kamyob va yo’qolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi holda o’suvchi
o’simliklar turlarini muhofaza qilish tartibi (18.0227714.26-93-sonli Rahbariy
hujjat)» o’z ahamiyatini yo’qotdi.
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28 oktyabrdagi Biologiya resurslaridan
oqilona foydalanish, ularni O’zbekiston Respublikasiga olib kirish va uning
tashqarisiga olib chiqish ustidan nazoratni kuchaytirish to’g’risida 508-son qarori
O’zbekistonning hayvonot va o’simlik dunyosi obyektlarini muhofaza qilish va
ulardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlarini kuchaytirish hamda ulardan
foydalanish, ularni respublikaga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqish ustidan
nazoratni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28 oktyabrdagi
508-son qaroriga 1- ilova bilan “O’simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish, ularni
O’zbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqish tartibi
to’g’risida”gi NIZOM tasdiqlangan.
Mazkur Nizom «O’simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish
to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq o’simlik dunyosi
obyektlaridan foydalanish, ularni O’zbekiston Respublikasiga olib kirish va uning
tashqarisiga olib chiqish tartibini belgilaydi. Quyidagilar o’simlik dunyosi
obyektlari hisoblanadi: yovvoyi holda o’suvchi organizmlar — daraxtlar, butalar va
o’tsimon urug’laydigan o’simliklar, qirqquloqsimonlar, yo’sinsimonlar, suvo’tlar,
lishayniklar va zamburug’lar o’zining barcha xilma-xil turlari bilan; yovvoyi
organizmlardan tashkil topadigan tabiiy o’simlik guruhlari yoki ularning har qanday
majmui; kamyob va yo’qolib ketish xavfi ostidagi o’simlik turlari; yovvoyi
o’simliklarning mevalari, urug’lari va boshqa qismlari yoki ularning o’sish
davridagi mahsullari.
O’simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish quyidagi turlarda amalga
oshirilishi mumkin: d) yovvoyi o’simliklarning dorivor xom ashyosini g’amlash
(yig’ish); O’simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish O’simlik dunyosi
obyektlaridan foydalanish umumiy va maxsus bo’lishi mumkin. O’simlik dunyosi
obyektlaridan maxsus foydalanish mazkur Nizomga 1 va 2-ilovalarga muvofiq
to’lov evaziga, ruxsatnomalar bo’yicha amalga oshiriladi. Dorivor va oziq-ovqat
o’simliklarining yovvoyi turlarini va yovvoyi o’simliklar texnik xom ashyosini
g’amlashga kvotalar har-yili O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan
kelishgan holda O’zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi
tomonidan tasdiqlanadi.
Dorivor o’simliklarni yig’ish bilan yana qishloq xo’jalik vazirligi va boshqa
mahkamalarni tegishli boshqarmalari ham shug’ullanadi. Bu idoralar o’zlariga
biriktirilgan xududlarda o’sadigan dorivor o’simlik mahsulotlarini yig’adi va
tegishli korxonalar (farmatsevtika sanoati, dorixonalar boshqarmasi va boshqalar)
ga topshiradi. Davlatimizda yovvoyi holda o’sadigan o’simliklarning tabiiy boyligi
har qancha ko’p bo’lmasin, baribir ularni ham chegarasi bor. Cheksiz miqdorda yer
yuzida hech qanday boylik bo’lmaganidek, o’simlik dunyosining zahirasi ham
cheksiz emas. SHuning uchun ham tabiiy holda o’sadigan o’simlik boyliklaridan
to’g’ri foydalanilmasa bu «cheksiz boyliklar» bir vaqtlar kelib yer yuzida yo’q bo’lib
ketishi mumkin.
Dorivor o’simliklar va tabiiy boyliklarni muhofaza qilish va ulardan samarali
foydalanish tegishli qarorlarda o’z ijobiy aksini topdi. Tabiatni, atrof-muhitni
muhofaza hilish, tabiiy boyliklardan (o’rmon, suv va suv boyliklar, yer osti boyliklar
va boshqalar) to’g’ri va oqilona foydalangan holda, ularni kelgusi avlodlar uchun
saqlab qolish zarurligi bizning asosiy qonunimiz - Respublika konstitutsiyasida o’z
aksini topgan. Yo’qolib ketgan va yo’qolib ketish xavfi bo’lgan o’simliklarni,
jumladan dorivor o’simliklarni tabiiy o’sish sharoitida saqlab qolishda, ya’ni ularni
muhofaza qilishda «Qizil kitob»ning ahamiyati juda kattadir. Unda faqat yo’qolib
ketgan va yo’qolib ketish xavfi bo’lgan o’simliklarning ro’yxati keltirilibgina
qolmay, shu o’simliklarni tabiiy o’sish sharoitida saqlab qolish va tiklash uchun
qanday choralar ko’rish lozimligi hamda yo’qolib ketish sabablari keltirilgan.
O’zbekiston «Qizil kitobi»ga 163 ta o’simlik, shu jumladan 20 tadan oshiq dorivor
o’simliklar kiritilgan. Ularni turli maqsadlar uchun tayyorlash va yig’ish qat’iy man
etiladi, zarur bo’lsa plantatsiyalarda o’stirish lozim.
O’zbekiston dorivor o’simliklaridan quyidagilar «Qizil kitob» ga kirgan:
1. Anjir (yovvoyi holda o’sadigani).
2. Anor (yovvoyi holda o’sadigani).
3. Bozulbang.
4. Viktor qoraqobug’i.
5. Yetmak.
6. Solab turlari va boshqalar
Ma’lum xududlarda o’sadigan o’simlik va yashaydigan hayvonlarini tabiiy
sharoitda saqlab qolish uchun qo’riqxonalar tashkil qilishni ahamiyati kattadir.
Dorivor o’simliklarni tabiatdagi zahirasini saqlab qolish va har yili ulardan ma’lum
miqdorda mahsulot tayyorlab turish maqsadida, yuqorida aytib o’tilgan tadbirlardan
tashqari yana quyidagi qoidalarga rioya qilish maqsadga muvofiqdir:
1. Dorivor o’simlik mahsulotlarini o’z vaqtida to’g’ri va kerakli miqdorda
tayyorlash, to’g’ri quritish va saqlash lozim. Bu esa yovvoyi holda o’sadigan dorivor
o’simliklarni ortiqcha yig’ib, keyinchalik ularni mog’orlatib, chiritib yoki qurtlatib
tashlashdan saqlaydi.
2. Dorivor o’simlik mahsulotlarini ilmiy asoslangan reja bo’yicha, ko’p
o’sadigan joylarni va zahirasini to’g’ri aniqlab bilgan hamda tayyorlanadigan
joylarini vaqt-vaqtida almashtirib turgan holda yig’ish lozim. Agarda shu keltirilgan
qoidalarga amal qilinsa, bu dorivor o’simliklarni tabiatda o’sish joyini saqlab qolish
mumkin.
3. Ko’p yillik o’simliklarning yer ustki qismi (bargi, guli, mevasi yoki o’t
qismi) dan dori tayyorlanadigan bo’lsa, ularning ildizi bilan sug’urib olmaslik lozim.
Bordi-yu, yer ostki organlari (ildizpoya, ildiz, tuganak) kovlanadigan bo’lsa, mevasi
pishib to’kilgandan so’ng yig’ish kerak. Aks holda shu dorivor o’simliklarni
keyinchalik o’sha joyida o’sib chiqmasligi mumkin.
4. Yovvoyi holda o’sadigan dorivor o’simliklar dori tayyorlash uchun yig’ib
olingandan so’ng (ayniqsa yer ostki organlari kovlab olingandan so’ng) ularning
keyinchalik yana o’sib chiqishiga katta ahamiyat berish lozim. Buning uchun bir
yerdan necha yilgacha o’simlik mahsulotini yig’ish mumkin va necha yil dam berish
kerakligiga qat’iy rioya qilish kerak.
5. Dorivor o’simliklardan kompleks va hamma qismlaridan to’liq
foydalanilganda ularni kamroq tayyorlash va natijada tabiiy o’sish joyida
zahiralarini saqlab qolish mumkin bo’ladi. Agarda dorivor o’simliklar ildizpoyasi,
ildizi, tuganak yoki piyozi dorivor mahsulot bo’lsa, shu o’simliklarning yer ustki
qismini kimyoviy va farmakologik jihatdan o’rganib, yer ostki organlari o’rnida
ishlatishga tavsiya etish, shu o’simlikning tabiiy o’sish joyidagi zahirasini saqlab
qolishda ahamiyati juda katta. Bu ham dorivor o’simliklarni muhofaza qilishning
asosiy tadbirlaridan biridir.
Yuqorida keltirilgan dorivor o’simliklar zahirasini tabiatda saqlab qolish
tadbirlariga bu ishga mutassadi rahbarlar, birinchi galda o’zlari qat’iy rioya qilishlari
va boshqalardan ham buni talab qilishlari lozim. SHu ishlarning hammasi amalga
oshirilsa, tabiat boyliklaridan biri bo’lgan dorivor o’simliklar tabiiy o’sish joylarida
uzoq vaqtlar saqlanib qoladi va bemorlarga ko’p xizmat qiladi.
Dorivor o’simlik mahsulotlarini yig’ish va quritish qoidalari. Farmatsevtika
sanoati va dorixonalar ehtiyojini qondirish maqsadida har-yili katta miqdorda
dorivor o’simliklar hom ashyosi tayyorlanadi. Hom ashyolar asosan yovvoyi holda
o’sadigan dorivor o’simliklardan yig’iladi. Yil sayin dorivor o’simliklar mahsulotiga
bo’lgan talab oshmoqda. SHuning uchun tayyorlanadigan mahsulotning miqdori
ham oshmoqda.
Yovvoyi holda o’sadigan dorivor o’simliklarning zahirasi har qancha ko’p
bo’lmasin yildan-yilga ko’payib borayotgan tayyorlash miqdorini qondirish hamda
tabiiy sharoitda o’sadigan o’simliklarni saqlab qolish uchun ularni yig’ishni to’g’ri
uyushtirilishi kerak. SHuning uchun mahsulotlarni tayyorlashni ilmiy asoslangan
qat’iy rejaga rioya qilingan holda olib borish zarurdir.
Dorivor o’simliklarni tayyorlash quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:
1. Dorivor o’simliklarni tayyorlashni tashkillashtirish.
2. Hom ashyoni yig’ish.
3. Yig’ilgan hom ashyoni quritish.
4. Yig’ilgan hom ashyoni standart holatiga keltirish.
5. Hom ashyolarni idishlarga joylashtirish (qadoqlash).
6. Hom ashyolarni transport vositalari bilan jo’natish.
7. Dorivor hom ashyolarni saqlash.
Dorivor o’simliklarni tayyorlashni o’z vaqtida va to’g’ri tashkillashtirish juda katta
ahamiyatga ega bo’lib, odatda bu ish bilan farmakognost lavozimidagi mutaxassis,
agarda bunday lavozim bo’lmasa, u holda shu vazifani bajarish yuklangan biror
boshqa mutaxassis shug’ullanadi. Dorivor o’simliklarni tayyorlashni uyushtirishga
javobgar mutaxassis quyidagilarni bajaradi va tashkil qiladi: - tuman buyicha
dorivor o’simliklarning tayyorlash rejasini bilish va uni tumanda yig’ish mumkin
bo’lgan dorivor mahsulot miqdoriga solishtirgan holda aniqlash; - aholi orasida
qanday dorivor o’simliklar qachon, qanday qilib, qaerda yig’ilishi, quritilishi, sotib
olish bahosi hamda qaerda topshirilishi lozimligi to’g’risida to’liq axborot beradigan
tegishli tushuntirish ishini olib borish; - xuddi shu ko’rsatilgan masalalarni to’liq aks
ettiradigan varaqalar chop ettirish va uni aholi ko’p yig’iladigan, hammaga yaxshi
ko’rinadigan yerlarga ilib qo’yish; - dorixona qoshida dorivor o’simliklar
tayyorlovchilar uchun qisqa muddatli o’qish (tushuntirish) ni tashkil etish; - dorivor
o’simliklar ko’p o’sadigan joyini va zahirasini aniqlash; - dorivor mahsulotni
yig’iladigan yerni aniqlash; dorivor mahsulot yig’iladigan joyni tanlaganda iloji
boricha transport vositasi (avtomashina) boradigan va aholi yashaydigan yerdan olis
bo’lmasligini hisobga olish kerak. Chunki dorivor mahsulotlarni yig’ishga ishdan
bo’sh bo’lgan yerli aholi, maktab o’quvchilari va nafaqaho’rlar jalb etiladi; - dorivor
mahsulotlarni tayyorlashni tashkil etish; - yig’ilgan dorivor mahsulotni tayyorlangan
joyda quritishni tashkil qilish. Agarda mahsulotni yig’ilgan joyida quritishni iloji
bo’lmasa, u holda uni zudlik bilan quritiladigan yerga transport vositasida yetkazish
va quritishni tashkil etish. - Dorivor o’simliklar mahsulotini tayyorlash tegishli,
vakolatli mahkamalar (Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish qo’mitasining
O’zbionazorat bo’limi) tasdiqlagan qat’iy reja bo’yicha olib boriladi. Bu ishni
rejalashda dorivor o’simliklarni tabiiy o’sish joyida yo’q bo’lib ketmasligini va
ularni muhofaza qilishning boshqa tadbirlari hisobga olingan bo’lishi kerak: -
rejalangan miqdordan ortiqcha xom ashyo tayyorlamaslik; - dorivor o’simlik
mahsulotini faqat ko’rsatilgan va reja¬langan yerdan yig’ish hamda yig’iladigan
joyni qoidaga binoan har-yili almashtirib turish; - dorivor mahsulotni yig’ish rejasi
uning ekspluatatsian zahirasidan ortiqcha bo’lmasligiga rioya qilish; - ko’p-yillik
o’tli o’simliklarning dorivor mahsulot sifatida yer ustki qismidan foydalaniladigan
bo’lsa, uni ildizi bilan sug’urib olmaslik, ya’ni bu dorivor o’simlikni tabiiy sharoitda
yuq bo’lib ketishining oldini olish va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |