Mavzu: tabiat zonalari. Balandlik mintaqalari reja: Geografik qobiqning zonalligi. Zonallik qonuni va tabiat zonalari



Download 21,99 Kb.
bet1/5
Sana11.04.2022
Hajmi21,99 Kb.
#543800
  1   2   3   4   5
Bog'liq
7-mavzu


MAVZU: TABIAT ZONALARI. BALANDLIK MINTAQALARI


Reja:
1. Geografik qobiqning zonalligi.
2. Zonallik qonuni va tabiat zonalari.
3. Balandlik mintaqalari.
4. Zonaliknig davriy qonuni va zonalikning umumsayyoraviy tuzilish
5. Landshaft va uning morfologik tuzilishi.

Tayanch iboralar: Zona, zonallik, tabiat zonalari, balandlik mintaqalari, azonallik yoki interzonallik, zonallikning davriy qonuni, zonallikning umumsayyoraviy tuzilishi, geografik landshaftlar, fatsiya, urochisha, joy.


1. Geografik qobiqning zonalligi.Geografik qobiqda tabiat komplekslarining ekvatordan qutblar tomon qonuniy almashinishi zonallik deyiladi. Zonallik geografik qobiqning eng muhim xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Zonallikning asosiy sababi Yer yuzasida issiqlik va namlikning notekis taqisimlanishidir. Yerning sharsimonligi tufayli geografik qobiqda Quyosh nuri va issiqligi notekis taqsimlanadi. Natijada geografik qobiqda harorat, bug’lanish, yog’inlar, shamollar, iqlim, nurash va tuproq hosil bo’lish jarayonlari, o’simlik va boshqalar ham kengliklar bo’yicha zona-zona bo’lib tarqalgan.
Yer yuzasi bir xil bo’lgan taqdirda, har bir tabiat zonasi g’arbdan sharqqa cho’zilgan uzun hududdan iborat bo’lgan bo’lar edi. Ammo quruqlik va dengizlarning bir xilda taqsimlanmaganligi, iliq va sovuq dengiz iqlimlarining mavjudligi va Yer yuzasi relefining xilma-xilligi tabiat komplekslarini kengliklar bo’ylab joylanishini buzadi.
Yer yuzasi landshaftining xilma-xilligi va rivojlanishi zonal va azonal omillarning yig’indisi va o’zaro ta’siri natijasidir. Geografik qobiqda faqat zonal xususiyatlar yoki faqat azonal xususiyatlar uchraydigan joy xech yerda yo’q. Zonal va azonal xususiyatlar hamma vaqt birga uchraydi.
2. Zonallik qonuni va tabiat zonalari. Tabiiy zonallik geografiyadagi ilk qonuniyatlardan biridir. Tabiat mintaqalarining va zonallikning mavjudligini grek olimlaridan eramizgacha bo’lgan V asrdayoq Gerodot (485-425 y mil.av.) va Evdoniks (400-347 y mil.av.) aniqlashgan. Ular Yer yuzasida beshta zonani ajratishgan: tropik, ikkita mo’tadil va ikkita qutbiy. Rimlik faylasuf va geograf Posidoniy mil.av. II-I asrlarda (mil.av. 135-51 y) iqlimi, o’simligi, gidrografiyasi va aholining xo’jalik faoliyatiga qarab bir qancha zonalarni ajratadi. Zonallik qonuniyatini rivojlanishida nemis olimi A.Gumboldtning xizmatlari juda katta.Zonallik to’g’risidagi hozirgi ta’limot V.V.Dokuchaev ishlariga asoslanadi. V.V.Dokuchaev 1899 yili «K учению о зонах природ. Горизонталный и вертикальный почвенные зоны» nomli risolasini chop etadi. Mazkur risolada zonallik qonuni asoslab beriladi. Zonallikni o’rganish bo’yicha A.A.Grigorev juda muhim nazariy ishlarni amalga oshirdi. F.N.Milkov (1990 y) tarkibli va landshaft zonalligini ajratadi.Har bir iqlim mintaqasida namlikni va issiqlikni notekis taqsimlanishi natijasida qator tabiat zonalari vujudga keladi.

Download 21,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish