Saljuqiylar davlati XI asrda siyosiy maydonda yirik g`alabalarga erishib, kuch-qudrat jihatidan har qaysi raqibini bemalol yenga oladigan darajada edi



Download 51 Kb.
Sana30.06.2022
Hajmi51 Kb.
#721436

Saljuqiylar davlati XI asrda siyosiy maydonda yirik g`alabalarga erishib, kuch-qudrat jihatidan har qaysi raqibini bemalol yenga oladigan darajada edi. Har bir davlatda ham o`z rivojlanishi davrida davlatni gullab-yashnatgan hukmdorlar, ular bilan birgalikda siyosiy maydonda ijobiy faoliyat yuritgan vazir-devonlar, ilm ahliga cheksiz tafakkur urug`ini sochgan olimu fuzalolar yashab o`tganlar. Saljuqiylarda ham ana shunday shaxslar mavjud edi. To`g`rulbek davrida ushbu davlat siyosiy chegaralarini ancha kengaytirgan bo`lsa, Alp Arslon davrida yanada o`z qudratini Osiyo maydonlarida yoya oldi.
Alp Arslon Qoraxoniylar bilan asosiy janglarga tayyorgarlik paytida Yusuf al-Xorazmiy tomonidan o`ldirildi. Ibn al-Asirning bergan ma’lumotiga ko`ra, Alp Arslon hayotlik chog`idayoq 1066-yili Eronning shimolidagi Radkon (Radakon, aynan, Nizom ul-mulk shu shaharda tavallud topgan edi) degan joyda saroy a’yonlari oldida o`g`li Malikshohni taxt vorisi deya e’lon qilgan edi. Jaloliddin Malikshoh nomi bilan taxtga o`tirgan yangi sultonning hukmronligi roppa-rosa yigirma yil davom etdi (1072-1092). Uning davri saljuqiylar hukmronligining eng gullab-yashnagan davri bo`ldi. Malikshoh dastlabki siyosiy janglarini azaliy raqib – Qoraxoniy hukmdorlariga qarshi boshladi. Termizni egallab, Qoraxoniylarga birinchi zarbani berdi. 1089-yili Sulton Malikshoh Qoraxoniy Ahmadxonga qarshi bo`lgan guruhlarni o`z atrofida birlashtirdi va Movarounnahrga yurish qildi. Samarqand va Buxoroni egallashga muvaffaq bo`lgan Malikshoh yurishni Qoshg`ar tomonga qaratdi. Sulton Malikshoh qo`shinlari bilan Farg`onaning O`zgand shahriga yetib kelganida bu yurishning oqibatlarini yaxshi tushungan Qoshg`ar hokimi Malikshohni oliy hukmdor deya tan olgan holda o`z choparini jo`natadi.[1]
Jaloliddin Malikshoh davrida saljuqiylar davlatining chegaralari Sharqiy Turkistondan to O`rta Yer dengiziga qadar cho`zilgan edi. Shuni alohida ta’kidlash mumkinki, bu ulkan hududda barcha yerlardagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotni boshqarish uchun malakali mutahassislar kerak bo`lar edi. Shunday bir vaziyatda Movarounnahr va Xuroson madaniy qatlamlaridan chiqqan o`qimishli mahalliy xalq vakillarini davlat ishlariga jalb etish boshlandi. Ana shunday madaniy qatlam vakillaridan biri kelib chiqishi asli Tusdan bo`lgan Abu Ali ibn Ali ibn Is’hoq bo`lib, u deyarli 30 yil davomida (1063-1092) Alp Arslon, Malikshoh saroylarida bosh vazir lavozimida faoliyat olib borgan edi. Uning yuksak salohiyati, aqlu-zakovatiga, har bir tadbirni zukkolik bilan hal etishiga yuqori baho bergan sulton Malikshoh vaziriga “Nizom ul-mulk” (“Davlat nizomi, qonun-qoidasi”) faxriy unvonini tuhfa etdi. [2] Nizom ul-mulkning hayotiga to`xtaladigan bo`lsak, u Nishopur va Marvda o`qigan. Voyaga yetgach, Balxga borib, Ali ibn Shodon xizmatiga o`tadi. Keyinchalik u Dovud ibn Mikoilga dabir lavozimida xizmat qiladi. Alp Arslon saroyidagi xizmatlari tufayli u vazirlik darajasiga ko`tariladi. 17 yoshida taxtga chiqqan Malikshoh saroyida Nizom ul-mulk vazirlik faoliyatini davom ettirgan holda qariyb davlatning hamma ishlarini o`zi olib borgan. Malikshoh uni o`z homiysi – otabek deb atagan.[3] Nizom ul-mulk o`zining mashhur fors tilidagi “Siyosatnoma” (“Siyar ul-muluk”) asarini yozdi.[4] Asarda davlat boshqaruvi, siyosat tamoyillari haqida atroflicha so`z yuritilgan. Nizom ul-mulk mamlakatda yirik mulkdorlar va qabila boshliqlarining ayirmachilik (separatistik) harakatlariga qarshi kurashib, davlatni boshqarish ishlarini markazlashtirish siyosatini amalga oshirgan. “Siyosatnoma” da davlat boshqaruviga aloqador qariyb hamma qoida va qonunlar, usul va vositalar, qozi va qozixona ishlari, qo`shin va sarbozlar, xizmatchi va shaxsiy sarbozlar masalasi, saroydagi soqchilaru posbonlar vazifalari, ularning maoshlari, pochta va ayg`oqchilik (razvedka) ishlari, ularning moddiy jihatlari, hatto shohning oilaviy ishlari, soliq va xiroj, zakot va vaqf masalalari ham o`rin olgan.
“Siyosatnoma” ning asosiy g`oyasi shundan iboratki, vazir Nizom ul-mulk shoh va hokimlarni adlu insofga, sulh va muruvvatga, davlatni oqilona boshqarib, qat’iy qoida va tartib o`rnatishga, amaldorlarni vijdonli, pok, halol va iymonli bo`lishga, mamlakat obodonligi, uning ahli farovonligi, tinchlik va totuvligini ta’minlash uchun harakat qilishga da’vat etishdir.U asarining asosiy qismida davlatning yer egaligi shakli “ iqto` ” ni qattiq tanqid qilgan. Sababi ushbu yer egaligi hukmron tabaqa vakillariga, yirik amaldorlar, harbiylar va boshqa xizmat ko`rsatgan shaxslarga yer in’om etish uchun juda zarur edi. Bu yer egalari esa doimo markaziy hokimyatdan qochishga, mustaqil bo`lishga intilar edilar. Bu hol tabiiyki, davlatning markazlashuviga, xalqning tinch-osoyishta yashashiga to`sqinlik qilar edi.
Davlatni markazlashtirish, o`zaro parokandalik va ayirmachilikka qarshi kurash, xo`jalik va madaniy hayotni yuksaltirish, aholi farovonligini oshirish uchun Nizom ul-mulkning hissasi anchayin baland edi.
Nizom ul-mulk markazlashgan, qudratli davlat uchun kerak bo`ladigan amaldorlarni tedishli qonun-qoidalar asosida tarbiyalash maqsadida Bag`dod, Basra va Isfahonda “Nizomiya” nomli madrasalarni barpo ettiradi.
Vazirligi davomida u ko`p olimlar va mashhur kishilarga homiylik qilib, ularni moddiy ta’minotini o`zi ko`tardi. Mashhur olim va shoir Umar Xayyom ham Nizom ul-mulkning muruvvatidan bahramand bo`lganligi alohida e’tiborga loyiq jihat.
Malikshoh va vazir Nizom ul-mulk davlatida iqtisodiy, madaniy va siyosiy jarayonlar yaxshilangan davrda 30 yoshda bo`lgan Umar Xayyom (1040-1123) o`sha davrning taniqli astronomi edi. Uni 1074-yili Sosoniylarning shamsiy taqvimi (kalendari) ni isloh etish uchun tuzilgan guruhga rahbarlikka taklif etishadi. Umar Xayyom bu ishni muvaffaqiyatli uddalaydi, haamda hozirgi Grigoriy taqvimidanda aniq yil hisobiga ega bo`lgan kalendarni yaratadi. Bu kalendar esa Jaloliddin Malikshoh sharafiga “Jaloliy kalendari” deya nomlanadi. Bu kalendardan Eronda XIX asr o`rtalarigacha foydalanganlar. Ushbu ishlardan so`ng Umar Xayyom, devonning ilmiy va davlat ishlariga jalb etiladi. Biroq Umar Xayyom rad javobini beradi. Shunday bo`lsada, Nizom ul-mulk shoirga 1200 tuman haq berib, ilmiy va adabiy faoliyatini davom ettirish uchun sharoit yaratib beradi. 1079-yili Marv rasadxona bunyod etiladi va Umar Xayyom unga bosh mudarris sifatida tayinlanadi. Keyinroq Umar Xayyom o`zining mashhur “Navro`znoma” asarini yozib, forsiy urf-odat va an’analar to`g`risida ma’lumotlar beradi.
Nizom ul-mulkning har bir holatni aqliy teranlik bilan etishiga ushbu voqea isbot bo`la oladi. Tarixchi Mirxondning “Ravzat us-safo” asarida (4-jild, 107-bet) ushbu voqea keltiriladi: “ Bir kuni Malikshoh Nizom ul-mulkning o`g`lidan hafa bo`ladi. U sulton shahnasini tahqir qilgan emish. Vaziriga o`z odamlaridan hafa bo`lganini aytib yuboradi: “Agarda sen menga mamlakat boshqaruvida sherik bo`lsang, mayliya, biroq menga tobe bo`lsang, nimaga farzandingni qilmishlarini nazorat qilmaysan. U haddidan oshib ketibdi-ku. Xohlasam buyuraman, oldingdan davotni oladilar (ya’ni vazirlikdan tushiraman seni)”. Nizom ul-mulk unga javob beradiki, sening davlatu tojing mening davotimga bog`liq, vazirlikni mendan olsang, sendan tojingni oladilar”.[5] Nizom ul-mulkning oqilona va adolatli davlat boshqaruvi tufayli Malikshohning nomi tarixda qoldi. U adl va insofning buyuk me’mori ekanligini har tomonlama ko`rsatib bo`lgan edi.
Bu paytda bo`lg`usi olim – Muhammad G`azzoliy (1058-1111) endi ijod olamiga qadam qo`ygan, arabiynavis shoirlar Muiziy, Tantaroniy, Tug`roiy kabilar esa Malikshoh saroyi bilan Nizom ul-mulkning yordami tufayli bevosita bog`langan edilar. Nizom ul-mulk 1067-yili Bag`dodda olamga mashhur “Nizomiya” madrasasini bunyod ettiradi. Muhammad G`azzoliy o`z vaqtida ana shu madrasada tolibi ilmlarga dars beradi. Nizom ul-mulk o`z davrining mashhur kishilaridan bo`lmish Hasan Sabohni ham saroyga jalb etadi. Ammo oradan biro z vaqt o`tgach u bilan kelisha olmay, uni saroy xizmatidan chetlatadi. Ular o`rtasida ochiqdan ochiq dushmanlik kayfiyati vujudga keladi. Hasan Saboh Misrga borib tehsil oladi va ismoiliya mazhabining targ`ibotchisiga aylanadi. Nizom ul-mulk esa bu vaqtda an’anaviylik tarafdori bo`lgan, ijtimoiy-ma’naviy hayotda ismoiliylik diniy oqimiga qarshi turgan.[6] Hasan Saboh kuch bilan Qazvin yaqinidagi Alamut qal’asini bosib oladi va Saljuqiy Malikshoh va uning vaziri Nizom ul-mulkga qarshi harakatlarni boshlaydi.
Bundan tashqari, Malikshohning o`limidan keyin uning avlodlari o`rtasida taxt uchun kurash boshlanadi. Nizom ul-mulk Malikshohning katta o`g`li Barqayoriqning taxt uchun kurashuvida madad beradi. Bu bilan Malikshohning xotini Turkonxotunning ashaddiy dushmaniga aylanadi. Davlat ishlariga ta’siri juda sezilarli bo`lgan Turkonxotunning bevosita ishtirokida Nizom ul-mulk vazirlikdan olinib, uning o`rniga oz’ining odami – Tojumulk Abulg`anoim ibn Xusravi Firuz tayinlanadi. Vazirlik lavozimidan chetlatilgan Nizom ul-mulk ana shu kishilarning ig`volari hamda Hasan Sabohning bevosita ishtirokida hajga safarida, Bag`dodning Nahovand shahri yaqinida Abu Tohir boshchiligidagi “Alamut assasinlari” tomonidan o`ldirildi.[7] Ushbu mudhish voqea 1092-yilning 14-oktabrida sodir bo`ldi.
Malikshohdan keyin merosxo`rlar o`rtasida toj-taxt talashuvlari avjiga chiqdi. Davlat tobora inqiroz botqog`iga sho`ng`iy boshladi. Nizom ul-mulk tomonidan poytaxtga yig`ilgan ko`plab olimlar, shoirlar notinchlik va faoliyatga tahdid tufayli boshqa yurtlarga bosh olib ketdilar. Mashhur rasadxona ham yopib tashlandi. Umar Xayyom ham “Alamut assasinlari” ning ta’qibidan zo`rg`a qochib qutuldi va ona vatanini butkul tark etdi. Madaniy muhit butkul tanazzulga yuz tutdi.
Har qaysi davrda ham madaniy jihatdan rivojlangan jamiyat ijtimoiy ishlab chiqarishning yuqori pog`onalarini egallaydi. Biroq bu madaniyatni ko`rolmaydigan johillar barcha davrlarda bo`lgan va eng yomoni ular hozirda ham mavjudligi achinarli holdir. Johil jaholat urug`ini qanchalik sochmasin madaniyat tarqatayotgan, ilmni o`rgatoyotgan insonlar bu urug`larni yanchib tashlash uchun ularda ham kattaroq kuchga ega bo`ladilar. Ana shunday insonlar yashab o`tgan davr haqida va ularning hayotiy faoliyatlari to`g`risida doimo yaxshilik bilan eslanadi. Bugungi yoshlar esa ularning xizmatlari uchun doimo minnatdorlik hissini unutmaydilar.

Qadimgi dunyoda vujudga kelgan siyosiy fikr o‘zgarmasdan, bir joyda to‘xtab qolgani yo‘q. Insoniyatning tarixiy davri, uning talab va ehtiyojlari o‘zgarishi va o‘sishi bilan u ham o‘zgarib va rivojlanib bordi. Qadimgi dunyoning siyosiy g‘oyalari, ular qanchalik muhim bo‘lmasin, o‘rta asrlarga kelib zamon talab - ehtiyojlarini qondira olmadi. Bu g‘oyalar siyosiy kuchlarni safarbar etib, ijtimoiy adolat va ijtimoiy tartibni ta’minlay olmadi. Parokandalik, tarafkashlik, urush-janjallar - davlatning falsafiy-axloqiy modellarini qadrsizlantirdi.


O‘rta asrlarda davlatning yangi, diniy-axloqiy turdagi modellarini asoslab beradigan g‘oyalarga katta ehtiyoj sezildi. Bunday g‘oyalar o‘rta asrlar G‘arb va Sharq mutafakkirlarining asarlarida o‘z ifodasini topdi.
O‘rta asrlar G‘arb siyosiy fikrining yorqin namoyandalaridan biri - Avreliy Avgustin (354 - 430) dir. U o‘zining "Iloh shahri" asarida "iloh shahri" ni "insonlar shahri" ga qarama - qarshi qo‘yadi. Negaki, insonlar bir-birining ustidan hukmronlik qilish, biri ikkinchisini itoat ettirish, hukmronlikka intilish ishtiyoqida davlat, uning tashkilotlari, jazo organlarini o‘ylab topganlar. Odamlarni "o‘zlaricha", ya’ni shayton domidagilar va Xudoga intilib yashayotganlarga bo‘ladi. Butun dunyoda cherkov hukmronligini targ‘ib etadi. Hozirgi vaqtda uning qarashlari protestanizm va katolitsizmda keng qo‘llaniladi.
O‘rta asrlar G‘arb siyosiy fikrining vakillaridan yana biri Foma Akvinskiy (1225 - 1274) dir. Uning qarashlari, asosan, "hukmdorlarning boshqaruvi haqida" nomli asarida bayon qilingan. U mazkur asarda cherkov hokimiyatining dunyoviy hokimiyatdan ustunligini, kishilarning ilohiy va abadiy huquqqa, bo‘ysunishlari zarurligini asoslashga intiladi.
Sharqda, xususan, O‘rta Osiyoda siyosiy fikr taraqqiyoti nihoyatda teran ildizlarga ega. Hasan Ato Abushiyning "Turkiy qavmlar tarixi" asarida dalolat berilishicha: "Turkiy qavmlar barcha qavmlardin o‘lmasa-da, ammo, juda ko‘plarindin oldin bu (hukumat va hokimlar) tuzumni his etmishdirlar..., ya’ni eski turkiylarning o‘zlari juda ko‘p xalqlarni muhabbat va itoat ettira olg‘on tadbirli, siyosiy quvvatli hokimlar jumlasidandirlar". O‘rta Osiyo hududlarida ajdodlarimiz to‘rt buyuk imperiya, yuzdan ortiq yirik markazlashgan davlatlar tajribalarini to‘plaganlar ham by fikrni tasdiqlaydi.
Sharq mutafakkirlarining deyarli barchasi siyosat bobida teran fikr yuritganlar. Ular o‘z qarashlarida ko‘proq siyosatning ijtimoiy, axloqiy va ma’naviy qirralarini yoritganlar. Siyosat-inson, uchun munosib moddiy va ma’naviy sharoitlarni yaratish kontekstida olib qaralgan.
Abu Nasr Farobiy (87O - 95O) "Fozil shahar aholisining qarashlari" asarida davlatning kelib chiqishini odamlarning o‘z ehtiyojlarini qondirishga bo‘lgan istagiga bog‘laydi. Davlatni fazilatli, ma’rifatli hukmdor boshqarishi lozim. Davlatning zo‘ravonlik va beboshlikka qurilishi qoralanadi. O‘rta asrlarda Farobiy birinchilardan bo‘lib jamiyat va ijtimoiy-siyosiy hayot tarkibini jiddiy o‘rganish masalasini qo‘ydi. Ijtimoiy hayotni o‘rganish sohasida Farobiy bir qator masalalarni belgilab berdi.Ulardan, asosiylari quyidagilar:
1.Ijtimoiy hayot tushunchasi, fan predmeti va vazifalarini belgilash;
2.Ijtimoiy uyushmalarning kelib chiqishi, tarkibi, tuzilishi, turlari va bu masalaga oid noto‘g‘ri qarashlarni tanqid qilish;
3.Shahar - davlat xususiyatlari, vazifalari va boshqaruv shakllari
4.Jamiyatda inson o‘rni va burchlari, mehnat faoliyati, ma’naviyat va tarbiya masalalari;
5.Davlat uyushmasining pirovard maqsadi, baxtga erishish yo‘llari va vositalari .
Ijtimoiy hayot muammolarini o‘rganuvchi fanlarga u ilm - al - madaniya (shahar jamoasi to‘g‘risidagi fan), fiqh (huquqshunoslik), kalomni kiritgan. Kalomni Farobiy barcha bilimlarning asosi sifatida emas, qolgan fanlar qatorida tilga oladi. Farobiy ilm - al - madaniyaga katta e’tibor beradi.
Davlat to‘g‘risidagi ta’limotida Farobiy uning ichki va tashqi vazifalarini aniqlab beradi. Tashqi vazifaga shahar - davlat fuqarolarini dushmanlardan saqlash, ya’ni mustahkam mudofaani tashkil etish kiritadi. Johil shahar - davlatlarga boshqa shaharlar bilan doimiy urushlar va nizolar xos bo‘lgan holda, fozil shahar aholisi o‘z fuqarolarini himoya qilish maqsadida faqat mudofaa urushlarini olib boradi. Davlatning ichki vazifasi uning o‘z fuqarolariga haqiqiy baxt beruvchi zaruriy tadbirlardan iborat. Ular quyidagilar: adolat o‘rnatish, maorifni rivojlantirish, bilimlarni xalq o‘rtasida tarqatish, ma’naviy va dunyoviy bilimlarni berish, yaxshilik va komil xulqlarni, odat va axloqiy qoidalarni targ‘ib qilish.
Farobiyning boshqaruv shakllariga qarashi uning bevosita rahbarlarga qo‘yadigan talablaridan kelib chiqadi. Farobiy, asosan, podsholik tuzumi to‘g‘risida fikr yuritadi va ideal davlatning boshlig‘iga bir qator talablar qo‘yadi: donishmandlik, qonunlar va boshqaruv qoidalarini bilish, ularni ijodiy qo‘llay olish, harbiy san’atni yaxshi bilish, adolatli bo‘lish, haqiqatni sevish va hokazo. Ammo, u shuncha xislatning bir insonda bo‘lishiga shubha bildirib, bunday hukmdorlarning eng munosib fuqarolar ichidan saylanishini taklif etadi. Farobiyda xalq hokimiyati va demokratiya to‘g‘risidagi fikrlar ham bor, ammo ular rivojlantirilmagan.
Buyuk Sharq mutafakkiri Abu Ali Ibn Sino (98O - 1O37). Uning fikricha, inson jamiyatdan tashqarida yashay olmaydi. U aholisi, hukmdorlar, ishlab chiqaruvchilar va qo‘shindan iborat davlatda yashaydi. Ibn Sino aholini moddiy ahvoli va boyligi nuqtai nazaridan tabaqalarga bo‘ladi. U hamma narsada me’yor bo‘lishi tarafdoridir. Uning fikricha, agar hamma shoh va hukmdor bo‘lsa ham, hamma kambag‘al va nochor bo‘lsa ham - jamiyat falokaga yuz tutgan bo‘lar edi. Shuningdek, boylik jihatidan teng bo‘lsa ham odamlar mehnat qilishdan.va boshqalarga yordam berishdan to‘xtagan bo‘lar edi. Demak, eng ma’quli - odamlarning mulkiy va ijtimoiy har-xilligidir. Ibn Sino bu fikrlarni "Risolai tadbiri manzil" asarida bayon etgan. Ibn Sino qonunlar barchaga barobar bo‘lgan jamiyatda adolatsizlik bo‘lmaydi, deb hisoblaydi. Uning fikricha, har qanday adolatsizlik jazosiz qolmasligi kerak. Agar hukmdor adolatsiz bo‘lsa, unga qarshi isyon oqlangan va jamoa tomonidan qo‘llab-quvvatlangan bo‘ladi.
Sharqdagi uyg‘onish davrining buyuk siymolaridan biri - Yusuf Xos Hojib (XI asr) ham davlat va siyosat masalalariga katta e’tibor bergan. Uni butun olamga tanitgan asar "Qutadg‘u bilig" ("Saodatga boshlovchi bilim") dir. Bu asar nafaqat o‘zbek adabiyotining, shu bilan birga, siyosat fanining ham muhim manbalaridan biridir. U davlat va uni idora qilishning qonun - qoidalari, usullari, turli ijtimoiy guruh va tabaqalarning mavqei va munosabatlari, axloq va odoblarini ifoda etuvchi o‘ziga xos nizomnomadir.
Asardagi davlatni idora etishning yo‘l–yo‘riqlari haqidagi g‘oya alohida diqqatga sazovordir. Bu yo‘l-yo‘riqlar donishmandlik, adolatparvarlik, ko‘ngil muloyimligi, til, so‘z yumshoqligi, ehtiyotkorlik, takabburlikdan yiroqlik, yovuz va yaramas ishlardan uzoqlik, har ishda me’yorga rioya qilish, kattalar hurmatini va kichiklar mehrini o‘rnida tutish va boshqalardir.
O‘rta asrlar siyosiy fikrining eng yirik manbalaridan biri - Nizomulmulkning (1018 - 1092) «Siyosatnoma» yoki «Siyarulmuluk» ("Podshohlar turmushi") asaridir. Bu asar o‘zining mazmun - mohiyatiga ko‘ra saljuqiylarning siyosiy dasturi hisoblanadi. Nizomulmulk asarida shohlar tarixi va hayotiy tajribasini umumlashtiradi, davlatni boshqarish qonun - qoidalarini, tartiboti va usullarini asoslab beradi. U asarda shoh va hokimlarni adlu insof va diyonatga, murosayu - madora va muruvvatga, davlatni oqilona boshqarib, qat’iy qoida va tartib o‘rnatishga, amaldorlarni vijdonli, pok, halol va iymonli bo'lishga, mamlakatning obodonligi, uning ahli farovonligi, tinchligi va totuvligini ta’minlash uchun harakat qilish va mehnat kilishga da’vat etadi.
O‘rta asrlar siyosiy fikrining vujudga kelishi va rivojlanishida Amir Temurning (1342 - 1405) o‘rni benihoya kattadir. U kuch va g‘ayratini siyosiy hayot masalalarini o‘rganishga va ularning yechimini topishga, vasiyat va tuzuklarni ishlab chiqish va meros qoldirishga sarfladi. Bunga "Temur tuzuklari" guvohlik beradi.
"Temur tuzuklari" - jahon siyosiy fanining eng yirik va noyob manbalaridan biri hisoblanadi. Unda davlatni idora qilishning asosiy qonun - qoidalari, yo‘l-yo‘riqlari asoslab beriladi. Bunday qonun - qoidalarni teran ifoda etgan manba jahon siyosiy fikri tarixida kamdan - kam topiladi.
Mazkur manbada ilgari surilgan g‘oyalar bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas. Ulardan nazariy va amaliy ishda foydalanish qo‘l keladi.

XV asr buyuk mutafakkiri Alisher Navoiy(1441 - 15O1) ijodida bir qator muhim fikrlarni uchratamiz. U xalqqa nisbatan adolatsizlik va yovuzlikni qoralaydi, odamzotni hayotda adolatni qaror toptirishga, uni asrab-avaylashga chorlaydi. Navoiy markazlashgan kuchli podsholik hokimiyatini yoqlab chiqadi. Negaki, kuchsiz shoh poraxo‘r qozilar, zo‘ravon va ta’magir amaldorlarga yo‘l ochib beradi. Kuchli shoh hokimiyatida faqat munosib, barkamol shaxslar o‘rin oladi. Zulm uchun zolimning o‘zi javob beradi, negaki, ko‘mir tashiganning qo‘li qoradir. Insonlar ma’naviy kamolotga intilishlari lozim. Buning asosiy shartlari esa, Navoiy fikricha, halol mehnatdadir.


Uyg‘onish davri, uning uyalari insoniyat tarixidagi tub burilish daqiqalaridir. Inson qadr - qimmati, uning huquqlarini himoya qilish inson uchun munosib hayot yaratish g‘oyalari aynan G‘arb mamlakatlarida ularning davlatchilik va siyosat sohasidagi amaliy izlanishlari davomida vaqt chig‘irig‘idan o‘tib, real voqelikka aylanadi. Ushbu davr siyosatchilari va olimlaridan eng yirigi, albatta, Nikollo Bernardo Makiavelli (1469 - 1527) dir. U "Hukmdor", "Florensiya tarixi" asarlarida birinchi bor siyosatni mustaqil fan sifatida asoslaydi, jamiyat ilohiy emas, balki tabiiy qonunlar negizida rivojlanishini ta’kidlaydi. Makiavelli tarixiy taraqqiyot zaminida manfaat va kuch, omma va hukmron tabaqalar qarama-qarshiligi yotadi, deb hisoblaydi. U kuchli milliy davlat tarafdori bo‘lgan. Siyosiy kurashda, hokimiyaga intilishlarda buyuk maqsadga erishish yo‘lida har qanday vositalardan foydalanish zarur, deb hisoblagan. Makiavelli odamlar faoliyati sabablarini boylikka hirs qo‘yishda ko‘rgan: «Odamlar yo‘qotgan mablag‘ni otasining o‘limidan ko‘ra ko‘proq eslab yuradi». Ijtimoiy taraqqiyotning ma’lum qonuniyatlarga bo‘ysunishini angladi va uni fortuna (tasodif, omad, taqdir) deb atadi. Inson uni bilishi va o‘z manfaatiga yo‘naltirishi mumkin.
N.Makiavyolli Leonardo da Vinchi zamondoshi, Mikelandjelo do’sti, Florensiya Respublikasining davlat arbobi, tarixchi, shoir, yozuvchidir. U XV asr oxiri XVI acp boshlarida uzluksiz urushlardan jabr ko‘rgan, kuchli markazlashgan davlatga ehtiyoj sezayotgan Italiya manfaatlarining ifodachisi bo‘ldi. 1512-yilda Florensiya Respublikasi tugatilib, N.Makiavelli surgun qilinadi. Quvg‘inda u "Tit Liviyning birinchi o‘nta kitobi to‘g‘risida qaydlar", "Hukmdor" (Lorenso Medichiga bag‘ishlanadi)," Florensiya qo‘lyozmalari" asarlarini yozadi.
Makiavelli mazkur asarlarda boshqaruv shakllaridan hech birini afzal ko‘rmaydi. Avval "yangi" yakka hokimlik o‘rnatilib, u Italiyani birlashtirishi, isloh qilishi va yuksaltirishi, so‘ng uning o‘rnini respublika boshqaruvining "aralash" shakli (demokratiya, aristokratiya, monarxiya elementlarini birlashtiradi) egallaydi, deb hisoblagan. Shu tariqa, Makiavelli davlatchilikning monarxiyadan respublikaga tomon rivojlanishini oldindan aytib bergan.

Fransuz mutafakkiri Jan Bodenning qarashlari (153O - 1596) kishida muayyan qiziqish uyg‘otadi. Xususan, u davlat manfaatlari din manfaatlaridan ustunligini ta’kidlaydi. Jamiyatda vijdon erkinligi qaror topib, biror din quvg‘inda bo‘lmasin, davlat asosini oila tashkil etadi, kabi g‘oyalarni targ‘ib etgan. Davlat - oilalar muammolarini hal qiluvchi, xususiy mulkka asoslangan ijtimoiy mulkni saqlovchi ittifoqdir. Mulkiy tengsizlik tabiiy va zaruriydir. Davlat ijtimoiy masalalar ustidan huquqiy hokimiyatga ega. Uning hokimiyati hal qiluvchidir. Monarx - hukmdor huquqining, suverenitetining, yagona, mutlaq manbaidir.


Davlatning turi iqlim sharoitlariga bog‘liq. Mo‘tadil iqlimga aql - idrokka asoslangan davlat mos keladi, negaki, bu yerdagi xalqlar adolatni his etadi, mehnatsevardir. Janub xalqlari mehnatga loqaydlik bilan qaraydilar, shuning uchun ular diniy hokimiyat va diniy davlatga ehtiyoj sezadilar. Shimolda dangasa, urushqoq xalqlar yashaydilar, shuning uchun ularning davlatlari, kattiq intizomga asoslangan va nihoyatda markazlashgan bo‘ladi.
Download 51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish