Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


-§. Fuqarolarning soliqlar va mahalliy yig’imlarni to’lashga



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

5-§. Fuqarolarning soliqlar va mahalliy yig’imlarni to’lashga 
 doir burchlari 
Fuqarolarning eng muhim konstitutsiyaviy burchlaridan biri 
ularning qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig’imlarni to’lashga 
majbur ekanliklaridir. 
O’zbekiston Respublikasining soliq kodeksi 12-moddasiga muvofiq, 
soliqlar deganda, soliq kodeksida belgilangan, muayyan miqdorlarda 
undiriladigan, muntazam, qaytarib berilmaydigan va beg’araz xususiyatga 
ega bo’lgan, byudjetga yo’naltiriladigan majburiy pul to’lovlari 
tushuniladi. 


301 
Majburiy to’lovlar deganda esa soliq kodeksida belgilangan davlat 
maqsadli jamg’armalariga majburiy pul to’lovlari, bojxona to’lovlari, 
shuningdek, vakolatli organlar hamda mansabdor shaxslar tomonidan 
yuridik ahamiyatga molik harakatlarni to’lovchilarga nisbatan amalga 
oshirish uchun, shu jumladan muayyan huquqlarni yoki litsenziyalar va 
boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarni berish uchun to’lanishi lozim bo’lgan 
yig’imlar, davlat boji tushuniladi. 
Soliq kodeksi 23-moddasida soliqlar va boshqa majburiy 
to’lovlarning turlari belgilanganbo’lib, O’zbekiston Respublikasi hududida 
faqatgina soliq kodeksida nazarda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy 
to’lovlar amal qiladi. 
Soliqlarga quyidagilar kiradi: 
1) yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i; 
2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i; 
3) qo’shilgan qiymat solig’i; 
4) aksiz solig’i; 
5) yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to’lovlar; 
6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq; 
7) mol-mulk solig’i; 
8) yer solig’i; 
9) benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan 
soliq. 
Boshqa majburiy to’lovlar jumlasiga quyidagilar kiradi: 
1) davlat maqsadli jamg’armalariga majburiy to’lovlar: 
- yagona ijtimoiy to’lov; 
- byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga fuqarolarning sug’urta 
badallari; 
- davlat maqsadli jamg’armalariga majburiy ajratmalar; 
- Respublika yo’l jamg’armasiga yig’imlar; 
2) davlat boji
3) bojxona to’lovlari; 
4) ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim 
turdagi xizmatlarni ko’rsatish huquqi uchun yig’im. 
Shuningdek, belgilangan hollarda va tartibda soliq solishning 
soddalashtirilgan tartibida to’lanadigan quyidagi soliqlar qo’llanilishi 
mumkin: 
- yagona soliq to’lovi; 
- yagona yer solig’i; 


302 
- tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo’yicha qat’iy belgilangan 
soliq. 
Ushbu nazarda tutilgan soliqlar hamda boshqa majburiy to’lovlar 
umumdavlat soliqlari va boshqa majburiy to’lovlar hamda mahalliy 
soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar tarzida undiriladi.
Bundan tashqari, davlat umummilliy dasturlarini amalga oshirish 
davrida tegishli jamg’armalar tashkil etilishi mumkin bo’lib, ularga
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda majburiy to’lovlar belgilanadi. 
O’z navbatida soliq kodeksi 32-moddasida soliq to’lovchilarning 
majburiyatlari belgilanib, unga ko’ra soliq to’lovchilar: 
- o’z soliq majburiyatlarini o’z vaqtida va to’liq hajmda bajarishi; 
- qonun hujjatlariga muvofiq buxgalteriya hisobini yuritishi, 
moliyaviy va soliq hisobotini tuzishi; 
- davlat soliq xizmati organlariga va boshqa vakolatli organlarga 
imtiyozlar olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi; 
- soliq tekshiruvlari o’tkazilayotgan vaqtda davlat soliq xizmati 
organlariga soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblab chiqarish, 
to’lash bilan bog’liq hujjatlar hamda ma’lumotlarni taqdim etishi
-davlat soliq xizmati organlarining va boshqa vakolatli organlarning 
hamda ular mansabdor shaxslarining qonuniy talablarini bajarishi, 
shuningdek, mazkur organlarning, ular mansabdor shaxslarining qonuniy 
faoliyatiga to’sqinlik qilmasligi shart. 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish