306
KATTA ZOBITLAR TARKIBI
mayor
3-darajadagi kapitan
podpolkovnik
2-darajadagi kapitan
polkovnik
1-darajadagi kapitan
GENERALLAR TARKIBI
general-mayor
general-leytenant
general-polkovnik
armiya generali
Qurolli Kuchlardagi oliy harbiy unvon armiya generali bo’lib, bu
unvon (urush davrida) O’zbekiston Respublikasi
Qurolli Kuchlarining
Oliy Bosh qo’mondoniga, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi mudofaa
vaziriga beriladi.
Yuridik yoki tibbiy yo’nalishdagi harbiy hisobdagi ixtisoslikka
ega bo’lgan harbiy xizmatchi va harbiy xizmatga majburshahsning harbiy
unvoniga tegishli “adliya” yoki “tibbiy xizmat” so’zlari qo’shiladi.
Zaxiradagi yoki iste’fodagi fuqarolarning harbiy unvoniga
tegishli “zaxiradagi” yoki “iste’fodagi” degan so’zlar qo’shiladi.
Harbiy burchni jiddiy tarzda buzganlik, hokimiyatni suiiste’mol
qilganlik, zimmasiga qonunlar va harbiy nizomlar
bilan yuklatilgan
talablar va majburiyatlarni favqulodda vaziyatlarda bajarmaganlik uchun
katta zobitlar va generallar tarkibidagi shaxslarning harbiy unvonlari
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti - O’zbekiston Respublikasi Qurolli
Kuchlari Oliy Bosh qo’mondonining qarori bilan pasaytirilishi mumkin.
Zobitlar tarkibiga kiruvchilarni harbiy unvondan ular og’ir va
o’ta og’ir jinoyat uchun hukm etilganlarida faqat sudning qarori bilan
mahrum qilish mumkin.
O’zbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va
harbiy xizmat to’g’risida”gi Qonuni 51-moddasida
mansabdor shaxslar
hamda fuqarolarning umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat
to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarligi belgilangan
bo’lib, unga ko’ra O’zbekiston Respublikasi fuqarolari harbiy xizmatdan
bo’yin tovlagan taqdirda amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq jinoiy
javobgarlikka tortiladilar.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik
to’g’risidagi kodeksi 235-moddasida harbiy hisobdan o’tish
qoidalarini
buzganlik uchun ya’ni fuqarolarning mudofaa ishlari organlariga
chaqiruv
uchastkasi qayd hisobidan o’tish uchun chaqiruv bo’yicha uzrli sabablarsiz
307
kelmaganligi hamda chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlarning
harbiy ro’yxatdan o’tish qoidalarini buzishi, shuningdek, chaqiruv
bo’yicha mudofaa ishlari organlariga uzrsiz sabablarga ko’ra kelmasligi
yoki turar joyi, o’qish joyi, ish joyi va lavozimidagi o’zgarishlar
to’g’risidagi ma’lumotlarni qayerda harbiy hisobda turgan bo’lsa,
shu organga o’z vaqtida ma’lum qilmasligi ma’muriy javobgarlikka
tortilishiga sabab bo’ladi.
Bundan tashqari, ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeks
237-moddasiga asosan harbiy yoki muqobil xizmatdan bo’yin
tovlaganlik
uchun, ya’ni muddatli harbiy xizmat yoki muqobil xizmatga chaqiruvdan,
safarbarlik chaqiruvi zahirasi xizmati safiga olinishdan yoki xizmatni
O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari zahirasida o’tashdan bo’yin
tovlaganlik uchun ham ma’muriy javobgarlik choralari qo’llanilishiga olib
keladi.
Muxtasar qilib aytganda, O’zbekiston Respublikasini himoya qilish
– o’z taqdirini Vatan taqdiri bilan bog’lagan, uning mustaqilligi yo’lida
o’zini fido etadigan, unga sadoqatini ifodalaydigan har bir O’zbekiston
fuqarosining insoniy tuyg’usidir.
Do'stlaringiz bilan baham: