Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


-§. Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarga rioya etish burchi



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

2-§. Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarga rioya etish burchi 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 48-moddasiga ko’ra, 


290 
«Fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning 
huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga 
majburdirlar». 
Konstitutsiya va qonunlarga rioya etish, boshqa kishilarning 
huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish asosiy 
konstitutsion burch sifatida e’tirof etilar ekan, bu nafaqat O’zbekiston 
Respublikasi fuqarolari uchun, balki mamlakatimiz hududida bo’lib turgan 
chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar uchun ham bajarilishi 
majburiydir. 
Ushbu konstitutsion burch O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 
va qonunchilik aktlari bilan cheklanib qolmaydi. U juda ham keng 
mazmun-mohiyat kasb etib, qonunlarga so’zsiz itoat etish sifatida e’tirof 
etish mumkin. Bu esa o’z navbatida inson va fuqarolarning Konstitutsiya 
va qonunlar, qonunosti me’yoriy hujjatlar hamda mahalliy davlat 
hokimiyati organlarining aktlariga amal qilish shartligini anglatadi. 
Konstitutsiya va qonunlarga rioya etish burchidan tashqari, fuqarolar 
muayyan konstitutsion taqiqlarga ham amal qilishi lozim. Xususan, 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasiga ko’ra, diniy 
qarashlarni majburan singdirishga yo’l qo’yilmaydi, 57-moddadasiga 
ko’ra, konstitutsiyaviy tuzumni zo’rlik bilan o’zgartirishni maqsad qilib 
qo’yuvchi, respublikaning suvereniteti, yaxlitligi va havfsizligiga 
fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi, 
urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ’ib qiluvchi, xalqning 
sog’lig’i va ma’naviyatiga tajovuz qiluvchi, shuningdek, harbiylashtirilgan 
birlashmalarning, milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalarning hamda 
jamoat birlashmalarining tuzilishi va faoliyati taqiqlanadi. Maxfiy 
jamiyatlar va uyushmalar tuzish taqiqlanadi. Ushbu normalar fuqarolarni 
taqiqlangan xatti-harakatlardan o’zini tiyish bilan ogohlantirib, 
konstitutsiyaviy burchlarni aniqlashtirib beradi. 
Konstitutsiyaviy burchlarni bajarishga qo’yiladigan talablar zamirida 
mamlakatda qonuniylikni ta’minlash yotadi

Qonuniylik muhiti– davlat va jamiyatdagi mustahkam tartib va 


291 
barqarorlikning asosi, har bir fuqaro hayotida tinchlik va osoyishtalik 
bo’lishining garovidir
134

Konstitutsiya va qonunlarga rioya etish majburiyati huquqiy 
munosabatlarning barcha subyektlari uchun umumiy, universal talabdir. 
Buning ma’nosi shundaki, har bir inson, har bir fuqaroda hayot va 
faoliyatining barcha jabhalarida huquqqa muvofiq xatti-harakat qilishdek 
ichki ruhiy hissiyot, e’tiqod mavjud bo’lishi nazarda tutiladi.
135
Konstitutsiya va qonunlarga rioya etish – nafaqat ularning qoidalarni 
buzmaslik, balki fuqarolarning o’z faoliyati, hayot tarzi bilan 
konstitutsiyaviy prinsip va asoslarni, qonunchilik normalarini real 
voqelikka aylantirishga ko’maklashishlari demakdir
136

Konstitutsiya va qonunlarda jamiyat va davlatning ijtimoiy-siyosiy 
asoslari, mamlakatda o’rnatilgan huquqiy tartibot, ijtimoiy 
munosabatlarning butun tizimi lo’nda qilib ifoda etiladi. Shu sababli
ularga har bir fuqaro qat’iy rioya etishi shart
137

Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilmaslik davlat tomonidan 
belgilangan qoidalar huquqiy me’yorlarining buzilishiga olib keladi. 
O’zbekistonda olib borilayotgan inson huquqlari sohasidagi ichki
va tashqi siyosat, o’z navbatida, aholimizning inson huquqlari va 
erkinliklariga rioya qilish, yangi ko’nikma va qadriyatlarni shakllantirish 
hamda inson huquqlariga hurmat-ehtirom va uning umummillat darajasida 
rivojlantirilishiga olib kelmoqda. 
Boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini 
hurmat qilish erkinlikning muhim sharti bo’lib, uni chegaralab turadi va 
huquqiy tartibga solishning fundamental tamoyili hisoblanadi. Xususan, 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20-moddasiga ko’ra, 
fuqarolar o’z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa 
shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va 
erkinliklariga putur yetkazmasliklari shart. 
134
Одилқориев
Х
.
Т
.
Конституция
ва
баркамол
жамият
орзуси
. – 
Т
., 2012. – 
Б
. 107. 
135
Конституциявий
ҳуқуқ

Дарслик

Х
.
Т
.
Одилқориев

У
.
Х
.
Мухаммедов

Б
.
А
.
Саидов
ва
бошқалар

Масъул
мухаррир
Ш
.
Т
.
Икрамов
. –
Т
.: 
Ўзбекистон
Республикаси
ИИВ
Академияси
, 2014. 
252-
бет

136
Одилқориев
Х
.
Т

Конституция
ва
баркамол
жамият
орзуси
. – 
Т
., 2012. – 
Б
. 107. 
137
Одилқориев
Х
.
Т

Конституция
ва
баркамол
жамият
орзуси
. – 
Т
., 2012. – 
Б
. 107–108. 


292 
Har qanday rivojlangan demokratik fuqarolik jamiyatining muhim 
shartlaridan biri jamiyatda inson huquq va erkinliklari kafolatlanganligi 
hisoblanadi. 
Har bir inson o’z sha’ni va qadr-qimmatiga egaki, ularga qilingan 
tajovuz bevosita insonning jamiyatda tutgan o’rniga, uning ruhiyatiga, 
xullas, uning turmush tarziga o’z ta’sirini o’tkazmay qolmaydi. 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27-moddasida «Har kim
o’z sha’ni va obro’siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga 
aralashishdan himoyalanish va turar joy daxlsizligi huquqiga ega»ligi 
mustahkamlab qo’yilgan

Sha’n 
– jamiyatning shaxsga bergan bahosi bo’lib, jamiyat a’zosi 
sifatida shaxs ijtimoiy-ma’naviy jihatlarining o’lchovidir. Jamiyatning 
shaxsga bahosi to’g’ridan-to’g’ri fuqaroning o’ziga bog’liqdir, chunki
uning shaxsi davlatga va jamiyatga, o’zini o’rab turgan insonlarga 
munosabati hamda ba’zi bir harakatlari va umumiy faoliyati asosida 
shakllanadi. Bu inson faoliyatining ijtimoiy hayotdagi o’rni va samarali 
faoliyatining foydaliligiga bog’liq, chunki mazkur sifat uning barcha 
xususiyatlarini aks ettiradi. 
Qadr-qimmat
– shaxsning jamoadagi o’rniga, shaxsiy xususiyatlariga, 
qobiliyatiga, dunyoqarashiga qarab o’zini o’zi ichki baholashdir. Har
bir inson o’zining jamiyatdagi tutgan o’rnini anglab yetadi. 
Qadr-qimmat deganda, odatda, inson va uning ma’naviy hamda aqliy 
xislatlari, uning obyektiv va subyektiv jihatlari, jamiyatdagi obro’si, 
nufuzi, donishmandligi, ma’naviyati, fe’l-atvori, bilim darajasi kabilar 
tushuniladi. 
Yuqorida ta’kidlanganidek, “qadr-qimmat” tushunchasida obyektiv va 
subyektiv jihatlar mavjud bo’lib, ularning yig’indisi bo’yicha yagona 
yaxlitlikni tashkil etadigan quyidagi xususiyatlarga ajratish mumkin: 
1)
insonning qadr-qimmati (shaxsning xislatlari qandayligidan 
qat’iy nazar, uning ma’lum qadrga egaligi); 
2)
shaxsiy qadr-qimmat (muayyan shaxsning ijobiy, ruhiy va 
jismoniy xislatlarga egaligi bilan bog’liq qadr-qimmat); 
3)
ma’lum ijtimoiy jamoaga mansublik bilan bog’liq qadr-qimmat 
(olimlarning qadr-qimmati, milliy qadr-qimmat, ayolning qadr-qimmati, 


293 
mansabdor shaxsning qadr-qimmati va hokazo)
138

Boshqa shaxslarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini 
hurmat qilish yuksak huquqiy ong va ma’naviy-axloqiy tarbiyani talab 
qiladi. Ayniqsa bu bir shaxsning huquqlari ikkinchi bir shaxsning qonuniy 
xohish-irodasini amalga oshirishiga to’sqinlik qilganda yaqqol nomoyon 
bo’ladi. Insonning o’z huquqlarini egoizmlik bilan boshqa shaxslarning 
huquq va erkinliklari hisobiga amalga oshirishi nafaqat huquq 
normalarining, shuningdek, odob-axloq normalarining ham buzilishiga 
olib keladi. Bu esa insonlar o’rtasida nizo kelib chiqishiga hamda kuchlilar 
huquqining ustunlik qilishiga olib keladi. Konstituttsiya bunday 
oqibatlarning oldini olish maqsadida inson va fuqarolarning xohish-
istaklarini chegaralab turuvchi asosiy burchlarini belgilab beradi va bu o’z 
navbatida shaxslarning huquq va erkinliklari muovazanatini ta’minlaydi. 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish