3-§. Voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolg’iz keksalar
huquqlarining davlat himoyasida ekanligi
O’zbekiston Respublikasida aholining kam ta’minlangan va ijtimoiy
himoyaga muhtoj alohida qismini davlat o’z himoyasiga olgan. Bu esa
ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish hamda ijtimoiy
jihatdan kafolatlangan davlat barpo etish kabi strategik maqsadlarni
amalga oshirishning salmoqli asosi bo’lib hisoblanadi.
Voyaga yetmaganlar
– bu O’zbekiston Respublikasi hududida
yashovchi o’n sakkiz yoshga to’lmagan jismoniy shaxslar bo’lib, ular
yoshiga ko’ra, muomalaga layoqatsiz yoki qisman layoqatli bo’lishi
mumkin.
Mehnatga layoqatsizlarga
–jismoniy nuqsonlari mavjudligi tufayli
mehnat qobiliyatini yo’qotgan jismoniy shaxslar kiradi.
Yolg’iz keksalar
–deganda o’zgalar parvarishiga muhtoj, mehnat
layoqatini to’la yoki qisman yo’qotgan holda o’z boquvchisiga ega
bo’lmagan shaxslar tushuniladi.
Voyaga yetmaganlar huquqlarini ta’minlash maqsadida davlat
hokimiyati organlari tizimida maxsus tuzilmalar tashkil etilgan.
Mahalliy xalq deputatlari Kengashlari tarkibida “Yoshlar siyosati
va sog’lom avlodni tarbiyalash masalalari bo’yicha doimiy komissiya”lari
tashkil etilgan. Ularning faoliyat yo’nalishlari sifatida yoshlar siyosati va
sog’lom avlodni tarbiyalash sohasidagi dasturlarni dastlabki tarzda ko’rib
chiqadi va ishlab chiqishda qatnashadi;
278
–
yoshlarni ijtimoiy muhofaza qilish, ularni ishga joylashtirish, yosh
oilalarni uy-joy bilan ta’minlash bo’yicha muammolarni tahlil
qiladi va bu boradagi chora-tadbirlarni amalga oshirishga
ko’maklashadi;
–
yoshlarni estetik tarbiyalashdagi rolini oshirish bo’yicha
takliflarkiritadi;
–
yoshlar bilan ishlashning shakl va usullarini takomillashtirish
bilan bog’liq masalalarni xalq deputatlari Kengashi tomonidan
tayyorlashda va ko’rib chiqishda takliflar kiritadi;
–
bola huquqlarini himoya qilish, voyaga yetmaganlar ustidan
vasiylik va homiylik, yoshlarni kasbga yo’naltirish bo’yicha
ishlarni nazorat qiladi.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasining “Voyaga yetmaganlar
o’rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi
to’g’risida”gi qonuni 2010-yil 29-sentabrda qabul qilindi.
Qonunga binoan voyaga yetmaganlar o’rtasida nazoratsizlik va
huquqbuzarliklarning profilaktikasiga doir faoliyatning asosiy vazifalari
quyidagilardan iborat:
–
voyaga yetmaganlar nazoratsizligi, qarovsizligi, ular tomonidan
huquqbuzarliklar yoki boshqa g’ayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir
etilishining oldini olish, ularga imkon beradigan sabablar va
shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish;
–
voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy
manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash;
–
voyaga yetmaganlarda qonunga itoatkorlik xulq-atvorini
shakllantirish;
–
ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo’lgan voyaga yetmaganlar va
oilalarni ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilish;
–
voyaga yetmaganlarni huquqbuzarliklar yoki boshqa
g’ayriijtimoiy xatti-harakatlarni sodir qilishga jalb etish hollarini
aniqlash va ularga barham berish.
Bundan tashqari, mahalliy ijro hokimiyati organlari tizimida voyaga
yetmaganlar ishlari bo’yicha komissiyalar faoliyat yuritadi. Voyaga
yetmaganlar ishlari bo’yicha komissiya mas’ul kotibi O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14- martdagi PQ–2833-son qarori
bilan tasdiqlangan Voyaga yetmaganlar ishlari bo’yicha idoralararo
komissiyalar to’g’risidagi nizom talablari asosida faoliyat yuritadi. Mazkur
komissiyalar tizimi Respublika komissiyasi, shuningdek, mintaqaviy
279
komissiyalar, tuman (shahar) komissiyalaridan iborat bo’lib, o’z faoliyatini
jamoatchilik asosida amalga oshiruvchi organlar hisoblanib hamda ular:
–
voyaga yetmaganlar o’rtasida nazoratsizlik, qarovsizlik,
huquqbuzarliklar va boshqa g’ayriijtimoiy xatti-harakatlarning
oldini olish, ularga imkon tug’diruvchi sabablar va sharoitlarni
aniqlash hamda bartaraf etish;
–
voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy
manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash;
–
ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo’lgan voyaga yetmaganlarni
ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilish maqsadida tuziladi.
Hududiy komissiya majlisida bayonnoma tuziladi, unda majlis
bo’lgan sana va joy, ko’rib chiqilayotgan ishning mazmuni, ishni ko’rishda
qatnashayotgan shaxslarning majlisga kelgan-kelmaganligi to’g’risidagi
ma’lumotlar, ular bergan izohlarining qisqacha mazmuni, ishga oid boshqa
ma’lumotlar, shuningdek, qabul qilingan qarorni o’qib eshittirish va uning
yuzasidan shikoyat berish tartibi va muddatlarini tushuntirish to’g’risidagi
ma’lumotlar ko’rsatiladi. Bayonnoma raislik qiluvchi va hududiy
komissiyaning mas’ul kotibi tomonidan imzolanadi.
Ijtimoiy yordam va ko’makka muhtoj aholi qatlamini ayniqsa,
keksalar va nogironlar huquqlarini himoya qilish davlat siyosatining va
ko’p yillik taraqqiyot yo’li mobaynida amalga oshiriladigan ishlar
qatoriga kiritilgan. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
2017-yil 7 fevraldagi PF
–
4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan
2017 -2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning
beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida ijtimoiy
sohani rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari sifatida aholiga majburiy
ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash, aholining ehtiyojmand qatlamlarini
ijtimoiy himoyasini hamda keksalar va imkoniyati cheklangan shaxslarni
davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashni kuchaytirish, ijtimoiy xizmat
ko’rsatishni yaxshilash, aholiga ijtimoiy xizmatlar ko’rsatishda
davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish hamda pensionerlar, nogiron,
yolg’iz keksalar, aholining boshqa ehtiyojmand toifalarining to’laqonli
hayot kechirishlarini ta’minlash uchun ularga tibbiy-ijtimoiy yordam
ko’rsatish tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirish belgilab
qo’yildi. Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash bo’yicha bir qator normativ-
huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Xususan, 2016-yil 26-dekabrdagi
280
O’zbekiston Respublikasining “Keksalar, nogironlar va aholining boshqa
ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to’g’risida”gi
qonuni qabul qilindi. Mazkur qonunga muvofiq keksalar, nogironlar va
aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ko’rsatiladigan
ijtimoiy xizmatlar tarkibini bunday shaxslarning turmushi sifatini
oshirishga, unga jamiyat hayotida ishtirok etishning boshqa fuqarolar bilan
teng bo’lgan imkoniyatlarini yaratishga va (yoki) o’zining asosiy hayotiy
ehtiyojlarini mustaqil ravishda ta’minlash imkoniyatlarini kengaytirishga
qaratilgan xizmatlarga muhtoj shaxsga yordam ko’rsatish bo’yicha
huquqiy, iqtisodiy, psixologik, ta’limga oid, tibbiy, reabilitatsiya
chora-tadbirlari va boshqa chora-tadbirlar majmui tashkil etadi.
Shuningdek, ushbu qonunga ko’ra aholining ijtimoiy ehtiyojmand
toifalariga quyidagilar kiritilgan:
-qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ijtimoiy xizmatlarga muhtoj
deb topilgan shaxslar, shu jumladan:
-o’zgalarning parvarishiga muhtoj bo’lgan yolg’iz keksalar va
yolg’iz yashovchi keksalar;
-I va II guruh nogironlari, nogiron bolalar;
-muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolar;
-ijtimoiy ahamiyatga molik kasalliklarga chalingan shaxslar;
-yetim bolalar va ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalar
aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalaridir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-dekabrdagi
“O’zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash «Nuroniy»
jamg’armasi faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Jamg’arma
nomini O’zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo’llab-quvvatlash
jamoat birlashmasi shaklidagi «Nuroniy» jamg’armasi etib o’zgartirildi
va jamg’armaning markaziy apparati va hududiy bo’limlarining yangi
tuzilmalari tasdiqlandi. Shuningdek,quyidagilar jamg’armaning asosiy
vazifalari etib belgilandi:
-
faxriylarning O’zbekistonni yangilash va rivojlantirishning
ma’naviy-axloqiy negizlarini mustahkamlashda, mamlakatning
ijtimoiy- siyosiy hayotida faol ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar
yaratish, oqsoqollar, keksa yoshdagilar va nogironlarni yoshlarni Vatanga
muhabbat, keksa avlod kishilarini hurmat qilish, ezgulik va rahmdillik
singari xalqimizning ko’p asrlik an’analarini hurmat qilish ruhida
tarbiyalashga yo’naltirilgan ijtimoiy faoliyatga jalb etish;
- keksalarning hayoti darajasini oshirish sohasida davlat siyosatining
g’oyat muhim ustuvor yo’nalishlarini amalga oshirishda davlatga
281
ko’maklashish, pensiyaga chiqqandan keyin ularning yuqori ijtimoiy
faolligini, shu jumladan ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi
ishtirokini va davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini
amalga oshirishdagi ishtirokini qo’llab-quvvatlash;
-keksalar uchun nazarda tutilgan pensiyalar va imtiyozlar bo’yicha
qonun hujjatlari qoidalari ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini ta’minlash,
ushbu masalada davlat boshqaruvi organlariga va mahalliy ijro etuvchi
hokimiyat organlariga ko’maklashish, ehtiyojmand keksalarni va aholining
boshqa qatlamlarini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash va tibbiy yordam bilan
ta’minlash, ushbu maqsadlarda ishlab chiqarish, tijorat, noshirlik, xayriya
tadbirlarini va boshqa tadbirlarni amalga oshirish;
-fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari bilan birgalikda
oilalarda tinchlik va xotirjamlikni ta’minlash, yolg’iz kishilar va
ehtiyojmand keksalarni ijtimoiy va moddiy qo’llab-quvvatlash,
shuningdek, ularning birinchi navbatdagi ehtiyojlari qondirilishida har
tomonlama yordam berish;
-keksalar uchun ularning yoshini hisobga olgan holda har xil
ijtimoiy-madaniy tadbirlar, telemarafonlar, maxsus sport musobaqalari,
keksa yozuvchilar, artistlar, xonandalar, rassomlarni va ijodiy ziyolilarning
boshqa vakillarini taklif etgan holda ijodiy kechalar tashkil etish.
Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2017-yil 3-iyuldagi «Muruvvat» va «Saxovat» internat uylarida
yashaydigan nogironlar va keksalarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlashni yanada
kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 455-son qarori bilan
«Muruvvat» va «Saxovat» internat uylari faoliyatini qo’llab-quvvatlash
Respublika vasiylik kengashi to’g’risidagi nizom, «Muruvvat» va
«Saxovat» internat uylari faoliyatini qo’llab-quvvatlash hududiy vasiylik
kengashi to’g’risidagi namunaviy nizom, O’zbekiston Respublikasi
Sog’liqni saqlash vazirligi huzuridagi «Muruvvat» va «Saxovat» internat
uylari faoliyatini qo’llab-quvvatlash jamg’armasi mablag’larini
shakllantirish va ulardan foydalanish to’g’risidagi nizomlar tasdiqlandi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil
15-martdagi “Keksalar, nogironligi bo’lgan shaxslar va aholining ijtimoiy
himoyaga muhtoj boshqa qatlamlariga tibbiy-ijtimoiy yordam ko’rsatish
sohasidagi faoliyatga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy
qilish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 203-son qarorida keksalar, nogironligi
bo’lgan shaxslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa
qatlamlarini hisobga olishning idoralararo axborot tizimini yaratish,
shuningdek,, aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida interaktiv davlat
282
xizmatlari («Ijtimoiy himoya» IAT) ko’rsatilishini tashkil qilish
belgilangan. Shuningdek, Qaror bilan keksalar, nogironligi bo’lgan
shaxslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa qatlamlarini
tibbiy-ijtimoiy yordam ko’rsatish sohasidagi faoliyatga axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish bo’yicha kompleks chora-
tadbirlar dasturi tasdiqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |