202
O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrdagi «Jazoni
ijro etish muassasalaridan bo‘shatilgan shaxslar ustidan ichki ishlar
idoralarining ma’muriy nazorati to‘g‘risida»gi Qonuniga asosan jazoni ijro
etish muassasalaridan bo‘shatilgan shaxslar ustidan ichki ishlar
idoralarining ma’muriy nazorati o‘rnatiladi va
u tarbiyaviy oldini olish
ta’sir choralarining majmuini ifodalab, nazorat ostidagilarga nisbatan
ushbu qonunda ko‘zda tutilgan cheklashlarni qo‘llashdan iborat bo‘ladi.
Jazoni ijro etish muassasasidan bo‘shatilgan shaxslar ustidan ichki
ishlar idoralari tomonidan ma’muriy nazoratning o‘rnatilishidan asosiy
maqsad, ilgari sudlanganlar tomonidan takror jinoyatlar sodir
etilishining
oldini olish, ularda ijobiy ijtimoiy yo‘lga kirib olishini
shakllantirishdan iboratdir.
“Jazoni ijro etish muassasalaridan bo‘shatilgan shaxslar ustidan ichki
ishlar idoralarining ma’muriy nazorati to‘g‘risida”gi qonunining
4-moddasiga binoan ma’muriy nazorat voyaga etgan quyidagi shaxslarga
nisbatan o‘rnatiladi:
a) og‘ir jinoyatlar uchun ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan
yoki har qanday qasddan qilingan jinoyatlar
uchun ikki yoki undan ortiq
marta hukm etilgan shaxslarga nisbatan, agar ularning jazoni o‘tash dav-
ridagi xulq-atvori tuzalish va halol mehnat qilib kun kechirish yo‘liga
o‘tishni aslo istamaganliklaridan dalolat bersa;
b) og‘ir jinoyatlar uchun ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan
yoki har qanday qasddan qilingan jinoyatlar uchun ikki yoki undan ortiq
marta hukm etilgan shaxslarga nisbatan, agar ular jazo muddatini o‘tab
bo‘lganlaridan so‘ng ichki ishlar idoralarining
jamiyat uchun zararli kun
kechirishni to‘xtatish to‘g‘risidagi ogohlantirishiga qaramay, jamoat tarti-
bini muntazam buzayotgan va fuqarolarning qonuniy manfaatlariga putur
etkazayotgan bo‘lsalar;
c) o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun ozodlikdan mahrum qilishga hukm etil-
gan shaxslarga nisbatan.
Ma’muriy nazoratga olish tartibi tuman (shaxar) ma’muriy sudlari
tomoniidan
amalga oshiriladi, hamda sudlar tomonidan ma’muriy
nazoratga olingan shaxslarga nisbatan quyidagi ma’muriy cheklovlar
qo‘yiladi.
a) kunning ichki ishlar idoralari belgilab qo‘ygan vaqtida uy
(kvartira)dan chiqib ketishini ta’qiqlash;
b) tuman (shahar)ning muayyan joylarida bo‘lishini taqiqlash
(jumladan ko‘ngil ochish joylarida, spirtli ichimliklar sotiladigan joylarda);
203
c) ichki ishlar idoralarining ruxsatisiz tuman (shahar)dan tashqariga
chiqib
ketishni taqiqlash;
d) ro‘yxatdan o‘tish uchun har oyda bir martadan to‘rt martagacha
militsiyaga kelib uchrashish kabilar shular jumlasidandir.
Ma’muriy nazoratning o‘ziga hos jihati ma’muriy nazorat eng avvolo
ma’muriy cheklov choralarining bir turi hisoblanadi shuningdek, ma’muriy
nazorat faqat ma’muriy sudlar tomonidan tomonidan ma’muriy nazoratni
amalga oshirish nazorat ostidagi kishining istiqomat joyidagi ichki ishlar
idoralariga yuklatilishida namoyon bo‘lish bilan birga ma’muriy
sudlarning qarorlari ma’muriy nazoratni o‘rnatishga to‘liq asos bo‘lib xiz-
mat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: