Рустамбаев
М
.
Х
.
Суд
ва
ҳуқуқни
мухофаза
қилувчи
органлар
. –
Т
., 2011. –
Б
.294.
62
Ўзбекистон
Республикасининг
жиноят
процессуал
кодекси
. –
Т
., 2018. –
Б
.25.
198
muhofaza qilinadi. Fuqaro advokatura idoralariga murojaat qilib, o‘zining
shaxsiy va xususiy hayotining muayyan jihatlarini oshkor qiladi.
Notarial idoralar xodimlari ham o‘z xizmat vazifalarini o‘tash davomida
fuqarolar shaxsiy hayotining muayyan jihatlari (meros, vasiyat, xadya qilish
shartnomalarining mazmunini va h.k.) haqida ma’lumotlarga ega bo‘ladi. Bu
ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasining «Notariat to‘g‘risida»gi
qonunining 6, 19-moddalari tartibida sir saqlanishi lozim. Fuqarolik holati
dalolatnomalari yozuvlari ham oshkor qilinishi mumkin emas. Shaxsiy hayot
huquqi doirasiga farzandlikka olish siri
63
, o‘z asarlarini chop etish yoki e’lon
qilish huquqini, o‘zining ko‘rinishi yoki ovozini yozish huquqlarini muhofaza
qilinishini ham kiritish mumkin
64
.
Aynan shuning uchun ham mamlakatimiz qonunchiligida himoyachiga
ma’lum bo‘lgan barcha holatlarning sir saqlanishi huquqiy jihatdan tartibga
solingan. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi fuqarolarga istagan
dinga e’tiqod qilish yoki umuman e’tiqod qilmaslik huquqlarini, shuningdek,
jamoat tashkilotlariga, partiyalarga a’zo bo‘lish kabi huquqlarni ham huquqiy
jihatdan kafolatlab qo‘ygan.
Konstitutsiya qiynash, zo‘ravonlik, shafqatsizlik yoki inson qadriyatini
kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa solishni man etadi. Ushbu qoida jinoyat
qonunchiligida o‘z rivojini topgan. Masalan, Jinoyat kodeksining 7-moddasi
jinoyat huquqining insonparvarlik tamoyilini ta’kidlab, jazo va boshqa
huquqiy choralarni jismoniy azob berish yoki kishi qadr-qimmatini kamsitish
maqsadini ko‘zlamaydi, deb e’tirof etadi.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi “Qiynoq hamda muomala va jazo-
lashning qattiq shafqatsiz, insoniylikka zid yoki qadr-qimmatni kamsituvchi
turlariga qarshi konventsiya”ga qo‘shilgan . Ushbu Konvensiyada alohida
ta’kidlanadiki, yuqorida bayon etilgan ta’rif qonuniy choralar qo‘llash na-
tijasida paydo bo‘ladigan og‘riq va azoblarga taalluqli emas. Qiynoqlarga
solish, shafqatsiz yoki insonning qadr-qimmatini tahqirlaydigan har qanday
harakat jinoyat qonunchiligi bo‘yicha jinoyat sifatida talqin etiladi. Bunday
harakatlar qatoriga hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish
(JKning 206–moddasi), qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy
yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash
(JK 235-moddasi) uchun javobgarlik belgilanganligi kabilarni misol qilib
ko‘rsatishimiz mumkin.
63
Қаранг
:
Ўзбекистон
Республикасининг
Оила
кодекси
. –
Т
., 2018. 153-
модда
.
64
Қаранг
:
Ўзбекистон
Республикасининг
Фуқаролик
кодекси
. –
Т
., 2018. 1041-
модда
.
199
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi shaxsning roziligisiz tib-
biy yoki ilmiy tajribalar o‘tkazishni ham shaxsning qadr-qimmatiga bo‘lgan
tajovuz deb baholaydi. SHu bois hech kimning ustida, uning kimligidan qat’i
nazar biron bir ilmiy tadqiqot obyekti sifatida yoki boshqa maqsadlarda
tajribalar o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. O‘zbekiston Respublikasida ef-
tanaziyaga (o‘lishga bo‘lgan huquq) yo‘l qo‘yilmaydi, ya’ni og‘ir ahvoldagi
kasal kishilarning o‘z hayotini o‘zi hal etishi taqiqlanadi (Masalan, Nider-
landiyada bunga taqiq yo‘q).
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq har kim o‘z
sha’ni va obro‘siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan
himoyalanish va turar joyi daxlsizligi huquqiga ega. Hech kim qonun nazarda
tutgan hollardan va tartibdan tashqari birovning turar joyiga kirishi, tintuv
o‘tkazishi yoki uni ko‘zdan kechirishi, yozishmalar va telefonda so‘zlashuvlar
sirini oshkor qilishi mumkin emas degan normalar shaxsiy huquq va
erkinliklarni to‘liq ta’minlashga qaratilgan qoidalar bo‘lib hisoblanadi.
Shaxs sha’ni deganda shaxs yurish turishiga nisbatan o‘zga shaxslarni
bergan ma’naviy-axloqiy bahosi tushuniladi.
Qadr-qimmat shaxsning jamiyatdagi o‘rniga, shaxsiy xususiyatlariga,
qobiliyatlariga, dunyoqarashiga qarab o‘z-o‘zini ichki baholashidir.
Konstitutsiyaviy qoidalar shaxsning sha’ni va qadr- qimmati, shaxsiy
nomulkiy huquqlarini qo‘riqlash va hurmat qilish, shaxsiy hayot va uy-joy
daxlsizligini ta’minlashga xizmat qiladi. Sha’n va qadr-qimmat faqat insonga
xos sifat bo‘lib, u insonga tug‘ilganidan qo‘lga kiritadigan ajralmas va
boshqalarga o‘tkazib bo‘lmaydigan huquq bo‘lib hisoblanadi, ya’ni u
shaxsning ma’naviy dunyosini tavsiflaydigan nomoddiy boyliklardan biridir.
Mamlakatimizda shaxs sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish
huquqining e’lon qilinganligi O‘zbekiston Respublikasining huquq tizimi in-
son huquqlari sohasida xalqaro standartlarni e’tirof etganligini bildiradi. Zero,
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 12-moddasida shaxs nomusi
va sha’ni daxlsizligi belgilangan, shuningdek, “Fuqarolik va siyosiy huquqlar
to‘g‘risida”gi xalqaro pakt (1966-yil 19-dekabr)ning 17-moddasi
1-qismida “Hech kimning shaxsiy va oilaviy hayotiga o‘zboshimchalik yoki
noqonuniy tarzda aralashish, uning uy-joyi daxlsizligiga yoki yozishmalari sir-
lari daxlsizligiga o‘zboshimchalik yoki noqonuniy tarzda tajovuz qilish va un-
ing or-nomusi va sha’niga tajovuz qilishi mumkin emas” deb, mustahkam-
langan. Demak, bu boradagi konstitutsiyaviy qoidalar xalqaro me’yorlarning
uzviy davomi sifatida namoyon bo‘ladi.
O‘zining sifatlariga ma’naviy-axloqiy baho berish doim shaxsiy bo‘lib,
u subyektiv xarakterga ega. Shu bois mazkur baho ijtimoiy fikr bilan mos
200
kelishi yoki mos kelmasligi mumkin. Shunga qaramasdan, shaxsning
qadr-qimmati, shaxsni ichki o‘zini-o‘zi baholashi mezoni va jamiyatning unga
bergan bahosi o‘zaro bog‘langan mezonlardir. Shuning uchun ham insonning
sha’n va qadr-qimmati muhim ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lib, u qonun
tomonidan himoya qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 100-moddasiga
binoan, fuqaro o‘zining sha’ni, qadr-qimmatini yoki ishchanlik obro‘siga
putur yetkazuvchi ma’lumotlar yuzasidan, basharti bunday ma’lumotlarni
tarqatgan shaxs ularning haqiqatga to‘g‘ri kelishini isbotlay olmasa, sud yo‘li
bilan raddiya talab qilishga haqlidir .
Shundan kelib chiqib, fuqaro o‘z sha’ni va qadr-qimmatini himoya
qilish talabini qondirishi uchun o‘z sha’ni, qadr-qimmati yoki ishchanlik
obro‘siga putur yetkazilgan ma’lumotlarda quyidagi holatlar mavjud bo‘lishi
kerak:
birinchidan, haqiqatan obro‘siga putur yetkazilgan bo‘lsa;
ikkinchidan, ma’lumotlarning yolg‘onligi aniqlansa;
uchinchidan, ma’lumot haqiqatan tarqatilgan bo‘lsa.
Sha’ni va qadr-qimmatiga putur etkazilgan fuqaro ushbu ma’lumotlarni
raddiya qilish bilan bir qatorda, uning tarqatilishi natijasida o‘ziga yetkazilgan
ziyon va ma’naviy zararni qoplash talabini qo‘yishi mumkin. Qonun
fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatini qasddan tahqirlash harakatlarini
ma’muriy huquqbuzarlik yoki jinoyat sifatida baholaydi. Bunday hollarda
aybdor tuhmat yoki haqorat qilganligi uchun ma’muriy yoki jinoiy
javobgarlikka tortilishi lozim.
Tuhmat deganda boshqa bir shaxsni sharmanda qiluvchi uydirmalarni
bila turib, yolg‘ondan tarqatish tushuniladi. Tuhmat tushunchasi
Ma’muriy-javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 40-moddasi va Jinoyat
kodeksining 139-moddasida bayon etilgan.
Shaxsning sha’ni, qadr-qimmatini qasddan behayo tarzda tahqirlash
harakatlari ma’muriy chora qo‘llanilgandan keyin ham takrorlansa, jinoiy jazo
ushbu harakat uchun qo‘llanilishiga asos bo‘ladi, ushbu modda har kimning
shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish huquqini mustahkamlaydi,
shaxsiy hayotni qo‘riqlashni huquqiy mustahkamlaydi. Shaxsiy hayotni
qo‘riqlash huquqi fuqaroning subyektiv shaxsiy nomulkiy huquqi hisoblanadi.
Bunday huquqiy me’yorlar qonunda ko‘zda tutilgan hollardan boshqacha
tarzda jamiyat a’zolarining shaxsiy hayotiga aralashishning oldini olishni
belgilab beradi.
1966-yilda qabul qilingan “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida”gi
Xalqaro paktda: “Hech kimning shaxsiy va oilaviy hayotiga o‘zboshimchalik
201
va noqonuniy tarzda aralashish, uning uy-joyi daxlsizligi yoki
yozishmalardagi sirlariga o‘zboshimchalik yoki noqonuniy tarzda tajovuz
qilish va uning or-nomusi va sha’niga tajovuz qilish mumkin emas. Har bir
inson xuddi shunday aralashuv yoki tajovuzlardan qonun orqali himoya
qilinishi huquqiga ega” , deyiladi.
Shaxsiy hayotni muhofaza qilish, qo‘riqlash huquqi inson huquqlari so-
hasidagi xalqaro talablardan biri hisoblanadi. Shaxsiy hayot doirasini yuridik
o‘lchovlar orqali aniqlash va belgilab berish-mushkul ish. Chunki unda paydo
bo‘ladigan munosabatlar, asosan, axloq me’yorlari yoki umume’tirof qilingan
xulq-atvor qoidalari sifatida namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga, ushbu
munosabatlarning ayrimlarini huquqiy qo‘riqlash va tartibga solish talab
qilinadi. Chunki bu ayrim fuqarolarning, qolaversa, butun bir jamiyatning
manfaatlariga mos keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |