Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


-§. Aybsizlik prezumpsiyasi huquqi



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

4-§. Aybsizlik prezumpsiyasi huquqi 
Aybsizlik prezumpsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Konstitut-
siyasining 26-moddasida mustahkamlangan. Aybsizlik prezumpsiyasi (lo-
tincha praesumptio – taxmin so‘zidan) jinoyat protsessining muhim demo-
kratik prinsiplaridan biri bo‘lib, u shaxs huquqlarining himoyalanishini 
ta’minlaydi, asossiz ayblash va hukm qilishni istisno etadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26-moddasida 
“Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda 
qonuniy tartibda, oshkora ko‘rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u 
aybdor hisoblanmaydi. Sudda ayblanayotgan shaxsga o‘zini himoya qilish 
uchun barcha sharoitlar ta’minlab beriladi” - deb belgilangan. 
Bundan tashqari, aybsizlik prezumpsiyasi JPKning 23-moddasida 
qayd qilingan bo‘lib,unda“gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki 
sudlanuvchi uning jinoyat sodir etishda aybdorligi qonunda nazarda 
tutilgan tartibda isbotlangunga va qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan 
aniqlangunga qadar aybsiz hisoblanadi”- deyilgan. 
Aybsizlik prezumpsiyasining mazmuni quyidagilarda ko‘rinadi: 
a) shaxsning aybi isbot qilinmagunga qadar u aybsiz deb hisoblanadi; 
54
Ўзбекистон
Республикаси
Олий
Мажлиси
палаталарининг
Ахборотномаси
, 2018 
йил
, 1-
сонга
3-
илова


192 
b) gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi aybini isbot qi-
lish faqat vakolatga ega tegishli davlat organlari tomonidan amalga oshiri-
ladi, ya’ni shaxs o‘z aybsizligini isbotlab berishga majbur emas;
c) agar baracha gumonlar isbotlanmasa, bunda bu gumonlar gumon 
qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi foydasiga hal etiladi; 
d) shaxs faqat sudning hukmi, qaroriga binoan aybdor deb topiladi va 
shundan keyingina u qonunda ko‘zda tutilgan javobgarlikka tortilishi 
mumkin. 
Aybsizlik prezumpsiyasi prinsipi inson huquqlari sohasidagi 
nufuzli xalqaro hujjatlarga asoslanadi. Inson huquqlari umumjahon
deklaratsiyasida, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi Xalqaro
paktning 14-moddasida ham jinoiy ishlarda har qanday ayblanuvchi uning 
aybi qonunda ko‘zda tutilgan tartibda isbotlanmaguncha aybsiz, deb 
hisoblanishi belgilangan. Jumladan, Inson huquqlari umumjahon 
deklaratsiyasining 5-moddasidagi “Hech kim azob-uqubatga yoki 
vahshiylarcha, insonlikka isnod keltiradigan yoki qadr-qimmatini 
xo‘rlaydigan muomala va jazoga mustahiq bo‘lmasligi kerak”
55
. Fuqarolik 
va siyosiy huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro pakti 14-moddasining 2-qismida 
“Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxs qonunga muvofiq 
aybdorligi isbotlangunga qadar aybsiz hisoblanadi” deb belgilangan
1

Aybsizlik prezumptsiyasining jinoyat-protsessual mohiyati JPKning 
23–moddasida mustahkamlangan. Unga asosan shaxsning aybi qonunga 
muvofiq isbotlangunga qadar aybsiz hisoblanishi bilan birga gumon
qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘zining aybsizligini isbotlab 
berishi shart emas. Aybdorlikka oid barcha shubhalar, basharti ularni 
bartaraf etish imkoniyatlari tugagan bo‘lsa, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi 
yoki sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi lozim. Qonun 
qo‘llanilayotganda kelib chiqadigan shubhalar ham gumon qilinuvchining, 
ayblanuvchining, sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi kerak. 
JPKning 85-moddasiga muvofiq shaxsning aybdorligini isbot qilish 
ishni qonuniy, asoslangan va adolatli hal qilish uchun ahamiyatga ega 
bo‘lgan holatlar to‘g‘risidagi haqiqatni aniqlash maqsadida dalillarni 
to‘plash, tekshirish va baholashni o‘z ichiga oladi.
Shaxsning aybdorligini isbotlash surishtiruv va tergov organlariga 
yuklatilgan bo‘lib, ushbu vazifa gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va 
55
Ўзбекистон
Республикаси
ва
инсон
ҳуқуқлари
бўйича
халқаро
шартномалар

Масъул
муҳаррир
А
.
Х
.
Саидов
. –
Тошкент
: “
Адолат
”, 2002. –
Б
.49. 


193 
sudlanuvchiga tegishli emas. Xususan, JPKning 23-moddasi, 2-qismida 
gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘zining aybsizligini 
isbotlab berishi shart emas, deb belgilanadi. Bu ularning huquqi, undan 
o‘zi mustaqil ravishda yoki himoyachisi orqali foydalanishi mumkin. 
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining o‘z aybsizligi 
haqida dalil keltira olmasligi uni aybdor deb topish uchun asos bo‘la 
olmaydi.
Agar huquqni muhofaza qiluvchi organlar ayblov uchun yetarli 
dalillarni to‘play olmasalar, u holda shaxs aybsiz deb topilishi lozim. 
Isbotlanmagan aybdorlik – shaxsning aybsizligidir. Yana shuni ta’kidlash 
kerakki, aybsizlik prezumpsiyasi uchun JPKning 23-moddasi 3-qismida 
mustahkamlangan holatlar ham ahamiyatga molikdir, ya’ni aybdorlikka 
oid barcha shubhalar, basharti ularni bartaraf etish imkoniyatlari tugagan 
bo‘lsa, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining foydasiga hal 
qilinishi lozim. Ushbu qoida ham jinoiy, ham jinoiy–protsessual 
qonunlarni qo‘llashda tatbiq etiladi.
Aybsizlik prezumpsiyasi prinsipining mohiyati sudga qadar ish 
yurituvini va sud muhokamasini olib boradigan barcha shaxslar uchun, 
shuningdek, sudlanuvchi bilan aybdordek ish ko‘rish huquqiga ega 
bo‘lmagan boshqa barcha muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va 
fuqarolar uchun majburiy bo‘lgan xolisona huquqiy holat sifatida ana 
shundan iboratdir. 
Ayblanuvchining aybi sudda isbotlanganda u aybdor deb topilishi 
mumkin. Bu majburiyat ish yuritishni olib boradigan ayblov vazifasini 
amalga oshiradigan mansabdor shaxslar: surishtiruvchi, tergovchi va 
prokuror zimmasiga yuklatilgan. 
Aybsizlik prezumptsiyasi mazmunidan shu narsa kelib chiqadiki, 
gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘zining aybsizligini 
isbotlab berishi shart emas (JPKning 23-m. 2-q.). 
Shaxsning jinoyat sodir etganlikda aybdorligi haqidagi xulosa 
taxminlarga asoslanishi mumkin emas va shubhasiz yetarli dalillar bilan 
isbotlanishi lozim. Ayblovni ishonchli tasdiqlaydigan dalillar bo‘lmagan 
va yangi dalillar olish mumkin bo‘lmagan taqdirda ish yuritish tugatiladi 
yoki oqlov hukmi chiqariladi. 
Aybdorlikka oid barcha shubhalar, basharti ularni bartaraf etish 
imkoniyatlari tugagan bo‘lsa, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va 


194 
sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi lozim. Shuningdek, qonunni 
qo‘llashda kelib chiqadigan shubhalar ham gumon qilinuvchining, 
ayblanuvchining, sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi kerak. Ayblovni 
(gumonni) isbotlashga doir barcha shubhalarni bartaraf etish mumkin 
bo‘lmasa, ish ayblanuvchining (gumon qilinuvchining) foydasiga hal 
qilinishi lozim. Bu holat ish tugatilishiga, ayblov hajmi o‘zgarishiga, sodir 
etilgan jinoyat tasnifining o‘zgarishiga olib kelishi mumkin. 
Davlat ayblanuvchini sud hukmi chiqarilib, qonuniy kuchga 
kirguniga qadar aybsiz deb hisoblaydi. Aybsizlik prezumpsiyasidan kelib 
chiqqan holda, qonun chiqaruvchi ayblanuvchining aybdorligi haqida 
asosli, ishonchli xulosa chiqarilishini ta’minlash uchun jinoyat ishi 
bo‘yicha nimalarni amalga oshirish lozimligini belgilab qo‘yadi. Xulosa 
chiqarishdan oldin surishtiruv va dastlabki tergovda, so‘ngra sudda 
dalillarni to‘plash, tekshirish va baholash, ayblanuvchi, himoyachi, 
jabrlanuvchi va protsess boshqa ishtirokchilarining protsessual huquqlarini 
amalga oshirish, ish yuzasidan to‘plangan dalillar yordamida protsessual 
hujjatlarni asoslash, sud majlisida ish holatlarini sinchkovlik bilan tadqiq 
etish va hokazolar amalga oshiriladi. 
Jinoyat sudlov ishlarini yuritishning asosini tashkil etadigan ushbu 
kafolatlarning barchasi sud hukmida ayblanuvchining aybdorligi haqida 
ishonchli xulosa chiqarish uchun zarurdir. Aynan shu sababli qonun 
chiqaruvchi ko‘rsatib o‘tilgan kafolatlarga amal qilingan taqdirda qonuniy 
kuchga kirgan sud hukmi hujjat hisoblanib, unda umumiy qoidaga ko‘ra, 
xususan, isbotlanayotgan asosiy masala bo‘yicha ayblanuvchining 
aybdorligi to‘g‘risidagi masalada haqiqatga olib kelishi mumkinligini 
belgilab qo‘yilgan. Qonun bilan belgilangan protsessual kafolatlar 
majmuiga rioya qilishdan keyin qonuniy kuchga kirgan sud hukmi yuridik 
fakt hisoblanib, u jinoiy jazolash huquqiga ega bo‘ladigan davlat bilan 
jazolanishi lozim bo‘lgan hukm etilgan shaxs o‘rtasida jinoyat-huquqiy 
munosabatlarni tug‘diradi. 
Aybsizlik prezumpsiyasi ayblanuvchi uchun nafaqat asossiz 
ayblanishdan, balki hukm qilinishdan himoyalovchi kafolat bo‘lib, xizmat 
qiladi. Uning aybi so‘zsiz isbotlanishi va bartaraf etilishi mumkin 
bo‘lmagan shubhalarni ayblanuvchining foydasiga hal qilinishi haqidagi 


195 
talab davlat organlarini ish holatlarini xolisona, haqqoniy aniqlashga 
undaydi, busiz ish sudda asosli va adolatli hal etilishi mumkin emas. 
Aybsizlik prezumpsiyasidan ozgina bo‘lsa ham chetga chiqish odil 
sudlovda qonuniylikning buzilishiga hamda fuqarolarning huquq va 
qonuniy manfaatlari kamsitilishiga olib keladi. 
Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi Xalqaro paktning 
7-moddasida insonning qadr-qimmatini kamsitish, qiynash va boshqa 
shafqatsiz usulda inson bilan muomalada bo‘lishga ta’qiq tartibga 
solingan
56


Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish