3-§. Shaxsiy erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida inson huquqlari va
erkinliklarining daxlsizligi kafolatlanadi. Shaxs huquqlari va qonuniy
manfaatlarini cheklashga faqat O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida
belgilangan asoslar va tartibdagina yo‘l qo‘yiladi.
Sud-huquq islohatlarini yanada chuqurlashtirish O‘zbekistonda amalga
oshirilayotgan keng qamrovli demokratik o‘zgarishlarning asosiy
184
yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, hisoblanadi. Ushbu islohatlarning asosiy
maqsadi barcha uchun teng, adolat hukmron bo‘lgan, shaxs, uning huquq
va erkinliklarini himoyasida turadigan sud-huquq tizimini yaratishdan ibo-
rat.
Erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi – bu har bir inson tug‘ilishi
bilan qo‘lga kiritadigan, har kim erkin, o‘z ixtiyori bo‘yicha harakat
qilishi, o‘zganing shaxsiy erkinligi va daxlsizligiga ziyon etmaydigan
tarzda yurish-turishni tanlash imkonini beruvchi huquqdir. Shaxsning
erkinligi jamiyatdagi axloq me’yorlari doirasidan chiqmasligi va qonun
asosida bo‘lishi kerak, ya’ni shaxs har qanday harakatni qonun va qonun
hujjatlarida man etilmagan va huquqiy ko‘rsatmalarga zid kelmagan
taqdirda, amalga oshirish mumkin.
Har bir inson shaxsiy hayot daxlsizligi huquqiga ega bo‘lib, ushbu
huquq Konstitutsiyaning bir qator normalari bilan, shu jumladan, shaxsiy
daxlsizlik, telefon so‘zlashuvlari, xat va xabarlar, yozishmalar daxlsizligi
huquqlarining huquqiy tartibga solinganligi bilan himoyalanadi.
Har bir insonga shaxsiy va ijtimoiy hayot xosdir. Insonning shaxsiy
hayotini biz uning yakka o‘ziga tegishli huquqlari, fikrlari, ishlari, yakka tarti-
bda o‘zi uchun muhim qarorlarni qabul qila olishi sifatida ta’riflashimiz mum-
kin. Ijtimoiy hayot esa – shaxsning jamiyatdagi mavqei va o‘rnini belgilash
bilan bog‘liq bo‘lib, unda shaxs boshqalar bilan muloqatga kirishishi, fikr al-
mashishi, hissiy tuyg‘ularni boshidan o‘tkazishi tushuniladi.
Fuqarolarning shaxsiy va ijtimoiy hayotini ba’zan bir-biriga qarama-
qarshi qo‘yishadi. Amalda esa inson hayotining har ikki sohasi ham uyg‘unlik
bilan o‘zaro aloqaga kirishib muayyan yaxlitlikni tashkil etadi. Insonga yakka
qolish, o‘z yaqinlari bilan muloqotga kirishish imkoniyati yaratilmasdan, un-
ing faol va samarali ijtimoiy faoliyatini tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Shaxsiy hayotni ijtimoiy manfaatlarga bo‘ysundirish, hamda shaxsiy
hayotni individualizm sarqiti sifatida tushunish totalitar tizimning o‘ziga xos
xususiyat sifatida namoyon bo‘lgan va aynan shu negizda davlat va jamiyat-
ning shaxs bilan munosabatlari qurilgan. Hozirgi paytda esa insonlarga turli
tumanlik xos bo‘lib, ularning har biri o‘z dunyoqarashi va huquqiy onggi,
ijtimoiy-siyosiy bilimlarga ega.
Shaxsiy hayotning sir saqlanish huquqi – insonni kuzatishga, ta’qib qi-
lishga, uning shaxsiy hayotiga aralashishga, uning telefon va boshqa
so‘zlashuvlarini eshitib turilishiga yo‘l qo‘yilmasligi haqidagi konstitutsiyaviy
185
qoidalardan kelib chiqadi va uni cheklashga qaratilgan harakatlar faqat qonun-
da belgilangan hollarda va tartibda amalga oshirilishi mumkinligi tushuniladi.
Shaxsiy daxlsizlik huquqining barcha tarkibiy qismlari huquqning turli
sohalarini o‘zida mujassamlashtirgan yagona kompleks huquqiy institutni
tashkil etadi. Shaxsiy hayot daxlsizligi institutining asosiy qismlari 1948-yil
10-dekabrda BMTning Bosh Assambleyasida qabul qilingan «Inson huquqlari
Umumjahon Deklaratsiyasi»da ham o‘zining aksini topgan, uning
12-moddasida «Hech kim uning shaxsiy yoki oilaviy hayotiga aralashishga,
uning turar-joyi, yozishmalari daxlsizligiga, sha’ni va qadr-qimmatiga nis-
batan tajovuzlarga duchor qilinishi mumkin emas. Har kim bunday tajovuz
yoki aralashishlardan qonuniy himoya qilinish huquqiga ega»
43
– deyilgan.
Aynan shunday qoidalar fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro
Paktda (BMT., 1966-y. 8-modda), Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini
himoya qilish to‘g‘risidagi Yevropa Konvensiyasida (Rim, 1950-y.) va
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ham o‘zining aksini topgan
44
.
Fuqarolarning shaxsiy hayoti daxlsizligi printsipini ro‘yobga chiqarilish-
ida bir necha istisno holatlar, ya’ni qonunda belgilangan hollarda va chega-
ralarda davlatning inson hayotiga kirib borishiga yo‘l qo‘yadi. Bunday zaruri-
yat, quyidagi sohalarda: 1) jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklarga qarshi ku-
rash sohasida; 2) epidemiya yoki tabiiy ofat sharoitlarida; 3) harbiy yoki
favqulotda holatlarda yuzaga keladi.
Inson huquqlari ustuvorligi va davlatning jinoyatlarni ochish bo‘yicha
faoliyati manfaatlarining o‘zaro munosabatiga qarashlar ilgaridan yuristlarning
fikrini o‘ziga jalb qilib kelgan muammo hisoblanadi, hamda jinoyatga oid
davlat siyosatida, qonunlardagi o‘zgarishlarda, olimlar va insonlarning
fikr-mulohazalarida o‘zining aksini topadi.
Mamlakatimiz Konstitutsiyasiga muvofiq odil sudlov faqat sud tomoni-
dan amalga oshiriladi va hech bir shaxs sud hukmisiz aybdor deb topilishi
mumkin emas.
Sud vakolatlari ta’sir doirasini kengaytirish lozimligini, sud prokurorga
nisbatan shaxs huquq va erkinliklarini muhofaza qilishning ishonchli kafolati
ekanligidadir. Chunki sud hokimiyatning mustaqil tarmog‘i sifatida idoraviy
manfaatlar bilan cheklanmagan, jinoyatlarni ochilishi darajasi uchun javobgar
43
Қаранг
:
Инсон
ҳуқуқлари
бўйича
халқаро
шартномалар
:
тўплам
. –
Т
., 2004. –
Б
. 33.
44
Қаранг
:
Международные
конвенции
по
защите
прав
человека
и
борьбе
с
преступностью
. –
Т
.,
1995. –
С
. 41.;
Сборник
документов
Совета
Европы
в
области
защиты
прав
человека
и
борьбы
с
пре
-
ступностью
. –
М
., 1998. –
С
. 37.;
Ўзбекистон
Республикасининг
Конституцияси
. –
Т
., 2018. –
Б
. 7-8.
186
emas, hamda faqat qonunga bo‘ysunadi va sud muhokamasining tartib-
qoidalari doirasidagina ish tutadi.
Yuqoridagilarga xulosa qilib, mamlakatimizda shaxs manfaatlari ustun-
ligi tan olingan sharoitlarda, shaxsning Konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari
faqat sud tomonidan cheklanishi mumkinligini huquqiy tartibga solinishi inson
va uning erkinliklari oliy qadriyat degan prinsipning amalda ro‘yobga
chiqarilishiga xizmat qiladi deb o‘ylaymiz.
Shaxsiy erkinlik daxlsizdir. Shaxs daxlsizligini davlat va uning
hokimiyat tuzilmalari tomonidan ta’minlanadigan shaxs erkinligining
kafolati sifatida tushunish lozim.
Hozirgi zamon rivojlangan demokratik davlatlarida hech bir inson
sudning maxsus qarorisiz yoki prokurorning ruxsatisiz hibsga olinishi va
qamoqda saqlanishi mumkin emas. Jinoyat qilganlikda ayblanib, ushlab
turilgan yoki qamoqda saqlanayotgan shaxslar ayrim davlatlarda garov
evaziga, sud hukmiga qadar ozodlikda yurishi mumkin. Bu holat ham
insonning erkinlik va shaxsiy daxlsizligini ta’minlashga qaratilgan
choralardan biri hisoblanadi.
Erkinlik va shaxsiy daxlsizliklar qonun bilan kafolatalanadi va faqat-
gina qonunda belgilangan tartibda vakolatli davlat organlari tomonidan
cheklanishi mumkin. Bunday organlar qonunga asosan shaxsni hibsga ol-
ishi, qamoqda ushlab turishi va ozodlikdan mahrum etishi vakolatiga ega.
Fuqarolik va siyosiy huquqlar bo‘yicha Xalqaro paktning
9-moddasida ushbu huquq kafolati quyidagicha belgilab berilgan: “Jinoiy
ayblov bilan qamalgan yoki ushlangan har bir shaxs zudlik bilan sudya
yoki qonun bo‘yicha sud hukmronligini amalga oshirish huquqi bo‘lgan
boshqa mansabdor shaxs huzuriga keltiriladi va ayblanayotgan shaxs
oqilona muddatda ishi sudda ko‘rilishi yoki ozod qilib yuborilishi huquqi-
ga ega”
45
.
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga muvofiq
shubha qilinayotgan yoki ayblanayotgan shaxsni qamoqqa olish xaqidagi
sanksiya sudlar tomonidan beriladi. Ushlab turish, qamoqda saqlash,
ozodlikdan mahrum qilish, ma’muriy, jinoiy-prosessual, jinoiy huquqlarda
aniq belgilab qo‘yiladi. Qonunchilikda ozodlikni noqonuniy cheklashga
qarshi bir qator choralar qo‘llaniladi.
45
Ўзбекистон
Республикаси
ва
инсон
ҳуқуқлари
бўйича
халқаро
шартномалар
/
Масъул
муҳаррир
А
.
Х
.
Саидов
. –
Тошкент
: “
Адолат
”, 2002. –
Б
.69.
187
Shaxsiy daxlsizlik, shaxs erkinligi huquqi faqat tegishli instantsiya
sudining,ya’ni birinchi, apellyatsiya, kassatsiya va nazorat
instantsiyalaridagi sudning qarori asosidagina cheklanishi mumkin.
Huquqlari muhofaza qilinayotgan subyektlarga O‘zbekiston
Respublikasining fuqarolari, xorijiy fuqarolar va mamlakatimiz hududida
doimiy yoki vaqtincha yashayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni
kiritish lozim.
Shaxsiy erkinlik va daxlsizlik to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy normalar
jinoyat-protsessual qonunchiligida rivojlantiriladi va to‘ldiriladi. Masalan,
Jinoyat–protsessual kodeksining 18-moddasi 2-qismida: “Hech kim sud
qaroriga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi
mumkin emas”
46
, deb belgilangan. Uning 3-qismida esa sud va prokuror
qonunga xilof ravishda ozodlikdan mahrum etilgan yoki qonun yoxud sud
hukmida nazarda tutilganidan ortiq muddat hibsda ushlab turilgan yoki
qamoqda saqlangan har qanday shaxsni darhol ozod qilishi shartligi qat’iy
belgilangan. Ushbu moddaning 4-qismida fuqarolarning shaxsiy hayoti,
ularning turar joylari daxlsizligi, o‘zaro yozishmalari, telegraf aloqalari va
telefon orqali so‘zlashuvlarining sir saqlanishi qonun bilan qo‘riqlanishi
haqidagi norma mustahkamlab qo‘yilgan.
Noqonuniy ushlab turish nima ekanligini aniqlash uchun, eng avvalo,
qanday ushlab turish qonuniy hisoblanadi, ana shuni aniqlab olish kerak.
Jinoyat-protsessual kodeksining 220-moddasiga binoan ushlab turish,
jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxsni uning jinoiy faoliyat
bilan shug‘ullanishiga barham berish, qochib ketishining, dalillarni
yashirishi yoki yo‘q qilib yuborishining oldini olish maqsadida qisqa
muddatga ozodlikdan mahrum qilishdan iboratdir. Ushlab turish jinoyat
ishi qo‘zg‘atilgunga qadar ham, ish qo‘zg‘atilganidan keyin ham amalga
oshirilishi mumkin. Ish qo‘zg‘atilganidan keyin ushlab turishga faqat su-
rishtiruvchining, tergovchining yoki prokurorning qaroriga binoan yo‘l
qo‘yiladi.
Jinoyat-protsessual ushlab turishning asosiy maqsadi va uning
mohiyati – erkinlikni cheklashning vaqtinchaligidir. Qonunga muvofiq
inson erkinligini qisqa vaqtga cheklash, faqat ushlangan shaxsning
jinoyatga haqiqatan ham aloqadorligi yoki aloqador emasligini aniqlash
maqsadida amalga oshiriladi.
46
Ўзбекистон
Республикасиниг
Жиноят
прцессуал
кодекси
. -
Т
., 2018.
188
Ushlab turish asoslarining qat’iy tartibda belgilab qo‘yilishi hozirgi
zamon qonunchiligida ustuvor ahamiyatga ega bo‘lib, u shaxsning huquq,
erkinlik va qonuniy manfaatlarining yana bir kafolatlanishi shakli
hisoblanadi.
Shaxsni qonunga xilof ravishda ushlab turish va hibsga olish qonuniy
yoki qonunga xilof ekanligini aniqlash uchun JK 234-moddasining
1-qismiga ko‘ra shaxs erkinligini qisqa muddatga cheklash uchun asos
bo‘lgan holatlarni har tomonlama tahlil qilish talab qilinadi
47
.
Shunday qilib, ushlab turish asoslarining qonunda aniq belgilanishi
yagona maqsadni, ya’ni shaxsning noqonuniy ravishda ushlanishining
oldini olishni ko‘zlaydi. Shu maqsadda JPKning 220-235-moddalarida
48
hamda O‘zbekiston Respublikasining “Jinoyat ishini yuritish chog‘ida
qamoqda saqlash to‘g‘risida”gi Qonunida
49
ushlab turishning jinoiy-
protsessual tartibi belgilangan.
JPK 226-moddasi 1-qismida ushlab turish ushlangan shaxs ichki
ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga
keltirilgan vaqtdan boshlab qirq sakkiz soatdan ortiq davom etishi mumkin
emasligi belgilangan. JPK 237–moddasi mazmuniga ko‘ra jinoyatni sodir
qilishda gumon qilingan va ushlab turilgan shaxsni hech qanday shartlarsiz
qo‘yib yuborish uchun uning shaxsini tasdiqlovchi hujjat asos bo‘ladi.
Ushlab turilgan shaxsni ozod qilish uchun asoslar qatoriga jinoyat
sodir qilishda gumonning tasdiqlanmaganligi ham kiradi. Jinoyat
kodeksining 234–moddasi 1-qismida shaxsning aybsizligini oldindan bila
turib, noqonuniy ushlash uchun javobgarlik subyektlari sifatida
surishtiruvchi, tergovchi, prokuror belgilangan.
Sudyaning oldindan bila turib, adolatsiz hukm, hal qiluv qarori yoki
ajrim chiqarishi ham uning tegishli javobgarlikka tortilishi uchun sabab
bo‘ladi. Qamoqqa olish jinoiy jazo hisoblanmay, balki odil sudlovni
ta’minlash uchun ko‘maklashuvchi protsessual majburlov chorasi bo‘lib,
u eng oxirgi zaruriyatda qo‘llaniladigan usul hisoblanadi. Qamoqqa olish
ehtiyot chorasi sifatida ayblanuvchi, sudlanuvchi surishtiruvdan, dastlabki
tergovdan va suddan bo‘yin tovlashining hamda uning bundan keyingi
jinoiy faoliyatini oldini olish, uning ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga xalal
47
Ўзбекистон
Республикасиниг
Жиноят
кодекси
. –
Т
., 2018.
48
Ўзбекистон
Республикасиниг
Жиноят
прцессуал
кодекси
. –
Т
., 2018.
49
Ўзбекистон
Республикасининг
“
Жиноят
ишини
юритиш
чоғида
қамоқда
сақлаш
тўғрисида
”
ги
қонуни
//
Ўзбекистон
Республикаси
қонун
ҳужжатлари
тўплами
. 2011. –
№
40. – 409-
модда
.
189
beradigan urinishlariga yo‘l qo‘ymaslik, hukmning ijro etilishini
ta’minlash maqsadida qo‘llaniladi.
Sud-huquq tizimini yanada liberallashtirish, insonning
konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini cheklash bilan bog‘liq protsessual
majburlov choralarini qo‘llashga sanksiya berish huquqi sudlarga
bosqichma-bosqich va izchil o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida,
shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining fuqarolarni sud
orqali himoya qilish huquqini belgilovchi 19, 25 va 44-moddalariga
muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 8-avgustdagi
“Qamoqqa olishga sanksiya berish huquqini sudlarga o‘tkazish
to‘g‘risida”gi Farmoni
50
asosida jinoyat sodir etishda gumon qilinayotgan
yoki ayblanayotgan shaxslarni qamoqqa olishga sanksiya berish huquqi
2008-yil 1-yanvardan e’tiboran sudlar vakolatiga o‘tkazildi.
Qamoqqa olishning yangi tartibi O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 19-moddasida nazarda tutilgan jinoyat protsessining
sudga qadar bo‘lgan bosqichlarida fuqarolarning uzviy huquq va
erkinliklarini cheklashning qonuniyligi va asoslanganligi ustidan sud
kontrolini amalga oshirishning haqiqiy kafolati bo‘lib, jinoyat protsessida
shaxs maqomining yanada mustahkamlanishiga xizmat qildi va dastlabki
tergov organlarining huquqni qo‘llash faoliyatida qonuniylikni qaror
topishiga xizmat qildi.
O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 18-sentabrdagi “Sud-huquq
tizimini yanada isloh qilish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi-
ning ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish
to‘g‘risida”gi Qonuni
51
bilan shaxsning erkinligini cheklashning
tartibi yanada rivojlantirilib, ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish
va shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish protsesual majbulov choralarini
qo‘llash sudning ruxsati asosida amalga oshirilishi belgilangan.
Bundan tashqari ushbu institut O‘zbekiston Respublikasining
2014-yil 4-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun
hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni
52
bilan
JPKda yangi uy qamog‘i ehtiyot chorasining joriy etilishi va u sudning
ruxsati bilan qo‘llanilishi tartibining o‘rnatilganligi bilan o‘zining
rivojlanishini davom ettirdi.
50
Ўзбекистон
Республикаси
Президентининг
“
Қамоққа
олишга
санкция
бериш
ҳуқуқини
судларга
ўтказиш
тўғрисида
”
ги
Фармони
//
Халқ
сўзи
газетаси
, 2005
йил
9
август
.
51
Ўзбекистон
Республикаси
қонун
ҳужжатлари
тўплами
, 2012
й
., 38-
сон
, 433-
модда
52
Ўзбекистон
Республикаси
қонун
ҳужжатлари
тўплами
, 2014
й
., 41-
сон
. 507-
модда
190
O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi “Fuqarolarning
huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlashga
doir qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan
O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va
qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni
53
ga asosan murdani
eksgumatsiya qilish va pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlab qo‘yish tergov
harakatlarini o‘tkazishga ruxsat berish huquqi ham sudlarga o‘tkazilgan.
Yuqorida keltirilgan qonun hujjatlari bilan mamlakatimizda shaxs
huquqlarining faqat sud tomonidan cheklanishining ishchan mexanizmini
shakllantirilgan deb e’tirof etishga asos bor.
Bugungi kunda «habeas corpus act» instututi sudga qadar ish yuritish
bosqichlarida gumon qilinuvchining ushlab turilishi qonuniyligini tek-
shirish, lozim hollarda uning muddatini uzaytirish, ushlangan gumon qi-
linuvchi va ayblanuvchiga nisbatan qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tar-
zidagi ehtiyot chorasini qo‘llash yoki uni qo‘llashni rad etish, bu ehtiyot
chorasining muddatini uzaytirish, shuningdek,ayblanuvchini lavozimidan
chetlashtirish va shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish protsesual
majburlov choralarini qo‘llash, murdani eksgumatsiya qilish va pochta-
telegraf jo‘natmalarini xatlab qo‘yish tergov harakatlarini
o‘tkazishmasalalarini sud majlisida ko‘rib chiqib hal etish vakolatlarini o‘z
ichiga qamrab oladi.
Qayd etish kerakki, yuqorida nomlari zikr etilgan protsessual majburlov
yoki ehtiyot choralarini qo‘llash, tergov harakatlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi
iltimosnoma va unga ilova qilingan materiallar sudga kelib tushgan paytdan
e’tiboran 24 soatdan kechiktirmasdan sudya tomonidan ko‘rib chiqilishi
yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu choralaridan birini qo‘llash to‘g‘risidagi
iltimosnoma va materiallarni jinoyat protsessining asosiy prinsiplariga
mos ravishda sudya tomonidan yakka tartibda va yopiq sud majlislarida
ko‘rib chiqilishi, iltimosnoma ko‘rib chiqilayotganda ayblov tomonidan
prokuror va himoya tomonidan himoyachi, shuningdek, ayblanuvchi ishtirok
etishi, sud majlisi protsessual majburlov yoki ehtiyot chorasini qo‘llash
imkoniyatlari to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish va ayblanuvchiga
nisbatan bunday chorani qo‘llash zaruratini asoslab beradigan prokurorning
axboroti bilan boshlanishi, so‘ngra esa, ayblanuvchi yoxud himoyachi buning
aksini asoslab berishi, bulardan tashqari boshqa shaxslar ham tinglanishi,
shuningdek, sudga taqdim etilgan materiallar tadqiq etilishi tartibi joriy
53
Ўзбекистон
Республикаси
қонун
ҳужжатлари
тўплами
, 2017
й
., 13-
сон
. 194-
модда
191
etilganligi va amalda ishlayotganligi O‘zbekistonning jinoyat protsessida
tomonlar tengligi va tortishuvchanligiga asoslangan sudga qadar
ish yuritishning yangi instituti «habeas corpus act» samarali
qo‘llanilayotganligi va insonning asosiy huquq va erkinliklarini himoya
qilishga xizmat qilayotganligini yaqqol namoyon qiladi.
Inson erkinligi va shaxsiy daxlsizligining buzilishi har bir shaxsning
sudga shikoyat bilan murojaat qilish hamda buzilgan huquqlarini tiklash va
uning talablarini qondirish huquqini keltirib chiqaradi. Ushbu huquqni
amalga oshirish tartiblari O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil
25-yanvardagi qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy
sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi
54
bilan tartibga solinadi.
Madomiki, jamiyatimizda inson manfaatlari ustuvor ekan, fuqarolar
o‘zligini anglash, haq-huquqini tanish uchun murojaat etish huquqlaridan
foydalanishlari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |