Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


O‘zini - o‘zi nazorat qilish savollari



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

O‘zini - o‘zi nazorat qilish savollari 
1.
 

Fuqarolik” tushunchasi nimani anglatadi? 
2.
 
Qanday shaxslar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘la 
oladilar? 
3.
 
Fuqarolikning yuzaga kelishi (kelib chiqishi) qanday usul va 
asoslarda amalga oshiriladi? 
4.
 
“Filiatsiya”, “naturalizatsiya”, “reintegratsiya” atamalari 
ma’nolari nimalarni anglatadi? 
5.
 
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risidagi masalalar qaysi 
hujjatlar bilan tartibga solingan? 
6.
 
O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik masalalari bilan qaysi 


172 
davlat organlari shug‘ullanadi? 
7.
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik 
masalalari Komissiyasi faoliyati to‘g‘risida nimalarni bilasiz?


173 
X BOB. SHAXSIY HUQUQ VA ERKINLIKLAR 
1-§. Shaxsiy huquq va erkinliklarning mohiyati va turlari
.
2-§. Yashash huquqi va uning kafolatlanishi
.
3-§. Shaxsiy erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi
.
4-§. Aybsizlik prezumpsiyasi huquqi
.
5-§. Himoyalanish, inson huquqlarini muhofazalanishi va qadr-
qimmatining hurmat qilinishi huquqi
.
6-§. Erkin ko‘chib yurish huquqi
.
7-§. Fuqaroning so‘z va fikrlash erkinligi huquqi
.
8-§. Fuqarolarning huquq va manfaatlariga daxldor bo‘lgan hujjatlar, 
qarorlar boshqa materiallar bilan tanishib chiqish huquqi
.
9-§. Vijdon erkinligi huquqi
.
1-§. Shaxsiy huquq va erkinliklarning mohiyati va turlari 
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tub islohotlar davlat va jamiyat 
hayotining barcha jabhalarida inson huquq va erkinliklarini ta’minlashning 
samarali mexanizmini yanada takomillashtirilishini taqozo etmoqda. 
Ta’kidlash joizki, mazkur islohotlarning mazmun va mohiyatini bel-
gilashda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi muhim huquqiy 
asos bo‘lib xizmat qiladi. Binobarin, O‘zbekiston Respublikasining Kon-
stitutsiyasi oliy yuridik kuchga ega bo‘lgan, mamlakat xalqining erk-
irodasini o‘zida ifodalagan, demokratik tamoyillarni o‘ziga singdirgan, in-
son huquq va erkinliklarini ta’minlanishini kafolatlagan, qolaversa davlat 
organlari faoliyatining asosiy yo‘nalish va faoliyatini belgilab bergan Aso-
siy qonundir. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mustaqillik mahsuli bo‘lib, 
umuminsoniy va umumbashariy qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan va 
xalq manfaatlari negizida yaratilganligi bois, u demokratik andozalarga 
to‘liq mos keladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13-moddasida 
“O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asos-
lanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, 
qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi”
deya mustahkamlab qo‘yilgan. Darhaqiqat, Konstitutsiyaning butun 
mazmun-mohiyatida ustuvorlik qiladigan o‘zak masala – bu insonning oliy 
qadriyati, bebaho boylik bilib, uning haq – huquqlari, erki, qadr –qimmatini 
ustuvor o‘ringa qo‘yishdir. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi har 


174 
bir insonning erkinligini, mustaqil Vatanimizda hur va farovon hayot
kechirishini, o‘z taqdirining egasi bo‘lishini huquqiy ta’minlash va 
kafolatlashning hayotbaxsh manbayidir. Inson va fuqarolarning O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasida belgilab qo‘yilgan asosiy huquqlari, 
erkinliklari va burchlari xilma-xil va ko‘p qirrali bo‘lib, ular turli 
sohalarda o‘z ifodasini topib kelmoqda. Shuning uchun ham istiqlolning 
dastlabki kunlaridanoq inson huquq va erkinliklarini ta’minlash davlat
organlari va uning mansabdor shaxslarining eng dolzarb vazifalaridan
biri bo‘lib kelmoqda. 
Bugungi kunda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan sud-huquq 
tizimi islohotlarining eng muhim vazifasi ham qonuniylikni 
ta’minlash, insonning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari, avvalo, asossiz 
jinoiy ta’qib va xususiy hayotga aralashishdan himoyalanish, shaxsiy 
daxlsizlik huquqlari samarali muhofaza etilishini ta’minlash hisoblanadi.
Konstitutsiyani barcha bilishi, uning normalariga rioya etishi va 
hurmat qilishi lozim. Shundagina demokratik huquqiy davlat va fuqarolik 
jamiyatini barpo etish uchun mustahkam zamin yaratiladi. O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan inson va fuqarolarning 
asosiy huquqlari tizimida eng muhim va birlamchi huquq va erkinliklar, 
bu so‘zsiz shaxsiy huquq va erkinliklardir. Zero, kishilarning shaxsiy 
huquq va erkinliklari ta’minlanganidan keyingina Konstitutsiya, 
qonunlar va qonun hujjatlarida mustahkamlanadigan, kafolatlanadigan va 
himoya qilinadigan boshqa huquq va erkinliklarni ta’minlash uchun 
haqiqiy shart-sharoit yaratiladi. Shu bois fuqarolarning siyosiy, ijtimoiy-
iqtisodiy sohalardagi huquq va erkinliklariga bevosita shaxsiy huquq, 
erkinliklarning uzviy davomi sifatida qarash lozim. 
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyatini 
“shaxs-jamiyat-davlat” tizimi aks ettiradi. Shu bois, O‘zbekiston Respu-
blikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “Konstitutsiyamizda belgilangan 
qonun ustuvorligi prinsipi jamiyatimizda inson huquq 
va erkinliklarini ta’minlash, barcha islohotlarni samarali amalga 
oshirishning muhim kafolatidir”
39
deb ta’kidlaganligi shaxsiy huquq va 
erkinliklarni amalga oshirishga tegishli.
39


175 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi har bir insonning 
erkinligini, mustaqil Vatanimizda hur va farovon hayot kechirishini,
o‘z taqdirining egasi bo‘lishini huquqiy ta’minlash va kafolatlashning 
hayotbaxsh manbayidir. Inson va fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasida belgilab qo‘yilgan asosiy huquqlari, erkinliklari 
va burchlari xilma-xil va ko‘p qirrali bo‘lib, ular turli sohalarda o‘z
ifodasini topib kelmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida inson va fuqarolarning 
asosiy huquq va erkinliklarining negizi hisoblangan shaxsiy huquq va 
erkinliklar to‘g‘risidagi normalar mustahkamlangan. Ta’kidlash joizki, 
shaxsiy huquq va erkinliklar turkumi inson va fuqarolarning asosiy 
huquqlari, erkinliklarining bosh o‘rnini egallaydi. 
Zero, insonning shaxsiy huquq va erkinliklari ta’minlanganidan
keyingina Konstitutsiya, qonunlar va qonun hujjatlarida 
mustahkamlanadigan, kafolatlanadigan va himoya qilinadigan boshqa 
huquq va erkinliklarni ta’minlash uchun haqiqiy shart-sharoit yaratiladi. 
Shu bois fuqarolarning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi huquq va 
erkinliklariga bevosita shaxsiy huquq, erkinliklarning uzviy davomi
sifatida qarash lozim. 
Insonning asosiy huquq va erkinliklarining himoya qilinishini 
ta’minlash fuqarolik jamiyati qurish yo‘lini tanlagan har qanday davlatning 
ajralmas belgisidir. Uning amalga oshirilishi, shaxsning, davlat va uning 
organlari bilan huquq-tartibot hamda jinoyatchilikka qarshi kurash 
sohasidagi munosabatlarini, insonning hayotiy faoliyati uchun juda muhim 
bo‘lgan sohalariga aralashuvlardan xoli bo‘lishining ta’minlashini 
kafolatlashga qaratilgan. Bundan tashqari, davlat va xususan, uning 
huquqni muhofaza qilish organlari zimmasiga ularning o‘zidagi mavjud 
vosita va usullar orqali inson va fuqaroning huquq va erkinliklarini 
kafolatlash vazifasini yuklaydi. 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi har bir insonning 
erkinligini, mustaqil Vatanimizda hur va farovon hayot kechirishini, o‘z 
taqdirining egasi bo‘lishini huquqiy ta’minlash va kafolatlashning 
hayotbaxsh manbayidir. Inson va fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasida belgilab qo‘yilgan asosiy huquqlari, erkinliklari va 
burchlari xilma-xil va ko‘p qirrali bo‘lib, ular turli sohalarda o‘z ifodasini 
topib kelmoqda. 
Ta’kidlash joizki, davlatning eng muhim vazifalaridan biri inson 
haqida g‘amxo‘rlik qilishdir. Binobarin O‘zbekiston Respublikasi Konsti-
tutsiyasida inson omili, uning shaxsiy huquq va erkinliklari mustahkam-


176 
langan. Konstitutsiya normalarida har qanday holatdan qat’iy nazar, 
shaxsning qonuniy huquq va manfaatlari kafolatlangan va himoya qilin-
gan.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida inson va fuqarolarning 
asosiy huquq va erkinliklarining negizi hisoblangan shaxsiy huquq va 
erkinliklar to‘g‘risidagi normalar mustahkamlangan. Ta’kidlash joizki, 
shaxsiy huquq va erkinliklar turkumi inson va fuqarolarning asosiy 
huquqlari, erkinliklarining bosh o‘rnini egallaydi. 
Zero, insonning shaxsiy huquq va erkinliklari ta’minlanganidan
keyingina Konstitutsiya, qonunlar va qonun hujjatlarida 
mustahkamlanadigan, kafolatlanadigan va himoya qilinadigan 
boshqa huquq va erkinliklarni ta’minlash uchun haqiqiy shart-sharoit 
yaratiladi. Shu bois fuqarolarning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy 
sohalardagi huquq va erkinliklariga bevosita shaxsiy huquq, 
erkinliklarning uzviy davomi sifatida qarash lozim. 
Shaxsiy huquq va erkinliklarning aksariyati insoniyat paydo 
bo‘lgandan beri amalda bo‘lib kelayotgan tabiiy huquqlardir. Shaxsiy 
huquq va erkinliklar deganda shaxslarning faqat o‘zigagina tegishli 
bo‘lgan va hayoti davomida ajralmas bo‘lib hisoblangan huquq va 
erkinliklar tushuniladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qator moddalarida 
fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklari huquqiy jihatdan tartibga 
solingan. Konstitutsiyada shaxsiy huquq va erkinliklar alohida tizimni 
tashkil etadi va quyidagilar kiradi:
1. Yashash 
huquqi 
(24-modda); 
2. 
Erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi (25-modda); 
3. Aybsizlik 
prezumpsiyasi 
(26-modda); 
4. 
Shaxsiy hayot daxlsizligi huquqi (27-modda); 
5. 
Turar joy daxlsizligi huquqi (27-modda);
6. Shaxslarni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chish huquqi 
(28-modda); 
7. 
Fikr, so‘z va e’tiqod erkinligi (29-modda); 
8. Fuqarolarni huquq va manfaatlariga daxldor bo‘lgan hujjatlar, 
qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish huquqi (30-modda);
9. 
Vijdon erkinligi (31-modda). 
Ta’kidlash joizki, mazkur masalalar qator xalqaro hujjatlarda mus-
tahkamlangan. Xususan, 1948-yilda qabul qilingan Inson huquqlari 
umumjahon deklaratsiyasida va Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi 
xalqaro Paktda qayd etilgan inson va fuqarolarning shaxsiy huquq va 


177 
erkinliklariga oid xalqaro andozalar O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasida o‘zining to‘la aksini topgan.

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish