Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


-§. Vijdon erkinligi huquqi



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

9-§. Vijdon erkinligi huquqi 
Vijdon erkinligi – bu har bir inson o‘zi hohlagan diniga e’tiqod qi-
lishi yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmasligi va dinga nisbatan betaraf 
bo‘lishi, shuningdek,, dinga qarshi bo‘lishligi bilan ifodalanadi.
O‘zbekistonda diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l 
qo‘yilmaydi. O‘z navbatida har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yo-
ki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Ko‘rinib turibdiki, 
Konstitutsiyamizda fuqarolar uchun bu borada ham juda keng erkinliklar 
yaratilgan.
Vijdon erkinligini tartibga soluvchi normalar muhim ahamiyatga ega. 
Vijdon erkinligi insonning dinga bo‘lgan munosabatini ko‘rsatadi. Vijdon 
erkinligining mazmuni insonning dinga e’tiqodi bor yoki yo‘qligi, betaraf 
bo‘lishi yoki ateist tushunchasiga ega bo‘lishi huquqidan iborat. Shu bilan 
bir qatorda insonlarning dinga bo‘lgan munosabatidan qat’i nazar, huquq 
va erkinliklarda tengligi vijdon erkinligining asosiy yuridik kafolatlaridan 
biri hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasi 
bunday huquqni har bir fuqaro uchun kafolatlaydi. O‘zbekistonda hamma 
uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan diniga e’tiqod 
qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarash-
larni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
normasi inson huquqlari bo‘yicha xalqaro-huquqiy andozalarga to‘liq 
javob beradi. 


208 
Xususan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 
18–moddasi hamda Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi Xalqaro 
pakt quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
a) o‘z xohishiga ko‘ra maslakka yoki dinga ega bo‘lish; 
b) o‘z maslagi va dinini o‘zgartirish; 
c) dinga va maslakka bir o‘zi, birgalikda e’tiqod qilish, ommaviy yo-
ki shaxsiy tartibda dinni o‘rganish va sig‘inish; 
d) diniy rasm-rusum va toat-ibodat marosimlarini o‘tkazish. 
Shu kabi holatlar boshqa xalqaro huquqiy aktlarda ham fikr, vijdon 
va din erkinligi mazmunida aks etadi. BMTning din to‘g‘risidagi va har xil 
ta’limotlarga asoslangan barcha turdagi kamsitishlarni tugatish 
to‘g‘risidagi Deklaratsiyasida vijdon erkinligining muhim tomonlari 
ko‘rsatilgan (6-modda). 
Demak, har qanday dinga e’tiqod qilish yoki hech qanday dinga 
e’tiqod qilmaslik e’tiqod erkinligi mazmunini tashkil qiladi. O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasi mazmunining amalga 
oshirilishi O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy
tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunida aks etadi. Ushbu hujjat tegishli soha 
bo‘yicha O‘zbekiston tarixidagi birinchi qonun akti bo‘lib, u vijdon 
erkinligi borasida vujudga keladigan munosabatlarning yangicha 
tartibini belgilab berdi.
Mazkur qonun vijdon erkinligi bilan bog‘liq bo‘lgan Inson huquqlari 
to‘g‘risidagi Xalqaro pakt va shartnomalar qoidalariga amal qilgan holda, 
xalqaro aktlarning asosiy me’yor va talablarini inobatga olib, vijdon 
erkinligini konstitutsiyaviy shaklda amalga oshirilishining tartib va 
tamoyillarini belgilaydi.
Ushbu qonunning 3-moddasida fuqarolarning vijdon erkinligi 
huquqi mustahkamlangan bo‘lib, unga ko‘ra vijdon erkinligi fuqarolarning 
har qanday dinga e’tiqod qilish yoki hech qanday dinga e’tiqod
qilmaslikdan iborat kafolatlangan konstitutsiyaviy huquqidir. 
Voyaga etmagan bolalarni diniy tashkilotlarga jalb etish, shuningdek, 
ularning ixtiyoriga, ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar
ixtiyoriga zid tarzda dinga o‘qitishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Dinga e’tiqod qilish yoki o‘zga e’tiqodlar erkinligi milliy 
xavfsizlikni va jamoat tartibini, boshqa fuqarolarning hayoti, salomatligi,
axloqi, huquqi va erkinliklarini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan 
darajadagina cheklanishi mumkin. 
Diniy qarashlarning majburan singdirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Vijdon va e’tiqod erkinligi huquqining amalga oshirilishiga qarshilik 


209 
ko‘rsatish (masalan, diniy marosimlarni o‘tkazishga noqonuniy 
qarshilklar ko‘rsatish) jinoiy-huquqiy tartibda jazolanadi. 
Vijdon erkinligining cheklanishiga yo‘l qo‘ymaslik, uning 
ta’minlanishiga muhim kafolat hisoblanadi. Fuqarolik va siyosiy huquqlar 
to‘g‘risidagi Xalqaro paktda ushbu huquqlarni cheklashning ikkita asosi 
belgilangan bo‘lib, uning birinchisi, qonun asosida, ikkinchisi esa jamiyat 
himoyasi, huquq-tartibot, sog‘liqni saqlash, boshqa shaxslarning asosiy 
huquq va erkinligini ta’minlash maqsadidagina amalga oshirilishi 
belgilangan. Boshqa holatlarda va shakllarda bu boradagi huquqlarning 
cheklanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, fuqarolarning diniy e’tiqodga bo‘lgan 
erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan konstitutsiyaviy normalar ijtimoiy 
voqelikda o‘zining ifodasini topib kelmoqda. 
Mustaqillik yillarida o‘zining ilmiy jasorati, buyuk kashfiyotlari
bilan islom dunyosida ulkan shuhrat qozongan Imom Buxoriy, Imom 
Termiziy, Imom Moturudiy, Maxmud Zamaxshariy, Abduxoliq 
G‘ijduvoniy, Burxoniddin Marg‘inoniy, Baxovuddin Naqshbandiy, 
Xoja Axror Valiy kabi siymolarning nomlari qayta tiklandi hamda Shohi 
Zinda, Registon, Bibixonim mashhur majmualar qayta ta’mirlanib har 
tomonlama obod etildi. Bundan tashqari, Toshkent, Samarqand, Buxoro, 
Xiva, Shahrisabz, Qarshi kabi qadimiy shaharlarimizda joylashgan 
me’moriy obidalarimiz qayta tiklandi. Shu bilan birga, asrlar davomida 
muqaddas diniy qadriyatlarimiz sifatida nishonlanib kelinadigan Ramazon 
va Qurbon Hayitining birinchi kunlari bayram deb e’lon qilindi. 
Fuqarolarimiz xaj ziyoratlariga emin-erkin borishlari uchun davlatimiz 
tomonidan har tomonlama shart-sharoitlar yaratilgan. Bugungi kunda har 
yili o‘n mingga yaqin fuqarolarimiz muqaddas xaj ziyoratiga safar 
qilmoqdalar.
 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish