Zaharli hasharotlar chaqqanda birinchi yordam ko'rsatish
Reja:
1. Dori moddalaridan zaharlanish va BTYO
2. Og‘ir metall tuzlari bilan zaharlanish va BTYO.
3. Alkogoldan zaharlanganda BTYO.
4. Qishloq xujaligida ishlatiladigan kimyoviy moddalardan zaharlanganda BTYO.
5. Ilon chaqqanda birinchi yordam.
Zaharlanish deb zaharli xususiyatga ega moddalarni tanaga tushishi natijasida rivojlanadigan patologik jarayonga aytiladi. Bunday xususiyatga sanoat va maishiy maqsadlarda ishlatiladigan turli xil kimyoviy moddalar, o‘simlik va hayvon zaharlari, dori moddalari ega bo‘lishi mumkin.
Ushbu moddalarni tanaga kirish tezligiga, zaharlilik darajasi, miqdoriga qarab o‘tkir, o‘tkir osti va surunkali zaharlanishlar rivojlanishi mumkin. Bundan tashqari sababiga ko‘ra suidqasd tufayli va tasodifan; kasbiy, maishiy va dorilardan zaharlanishlar ajratiladi. Zaharli moddalar tanaga tushgach mahalliy, rezorbtiv yoki reflektor ta’sir ko‘rsatishi mumkin, lekin bu bulinish nisbiy hisoblanadi.
Zaharlanishlarda birinchi yordam zaharning tanaga ta’sirini to‘xtatish va chiqarib yuborishga qaratiladi. Buning uchun quyidagilar amalga oshiriladi:
1. zaharni tanaga tushishini to‘xtatish,
2. zaharni hali qonga so‘rilib ulgurmagan qismini chiqarib yuborish,
3. zaharli moddani so‘rilishini kamaytirish va zararsizlantirish,
4. qonga o‘tgan zaharli moddani ziddizahar yordamida zararsizlantirish,
5. organizmning hayotiy faoliyatini tiklash.
Dori moddalaridan zaharlanish.
Narkotik moddalardan zaharlanish.
Narkotik vositalarni yuqori dozalarda qabul qilish o‘tkir zaharlanish va o‘limgacha olib kelishi mumkin. Morfinning 0, 1g dan ortig‘i zaharli hisoblanadi. Morfindan o‘tkir zaharlanishda ko‘z qorachiqlari torayib, yorug‘likka sezgi pasayib ketadi, teri qizaradi, mushaklar tonusi oshib ketadi. Hind kanoplyasidan (gashish, marixuana) zaharlanish psixomotor qo‘zg‘alish, ko‘z qorachiqlarining kengayishi, quloqlarda shovqin, gallyusinatsiyalar bilan kechadi. Keyinchalik umumiy holsizlik, bequvvatlik, chuqur uyqu, tana haroratining tushib ketishi kuzatiladi. Og‘ir hollarda nafas buzilib, asfiksiya rivojlanadi.
BTYO.
1. Me’dani zondsiz usulda yuvish (ko‘p miqdorda suyuqlik ichirib, qusish refleksini chaqirish bilan),
2. Tuz surgilarini qo‘llash (1 choy qoshiq achchiq tuzga ½ sakan sovuq suv),
3. Ko‘p suyuqlik ichirish (choy, kampot),
4. Bemorni shifoxonaga yotqizish.
Narkotiklarga qarshi ziddi-zahar sifatida nalorfin ishlatiladi, u venaga (0, 5 % eritmasi 1-2 ml) yuboriladi. Nalorfin yo‘qligida teri ostiga atropin (0, 1 % eritmasi 1 ml) yuborish mumkin. Reanimatsiya sharoitida forsirlangan diurez va peritoneal dializ usullaridan foydalaniladi, nafas susayganda o‘pkaning sun’iy ventilyasiyasi o‘tkaziladi. Bundan tashqari Yurak-tomir vositalari, analeptiklar (kofein, kardiamin), vitaminlar, glyukoza eritmasi yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |