Alkogoldan zaharlanish.
Alkogol mats qiluvchi dozadan ham yuqori miqdorda qabul qilinsa zaharlanish kelib chiqadi. Belgilari: yuz terisini qizarishi, tana haroratini pasayishi, qusish, sovuq ter ajralishi, qorachiqlarni torayishi, nafasni susayishi, pulsni zaiflashishi va b. Tirishishlar, qusuq massalarini aspiratsiyasi, laringospazm rivojlanishi, nafas va Yurak faoliyati to‘xtashi mumkin.
96 % spirtni 300 ml miqdori o‘limga olib keladi.
BTYO. Me’dani zond bilan yuvish lozim. Venaga glyukozaning gipertonik eritmasini insulin bilan qo‘shib (500 ml 20 % glyukozaga 20 TB insulin), 500-1000 ml 4 % natriy gidrokarbonat eritmasidan yuborish mumkin. Komada forsirlangan diurez usulidan foydalaniladi. SHuningdek, Yurak-tomir vositalari, tonusni oshiruvchilar (kardiamin, kamfora) tavsiya etiladi.
Qishloq xo‘jaligida ishlatiluvchi kimyoviy moddalardan zaharlanish.
Fosfororganik birikmalardan zaharlanish.
Fosfororganik birikmalar (dixlofos, karbofos, xlorofos, tiofos va b.) qishloq xo‘jaligida zararli hashorotlar, begona o‘tlarga qarshi kurashda, shuningdek, defoliantlar sifatida keng ishlatiladi. Zahar tanaga teri, nafas yo‘llari, og‘iz orqali tushishi mumkin. Fosfororganik birikmalar xolineseraza fermentini qaytmas ravishda ingibirlab, atsetilxolin miqdorini oshib ketishiga olib keladi.
Fosfororganik birikmalardan zaharlanishning 3 ta darajasi ajratiladi.
I darajada psixomotor qo‘zg‘alish, nafas siqishi, o‘pkada nam xirillashlar, terlash, arterial bosim oshishi, ko‘krak sohasida noxo‘sh sezgi kuzatiladi.
II darajada miofibrillyasiya, tonik-klonik tirishishlar, ko‘krak qafas mushaklari rigidligi, nafas olishni buzilishi kuzatiladi.
III darajada oyoq-qo‘llarning mushaklari falajlanadi, nafas mushaklari zaiflashadi, nafas markazi susayadi, hattoki nafas to‘xtab qolishi mumkin. Arterial bosim tushib ketadi, Yurak ritmi va o‘tkazuvchanligi buziladi. O‘lim nafas va Yurak faoliyati etishmovchiligi tufayli ro‘y berishi mumkin.
Keyinchalik esa pnevmoniya, psixozlar va polinevritlar rivojlanishi mumkin.
BTYO.
Jabrlanuvchini zaharlanish maydonidan olib chiqiladi, kiyimlari echiladi, teri iliq suv bilan yuviladi. Agar zahar og‘iz orqali kirgan bo‘lsa, me’da zond orqali yuviladi, tuzli surgilar beriladi va davolash muassasasiga yuboriladi. Fosfororganik birikmalar bilan zaharlanganda xolineseraza fermentini qayta tiklash xususiyatiga ega bo‘lgan moddalar-dipiroksim, alloksim, izonitrozin kabilar ziddizahar sifatida ishlatilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |