MAVZU: KIRISH. EKOTURIZM FANINING OB’EKTI,
PREDMETI VA VAZIFALARI
Umume’tirof etilishicha ekologiyaning maqsadi– organizmlar yashaydigan muhitni ularning bexatar yashashi va evolyusion tarzda rivojlanishini saqlab qolish, ya’ni ekologik xavfsizlikni ta’minlash.
Ushbu maqsad ekologiyaning barcha tarmoqlari orqali turli xil vositalar, usullar va yo‘llar vositasida ta’minlanadi. SHuning uchun ko‘pgina xalqaro, regional, milliy va mahalliy miqyosda o‘tkazilayotgan anjuman, tadbir, reja va dasturlarda ekologik vazifalardan biri etib ekoturizmni rivojlantirish olinadi.
Ekoturizmning maqsadi– hozirgi va kelajak avlodlarning ekologik xavfsizligi va barqaror rivojlanishni ta’minlash uchun tabiatdan turistik yo‘nalishlarda oqilona foydalanish, uni qayta tiklash va muhofaza qilish..
- degan edi O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimov, - XXI asr bo‘sag‘asida ekologik xavfsizlik, inson bilan tabiat munosabatlarini to‘g‘ri yo‘lga solish muammolari har qachongidan ham dolzarb masala bo‘lib turibdi. Zero, bu muammoning echilishi barcha xalqlarning manfaatlariga daxldordir, jahon sivilizatsiyasining buguni va kelajagi ko‘p jihatdan shunga bog‘liqdir»
Ekoturizmning maqsadini amalga oshirish uchun ekologik jihatdan rivojlangan davlatlar, xalqaro tashkilotlar va milliy qonunchilik manbalari quyidagi vazifalarni bajarishni talab etadi:
- ekoturistik fan, ta’lim va amaliyotning nazariy asoslarini ishlab chiqish;
- aholining ekologik ongi va madaniyatini ekoturizm orqali o‘stirish;
- ekoturizm yo‘nalishidagi ta’lim va tarbiyani yo‘lga qo‘yish;
- ekoturizm bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash;
- ekoturizm industriyasini shakllantirish uchun maxsus qonunlarni
ishlab chiqish va ularning huquqiy mexanizmini yaratish;
- ekoturizm ob’ektlarning kadastrini o‘tkazish va ularni xar tomonlama baholash;
- ekoturizm monitoringini yuritish va istiqbolini belgilashni yo‘lga qo‘yish;
- milliy davlat hududini ekoturizm bo‘yicha rayonlashtirib chiqish;
- ekoturizm bilan shug‘ullanuvchi, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan maxsus turdagi sub’ektlar faloiyatini yo‘lga qo‘yish va ularni huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini belgilash;
- davlatlarning va xalqaro hamjamiyatning ekoturizmga oid taktik reja va strategik dasturlarini ishlab chiqish va ularga yuridik maqom
berish;
- ekoturizmga oid ijobiy harakatlarni rag‘batlantiruvchi omillarni yaratish;
- huquqbuzarlarga nisbatan iqtisodiy javobgarlik sanksiyalarini kuchaytirish va h.k.
YUqorida keltirilgan vazifalarni bajarish insonlarning ekologik huquqlarini ta’minlab berishning eng muqobil yo‘llaridan biri hisoblanadi. SHuni tan olish kerakki, hozirda O‘zbekistonda suv va erning taqchilligi, ularni asrab avaylash haqidagi matbuotda,ilmiy amaliy tadbirlarda, sohaga doir adabiyotlarda aytilayotgan fikrlar va televidenie orqali namoyish etilayotgan ko‘rsatuvlar xar doim ham kutilgan natijalarga olib kelmayapti. SHuning uchun bo‘lsa kerak dono xalqimiz«YUz eshitgandan ko‘ra bir bora ko‘rgan avzal» deydi.
Ekoturizm orqali insonlar o‘zi va o‘zgalar yashab kelayotgan atrof tabiatni ko‘rib solishtiradi, xulosalaydi va tegishli mustaqil qarorlar qabul qiladilar. Ularni atrofdagilar bilan muhokama qiladilar, lo‘nda qilib aytganda«birini ko‘rib shukur qiladilar, birini ko‘rib fikr qiladilar». Ekologik turizm ham aynan fikrlaydigan va shukronalar bildiradigan ekologik ongli va madaniyatli kishilarni tarbiyalashga, turizmdan kelgan foydani esa buzilayotgan yoki buzilgan tabiiy ob’ektlarni qayta tiklash uchun sarflashga yo‘naltiruvchi juda ulkan imkoniyatlarga ega. Faqatgina ushbu harakatlar ilmiy asoslangan va amalda tekshirilib ko‘rilgan tavsiyalarga tayangan holda amalga oshirilishi, ya’ni yangi fan sohasi sifatida aks ettirilishi maqsadga muvofiqdir.
Ekoturizm yangi fan sohasi bo‘lgani uchun ham hanuzgacha uning ob’ektiga nisbatan aniq bir nazariy asos yaratilmagan. Nazariya esa uning ob’ektini aniqlashtirib olishdan boshlanadi. Ekoturizm ham bundan mustasno emas. Fanda ob’ekt(lotinchaobject – narsa) deb sub’ekt(tadqiqotchi, izlanuvchi, o‘rganuvchi)ning bilish va amaliy faoliyatiga qarama-qarshi turadigan ob’ektiv reallik– narsa, ya’ni bizning ongimizga bog‘liq bo‘lmagan holda namoyon bo‘luvchi tashqi dunyo, moddiy borliq, demakdir Ekoturizm ob’ektiga nisbatan turlicha dunyoqarashlar mavjud va uni biz o‘z tadqiqotlarimizda tahlil va sintez qilib ko‘ramiz.
M.I.Egorenkovning (2003) fikricha landshaft mintaqasi ekotizimlari– sovuq arktik sahrolar va tundra, mo‘‘tadil iqlim mintaqalari, dasht va preriyalar, cho‘l va sahrolar, savanna va siyrak o‘rmonlar, nam tropik o‘rmonlar, okean va dengizlar hamda alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ekoturizm ob’ekti bo‘la oladi. Ekoturizm ob’ektiga nisbatan bildirilgan ushbu ta’rif juda umumlashtirilgan.
CHunki, birinchidan, tabiiy geografik mintaqalar ekotizimlar emas, balki tabiiy geografik tasniflanishdagi taksonomik birliklar yo geomajmualar yoki geotizimlardir. Ikkinchidan, ekotizim ekologiyaning, geomajmua yoki geotizim esa geoekologiyaning ob’ekti bo‘lib hisoblanadi. Uchinchidan, mintaqadan pastki taksonomik birliklar ham ekoturistik ob’ekt bo‘la oladi(A.Nigmatov, N.SHomurotova,2005, 2006).
Butunjahon turistik tashkiloti ekoturizm ob’ekti muayyan davlatlarda insonlarni turizm nuqtai nazaridan qiziqtira oladigan tabiat sifatida izohlaydi. Lekin unda insonlarni aniq bir bilish yoki amaliy faoliyatida qo‘llash mumkin bo‘lgan ob’ektiv reallik narsaning o‘zi aniq qilib ko‘rsatilmagan.
Turli turistik tashkilotlarning turizm bo‘yicha saytlarida (Rambler, Yahoo, Mail...provayderlarida berilgan) ekoturizmning ob’ekti sifatida ekzotik o‘simlik dunyosi majmualari, yoki biotsenozlar(tropik o‘rmonlar, gullagan yozgi tundra, bahorgi cho‘l), noyob landshaftlar, yovvoyi muqim yoki ko‘chib yuradigan qushlar olingan. Ularda ekoturistik ob’ektga nisbatan aniq bir tushuncha yoki tasnifiy belgi ko‘rsatilmagan. Antropogen o‘zgargan yoki inqirozli holatdagi hududlar(Orol va Orolbo‘yi kabi joylar) ekoturizm ob’ektiga kirmay qolgan. Xuddi shunday yondoshuv Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi va Butunjahon yovvoyi tabiat jamg‘armasi(WWF) tomonidan ham bildirilgan. Ular nisbatan antropogen ta’sir doirasida turmagan tabiatni ekoturistik ob’ekt deb hisoblashadi.
S.R.Erdavletov(2000) "Turizm geografiyasi"ning ob’ekti– turizm ekanligini e’tirof etadi. Turizm bu ob’ektiv borliq yoki narsa emas, balki inson faoliyati, ya’ni ijtimoiy munosabatning bir turidir. V.V.Xrabovchenko(2003) va YU.A.SHtyurmer(1974) ekoturizm ob’ektiga nisbatan ikki xil yondashishgan, birinchisi, inson faoliyatidan saqlangan va ikkinchisi, u tomonidan madaniylashtirilgan yoki madaniylashtirilmagan atrof muhit, deb olgan. Madaniy atrof- muhit insonlarning xo‘jalik faoliyati uchun tabiatan noqulay hududlarning (tabiat ob’ektlarining) ular tomonidan yaxshilanishi va o‘ziga moslashtirishi. Bunga CHotqol tog‘-o‘rmon meliorativ tajriba stansiyasi (Toshkent viloyati), Omonqo‘ton tog‘-o‘rmon buyurtma qo‘riqxonasi(Samarqand
viloyati), o‘zlashtirilgan SHerobod, Mirzacho‘l yoki Qarshi cho‘llari misol bo‘la oladi.
Xalqaro ekoturizm tashkiloti(TIES) ekoturistik ob’ektga atrof muhitni saqlovchi tabiat zonalari va oblastlarini kiritadi. Kanadaning Atrof- muhit bo‘yicha maslahat kengashi esa ekoturistik ob’ekt– mahalliy atrof- tabiat, deya e’tirof qilishadi. Italiyada ekoturizm ob’ekti agroturizmning bir bo‘lagi sifatida qaraladi va shuning uchun ham agroturizm ekoturizm bilan bargalikda olib boriladi(V.V.Xrabovchenko).
Ekosan xalqaro tashkilotining"EKOSAN-TUR" bo‘linmasining 2004-2006 yillarda chop etgan barcha bukletlarida tabiiy turizm, tarixiy turizm, diniy turizm bilan ekoturizm ob’ektlari aralashtirib yuborilgan.
YUqoridagi tahlillardan ko‘rinib turibdiki ekoturizm ob’ektiga nisbatan aniq bir fikr yo‘q. Bu tabiiy hol, chunki ekoturizm tez suratlarida rivojlanib kelayotgan, lekin hanuzgacha shakllanmagan turizm turidir.
Biz falsafada fan ob’ektiga nisbatan berilgan ta’rifni hamda turizmga qo‘yiladigan talablarni ma’qullab, ulardan ekoturizm ob’ektini aniqlashtirishda foydalangan tarzda quyidagi xulosalarga keldik. Ekoturizm ob’ekti sifatida sayyohlarning o‘zlari yashamaydigan, turizm uyushtirilishi mumkin bo‘lgan va ularning ongiga bog‘liq bo‘lmagan ob’ektiv borliq:
tabiat komponent(unsur)lari;
tabiiy tizim(sistema)lar;
tabiat majmua(kompleks)larini olish mumkin.
Ushbu tabiat ob’ektlari ikki ko‘rinishda namoyon bo‘ladi:
1. Kishilar faoliyati tomonidan nisbatan tegilmagan yoki antropogen o‘zgarmagan, ya’ni tabiiy xossa va xususiyatlarini yo‘qotib qo‘ymagan:
Do'stlaringiz bilan baham: |