Guliston davlat universiteti sattarov s. M



Download 0,6 Mb.
bet5/24
Sana07.07.2022
Hajmi0,6 Mb.
#752573
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
portal.guldu.uz-EKOTURIZM

EKOTURIZM OB’EKTI
Tabiat yodgorliklari
√ sharsharalar
√ g‘orlar
√ noyob turdagi o‘simlik dunyosi
√ noyob turdagi hayvonot dunyosi
√ o‘ziga xos shakldagi toshlar...
SHaklan o‘zgartirilgan tabiat yodgorliklari
√ sun’iy yaratilgan sharsharalar
√ qo‘lga o‘rgatilgan yovvoyi hayvonlar...
Tabiat majmualari
√ biosfera qo‘riqxonalari
√ qo‘riqxonalar
√ buyurtma qo‘riqxonalar
√ milliy tabiiy bog‘lar
√ suv akvatoriyalari....
Tashkillashtirilgan tabiat majmualari
√ dendrologik bog‘lar
√ hayvonot bog‘lari
√ botanika bog‘lari
√ akvariumlar...
Tabiiy tizimlar
√ o‘rmonlar
√ baland, o‘rta, past tog‘lar
√ turli landshaftlar
√ dengizlar, ko‘llar...
Tizimlashtirilgan tabiat
√ o‘zgartirilgan suv inshootlari va akvatoriyalari
√ madaniylashtirilgan landshaftlar...
Antropogen o‘zgargan antropogen o‘zgarmagan tizimlari va komplekslarini qayta tiklash, tabiat unsurlaridan oqilonava samarali foydalanishga yo‘naltirishni o‘rganish va tegishli xulosalar chiqarish demakdir.
Xalqaro ekoturizm tashkiloti(TIES) Atrof muhitni muhofaza qilish va mahalliy aholining farovonligini saqlash ekoturizm predmeti bo‘la oladi deydi. Kanada atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha Maslahat kengashi tabiatni o‘rganish va mahalliy aholining hohish-irodasini inobatga oluvchi ekoturizmni saqlashga qaratilgan tadqiqot deydi. Ushbu fikrni V.V.Xrabavchenko (2003) ham ma’qullaydi. M.I.Egorenko (2003) ekoturizm predmetiga ekoturistik ob’ektlarga ekologik ta’lim, targ‘ibot, tarbiya masalasiga qaratilgan amaliy va ilmiy faoliyat deb qaraydi. U ekoturizmni ko‘proq o‘quv predmeti sifatida tadqiq qilgan.
S.R.Erdavletov (2000) turizmni geograf tomonidan tadqiq qilinadigan bo‘lsa, ularning bilish predmeti ko‘proq makonda yuz berayotgan turistik hodisa, voqea va jarayonlarga o‘z e’tiborlarini qaratishlari lozim, deya ta’kidlaydi. Turizm predmetida, u qanday turlarga ajratilmasin, sayyohlikning ijtimoiy, iqtisodiy, tabiiy, texnik tomonlarini ko‘proq tadqiq qilish kerak deydi. Turizm geografiyasi real tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy holatni inobatga olgan tarzda sayyohlik harakatini boshqarishning nazariy asoslarini ishlab chiqishi lozim degan dunyoqarashga biz geograf sifatida qo‘shilma olmaymiz, chunki geografiya tadqiqot ob’ektiga nisbatan nafaqat makonan, balki davriy va majmuali yondashuvlarni ham tadqiqot predmeti qilib oladi (A.Nigmatov,2006).
Ulardan tashqari turizm geografiyasi predmeti faqatgina ilmiy asosini emas, balki amaliy jihatlarini ham o‘rganishi lozim. U nafaqat boshqaruv, balki baholash, monitoring olib borish, tartibga solish, bashoratlash kabi boshqaruvga yordam beruvchi bilish jarayonini ham qamrab olsa foydadan holi bo‘lmaydi. CHunki ekologiya, geografiya singari davriylik hususiyatlarini o‘z tadqiqot predmetiga kiritadi(D.L.Armand, 1973).
Ekoturizm ekologik ijtimoiy munosabatlardan biri ekan, ekoturizm predmetida turistlarning uch faoliyat turini tadqiq qilishi va ularga amaliy ko‘rsatmalar berishi lozim:
√ atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish;
√ tabiiy resurslardan oqilona foydalanish;
√ buzilgan tabiat majmualari va tizimlarini qayta tiklash.
Bu uch tadqiqot predmeti bir maqsadni, ya’ni global, regional, milliy va mahalliy miqyosda ekologik havfsizlik va barqaror rivojlanishni ta’minlashga e’tibor qaratishni talab etadi. Ushbu aksioma ekologiyaning barcha sog‘alariga xos bo‘lgan tadqiqot predmetidir. Aks holda ushbu inson faoliyati ekologik xarakterga ega bo‘lmaydi.



Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish