Guliston davlat universiteti sattarov s. M


MAVZU: EKOTURIZMNING TASNIFLANISHI



Download 0,6 Mb.
bet6/24
Sana07.07.2022
Hajmi0,6 Mb.
#752573
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
portal.guldu.uz-EKOTURIZM

2MAVZU: EKOTURIZMNING TASNIFLANISHI
Fan o‘zi klassifikatsiyadan (lotincha"classis" – daraja, tasnif), ya’ni darajalanish, to‘g‘rirog‘i tasniflanishdan iboratdir, - degan edi buyuk rus kimyogari D.I.Mendeleev. U bir turkum ichidagi narsa(ob’ekt)larning bir-biriga o‘xshashligiga va boshqa turkimdagi narsalardan farq qilishiga qarab, ularni turkumlarga ajratgan. Mendeleev o‘z “Elementlarning davriy tizimi"da ularni atom og‘irligi, kimyoviy sifatlari kabi ko‘rsatkichlariga qarab joylashtirib chiqqan.
Turizm ob’ekti, ulardan foydalanish usullari, sayyohlarning yoshi, kasbi, qiziqishi, salomatligi, marshrutlarining uzoq yoki yaqinligi, og‘irligi va moddiy qiymatiga qarab mutaxassislar turlicha tasniflash ishlarini olib borganlar. Zamonaviy turizmni tasniflashda,- deb ta’kidlaydi qozoqistonlik olim S.R.Erdavletov (2000), quyidagi omillarga e’tibor qaratishimiz lozim:
> bo‘sh vaqtning borligi va davomiyligi;
>sayohatchilarning yoshi, jinsi, salomatligi, ma’naviy-madaniy rivojlanganligi, shaxsiy hohish va moddiy tanlanganligi;
> tabiiy sharoitning xilma-xilligi va mavsumiyligi;
> harakat qilish vositasining borligi va h.k.
Turizmning maqsadi, sharoiti, yo‘nalishi va ko‘lamiga qarab ular shakl, sinf(klass), tur va ko‘rinishlarga ajratiladi(Erdavletov,). Jamiyatdagi funksiyasi va texnologiyasiga qarab turizm sog‘lomlashtirish, dam olish, tabiiy, diniy, sport, davolash, bilish, o‘rganish kabi insonlarning jismoniy va ma’naviy tiklanish hamda rivojlanish maqsadlari uchun xizmat qiladi. Bu davlatning ijtimoiy sohadagi dolzarb masalalaridan biri va muhim ichki siyosatidir.
A.S.Soliev va M.R.Usmonov (2005) Samarqand viloyati misolida turizmni ikki– ichki(mahalliy) va tashqi(xalqaro) turga ajratadilar. Turlarni esa kasbiy, sport, sog‘lomlashtirish, sog‘liqni tiklash, diniy, tanishuv sayohat ko‘rinishlarini ajratadilar. Afsuski ular tabiiy yoki ekoturizmni mustaqil turizm sifatida ajratmaydilar. Lekin tadqiqotchilar turizmning geografik va ekologik jihatlariga alohida urg‘u beradilar.
Turizm, xususan ekoturistik tasniflashdagi dunyo tajribasi bizlarga ham o‘ziga xos tasniflash tizimini taklif qilishga asos bo‘ldi. S.P.Erdavletov (2000) aytishicha, tasniflashni yagona ierarxik bog‘liqlikda, real ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, siyosiy, tabiiy, ekologik sharoitlarni inobatga olgan tarzda amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
Har bir fanni yoki amaliy yo‘nalishni tasniflash o‘ta muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. CHunki aynan tasniflash orqali har qanday inson faoliyati biror mazmun va mohiyat kasb etadi. Ekoturizm ham bundan istisno emas. Odatda ekoturizmni uning turli ko‘rsatkichlariga qarab tasniflash amalga oshiriladi. Masalan ekoturizm ekoturlarda qatnashuvchi sayyohlarning ijtimoiy holati yoki yoshi, ekologik sayyohlikning davomiyligi yoki mavsumiyligi, sayyohatchilarning qaerdan kelganligi, maqsadi yoki ekologik ongi va madaniyati kabi o‘nlab ko‘rsatgichlar asosida tasniflanishi mumkin. Ekoturistik tasniflashda qaysi bir tasniflash omili yoki ko‘rsatkichining olinishi tasniflovchining maqsadi va vazifasi, kasbiy mahorati, bilim darajasi, ijtimoiy-iqtisoidiy imkoniyatidan kelib chiqqan tarzda amalga oshiriladi.
Qo‘riqlanadigan yovvoyi tabiat chegarasidagi ekoturlar davlatning alohida e’tibori bilan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni inobatga oladi. YAngi tahrirdagi, 2004 yilda qabul qilingan“Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ularga– milliy bog‘lar, ko‘riqxonalar, buyurtma qo‘riqxonalar, rezervatlar, ekologik markazlar, suvlarni muhofaza etish zonalari, alohida bir o‘ziga xos ko‘rinishga ega bo‘lgan tabiat yodgorliklari(antiqa shakldagi toshlar, sharsharalar, ulkan daraxtlar, noyob nodir toshlar va h.k.), noyob endemik tarzdagi landshaftlar kabi tabiiy hudud hamda tabiiy ob’ektlar kiritilgan. Hududlarni ikkiga bo‘lib sinflarga ajartishning sababi muayyan turdagi havonot dunyosi yashaydigan va oziqlanadigan yoki o‘simlik dunyosi tarqalgan arealni saqlab qolish maqsadida bufer tegralari, ya’ni qo‘riqlanadigan hududlarning atrofidagi tabiiy zonalar belgilanadi.
Mazkur hududlarni ifodalashda“yovvoyi” so‘zini ishlatish bizningcha o‘rinli emas. CHunki, birinchidan, yovvoyi tabiat bo‘lmaydi yoki uni shunday atash fanda qabul qilinmagan. To‘g‘rirog‘i tabiiy holda saqlanib qolgan atrof muhit, hududlar yoki mintaqalar deb atagan ma’qul. Ikkinchidan, sof holda yovvoyi tabiat Arktikaning o‘ta sovuq hududlarida ham, Amazonkaning qalin chakalakzorli o‘rmonlarida ham deyarli saqlanib qolmagan. Ular ozmi ko‘pmi antropogen ta’sirga uchragan.
1-2 – sinfdagi ekoturizmga quruqlikdagi hududlar bilan bir qatorda qo‘riqlanadigan yoki qo‘riqlanmaydigan suv akvatoriyalari ham kiradi.
Umuman olganda, ekoturistik sinflarni ajratishda bu ekotur “Avstraliyacha” yoki “SHimoliy amerikacha” model deb ajratish odat tusiga kirib qolgan. CHunki ekoturistik sinflarninga chegarasini belgilab chiqish yoki ularda olib boriladigan ekoturlarning mazmun-mohiyati bevosita mintaqaviy va mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Madaniy landshaftlardagi ekoturlar saqlanib qolgan tabiatdagisidan keskin farq qiladi. Ushbu sinfdagi sayyohlik ko‘pgina hollarda boshqa turdagi turizm bilan birgalikda ko‘shib olib boriladi. Qadimiy shahar va uning atrofida tarixiy turizm bilan, qishloq xo‘jaligi keng tarqalgan va rivojlangan hududlarda agroturizm bilan birgalikda olib boriladi(buni keyingi mavzularda yoritilgan Italiyadagi “Agroekoturizm” misolida ko‘rib chiqish mumkin). Bu sinfga turizmning ekologiyaga yo‘naltirilgan juda ko‘p tarmog‘ini kiritish mumkin. Masalan:«Italiyacha agroekoturizm” , “Nemischa samolyotdagi ekoturizm” modellarini aytib o‘tish kifoya.
Madaniy landshaftlarni ko‘pgina hollarda madaniylashtirilgan landshaftlar deb ham ataydilar. Turizm sohasidagi ta’limda uni oddiy va sodda qilib madaniy landshaftlar yoki hududlar deb atagan ma’qul. CHunki hududlar yoki landshaftlar yo madaniylashgan yoki madaniylashmagan bo‘ladi.
Albatta, ularni madaniylashish darajasiga qarab yana sinflarga yoki guruhlarga ajratish mumkin. Lekin bunday tasniflash sinfga nisbatan quyiroq taksonomik(tasniflash) darajada amalga oshiriladi. Ekoturizmni ko‘rinishlari bo‘yicha klasslarga ajratishda ularning maqsadi va sayohat olib boriladigan ob’ektiga qarab tasniflanadi.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish