Guliston davlat universiteti sattarov s. M



Download 0,6 Mb.
bet1/24
Sana07.07.2022
Hajmi0,6 Mb.
#752573
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
portal.guldu.uz-EKOTURIZM


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI

SATTAROV S.M
EKOTURIZM
MA`RUZALAR TO`PLAMI


Guliston – 2017
SO‘Z BOSHI
Dunyo xo‘jaligi tarkibida eng jadal sur’atlarda rivojlanib borayotgan iqtisodiyot sohalaridan biri turizmdir. Butunjahon turizm tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra 2004 yilda turistik oqimning harakati 760 mln.kishini tashkil etgan. 2003 yilga nisbatan o‘sish sur’ati 10 foizga oshgan. Zamonamizda turizm oqimi, XX asrdan farqli ravishda nafaqat rivojlangan mamlakatlardan rivojlanganlariga, balki rivojlanayotgan mamlakatlarga tomon ham o‘zgarmoqda. Bu o‘rinda turistik bozorning deyarli yarmini qamrab olgan Osiyo-Tinch okeani mintaqalari, YAqin va O‘rta sharq mamlakatlari etakchilik qilmoqda. Rivojlanib borayotgan mamlakatlarning turizm industriyasi asosan tabiiy yoki ekologik turizm hisobiga amalga oshirilmoqda.
Jahon hamjamiyati tomonidan umume’tirof etilyotgan masalalaridan biri mahalliy, milliy, regional va global miqyosda barqaror rivojlanishga erishishdir. Barqaror rivojlanish esa ekologik muammolarning ijtimoiy va iqtisodiy muammolar bilan yagona tizimda turishi, ularni kishilik jamiyati faoliyatining barcha jabhalari orqali xal etish mumkin ekanligini ko‘rsatadi. "O‘zbekistonning dam olish va salomatlikni tiklash imkoniyatlari,- degan edi Birinchi Birinchi Birinchi prezidentimiz Islom Karimov o‘zining, - sayohat marshrutlarining xilma-xil turlarini tashkil etishga va sayohatchilarni butun yil davomida qabul qilishga sharoit yaratadi"
"O‘zbekiston Respublikasi 2006-2010 yillrada xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" Prizidentimizning qarori qabul qilindi. 2007 yil 25 aprelda esa Islom Karimovning Singapurga qiladigan davlat tashrifidan avval uning"Today" gazetasiga bergan intervyusida"Go‘zal geografik va tabiiy sharoitlar respublika hududida ekologik turizmni rivojlantirish uchun g‘oyat qulaydir...." deb bejiz aytmaganlar.
Turizm, ayniqsa ekologik turizm(ekoturizm)ning ahamiyati beqiyos ekanligi amalda isbotlangan.Turizm industriyasi o‘ziga katta sarmoya va resurlarni mujassamlashtirishi bilan bir qatorda davlat va jamiyat uchun zarur bo‘lgan ma’rifiy-ma’naviy funksiyalarni bajaruvchi iqtisodiyot tarmog‘idir. Ekoturizm orqali chet ellik mehmonlar O‘zbekiston degan yurt hamda uning boy va betakror tabiati haqidagi tasavvurga ega bo‘lsalar, fuqarolar esa o‘z Vatani bilan yaqindan tanishadilar. Turizm orqali ularda ona yurtiga nisbatan milliy iftixor hamda g‘urur tuyg‘usini shakllantirish imkkoniyati tug‘iladi. Ushbu ijobiy funksiyalarni yuzaga keltirish uchun ilmiy asoslangan ekoturistik ta’lim va tarbiyani yo‘lga qo‘yish asosiy vazifalardan biridir.
Mazkur maruzalar matnida yangi fan sohasi, ta’lim yo‘nalishi hamda iqtisodiyot tarmog‘i. Ekoturizmning nazariy va amaliy asoslariga oid mavzularga alohida to‘xtalib o‘tildi. Unda ekoturizm ob’ekti, predmeti, tushunchasi, metodologiyasi, metodik tomonlari, taraqqiyot jabhalari, amaliy ahamiyati, ekoturistik marshrutlar kabi ma’ruza mavzulari, seminar mashg‘ulotlar rejasi, amaliy va mustaqil ishlarini yagona bir tartibda va ketma-ketlikda ko‘rib chiqilgan. Dunyo, rivojlanish va atrof muhit muho-fazasi o‘zaro bog‘langan va ajralmasdir.
Zamonamizda kompyuter, informatika, huquq, qonun, davlat kabi tushunchalar qatorida eng ko‘p ishlatiladigan so‘zlardan biri ekologiyadir.
Ekologiya o‘zi nima? An’anaviy izohlarga ko‘ra, Ekologiya– o‘zaro organizmlar va ularning yashash muhiti bilan bo‘ladigan munosabatlari haqidagi fandir. Bu ma’no uning grekcha atamasidan kelib chiqqan tarzda ifoda etilgan, «oikos»-uy, yashash joyi, yashash muhiti, «logos»-ta’limot degan tushunchani anglatadi. Ekologiyani birinchi bo‘lib nemis tabiatshunos olimi Ernest Gekkel 1866 yilda «Organizmlarning umumiy morfologiyasi» degan kitobi orqali fanga olib kirdi. Uning ta’rifiga ko‘ra, «Ekologiya– tabiatni iqtisodiy jihatdan tadqiq qilish orqali hamma tirik organizmlarning organik va noorganik muhit unsurlari bilan birga, uning ta’sir doirasida turgan antagonistik va noantagonistik aloqadorlikda bo‘lgan o‘simlik va hayvonot dunyosi o‘rtasidagi munosabatlarni ochib berish». U ingliz olimi CHarlz Darvinning tirik or-ganizmlarning evolyusion rivojlanishi to‘g‘risidagi ta’limotini rivojlantirib, har qanday tirik organizm atrof-tabiiy muhitga moslashib, o‘zining morfologik (ichki) va morfometrik (tashqi) ko‘rsatkichlarini o‘zgartirib borishini, moslashmagani esa tabiiy tanlash asosida qirilib ketishini isbotlab berdi.
E. Gekkeldan so‘ng ekologiya iborasiga turlicha ta’riflar berildi, lekin uning birlamchi tushunchasi umumiy tarzda saqlanib qoldi. Turli fikrlarni umumlashtirgan holda ekologiyani noevolyusion tarzda rivojlanuvchi tabiat tizimidagi tirik organizmlar va ularning atrof-muhit bilan bo‘ladigan munosabatlariga doir qonuniyatlarni tadqiq qiluvchi fan tarmog‘i, ularga oid bilimlarni beruvchi ta’lim yo‘nalishi, ularni optimallashtiruvchi xalq xo‘jaligi sohasi, deyish mumkin.
Ekologiya XIX asrning ikkinchi yarmida biologiya fanlari tizimiga
kirgan edi. CHunki u tirik organizmlar haqidagi fan tariqasida birinchi bo‘lib biologlar tomonidan taklif etilgan. Lekin zamonlar o‘tib, fan va ta’limotlar rivojlangani sari ekologiya nafaqat mustaqil fan sohasi, balki fanlar tizimiga aylanib ketdi. Hozirgi kunda, mutaxassislarning hisoblariga ko‘ra, 80dan ziyod ekologik fanlar mavjud bo‘lib, ulardan biri ekologik turizmdir.
2002 yilda Yoxannesburg shahrida bo‘lib o‘tgan Butunjahon Cammitida qabul qilingan muhim xalqaro hujjatlardan biri«Barqaror rivojlanish Butujahon Sammiti (BRBS) qarorlarini bajarish rejasi»ningIV bo‘limi 24-26 moddalarida milliy davlat chegarasida va uning tashqarisida atrof-muhitni turizm orqali muhofaza qilish masalasi ko‘tarildi. Undan tashqari"Xalqaro ekoturizm yili", "Xalqaro madaniy meros yili"ga bag‘ishlangan yuzlab uchrashuv va anjumanlarda (2002 yil), Kvebek deklaratsiyasi va Butunjahon turizm tashkilotining«Global turizm etika kodeksi»da turizmning eng ommalashayotgan ekoturizmni rag‘batlantirish zarurligi ta’kidlab o‘tildi va tegishli qarorlar qabul qilindi. Ekologik muammolarning echimini topishning yana bir yangi jihati ekologik turizmni rivojlantirish orqali aholining ekologik onggi va madaniyatini ko‘tarish. Go‘zal va betakror tabiiy atrof muhit insonlarning nafaqat tomosha arenasi, balki yashash makoni ekanligini anglagan kishi atrof-muhitni muhofa qilish, tabiiy resurslardan ehtiyotkorona foydalanish, buzilganlarini qayta tiklash bugungi va kelajak avlodlar uchun qanchalik zarur ekanligini biladi va ongli ravishda unga sarf-harajatlar qiladi.
Ekologik turizm nima o‘zi? U boshqa turdagi turizm va servis(xizmat)dan nimasi bilan farq qiladi, degan o‘rinli savollar tug‘iladi. Turizm so‘zi fransuz tilida tourisme-sayohat qilish, dam olish bilan bir qatorda sport va umumtarbiyaviy yoki siyosiy-ma’rifiy vazifalarni bajarish degan ma’noni anglatadi.
SHunday qilib, tor ma’noda ekoturizm-kishilarni tirik organizmlar (jumladan, insonlar) yashaydigan muhitga sayohat qilishlari. Keng ma’noda esa ekoturizm – shaxslarning doimiy yashash joylaridan dam olish, sport bilan shug‘ullanish, sog‘lomlashish, ma’rifiy-ma’naviy (umumtarbiyaviy) ishlarni amalga oshirish yoki boshqa maqsadlarni ko‘zlagan holda atrof tabiatga yoki muayyan tabiiy ob’ektlarga ekologik maqsadlardagi sayohatlari.
Turli adabiyotlarda Ekoturizmni turlicha talqin qiladilar. Bizning dunyoqarashimizga yaqin bo‘lgan Avstraliyaning Milliy ekoturizm Strategiyasida ekoturizm- tabiatga yo‘naltirilgan turizm, deb ifodalangan. Ekologik barqarorlik qoidalaridan kelib chiqqan tarzda u o‘z ichiga ekologik ta’lim va tarbiyani qamrab oladi.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish