Ekotur talablari va tavsiyalari Boshqa turizm turlaridan farqli ravishda ekoturizm tabiatda sayohlar noqulay sharoitlarda ekoturlarga olib borilgani uchun ham ko‘zda tutilgan yoki tutilmagan turli salbiy holatlarga duch kelib qolishi mumkin. SHuning uchun ham ekoturistik marshrutlarda ishtirok etuvchilarning barchasiga, hech kim bu erda istisno etilmaydi, majburiy talab va qoidalar belgilanadi. Ularni bajarish nafaqat sayyohlarning, balki tabiiy muhit unsurlari va komplekslarining, tashkilotchilarning hamda mahalliy aholining xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Ekoturistik marshrutlarni ishlab chiqish, ularni e’lon qilish va o‘tkazishda, albatta ekoturizmning tub mazmuni va mohiyatini tushuntirib o‘tish kerak. Iloji bo‘lsa yozma ravishda reklama va e’lonlarda ekoturizm bu insonlar yashab turgan tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan turizm ekanligi, ekologik sayyohlik qilish uchun kishilarning qilgan sarf-harajatlari ohir oqibatda ularning turistik marshruti orqali ma’lum darajada tabiatga etkazgan zararlarini qoplash uchun sarflanishini tushuntirish lozim. SHundagina biz ekologik sayyohlikning maqsadiga etib borgan bo‘lamiz.
Ekoturistik marshrutlardagi talablarni3 qismga ajratib izohlab berish mumkin:
1.Ekoturistik marshrutlarga chiqishdan avval ekoturistik tashkilotlar va ekoturistlar uchun qo‘yiladigan talablar.
Ekoturistik tashkilotlarga:
ekoturistik marshrutlarning ekologik yo‘naltirilganligini aniqlash, tegishli tabiiy sharoitlarni har tomonlama o‘rganib chiqish;
ekoturistik marshrutlarni ishlab chiqish va uni tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha tuman yoki shahar bo‘linmalarida tasdiqlatib olish;
sayohatchiar uchun shaxsiy va ekologik xavfsizlik yo‘riqnomalarini ishlab chiqish va ularga oid ko‘rsatmalarni chop etish;
sayohatchilarni yo‘riqnoma bilan tanishtirish va ulardan tegishli talablar bilan tanishganliklari haqidagi tasdiqlovchi hujjatni rasmiylashtirish va h.k.;
ekoturizmning ilg‘or tajribalari bilan tanishtiruvchi video va teleko‘rsatuvlarni namoyish etish;
doimiy aloqa vositalarini tayyorlash;
profilaktika nuqtai nazardan salbiy harakterdagi video va teleko‘rsatuvlarni ham namoyon etish va h.k.
Ekoturistlarga: o‘z imkoniyatlari, ya’ni salomatligi, yosh jihatlari, ijtimoiy faolligi,
jamoa bilan qo‘shila olishi kabi holatlarni to‘g‘ri baholash va shunga yarasha ekoturistik marshrutni tanlash;
ekoturistik tashkilotlar ko‘rsatmalarining barchasiga og‘ishmay amal qilish;
tegishli yo‘riqnomalar va ko‘rsatmalarni talab qilib olish va unga tayyorlanish;
tabiat hodisalarini inobatga olgan tarzda tegishli anjomlar, kiyim-kechak, o‘ta zarur bo‘lgan ashyolarni mujassamlash;
2. Ekoturistik marshrutlar davomida:
Ekoturlarni olib boruvchilarga:
rejalashtirilgan sayyohlik marshrutlariga qat’iyan amal qiilish, zarurat bo‘lgan taqdirdagina va yo‘riqnoma asosida unga o‘zgartirishlar kiritish;
tegishli boshqaruv va nazorat organlari, yordam ko‘rsatish idoralari bilan doimiy aloqada bo‘lish;
boshlovchi va yakunlovchi gidlarning o‘z vazifasini va tegishli xavfsizlik qoidalariga rioya etishlarini ta’minlash;
Ekoturistlarga:
o‘zboshimchalik bilan marshrutlarga chiqib ketish;
tabiat unsurlariga nisbatan vahshiylarcha munosabatda bo‘lish;
emishli yoki dorivor o‘simliklarni yig‘ish va ularni jamlash;
minerallar va toshlardan esdalik sovg‘asi sifatida olib ketish;
o‘t yoqish yoki kechki gulxanrlarni uyushtirish;
xohlagan joyida chekish yoki chiqindilarni xohlagan joyga tashlash;
marshrutlarga radio yoki magnitofonlarni, ya’ni tabiat va sayyoh uchun
xalaqit beradigan narsalarni olish va h.k.
3. Ekoturstik marshrutlardan so‘ng:
Ekoturlarni yakunlovchi tashkilotlarga:
ekoturlarning yakunlaganliklari haqidagi xisobotni topshirish;
ekoturlarni ijobiy va salbiy tomonlarini yoritib berish;
ekoturlarni yaxshilash maqsadida takliflar berish va hk.
Ekoturistlarga:
ekoturlarning qanday o‘tganligi haqida yozma yoki og‘zaki axborot berish;
axborotda ekoturistik marshrutlarni yaxshilash haqida taklif va mulohazalarini bildirish;
ko‘rgan kechirganlari haqida kundalik daftar tutish(tavsiya tariqasida) esdalik al’bomlari, video ko‘rsatuvlar va daftarlarni yaratish(tavsiya tariqasida) va h.k. YUqorida keltirib o‘tilgan talablardan tashqari ekologiya va turizmga oid qonun hujjatlari, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining tegishli qaror, farmon va farmoyishlari, nodavlat va jamoat tashkilotlarining ko‘rsatmalarini inobatga olish kerak bo‘ladi.