Kasbiy psixologiya fanining predmeti



Download 35,53 Kb.
bet1/7
Sana22.07.2022
Hajmi35,53 Kb.
#836436
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Do\'sov I kasbiy p1


ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI OLMALIQ FILIALI
“________________________________” kafedrasi
“_______________________________” fanidan

MUSTAQIL ISH

Guruh: ____________
Bajardi: _______________
Tekshirdi: _______________

KASBIY PSIXOLOGIYA FANINING PREDMETI
Reja:


  1. Psixologiya fanining kelib chiqish tarixi

  2. Kasbiy psixologiya fanining predmeti

  3. Kasbiy psixologiyaning boshqa fanlar bilan bog’liqligi

Psixika – yuqori darajada tashkil topgan materiyaning tizimli xossasi (xususiyati), sub’ekt tomonidan ob’ektiv borliqni faol aks ettirish, mazkur borliq manzaralarini sub’ekt o’zidan uzoqlashtirmay ifodalashi, xuddi shu asnoda o’z xulqi va faoliyatini shaxsan boshqarishdir. Psixikada o’tmishning, hozirgi davr va kelgusi zamonning hodisalari ifodalangan, tartibga solingan. Psixikaning asosiy vazifalari – aks ettirish – munosabat va xulq atvroni boshqarish –nazorat etishdir. Ruxiyatning namoyon bo’lish shakllari va ularning o’zaro bog’liqligi ruxiy (bilish) jarayonlar (sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol, nutq va diqqat), ruxiy holatlar (hissiyot, emotsiya, bardamlik, tetiklik, qiziquvchanlik, hayratlanish, ishonchlilik, ijodiy ruhlanish), shaxs xususiyatlari (yo’nalishlar, temperament, xarakter, qobiliyat, iqtidor, aqliy salohiyat, xulq motivatsiyasi, ish uslubi, mas’uliyat)da kuzatiladi.


Psixologiya – psixikaning kelib chiqishi, rivojlanish qonuniyatlari, shuningdek insondagi onglilik va ong osti fenomenlarining xilma-xil ko’rinishlarini o’rganuvchi fan. Psixologiya yunoncha “psyche” va “logos” so’zidan olingan bo’lib, «jon», «ruh» haqidagi fan, ta’limot degan ma’noni anglatadi. Hozirgi davr ilmida «jon» tushunchasi o’rniga «psixika» atamasini qo’llash qabul qilingan. Chunki lingvistik nuqtai nazardan «jon», «psixika» tushunchalari aynan bir ma’noni bildiradi. Lekin «psixika» atamasi bugungi kunda «jon»ga nisbatan kengroq ma’noga, ko’lamga ega bo’lib, inson ruhiyatining ham ko’zga ko’rinuvchi, ham ko’zga ko’rinmas tomonlarini o’zida aks ettiradi. Psixologiya fanining o’rganadigan sohasiga psixika, ong va ongsizlik, shaxs va uning faolligi kirsa, uning predmetini ana shu ob’ekt haqidagi muayyan bilimlar tashkil qiladi (Ob’ekt – kishilarning diqqatini o’ziga tortadigan moddiy va ma’naviy borliq. Predmet – moddiy va ma’naviy borliq haqidagi bilimlar).
Psixologiya fani: umumiy psixologiya, ijtimoiy psixologiya, pedagogik psixologiya, zoopsixologiya, yosh davrlari psixologiyasi, muhandislik psixologiyasi, yuridik psixologiya, harbiy psixologiya, tibbiyot psixologiyasi, savdo psixologiyasi kabi tarmoqlarga bo’linadi. Bunda:

  • umumiy psixologiya psixik faoliyatning umumiy qonuniyatlari va ularning o’ziga xos jihatlarini o’rganadigan maxsus soha hisoblanadi;

  • pedagogik psixologiya kishiga ta’lim va tarbiya berishning psixologik qonuniyatlarini o’rganishni o’z predmeti deb biladi;

  • yosh davrlari psixologiyasi turli yoshdagi odamlarning tug’ilganidan to umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi va o’zaro munosabatlari qonuniyatlarini individning yoshiga mos tarzda o’zgarishi tamoyillarini o’rganadi;

  • ijtimoiy psixologiya odamlarning jamiyatda birgalikda faoliyatlari natijasida ularda hosil bo’ladigan tasavvurlar, fikrlar, e’tiqodlar, hissiy kechinma va xulq-atvorlarni o’rganadi;

  • muhandislik psixologiyasi avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari operatorlarining faoliyatini, odam-texnika o’rtasida funktsiyalarni taqsimlash va muvofiqlashtirishning xususiyatlarini o’rganadi;

– harbiy psixologiya kishining harbiy harakatlar sharoitida namoyon bo’ladigan xulq-atvorini, zobitlar bilan oddiy askarlar o’rtasidagi munosabatlarning psixologik jihatlarini o’rganadi;

  • savdo psixologiyasi – jamiyatda tijoratning psixologik shart-sharoitlari, ehtiyojning individual, yoshga, jinsga oid xususiyatlarini, xaridorga xizmat ko’rsatishning psixologik omillarini aniqlaydi;

  • tibbiyot psixologiyasi shifokor faoliyati psixologiyasini, bemor xulq-atvorining psixologik jihatlarini o’rganadi.

Shuningdek, psixologiyada etnopsixologiya, oilaviy hayot psixologiyasi, boshqaruv psixologiyasi, shaxs psixologiyasi, sport psixologiyasi, psixodiagnostika, siyosiy va tashkiliy psixologiya kabi ko’plab sohalar mavjudki, ularning har biri jamiyatdagi real ehtiyojlar va ularni qondirishda psixologiyaning fan sifatidagi o’rni va maqsadidan kelib chiqadi. Texnik muxandis xodimlarning faoliyati jamiyatda mavjud bo’lgan barcha kasblardan, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari sifatida ish ko’rishi bilan ajralib turadi. Ana shu faoliyat ma’lum psixologik qonunlar, usullar asosida ish ko’rishni talab etadi. Bu esa texnik muxandis xodimlarning faoliyatida yuz beradigan psixik holat va jarayonlarni alohida fan – kasbiy psixologiya sifatida o’rganishni taqozo etadi.
Kasbiy psixologiya, o’z mohiyatiga ko’ra, ijtimoiy psixologiya fani tarkibiga kiradi. Shu nuqtai nazardan qaraganda kasbiy psixologiya o’ziga xos predmet bo’lib, odam-texnika o’rtasida funktsiyalarni taqsimlash va muvofiqlashtirishning xususiyatlarining nozik tomonlarini qamrab oladi. Insonning xulq-atvorini, xatti-harakatlari bilan bog’liq jarayonlarni o’rganadi. Psixologiya esa muayyan shaxs, uning jamiyatdagi xulq-atvori va turli faoliyatlarining o’ziga xos tomonlarini o’rganadi. Bundan ko’rinadiki, har ikkala fanning ob’ekti va sub’ekti shaxs, inson hisoblanadi.
Yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, kasbiy psixologiya ijtimoiy psixologiya tarkibida yuzaga kelgan bo’lib, aniq faoliyat, ya’ni soxaviy, masalan, texnik muxandis xodimlarning faoliyatidagi psixologik jihatlarning muhim tomonlarini o’rganishga bag’ishlangan fan hisoblanadi.
Kasbiy psixologiya ilmiy-amaliy fan bo’lib, umumiy psixologiyaning qonuniyatlarini o’rganadi va bu faoliyat samaradorligini oshirish uchun tavsiyalar ishlab chiqadi.
Kasbiy psixologiya fani texnik muxandis xodimlarining munosabatlari, odamlarning psixik faoliyatini texnik boshqarish mexanizmlari va qonuniyatlarini o’rganuvchi fandir. Bunda texnik muxandislik faoliyatining psixologik asoslarini o’rganish maqsad qilib qo’yilgan.
Kasbiy psixologiya fanining maqsadi – texnik muxandis xodimlar faoliyatining taraqqiyot qonuniyatlari, turli toifadagi shaxslar bilan o’zaro munosabatlar jarayonida psixologik bilimlardan foydalana olish ko’nikma va malakalarini shakllantirishdan iboratdir.

Download 35,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish