Xo`jalik sovun asosiga ishlov berishning texnologik sxemasi (9-rasm). Davriy (bevosita yoki bilvosita) yoki uzluksiz usul bilan tayyorlangan xo`jalik sovuni asosi ta’minlovchi (1) idishdan (2) filtr orqali va 0,3MPa bosim ostida (3) me’yorlovchi nasos yordamida issiqlik almashuv (4) kolonkasi ga uzatiladi. Bu yerda 80-900S dan 120-1400S gacha isitiladi. So`ngra issiq sovun vakuum-quritish (5)kamerasigaberiladi. Bu yerda sovun vakuum-quritish kamerasini valiga mahkamlangan ikkita purkagich orqali sochiladi. Bunda sovun tezlik bilan biroz namligini yo`qotib soviydi va qisman quriydi. Kamerani devorlariga yupqa qatlam bo`lib yopishib qolgan sovun valga o`rnatilgan pichoqlar yordamida qirib olinadi. Qirindi holidagi sovun (6) ikki engli bunkyerda ikki vakuum (7) shnek-press orasida taqsimlanadi. Shnek-pressda sovun plastifikastiyalanadi, zich massa hosil qilib presslanadi va mashinadan sovun to`rt qirrali brus shaklida (8) belgilash-kesish avtomatdan o`tadi. U yerda sovun yuzasiga aylanuvchi valiklar yordamida zarur belgi-shtamp qo`yiladi. So`ngra bo`laklarga kesiladi. Tayyor sovun (9) avtomat taxlagichga borib tushadi, yog`och yashiklarga taxlanadi va (10) transporter yordamida omborga yuboriladi.
Vakuum-kameradan chiqayotgan suv bug`i (11)stiklon-separator da sovunli changning asosiy qismidan ajratiladi. U (12) shnek-press yordamida chiqarilib yuboriladi. So`ngra suv bug`i (13)ikkinchi stiklonda sovunli changning qoldiqlaridantozalanib, (14) bug`ejektor orqali (15)barometrik kondensator ga yuboradi. U erga (16) sig`im bakdanberiladi.
9 – rasm. Xo`jalik sovuni asosiga ishlov berishni texnologik sxemasi
Barometrik (15) kondensatordan chiqayotgan suv quvur orqali barometrik quduqqa tushadi, u yerdan tozalash sistemasiga yuboriladi.
Kondensastiyalanmagan bug` va gazlar (17) tomchi-ajratgich va (18) tutgich orqali (19) vakuum-nasos bilan so`rib olinadi. Vakuum-nasos sovituvchi suvining harorati 200S gacha bo`lganda, qurilmada 2-4 kPa (15-20mm sim.ust.) qoldiq bosimni ta’minlaydi. Bu tarkibida 7-8% gacha yog` kislotasi bo`lgan sovun ishlab chiqarishga etarli bo`ladi. Vakuum quritish kamerasini unumdorligi xo`jalik sovuni uchun soatiga 2t ga teng.
Sovun ishlab chiqarish jarayoni asosan ikki bosqichdan iborat. Birinchi bosqich yog` kislota, yog` va moy o`rnida ishlatiladigan mahsulotlardan ishqor ishtirokida sovun asosini pishirishdan iborat. Ikkinchi bosqich pishirilgan issiq suyuq massaga mexanik ishlov berib, yuqori sifatli tovar ko`rinishga ega bo`lgan sovun olish.
Sovun asosini tayyorlash davriy va uzluksiz usullar bilan sovun xili va foydalanilayotgan xom ashyoga qarab bevosita va bilvosita uslublar ishlatilib pishiriladi.
Bevosita uslubda tayyorlangan yog`li aralashmalar va ishqorning tegishli eritmalaridan sovun to`g`ridan-to`g`ri bir yo`la pishirib olinadi. Pishirilgan sovun qo`shimcha operastiyalarsiz navbatdagi qayta ishlovga yo`naltirilib, unga tovar shakli beriladi.
Bevosita uslubda pishirilgan sovunli kley elektrolitlar bilan ishlanadi. Elektrolit ta’sirida sovunli kleyning bir jinsli mahsulotga o`xshagan strukturasi buziladi. Tuz eritmasi bilan ishlangan massadan elektorlit eritmasi ustiga sovunning konstentrlangan eritmasi (sovun yadrosi) suzib chiqadi, so`ng u mexanik qayta ishlovga yuboriladi.
Bilvosita uslubda turli aralashmalari bo`lgan yog`li aralashmalar, soapstok, gidrat cho`kmalar, texnik yog`larning qora navlari va shunga o`xshash chiqindilardan sovun pishiriladi.
Sovun tayyorlashda ishlatiladigan uskunalar quyidagicha guruxlarga bo`linadi:
tayyorlash uskunalari;
sovun pishirish uskunalari;
sovitish, kristallizastiyalash va quritish uskunalari;
mexanik qayta ishlash va tovar holiga keltirish uskunalari;
kesish va shtamlash uskunalari;
sovunni o`rash va taxlash uskunalari.
Zamonaviy korxonalarda bir vaqtning o`zida har xil assortimentda ham xo`jalik, ham tualet sovunlari ishlab chiqarilishi mumkin. Ishlab chiqariladigan mahsulotning (atir yoki ho`jalik sovuni) xiliga muvofiq ravishda ishlatiladigan uskunalar turi va tuzilishida bir qator farqlanishlar mavjud bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |