Guliston davlat universiteti ishlab chiqarish texnologiyalari fakulteti oziq-ovqat texnologiyalari kafedrasi



Download 7,53 Mb.
bet27/61
Sana08.11.2022
Hajmi7,53 Mb.
#862456
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   61
Bog'liq
portal.guldu.uz-YOG`-MOY MAHSULOTLARINI SAQLASH VA QADOQLASH TEXNOLOGIYASI

Sovunni sovutish va quritish. Sovutish jarayonida sovun kristallanadi va suyuq holatdan qattiq holatga o`tadi. Sovunning qattiqligi undagi yog` kislota miqdoriga, yog` aralashmasini titriga sovutish usuliga bog`liq bo`ladi.
Sovunni ikkita usul bilan quritish mumkin:
Yog` kislotalarini kontsentratsiyasini o`zgartirmasdan harorat pasayib borishi hisobiga (masalan “mexanik-modern” qurilmasi), yog` kislotasi kontsentratsiyasi ortib borib namlikni bug`lanishi hisobiga, bu usul afzalroqdir. Quritish yog` kislotani kontsentratsiyasini oshirish maqsadida amalga oshiriladi. Zamonaviy uskunalarda sovutish va quritish birlashtirilgan. Usulning mazmuni shundaki qizdirilgan sovun vakuum kameraga sepilib quritiladi va sovutiladi. Vakuum-quritish kamerasini optimal ishlash sharoitini nomogramma (20-rasm) yordamida aniqlash mumkin.
Sovunda berilgan yog` kislotasi kontsentratsiyasiga ko`ra gorizontal o`kning o`ng tarafida nuqta olinadi, undan tikka chiziq chiziladi to egri chiziq bilan kesishgungacha va kesishgan joyidan chap tarafga to`g`ri chiziq o`tkaziladi. Bundan so`ng gorizontal o`qning chap tomonidan vakuum kameradagi qoldiq bosimga mos holda nuqta olinadi va bu nuqtadan tikka to`g`ri chiziq yuqoridagi gorizontal chiziq bilan chiziladi.
Topilgan nuqta tarkibida kerakli miqdorda yog` kislotasi bo`lgan sovun olish uchun issiqlik almashgichga kelayotgan, tayyor sovundagi yog` kislotalari miqdorini ta’minlaydigan to`yingan bug`ning bosimini ko`rsatadi.


5.2. Atir sovunlarinio`rashvaqadoqlashtexnologiyalari. Suyuqvamalhamsimon sovunlarniqadoqlash. Sovunlarniqadoqlashningzamonaviytexnologiyavajihozlari. Qadoqlangan sovunlarda sodirbo`ladiganfizikvakimyoviyjarayonlar.
Palma yog`i yog` kislota tuzilishiga qaraganda hayvon yog`lariga yakin va atir sovun olishi uchun ishlatiladi.
Salomas – yuqorititrlisi (46-480S) xo`jalik sovuni uchun, past titrlisi (39-420S) atir sovun uchun ishlatiladi.
Soapstokdan olinadigan yog` kislotalari distillangan holida ishlatiladi. Sintetik yog` kislotalari sovun pishirishda tabiiy yog` kislotalari o`rniga ishlatiladi. Frakstiyasi S10- S16 bo`lganlar kokos yog`i o`rniga, S17-S20 qattiq yog` o`rniga ishlatiladi.
Sintetik yog` kislotalarni kamchiligi:
S10-S16 frakstiyasi tarkibida 4-5 % pastmolekulali S5-S9 kislotalar bo`lib, ularni sovuni ko`piklamaydi va yuvish qobiliyatiga ega emas, bundan tashqari bu sovunlarning suvdagi eritmalari odam terisiga ta’sir qiladi, terini quritadi.
S17-S20 frakstiyali sintetik yog` kislotalar (SYOK) tarkibida 15-20 % yuqori molekulali yog` kislotalari (S25 gacha) bo`lib, ularni sovuni suvda yaxshi erimaydi va past yuvish qobiliyatiga ega.
Shu sababdan sintetik yog` kislotalari sovun pishirishda tabiiy yog` kislotalarini to`la qonli o`rnini bosa olmaydi. Sifatli sovun olish uchun sintetik yog` kislotalari tarkibida asosan S12-S16 va S17-S18 frakstiyali kislotalar va yuqorida sanab o`tilgan aralashmalardan holi bo`lishi lozim.
SYOK katalizator ishtiroqida parafinni kislorod bilan oksidlash natijasida olinadi. Katalizator sifatida 0,2% kaliy permaganat yoki marganestning oksidlari ishlatiladi. Oksidlanish jarayonida parafin molekulasi kislorod bilan bog`lanadi, bog`lar har joyidan uziladi va ikkita yog` kislota molekulasi hosil bo`ladi.
C H3 – (CH2)n – CH2 – CH2(CH2)m CH3 + 502
parafin
- CH3 (CH2)n COOH + CH3 (CH2)m COON + H2O
yo.k. yo.k.
Yog` o`rinbosarlari (kanifol, tal yog`i, neft kislotalari) ayrim xo`jalik sovunlari olishda ishlatiladi.
Bo`yoqlar – atir sovunni bo`yash uchun ishlatiladi. Bu maqsadda suvda, yog`da eriydigan bo`yoqlar va pigmentlardan foydalaniladi.
Suvda eriydigan anilinli bo`yoq sifatida kizil rodamin S18N31 O3 N2 S1; sariq rangli metanil (C18H14O8N3Na) qizil-ko`k, flyuoreastein (limonli) jigar rang (C20H10O5Na2) lar ishlatiladi.
Suvda eriydigan bo`yoqlar qisman rangsizlanadi va sovun ko`pigini bo`yaydi. Shuning uchun keyinchalik yog`da eriydigan bo`yoqlar (kizil J va S markali, sarik J markali) va suvda eriydigan (sariq, ko`k, yashil, jigarrang) bo`yoqlar taklif qilindi. Bo`yoqlar suvdagi eritma kontsentratsiyasi 0,5% li holida 1t sovunga 10- 270 g gacha sovunni turiga qarab qo`shiladi.
Oq atir sovun ishlab chiqarishda uning rangini yaxshilash, qattiqligini oshirish uchun unga, stink yoki titanli belila 1t ga 2-10 kg gacha qo`shiladi.
Xushbo`y hid beruvchi moddalar (aromatizatorlar) yaxshi hid bo`lishi uchun qo`shiladi. Ular har xil xushbo`y atir-upa kompozistiyalarni, tabiiy (efir moylari) va sintetik moddalarni aralashmasidan buket shaklida tayyorlanadi. Xushbo`y moddalardan 1t sovunga 5-15 kg atirofida qo`shiladi.
Oksidlanishga qarshi moddalar – bular sovunlarni oksidlanish va yomon bo`lib qolishidan asraydigan moddalardir. To`yinmagan yog` kislotalarini oksidlanish natijasida sovunning hidi va rangi o`zgaradi. Oksidlanishga karshi ishlatiladigan moddalar: sifatida natriy silikat (Na2O n SiO2), limon kislotasi ishlatiladi.
Qayishqoq moddalar (plastifikatorlar) sovunni mo`rtlikdan asraydi va uni plastikligi va elastikligini ta’minlaydi. Stabilizatorlar – xushbo`y moddalarni barkarorligini va sovun ko`pigini chidamliligini oshiradi.
Oksidlanishga qarshi va sovunni qayishqoq qiladigan (plastifikator) preparatlar mavjud: bular «Antal P-2» va «Plastibol-9» Tarkibi: «Antol P-2» niki – natriy karboksimetilstellyuloza, limon kislotasi, oksibenzoy kislotasini metil efiri, polietilenglikol.
«Plastibol-9» – dietanolamin, bor, benzoy, oksibenzoy va vino kislotasini natriyli tuzi.
Moylaydiganqo`shimchalar terini yog`sizlanishdan saqlaydi. Buning uchun lanolin - tozalangan jun yog`i, spermastet-hayvon elimi, glisterin va boshqalar ishlatiladi.
Dezinfekstiyalovchi qo`shimchalar sovunlarni antiseptik xususiyatlarini kuchaytiradi. Bular: geksoxlorofen (gigienik sovuni), fenol (karbal sovuni), bor kislotasi (bolalar sovuni).
Profilaktik davolovchi moddalar teri kasalligiga karshi ishlatiladi. Ularga: xlorofil-karotin pastasi (LeCHoe» sovuni), xna (Gayane), oltingugurtli selen, (Sulsenli sovun) berestinli deget (Degtyarli sovun) kiradi.

Download 7,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish