Margarin ishlab chiqarish quyidagi operastiyalardan iborat: dozalash, aralashtirish, emulsiyalash, o`ta sovitish, kristallash va qadoqlash.
Dozalash. Dozalashning ikki usuli ma’lum: og`irligi va hajmi bo`yicha . Og`irligi bo`yicha dozalash komponentlarni aniq miqdorda olishni ta’minlaydi. Komponentlarni miqdorini aniqlash uchun quyidagi tarozilar ishlatiladi: stiferblat qurilmali va korobkali. Ular ikki qismdan iborat, katta qism yog`lar uchun, kichik qism sut-suv fazasi uchun mo`ljallangan. Stiferblatli qurilma mahsulotlarni kerakli miqdorda ketma-ket o`lchash imkoniyatini beradi. Buning uchun esa tarozining bosh qismiga datchiklar (2-7) o`rnatilgan. Ularning soni resteptdagi komponentlarning soniga teng.
Tarozi ishga tushganda uning strelkasi datchikka tegib, elektroimpuls pnevmatik o`zlashtirgichga uzatiladi.
Shu vaqtda siqilgan havo porshenli klapan orqali trubani ochadi. Natijada taroziga birinchi komponent oqib tushadi. Shu paytda tarozini strelkasi (1) harakatga keladi, toki ikkinchi datchikka etkuncha. Elektrreleli qurilma avtomat holatda mos bo`lgan klapanlarni qayta qo`shadi. Shu vaqtda birinchi komponent kelayotgan klapan yopiladi va ikkinchi komponent oqib tushishi uchun kerak bo`lgan klapan ochiladi va hokazo. Komponentlar tarozidan olinayotganda, strelka teskari harakatlanadi. Tarozi komponentlardan to`liq bo`shagach, tarozi «0» holatini ko`rsatishi kerak.
Hajm bo`yicha taqsimlash uchun bir necha har xil diametrdagi porshenli stilindrlarga ega bo`lgan dozator nasoslar ishlatiladi. Bunda umumiy bitta dvigatel bo`ladi. Suyuqlikning hajmi maxsus qurilma yordamida, ya’ni porshenning harakatini o`zgartiruvchi qurilma yordamida boshqariladi.
Aralashtirish. Yog`li asos va suv-sut faza alohida-alohida qilib tayyorlanadi va dozalanadi. Shuning uchun ularni yaxshilab aralashtirish kerak. Ishlab chiqarishda sut 15-200S da yog`larniki esa suyuqlanish haroratidan 4-50S yuqori haroratda kiritiladi. Aralashtirish vaqtida harorat 38-400S ga etkaziladi va dag`al emulsiya hosil qilinadi.
3 – rasm. Stiferblatli tarozining bosh qismini sxemasi
Vertikal stilindrli aralashtirgich (3-rasm) korpus (10) dan, taglik (1)dan va qiya qilib joylashtirilgan chiqarish trubasi (12) dan iborat. Qopqoq (5) ustida reduktor (6) va elektrodvigatel (7) joylashgan va ramaga mahkamlangan. Mahsulot kirishi uchun щtuster (8) mavjud. Stilindr qismining ichida 60 ayl/min aylanish chastotasiga ega bo`lgan vintli aralashtirgich (2) joylashgan. Stilindr ichida vintga parallel qilib otboynik (9) mahkamlangan, u aralashmani meshalka yo`nalishi bo`yicha aylanib ketishiga yo`l qo`ymaydi. Aralashtirgich bug`li ko`ylak (3) bilan ta’minlangan. Suv ko`ylakdan truba (4) orqali quyiladi va sath o`lchagich (11) orqali rostlab turiladi. Bu turdagi aralashtirgichdan margarin ishlab chiqarishning uzluksiz liniyalarida foydalaniladi.