Kasbiy-amaliy gimnastika ishlab chiqarishda muayyan mehnat jarayonlari amalga oshirish uchun zarur bo'lgan mehnatkash-laming maxsus harakat mahorati va ko‘nikmalarini shakllantirish va takomillashtirishga imkon beradi.
Dengizchilar, uchuvchilar, fazogirlar, o‘t o‘chiruvchilar va boshqalar uchun kasbiy-amaliy gimnastikaning turli ko‘rinishlari mavjud.
Harbiy-amaliy gimnastika kasbiy-amaliy gimnastikaning bir turi hisoblanadi va harbiy faoliyatga xos boMgan maxsus harakat mahorati va ko‘nikmalarini shakllantirish va takomillashtirishga imkon beradi. Harbiy-amaliy gimnastika mashqlari gimnastikaning har xil amaliy vositalari (yurish, yugurish, sakrash, to‘siqlarni yengib o‘tish va b.)dan tarkib topgan va muayyan qo‘shin tunning o‘ziga xosligini hisobga olgan holda o‘tkaziladi,
Do'stlaringiz bilan baham: |