Amaliy sport gimnastikasidan umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikni oshirishda va shu asosda tanlangan sport turida yuqori sport natijalarga erishishda keskin choralar sifatida foyda-laniladi. Amaliy sport gimnastikasi mazmuni sport turi mazmuniga bog‘liq va mashg‘ulot jarayonining ayrim davrlari masalalariga mos ravishda o'zgarishi mumkin.
Davolash gimnastikasi mehnatkashlaming sog‘lig‘i va meh nat qobiliyatlarini tiklashga e’tirof qilingan. Davolash gimnas tikasi vositalarini tiklashda shikastlanish va kasallik natijasida paydo bo‘lgan kamchiliklami to‘g‘rilashda, ayniqsa, samara beradi. Davo lash gimnastikasi mazmuni kasallik va shikastlanishlar turiga bogliq bo£lib, davolovchi hakim bilan davolash jismoniy tarbiya uslubiyatchisi tomonidan aniqlanadi. Davolash gimnastikasi mashg‘ulotlari dare, seans, muolaja, sayr va boshqa shakllarda o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |