Gimnastika (yakkakurash, koordinatsion va siklik sport turlari)


Ko(maklashish va ehtiyotlash usullari



Download 9,51 Mb.
bet33/511
Sana17.09.2021
Hajmi9,51 Mb.
#177338
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   511
Bog'liq
4gimnastikapdf

Ko(maklashish va ehtiyotlash usullari. O'qituvchining o‘quv-chiga ko£maklashishining xilma-xil usullari bor. Masalan, mashq ijrosi paytida nima qilishni aytib turish, harakat vazifasining natijasi yoki bajarish usuli haqida oldindan yo£l-yo£riq ko‘rsatish va hokazolar.

Ko‘maklashish va ehtiyotlash usullarining maxsus bir guruhi o‘qituvchi bilan o‘quvchining birgalikdagi faoliyati vaziyati bilan bog‘liq. Masalan, o‘quvchi harakat vazifalarini amalda bajarishga kirishar ekan, unga xatoni tuzatish, texnika detallarini aniqlash yoki xavfsizlikni ta’minlash uchun jismoniy ko‘mak zarur boladi. Shu maqsadda o‘qituvchi alohida bir turish holatini qayd etishda, harakatlar ketma-ketligini bafuija takrorlashda, mashqni yaxlit, taqlid qilib bajarishda o‘quvchiga yordam beradi. Bunda o‘qituvchi o‘quvchining harakatini sekinlatib, sun’iy qarshilik hosil qiladi, ehtiyotlashni ta’minlab turadi.


0 ‘rgatish vaqtida bu usullarni qo'ilanish samaradorligi ko‘p jihatdan o‘qituvchining qobiliyatiga bog‘liq bo‘lib, u ayni shu paytda zarur bo‘lgan eng yaxshi usulni, o‘quvchining qaysi tomo-nidan turishni va birgalikdagi faoliyati usulini tanlay bilishi kerak. Shuning uchun o‘qituvchi o‘zining amaliy faoliyati davomida hamma usullarni maxsus o‘rganib va takomillashtirib borishi lozim.

Qo'shimcha mo‘lja!lar qoilanishl, awalo, yangi gimnastika mashqlarini o‘zlashtirishni osonlashtiradi. Bunday mo‘ljallar hara­ kat parametrlari haqidagi tasawurni aniqlashtirib beradi, harakat faoliyatini to‘g‘ri bajarishga, bajarilgan harakat natijalarini aniq baholashga yordam beradi.


Ko‘rinadigan mo‘ljallar sifatida, odatda, quyidagilardan foyda­ laniladi: snaryadlaming ayrim qismlari, o'quvchi gavdasining ayrim qismlari, tabiiy mo‘ljallar (mashq bajarilayotgan joy yaqinidagi buyumlar), qo‘shimcha buyumlar (to‘plar, tayoqchalar, arg‘amchi va hokazolar), shuningdek, maxsus chizilgan (masshtabli va oddiy) belgilar. Ayrim tovush signallari (qarsak, hushtak va hokazolar) harakatga jo‘r bo‘lib turishi yoki sur’at va ritmni belgilab turishi mumkin. Bunday signallar o‘qituvchi yoki o‘rgatishning texnik vositalari orqali berib turiladi. Tovushli mo‘ljallar davom etish vaqti va kuchining oczgarib turishi bilan ko‘rinadigan mo‘ljallardan farq qiladi. Bu ulardan foydalanish samaradorligini kengaytiradi, e’tiborni harakatlaming signallar almashinuviga muvofiq bajarishga jalb qilish imkonini beradi.
Taktil signallami mashq bajarayotganda o‘quvchining ko‘rib turib mo‘ljallar olishi qiyin bo‘lgan hollarda qo‘llansa bo‘ladi

0 £quvchi o‘zi nimagadir (snaryadga, moijalga) suyanib mashq bajarayotganini his etishi, harakatni faoliyat natijasi bilan taqqoslab ko‘rishi va harakatga tuzatish kiritishiga hamda mashq o‘rganishni davom ettirishning oqilona usullarini tanlashiga o‘qituvchi yordam beradi. 0 ‘qituvchining sun’iy taktil signallar hosil qilishi (o‘quvchi gavdasining ayrim qismlariga qo‘l tegizib qo‘yishi) ham o‘quvchiga harakatning to‘g‘ri holatlarini «aytib» turadi. Bu usulning sama-radorligi o£qituvchi kasbiy mahoratining taraqqiyot darajasiga bog‘liq. Yangi gimnastika mashqlarini o‘rganish jarayonida har xil qo‘shimcha moijallarni birga qo'shib qo£llash — o‘rgatish uslubiyatining talablaridan biridir.


Ocrgatishning texnik vositalaridan foydalanish mashq bajarilishi natijasining sifatiga baho berishdan tashqari, aniq miqdoriy ma’lumot olish, bo‘lajak harakatlar dasturiga tuzatish kiritish, shuningdek, harakatni bajarish mobaynida xatolami tuzatib borish imkonini beradi. Quyidagilar texnik vositalarga kiradi: eng oddiy o'lchov asboblari (sekundomerlar, santimetrli tasmaiar, uglomerlar va hokazolar), qayd qilish va yozuv apparatlari (videomagnitofonlar, diktofonlar, kinokameralar, fotokameralar, dinamograflar va hokazolar), dastur va nazorat-axborot apparatlari.
Harakat ritmining (ayrim harakatlaming) muayyan vaqt ichi-dagi ketma-ketligi yorug‘lik va tovush dasturlarini idrok etish hamda takrorlashlar gimnastika mashqlarini o‘rgatishda texnik vositalardan foydalanishga misol bo'la oladi. Bundan esa mashq o‘rgatish boshlanishida mashq haqida tasawur hosil qilish uchun ham, mashqni bajarish jarayonida harakat natijalari haqida sho-shilinch axborot olish uchun ham foydalaniladi, bu hoi o‘rgatish jarayonini boshqarishni osonlashtiradi.


Download 9,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   511




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish