Geografiyasi


Janubiy Amerika mamlakatlarida qishloq xo‘jaligi va unda fermer



Download 1,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/21
Sana16.03.2022
Hajmi1,1 Mb.
#495143
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
Bog'liq
6 ma'ruza sirtqi

Janubiy Amerika mamlakatlarida qishloq xo‘jaligi va unda fermer 
xo‘jaliklarining rivojlanishi 
Braziliya qishloq xo‘jaligi va unda fermer xo‘jaliklarining rivojlanishi.
Braziliya Janubiy Amerika qit'asida joylashgan mamlakat bo‘lib, hududining 
kattaligi, aholisining soni va iqtisodiy potensiali jihatidan Lotin Amerikasida 
birinchi o‘rinda turadi. Braziliya Janubiy Amerikaning markaziy va sharqiy qismini 
egallaydi va 7 ming kilometrdan ortiq masofada Atlantik okeaniga tutashgan, 
quruqlikda Ekvador va Chilidan tashqari qit'adagi barcha mamlakatlar bilan 
chegaradosh. Hududi – 8512 ming km
2
, aholisi – 124,0 mln. nafar, poytaxti – 
Braziliya. 
Braziliya qishloq xo‘jaligida fermer xo‘jaliklari asosiy o‘rin tutadi. Braziliya 
fermer xo‘jaliklarining katta qismini dehqonchilik fermer xo‘jaliklari tashkil etadi.
Mamlakatda qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yerlar 265 mln. gektar bo‘lib, 
shundan 30 million gektar yerdan dehqonchilik maqsadlarida foydalaniladi. Bu 
mamlakat hududining 3,5 foizini tashkil etadi. 
Braziliyada agrar munosabatlar o‘ta murakkab. Braziliya fermer 
xo‘jaliklarining o‘ziga xos xususiyati shundaki yirik fermer xo‘jaliklari uncha ko‘p 
bo‘lmasdan katta-katta maydonlarni egallagan. Barcha fermer xo‘jaliklarining 10 
foizini tashkil etadigan yirik fermerlar ishlanadigan yerlarning 75 foiziga egalik 
qiladilar. Bu esa mayda fermerlar va qishloqning qoloqligiga olib kelmoqda. 
Qishloq aholisining 80foizini tashkil qiladigan qishloq xo‘jalik ishchilari esa 


18 
umuman yerga ega emas. 
Braziliyada ekinlar maydoni keyingi o‘n yillarda kengaymagan bo‘lsada, 
Braziliya hozirgacha ham kofe ishlab chiqarishda dunyoda birinchi o‘rinda (butun 
dunyoda ishlab chiqariladigan kofening yarmini beradi) va kakao, bananni 40 
foizini, maniokni 30 foizini yetishtiradi va ikkinchi o‘rinda turadi. Eksport 
qilinadigan barcha mahsulotlarning 70 foizini qishloq xo‘jaligi beradi. 
Chorvachilik fermer xo‘jaliklari qishloq xo‘jaligida muhim ahamiyatga ega. 
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari qiymatining uchdan bir qismi chorvachilikdan keladi. 
Mamlakat chorvachiligida 90 million boshdan ortiq qoramol, 35 million bosh 
cho‘chqa, 26 million bosh qo‘y bor. Ot va boshqa chorva mollari ham boqiladi. 
Chorvachilik mamlakatning ichki ehtiyojlarini qondira olmaydi. Sut va sut 
mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoj katta.
Braziliyada agrar masala kun tartibida turgan keskin muammodir. Har yili 
million-million dehqonlar ish qidirib, shaharlarga ketadilar fermerlar qishloq 
aholisini ish bilan to‘liq ta'minlay olmaydi. 
Rivojlanayotgan davlatlar qishloq xo‘jaligida fermer xo‘jaliklarining
tajribasiga ko‘ra ularning rivojlanish xususiyatlarini umumlashtirgan xolda 
quyidagicha xulosa qilish mumkin: 
• 
rivojlanayotgan davlatlarda agrar islohotlar oxirigacha yetkazilmagan, 
natijada mulkchilik masalasi to‘liq o‘z yechimini topmagan
• 
fermer xo‘jaliklariga fan-texnika yutuklarini tadbiq etish darajasi past; 
• 
davlat tomonidan qullab-quvvatlash, rag‘batlantirish darajasi past; 
• 
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash, sotish tizimi
talab darajasida rivojlanmagan
• 
fermer xo‘jaligi mahsulotlari eksporti faqat xom ashyo hisobidan; 
• 
ishlab chiqarishni ekstensiv omillar ta'sirida rivojlanishi; 
• 
ishlab 
chiqarishni 
mexanizatsiyalashtirish, 
avtomatlashtirish, 
elektrlashtirish darajasining pastligi; 
• 
tuproq unumdorligining, hosildorlikning pastligi, suvdan foydalanishni 
eski usullarning saqlanligi; 
• 
mehnat resurslari bandligining yuqoriligi; 
• 
mehnat unumdorligining pastligi va boshqalar. 

Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish